🖋 O‘zim sevgan, qalbimga yaqin bo‘lgan mashg‘ulotlardan biri — xattotlikni boshladim.
Art va kalligrafiya bilan birga, endi harflarga ham mehr berib, ularning go‘zalligini kashf etmoqchiman.
Nasib bu yo‘lda ham chiroyli natijalarga erishaman.
Jichchagina ishkal qizligimdan... 😫
Zinadan yiqilib tushdim. Oyog‘im og‘riyotgani sababli hozir metroda o‘tiribman, yurolmayapman.
Endi uyga qanday yetib olaman... 🥲
So‘rashdi: Qaysi biri muhimroq? Borar manzilmi yoki yo‘lmi?
Yo‘ldosh yaxshi bo‘lsa, yo‘lning ahamiyati yo‘q. Agar Alloh xohlasa, so‘nggi manzil Jannat bo‘lur...
So‘rashdi: Qaysi biri muhimroq? Borar manzilmi yoki yo‘lmi?
Yo‘ldosh yaxshi bo‘lsa, yo‘lning ahamiyati yo‘q. Agar Alloh xohlasa, so‘nggi manzil Jannat bo‘lur...
#
Banda Allohga ikki yo'l bilan yaqinlashadi...
Yoki qattiq qo'rquv,yoki qattiq muhabbat.
Ikkita narsada inson tinmay itoat qiladi.
Yoki qattiq Qo'rquv
Yoki qattiq Muhabbat.
Shuning uchun men Muhabbat yo'lini tanlagan bo'lar edim,toinki majburlik bo'lmasin,toinki qo'rquv bo'lmasin...
Muhabbat nima degani?
Mahbubidan kelgan hamma narsaga rozi bo'lmoq degani...
Mo‘jiza bo‘lishi uchun tuxumda Alloh lafzi bo‘lishi shart emas, mo‘jiza bo‘lishi uchun osmonda farishta ko‘rinishi shart emas, mo‘jiza bo‘lishi uchun sher gapirishi shart emas, mo‘jiza bo‘lishi uchun Quyosh so‘zlashi shart emas. Faqat aql bo‘lsagina bas.
Shunchaki aql bo‘lsagina ko‘z ostingizdagi haqiqiy mo‘jizani ko‘ra olasiz. Alloh aql bilan taniladi, uning ishlari aql ko‘zi bilan ko‘riladi. Aql bo‘lishi uchun esa o‘qish kerak, ilm olish kerak.
Stiven Xoking kabi olimlarning qarashi bilan aytganda, Oliy Ong sohibi singulyar nuqtani rejali-sxematik tarzda tartibli mexanizmlarni ishga tushirib yuborgan-u, u o‘sha vazifasida hamon davom etmoqda.
Tuxum ustidagi yozuvdan ko‘ra mittigina danakdan unib chiqadigan ulkan daraxt biomexanizmi haqiqiy mo‘jizadir. Sherning gapirishidan ko‘ra uning bir kichik urug‘ hujayradan ulg‘ayishi murakkabroq va mo‘jizaliroqdir.
Bir Allohim, bir... 🤲🏻
Shu yomg‘ir ostida qancha aytilmagan duolar, qancha yashirin niyatlar bor, Robbim...
Qalbimizdagi g‘amlarni yengillikka, xavotirlarimizni xotirjamlikka, kutayotganlarimizni xayrli natijalarga aylantir.
Bizga O‘zing rozi bo‘ladigan hayot, manfaatli ilm, pokiza qalb va barakali umr nasib et.
Hech birimizni rahmatingdan, hidoyatingdan va O‘zingning go‘zal ne’matlaringdan benasib qilma.
Yomg‘ir tomchilari ila rahmatingni yog‘dir, Robbim. ..
Doʻstlaring bilan shunday yashaginki, dushman boʻlganlarida sen haqingda soʻzlaydigan (yomon) soʻzlari boʻlmasin.
Dushmanlaring bilan shunday yashaginki, doʻst boʻlganingda yuzing qizarmasin...
Jaloliddin Rumiy
#Duo
سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ
Sami’naa va ato’naa g‘ufroonaka Robbanaa va ilaykal-masiir.
«Va eshitdik va itoat qildik. Robbimiz, mag‘firatingni so‘raymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar
(Baqara surasi, 285-oyatdan)
Ertalabdan...
Yana jarima ...
Hayotda hamma narsaga tayyor turish kerak kutilmagan joyda zarba beradi ...
Kayfiyatsiz boshlangan kun ...
Shunga ham shukur....
#daydi_hislar
Ba’zan o‘zimizni ayblaymiz, ba’zan esa boshqalarni. Yig‘laymiz, biroz yengil tortgandek boʻlamiz, ammo qalbimizdagi bezovtalik baribir ketmaydi... Nega?
Ko‘pincha ichimizdagi og‘riqni davolash o‘rniga, undan chalg‘ishga urinib yashaymiz.
Telefon titkilaymiz, xaridlar qilamiz, seriallar ko‘ramiz, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazamiz... Go‘yoki hammasi unutilgandek bo‘ladi. Ammo yolg‘iz qolganimizda, o‘sha hislar yana qaytadi.
Chunki chalg‘ish — davolanish emas. Muammodan qochish esa uni hal qilmaydi.
Haqiqiy o‘zgarish o‘zimizdan boshlanadi. Qalbimizdagi og‘riqni tan olishdan, o‘zimizni tinglashdan, xatolarimizni anglashdan va qalbimizni Allohga yaqinlashtirishdan...
Ba’zan qalbga shunchaki chalg‘ish emas, chinakam taskin kerak...