O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi
前往频道在 Telegram
O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali
显示更多未指定国家未指定类别
📈 Telegram 频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi 的分析概览
频道 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) 是活跃参与者。目前社区聚集了 10 351 名订阅者,在 其他 类别中位列第 。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 10 351 名订阅者。
根据 01 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 39,过去 24 小时变化为 2,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 2.30%。内容发布后 24 小时内通常能获得 6.30% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 238 次浏览,首日通常累积 652 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 2。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy kanali”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 其他 类别中的关键影响点。
10 351
订阅者
+224 小时
+327 天
+3930 天
帖子存档
+4
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida Poti erkin sanoat zonasi (Poti Free Industrial Zone) faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🟠Tashrif davomida Poti erkin sanoat zonasida investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, logistika infratuzilmasi, bojxona va soliq imtiyozlari, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.
🟠Shuningdek, tomonlar mazkur erkin sanoat zonasida O‘zbekiston va Gruziya hamkorligida qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda yengil sanoat mahsulotlarini xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
🟠Qayd etish joizki, Poti erkin sanoat zonasi Gruziyaning Qora dengiz bo‘yidagi yirik logistika va sanoat markazlaridan biri bo‘lib, investorlarga qulay biznes muhiti, bojxona va soliq preferensiyalari hamda xalqaro transport yo‘laklariga bevosita chiqish imkoniyatini taqdim etadi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Gruziyaga davlat tashrifini yakunlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir Irakliy Kobaxidze kuzatib qo‘ydi.
—
Президента Шавката Мирзиёева, завершившего государственный визит в Грузию, проводил Премьер-министр Ираклий Кобахидзе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
🇺🇿 Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida "Gorgia" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini Gruziya bozoriga yetkazib berish, eksport hajmini kengaytirish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🟠Qayd etish joizki, Gorgia Gruziyaning qurilish, ta'mirlash, uy-ro‘zg‘or mahsulotlari savdosi yo‘nalishidagi yetakchi gipermarketlar tarmog‘i bo‘lib, 1998-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya mamlakat bo‘ylab 13 dan ortiq filialga ega bo‘lib, 60 mingdan ortiq turdagi mahsulot hamda 4 mingdan ziyod xalqaro brendlarni iste'molchilarga taqdim etadi.
🟠Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini Gruziya iste'molchilariga yanada kengroq tanishtirish maqsadida yaqin istiqbolda Gorgia gipermarketlar tarmog‘ida "Made in Uzbekistan" savdo burchagini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+3
🇺🇿 2026-yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida mamlakatning yirik fashion-retail kompaniyalaridan biri – Dressup Group vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini Gruziya bozoriga eksport qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va brendlarni Dressup Group savdo tarmog‘iga olib kirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🟠Shuningdek, Private Label (xususiy savdo belgisi) dasturi doirasida O‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqarilgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini Dressup Group buyurtmalari asosida ishlab chiqarish va yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
🟠Ma'lumot uchun: Dressup Group Gruziyaning yetakchi fashion-retail kompaniyalaridan biri bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 80 dan ortiq mono va multibrend savdo do‘konlari tarmog‘iga ega. Kompaniya 100 dan ortiq xalqaro moda brendlari mahsulotlarini realizatsiya qiladi hamda so‘nggi yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish va Private Label yo‘nalishlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
🟠Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalari uchun Gruziya bozori orqali eksport geografiyasini kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning xalqaro retail tarmoqlariga kirib borishini ta'minlash hamda yangi savdo hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 2026-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning Exim banki (The Export-Import Bank of China)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xan Syaoping (Han Xiaoping) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasida ipakchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish maqsadida Xitoyning Exim banki imtiyozli moliyaviy resurslarini jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🟠Tomonlar mazkur tashabbus ipakchilik sanoatining to‘liq qiymat yaratish zanjirini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
🟠Jumladan:
- tut plantatsiyalarini kengaytirish; - pilla yetishtirish hajmini oshirish; - pillani chuqur qayta ishlashni rivojlantirish;
- yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ipak va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
🟠Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi qishloq hududlarida, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash orqali o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda O‘zbekistonning jahon ipak mahsulotlari bozoridagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar loyihani moliyalashtirish mexanizmlari, tashkiliy tuzilmasi va uni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi amaliy choralarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 Joriy yilning 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Gruziyaga xizmat safari doirasida “Delta Textile” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🟠“Delta Textile” Gruziyaning mudofaa va xavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan korxonalaridan biri bo‘lib, harbiy va maxsus tuzilmalar uchun uniformalar, maxsus kiyim-kechaklar hamda boshqa maxsus to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
🟠Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlari va mahsulot turlari bilan tanishilib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik matolari hamda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini korxona talablariga muvofiq ishlab chiqarish va yetkazib berish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🟠Muzokaralar yakunida hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar va to‘qimachilik matolari namunalarini Gruziya tomoniga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti va milliy davlatchiligining muhim ramzlaridan biri — Davlat gerbi rasman qabul qilingan.
