𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
رفتن به کانال در Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Manfaat vaʼda qilmayman!
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
258
مشترکین
-324 ساعت
-197 روز
-3430 روز
آرشیو پست ها
255
Kishining foydasi o‘ziga muhim.
Yodda tuting: hech kim sizning foydangizga o‘zingizchalik haris emas.
Rejalaringizni boshqa odamlarga bog‘lab qurmang. Bu — siz tanlashingiz mumkin bo‘lgan eng yomon yo‘llardan biri.
Aksar hollarda ishonilgan odamlar pand berib qo‘yadi.
Rejalaringizni odamlarga qanchalik ko‘p bog‘lasangiz, bitmagan ishlaringiz shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘zingizni qo‘lga oling.
O‘z hayotingiz haqida o‘zingiz qayg‘uring!
O‘z yo‘lingiz haqida o‘zingiz qayg‘uring!
O‘z Islomiyatingiz haqida o‘zingiz qayg‘uring!
كُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ
«U Kunda ulardan har bir kishining o‘ziga yetarli tashvishi bo‘ladi».
(Abasa, 37-oyat.)
والله أعلم
255
جَمَالُ الْإِنْسَانِ فِي لِسَانِهِ،
وَالنِّصْفُ الْآخَرُ فِي عَقْلِهِ،
وَوَجْهُهُ مُجَرَّدُ غِطَاءٍ يَتَغَيَّرُ مَعَ مُرُورِ الزَّمَنِ.
Insonning go‘zalligi tilidadir, ikkinchi yarmi esa aqlidadir.
Yuzi esa zamon o‘tishi bilan o‘zgaradigan bir pardadir.
255
Allohim qalbimizni faqatgina o’zingniki qil, sendan boshqaga qalbimiz moyil bo’lmasin, sendan boshqani g’amida qalbimiz yonmasin!
Allohim g’amimizni faqatgina o’zingni rizoyingga yetishish qil, bandangni roziligini topaman deb qalbimiz xunob bo’lmasin
255
#iqtibos
Vaqt — qaytib kelmaydigan mehmoningdir. Uning hurmatini qil.
Ali roziyallohu anhu
Ushbu gapni eshitib oʻylab qarasam vaqtdan boshqa barcha mehmonlarni kutishni, qadrlashni va ehtiromini qilishni bilar ekanmiz.
255
اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَىٰ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ ﷺ
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Juma ayyomi muborak 🌷
255
Ba’zan odam shunchaki charchaydi…
Hamma narsadan emas.
Doim kuchli bo‘lib yurishdan.
Hamma narsani o‘ylashdan.
Hamma uchun qayg‘urib, o‘zini unutib qo‘yishdan…
Kunduzi kulib yuramiz, ishlarimizni qilamiz, hammaga “yaxshiman” deymiz.
Lekin kechasi yolg‘iz qolganimizda qalbimizdagi og‘irlik seziladi…
Balki biroz to‘xtab, chuqur nafas olib, qalbingizni Allohga topshirish kifoyadir…
Ba’zi narsalarni qo‘yib yuboring.
“Alloh biladi. Alloh ko‘rib turibdi. Alloh menga kifoya.”
Qalbingizni ortiqcha tashvishlar bilan to‘ldirmang. Sizni yaratgan Zot sizning holingizni ham, sukutingizni ham biladi.
255
شفاء الجنان قراءة القرآن
Qalblar shifosi qur`on qiroat qilish.
Abdulloh ibn burayda otasidan rivoyat qiladi
Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o'tirgan edim . U Zot : sizlar baqara surasini o'rganinglar !
Zero, uni qabul qilish baraka , tark qilish hasratdir , unga sehrgarlar qodir bo'lolmaydilar deganlarini eshitdim so'ng bir muddat to'xtab , aytdilar; Baqara va oli imron suralarini o'rganinglar!
Zero, bu ikki sura ikki yorituvchi nur bo'lib qiyomat kuni ikki bulut yo'q ikki soyabon yoki bir guruh saf tortgan qushlar shaklida kelib o'z egalariga soya soladi.
Qiyomat kuni qabr ochilib banda u yerdan chiqib kelganida .
Qurʼon uni charchagan kishi suratida kutib oladi va unga meni tanidingmi ?deydi .
➖seni tanimadim deydi banda shunda
➖u meni tanimaysanmi soʻraydi yana
➖men seni tanimayman javob beradi banda .
Shunda Qurʼon ; issiq kunlarida chanqagan , kechalari bedor qilgan doʻsting qur'onman, har bir savdogar tijorati sababli foyda ko'radi sen ham bugun tijorating tufayli foyda ko'rasan deydi .
Bas, uning o'ng qo'liga mulk chap qo'liga mangulik beriladi boshiga viqor toji koʻndiriladi ,ota-onasiga ikki libos kiydiriladi, va ularga dunyo ahli teng kelolmaydi bu bizlarga nima sababdan kiydirildi so'raydi ota-onasi shunda farzandlaringiz qurʼonni o'rgangani uchun deyiladi , keyin unga oʻqi va jannat pogʻonalari xonalari sari ko'taril deyiladi xoh sekin qiroat qilsin xoh tez asta astda yuqorilab boraveradi dedilar.
255
Muso alayhissalom duolari:
رَبِّ إِنِّي لِمَآ أَنزَلۡتَ إِلَيَّ مِنۡ خَيۡرٖ فَقِيرٞ
Robbi inniy limaa anzalta ilayya min xoyrin faqiyr.Ma‘nosi: «Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman» 📖 Qasas surasi, 24-oyat.
255
Qiz bolani koʻngli bulutdan ham nozik boʻladi ...)
Qayerdadir oʻqigan edim, "agar oʻgʻlingiz va qizingiz boʻlsa, ularni yoshi teng boʻlsa va ikkisiga hadiya berishni istasangiz, qizingizdan boshlang". Qiz farzandlarni boshqacha erkalatish kerak, boshqacha tarbiya qilish kerak, qizlar gul, ota-onalar bogʻbon boʻladi🌸
255
#duo
اللَّهُمَّ فَقِّهْنِي فِي الدِّينِ
وَعَلِّمْنِي التَّأْوِيلَ
O‘qilishi:
Allohumma faqqihniy fid-diin,
va ‘allimniy at-ta’vil.
Ma’nosi:
“Ey Allohim, Meni dinda chuqur tushunadigan qil,
va menga ilmni to‘g‘ri anglashni o‘rgat.”
255
+1
- Chiroyli sabr qilish hech kimga shikoyat qilmasdan sabr qilish..
- Chiroyli kechirish malomat qilmay kechirish..
- Chiroyli yuz o‘girish esa ozor bermay yuz o‘girishdir...
Ibn Taymiyya
255
+2
" Tafsiri hilol "
Baqara surasining tafsiri, fazilatlari.
(PDF shaklini boshlaganman )
