O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
کانال O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 10 278 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 10 278 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 11 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 23 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -86 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 6.45% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 4.74% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 668 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 491 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 5 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali
Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz
100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109
Ishonch telefoni: 71203-77-80”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 12 نوامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کردهاند.
ℹ️ Ma’lumot uchun: — "Ptak Fashion City" — Polshadagi Markaziy Yevropaning eng yirik ulgurji kiyim-kechak va to‘qimachilik savdo markazidir. Unda 2500 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning shourumlari joylashgan bo‘lib, butun Yevropa bo‘ylab kiyim biznesi vakillari uchun asosiy xarid markazi hisoblanadi.🤝 Muzokaralarga taklif etamiz! 📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bog‘lanish: +998909172018 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
✔️ Ko‘krak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi? Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash hamda ijtimoiy faolligi bilan namuna ko‘rsatish borasida fidokorona mehnat qilib, yuqori natijalarga erishgan quyidagi shaxslar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin: 🟧 mahalliy va xorijiy investorlar; 🟧 tadbirkorlar; 🟧 sanoat korxonalarining rahbarlari va xodimlari; 🟧 sohaning yetuk mutaxassislari. Shuningdek, ko‘krak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.🟠Ko‘krak nishoniga nomzodlarni ko‘rib chiqish va taqdirlash jarayoni tegishli nizomda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 10-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritiladi. 🟠Taqdirlash marosimi har yili 27-iyun — Xalqaro sanoat xodimlari kuni arafasida o‘tkaziladi. 🟠Ushbu e’tirof sanoat sohasida ilg‘or tajribalarni qo‘llayotgan, ishlab chiqarish salohiyatini oshirayotgan hamda mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shayotgan mutaxassislar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning muhim mexanizmi hisoblanadi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
✔️ Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni taklif qilamiz:— "Ptak Fashion City" majmuasida o‘z savdo do‘konlarini ochish va Yevropa bozoriga chiqish istagida bo‘lganlar; — "Wiliński" kompaniyasi bilan erkaklar kostyum-shimlarini eksport qilish yuzasidan muzokaralar olib borishni xohlovchilar. 🟠Yevropa bozoriga eshik ochayotgan ushbu nufuzli uchrashuvni qo‘ldan boy bermang!
ℹ️Ma’lumot uchun: — "Ptak Fashion City" — Polshadagi Markaziy Yevropaning eng yirik ulgurji kiyim-kechak va to‘qimachilik savdo markazidir. Unda 2500 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarning shourumlari joylashgan bo‘lib, butun Yevropa bo‘ylab kiyim biznesi vakillari uchun asosiy xarid markazi hisoblanadi. — "Wiliński" — 1992-yilda asos solingan mashhur Polsha brendi bo‘lib, yuqori sifatli klassik va kundalik erkaklar kiyimlari, ayniqsa, kostyum-shim va pidjaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.🤝 Muzokaralarga taklif etamiz! 📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun bog‘lanish: +998909172018 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
📌Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari: 🟠“Buxoro Agroklaster” faoliyati bilan tanishdi. Ushbu tashrif davomida paxtachilik va agroklaster tizimida ishlab chiqarish jarayonlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni keyingi qayta ishlash bosqichlari haqida ma’lumotlar berildi. 🟠Shundan so‘ng delegatsiya “Garden Buxoro Agroklaster” MCHJga tashrif buyurib, agroklasterning faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va zamonaviy qishloq xo‘jaligi yondashuvlari bilan tanishdi.
🟠Keyingi manzil — “Garden Buxoro Agroklaster” MCHJning MTP faoliyati bo‘lib, unda qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etishda foydalanilayotgan texnika va mexanizatsiya imkoniyatlari namoyish etildi. 🟠Tashrifning navbatdagi bosqichida delegatsiya “G‘ijduvon paxta tozalash zavodi” AJga bordi. Bu yerda paxtani qabul qilish, dastlabki qayta ishlash, tola va boshqa mahsulotlarni ajratish hamda paxta xomashyosini keyingi ishlab chiqarish bosqichlariga tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 🟠Tashrifning navbatdagi manzilida “Buxoro Azteks” MCHJ (Amirtex)ning Shofirkon tumanidagi tikuvchilik fabrikasi faoliyatini o‘rgandi. Korxonada qayta ishlangan to‘qimachilik xomashyosi asosida tayyor tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni namoyish etildi. 🟠 Tashrifning yakuniy qismida delegatsiya “Vobkent Tola Klaster” paxta xomashyosini qayta ishlash, tola ishlab chiqarish va mahsulotni keyingi qayta ishlash bosqichlariga yo‘naltirish jarayonlari bilan tanishildi.📌 Shu tariqa, xalqaro delegatsiya Buxoro viloyatidagi tashrif davomida paxta yetishtirish, agroklaster faoliyati, qishloq xo‘jaligi texnikalari, paxtani dastlabki qayta ishlash hamda tayyor tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni bosqichma-bosqich kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. 🟠Mazkur tashrif O‘zbekiston paxtachilik va to‘qimachilik tarmog‘ining yagona qiymat zanjiri asosida rivojlanayotgani, barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi tajribalarni namoyish etish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. 🌐 gov.uz/oz/adli 😎 t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