🟠Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, mehnatsevarligi, tinchliksevarligi va porloq kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etadi. Undagi har bir timsol Vatanga muhabbat, ozodlik, birlik va farovonlik g‘oyalarini ifodalaydi.
🟠Davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning fuqarolik burchimizdir.
🟠Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga sadoqat ifodasidir.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyuldagi PQ–250-son "Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.
🟠Mazkur Qaror sohada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish, eksportni rag‘batlantirish hamda zamonaviy sanoat infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan yangi mexanizmlarni belgilab berdi.
🟠Qaror bilan 2026–2027-yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. Jumladan, tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 800 million kvadrat desimetrga, poyabzal ishlab chiqarishni 115 million juftga, eksport hajmini 150 million AQSH dollariga, charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni 300 milliard so‘mga hamda tarmoqdagi qo‘shilgan qiymatni 1,2 trillion so‘mga yetkazish vazifalari belgilandi.
🟠Ishlab chiqaruvchilar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari Qarorga muvofiq, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi.
✅ Xususan:
— tayyor charm ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilingan mahsulot hajmidan kelib chiqib subsidiya ajratiladi;
— eksportchi korxonalarga xalqaro brendlar uchun mahsulot ishlab chiqarishda grant mablag‘lari taqdim etiladi;
— suvni tozalash inshootlarida foydalaniladigan kimyoviy vositalar va reagentlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi;
— mahalliy savdo belgilarini rivojlantirish va ularning savdo tarmoqlarida faoliyatini kengaytirish qo‘llab-quvvatlanadi;
— davlat xaridlarida mahalliy xomashyo va tayyor mahsulotlardan foydalanishni rag‘batlantiruvchi yangi tartiblar joriy qilinadi.
🟠Sanoat zonalari tashkil etiladi Qarorning eng muhim yangiliklaridan biri — Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi huzurida Charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tashkil etilishidir.
🟠Mazkur Direksiya sanoat zonalarini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish, ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatishni muvofiqlashtiradi. Dastlabki sanoat zonalari Toshkent va Andijon viloyatlarida tashkil etiladi.
🟠Mazkur qaror charm-poyabzal sanoatida chuqur qayta ishlash ulushini oshirish, ekologik talablar asosida zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 2026-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan PQ–250-sonli “Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda eksport salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror qabul qilindi. Mazkur hujjat tarmoqni chuqur qayta ishlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
✅ Qarorga muvofiq: — 2026–2027-yillar uchun aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Jumladan, tayyor charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish hamda eksport hajmini sezilarli oshirish, tarmoqda qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish vazifalari belgilandi. — Charm-poyabzal sanoat zonalari tashkil etilib, ularni boshqarish uchun Agentlik huzurida maxsus Direksiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu zonalarda zamonaviy ishlab chiqarish, logistika va muhandislik infratuzilmasi yaratiladi. — Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Tayyor charm ishlab chiqaruvchilarga subsidiya ajratish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun grantlar, xalqaro sertifikatlash xarajatlarini qoplash hamda eksportni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan. — Suvni tozalash inshootlari barpo etilib, charmni qayta ishlash korxonalarining ekologik talablar asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi. — Mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilib, dizayner, marketolog va texnologlar tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.🟠Mazkur qaror charm-poyabzal sanoatining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish, tayyor mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda “Made in Uzbekistan” brendining jahon bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+3
🇺🇿 2026-yil 1-iyul kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan Gruziya–O‘zbekiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda Gruziya ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
🟠Uchrashuvlar davomida to‘qimachilik va yengil sanoat sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xomashyo hamda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🟠Muzokaralarda Gruziyaning Anika Kids, Fashion to Georgia, EPOSHH va Trade & Log kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
🟠Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarini Gruziya orqali Yevropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatlari, logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🟠Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-iyundagi PQ–246-son qarori asosida paxta-to‘qimachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etildi.
✅ Har bir gektar uchun 3 mln so‘m subsidiya
✅ Bo‘yash uskunalari uchun 500 ming AQSH dollarigacha subsidiya
✅ QQS 2 ish kunida qaytariladi
✅ Eksportni rag‘batlantiruvchi yangi imkoniyatlar
🟠Mazkur chora-tadbirlar yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+3
🇺🇿 Joriy yilning 1-iyul kuni Gruziyaga oliy darajadagi tashrif doirasida Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Gruziya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev ishtirok etdi.
🟠Mazkur biznes forumida O‘zbekistondan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan 74 ta korxona va tashkilot vakillari qatnashdi.
🟠Tadbir davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
🟠Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, sanoat zonalarining imkoniyatlari hamda mamlakatning eksport salohiyati bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.
🟠Mazkur biznes forumi O‘zbekiston va Gruziya ishbilarmon doiralari o‘rtasida yangi sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 29-iyundagi "Paxta-to‘qimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–246-son Qaror qabul qilindi.
🟠Mazkur hujjat paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, chuqur qayta ishlashni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda tarmoqning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
✅ Qaror bilan quyidagi muhim qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etildi:
1. Har bir gektar uchun 3 mln so‘m subsidiya 2025-yil hosili uchun o‘ziga biriktirilgan yer maydonlarida 30 sentnerdan yuqori paxta hosildorligiga erishgan paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ularning ta'sischi korxonalariga har bir gektar yer uchun 3 million so‘m subsidiya ajratiladi.
2. Bo‘yash uskunalari xaridi uchun 500 ming AQSH dollarigacha subsidiya 2026-yil 1-iyunga qadar bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi. Mazkur subsidiya Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, xarid kontraktlari "Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi" tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng moliyalashtiriladi.
3. QQS 2 ish kunida qaytariladi 2027-yil 1-iyulgacha tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida "A" va undan yuqori toifaga kiritilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik korxonalari uchun QQSning salbiy farq summasi hech qanday tekshiruvlarsiz 2 ish kuni ichida qaytariladi.
4. Eksportni rag‘batlantiruvchi yangi yangilliklar 2027-yil 1-yanvargacha: — Oqartirilgan trikotaj mato (TIF TN 6006 21 000 0) uchun alohida subpozitsiya belgilanadi va unga nisbatan eksport bojxona boji bekor qilinadi. — Paxta tolasi chiqindilari (TIF TN 5202) uchun esa eksport bojxona boji 5 foiz etib belgilanadi.🟠Mazkur Qaror paxta-to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish, eksport hajmini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash orqali sohaning izchil rivojlanishiga xizmat qiladi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+8
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-sonli "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida "Kitoblar" yarmarkasi tashkil etildi.
🟠Mazkur qaror 2026–2030-yillarda mamlakatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa darajasini oshirishga qaratilgan. Yarmarka doirasida xodimlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda sohaviy adabiyotlarning keng assortimenti taqdim etildi.
🟠Ushbu tashabbus xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, tanqidiy va strategik fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni amaliy faoliyatga tatbiq etishga xizmat qiladi.
🟠Yuksak bilim va keng dunyoqarash – raqobatbardosh kadrlar hamda barqaror taraqqiyotning eng muhim omilidir. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va mutolaani kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
🇺🇿 Joriy yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟠Muloqotning bosh mezoni Davlatimiz rahbari tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifa — “Ilm bilan ishlab chiqarishni bog‘lash” hamda to‘qimachilik sanoatiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalasi bo‘ldi.
🟠Shu bilan birga, uchrashuv davomida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, sohada ilmiy-tahliliy salohiyatni oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🟠Shuningdek, uchrashuvda xorijiy tajribalarni o‘rganish, to‘qimachilik sanoatini moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda soha korxonalari faoliyatini tahlil qilish asosida amaliy takliflar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, to‘qimachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
+6
🇺🇿 2026-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi operatsiyalar bo‘yicha rahbari Mirzo Iskandar G‘ulomov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🟠Uchrashuv davomida ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy resurslarini jalb etish, shuningdek, to‘qimachilik sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni sog‘lomlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar muhokama qilindi.
🟠Muloqot yakunida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekistondagi yirik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etish hamda ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
Repost from Rasmiy axborot
❓ Sizni qiynayotgan masala yoki taklif bormi?
👀 Uni Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga @ochiqmuloqot2026_bot orqali yuborishingiz mumkin.❗Har bir murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi va ochiq muloqot kun tartibini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning taklifingiz ham tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. 📹 Videoda botdan foydalanish tartibi bilan tanishing. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+8
🇺🇿 Joriy yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda “O‘zbekipaksanoati” uyushmasi rahbariyati ishtirokida ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🟠Muloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ–87-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlarda ipak plantatsiyalarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish maqsadida tashkil etildi.
🟠Uchrashuv davomida:
- ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish;
- ipak plantatsiyalarini tashkil etish;
- pilla yetishtirish va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish;
- sohada mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
🟠Tadbirkorlar tomonidan sohada uchrayotgan dolzarb muammolar, amaliy takliflar hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mas’ullar tomonidan barcha takliflar ko‘rib chiqilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
🟠Shuningdek, PQ–87-sonli Qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, sohani kompleks rivojlantirish hamda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟠Uchrashuv yakunida Agentlik, uyushma va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotni muntazam davom ettirish hamda sohada yuzaga kelayotgan masalalarni hamkorlikda hal etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
🌐 https://gov.uz/oz/adli
😎 https://t.me/adli_uz_official
😎 facebook.com/adli.uz
😎 https://instagram.com/adli_uz
#YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik
