Sitora Barliboyeva
رفتن به کانال در Telegram
Phd (filologiya), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Raqamli targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
205
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
+6
@softil_bot dan foydalanuvchilar soni 2 130 nafarga yetdi.
Meni xursand qilgani, ona tilida xato yozilgan so‘zlar oldidan shunchaki o‘tib ketmayotgan til egalarining safi ko‘paymoqda.
Siz ham o‘z tilimizda xato yozilgan so‘zlar oldidan shunchaki o‘tib ketmang, botga yuborib, xatoliklarni kamaytiring.
@SitoraBarliboyeva
+1
Muhammadqodir kanalida Buxoro amirining saroyi, davlat rahbari va bosh vazirning uyi joylashgan, davlat majlislari o‘tkaziladigan Ark darvozasining oldida oddiy buxorolik fuqaro bol (asal) va qordan muzqaymoq qilib sotyotgani rasmini joylashtiribdi. Buxoro arki oldida katta bozor bo‘lgan va amirlar doim oddiy odamlar orasidan o‘tib, saroyga kirib-chiqqan ekan.
Uzoqqa bormaylik, Ozarbayjon Respublikasining Milliy Majlisi shundoq yo‘l ustida. Odamlar bemalol atrofida aylanib yurayotganini ko‘rasiz.
Nimaga bizda eng yuqori davlat organlari binolari katta panjaralar bilan qoplangan, katta maydonlarni egallagan va hali ichiga kirish tugul, yoniga yaqinlashsang, so‘roqlashadi?
Ayniqsa, xalq o‘zi saylagan deputatlari xalqdan qattiq himoya qilinadigan binoda o‘tiradi. Balki, shunchun ko‘p masalada panjaralar orasidan qararmiz?!
@SitoraBarliboyeva
Bugun yakshanbani yaxshi film bilan tugatmoqchi bo‘lganlarga “Bo‘sh uy”ni tavsiya qilaman.
Ancha oldin ko‘rgandim, lekin bugun yana ko‘rmoqchiman.
Filmda deyarli so‘z yo‘q. Syujet to‘liq tasvir va harakatlarga qurilgan.
Bosh qahramon Tae-suk mototsiklda yurib, egasi vaqtincha yo‘q uylarni topadi. U uylardan o‘g‘irlik qilish uchun emas, yashash uchun foydalanadi: kiyimlarni yuvadi, buzilgan narsalarni tuzatadi, ovqatlanadi va ketayotganda hamma narsani joyiga qo‘yib ketadi.
Bir kuni u navbatdagi «bo‘sh» uyga kiradi. Ammo uy aslida bo‘sh emas — u yerda Sun-hwa ismli ayol bor.
Tae-suk va Sun-hwa o‘rtasidagi munosabat esa juda noodatiy: ular deyarli gaplashmaydi.
Va filmning eng qiziq tomoni ham shunda.
«Bo‘sh uy» aslida nimani anglatadi?
Menimcha, filmning nomini faqat uy sifatida tushunish juda kamlik qiladi.
Uy bo‘sh bo‘lishi mumkin, odam esa ichida yashashi mumkin.
Yoki uy to‘la odam bo‘lishi mumkin, lekin inson o‘zini mutlaqo yolg‘iz his qilishi mumkin.
Tae-sukning esa uyi yo‘q. Lekin u kirgan har bir joyni ehtiyot qiladi, narsalarni tuzatadi, yashagan joyiga mehr qoldiradi.
Shu orqali Kim Ki-duk juda g‘alati savol beradi:
«Uy — devorlar va mulkmi yoki seni inson sifatida qabul qiladigan joymi?»
Ularning sevgisi dialog orqali emas, harakatlar orqali ko‘rsatiladi.
Tae-suk Sun-hwaning nimalarni boshdan kechirayotganini uzun suhbatlardan bilmaydi. U shunchaki ko‘radi.
Sun-hwa ham Tae-sukdan katta va’dalar yoki izohlar talab qilmaydi.
Bu yerda «Men o‘zimni tushuntirib beraman» emas, «Men seni ko‘ryapman, his qilyapman» degan narsaga yaqin.
Bu yerda Kim Ki-duk bizni yana bir savol oldida qoldiradi:
Agar jamiyat seni ko‘rmasa, sen haqiqatan ham yo‘qsanmi?
Va filmning so‘nggi jumlasi ham butun asarning kalitlaridan biri.
Ko‘ring-chi, film sizga yoqarmikan?
@SitoraBarliboyeva
+3
⚪️27-sentyabr — Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfining tugʻilgan kuni!
Oʻzimni topsam…
Men har gal izlayman
yoʻqotish imkonlarini.
Yoʻqotmasam erishmayman
hech bir narsaga.
Oʻzimni topsam, sevgilim,
ajralaman sizdan, shubhasiz.
Rauf Parfi
@soz_loyihasi
“Maktublar” loyihasida Nargiza Odinayevaning “Jo‘natilmagan maktub”ini o‘qidim.
Ichimda nimadir uzildi, o‘zimni shu yoshgacha yozilmagan, jo‘natilmagan, ichimda sarg‘ayib qolgan maktublarimni esladim. Ichimiz to‘la maktub! Uni tomirlarimizdagi qon bilan yurakka yozaveramiz, yozaveramiz… Kimdir bir kun kelib, ochadida, o‘qiydi! Bir umr shunga ishonib yashaymiz, ishonib kutamiz! Lekin hayot aslida o‘sha o‘quvchi o‘zimiz ekanimizni isbotlab boraveradi. Buni anglaganimizda ham yurakni shartta varaqlab, unga yozganlarimizga bir nazar tashlashga ham qo‘rqamiz. Baribir o‘qimaymiz…
"Maktub" — qalbga tutilgan ko‘zgu!
To'qqizinchi ishtirokchimiz: Nargiza Odinayeva
👉 Maktubni shu yerda o‘qing: https://literature.uz/article/jonatilmagan-maktub
@SitoraBarliboyeva
Repost from soʻz!
❤️🔥Bugun shoir tug‘ilgan kun! “So‘z” esa tuhfaga she’r ulashadi.
Mana mening barmoqlarim,
eting temirga qiyos.
Toʻking, soching qonlarim,
ochilgan gullar qiygʻos.
Mana parcha yuragim,
tugilgan mushtlarga xos.
Bu talangan vujudim
“Vatan” degan soʻzga mos!..
© Aziz Said
🔴 YouTubeda koʻrish:
https://youtu.be/3TjK7UrqvqM
🔴 Instagramda koʻrish:
https://www.instagram.com/reel/DdtLhwItj9x/?stkn=MXR4NHRqcnFuNmkyNg==
@soz_loyihasi
“Ko‘kalp”ni kutib oling!!!
Ijodiy jamoa bilan “Ko‘kalp” — komiks kitob ustida ishlamoqdamiz. Bu yoshlarbop zamonaviy yo‘nalishda, lekin ildizi, g‘oyasi qadimiy turkiy afsonalarga borib taqaladi.
Muzqoyalar orasida qolgan xalq ko‘kdan bir qahramon kelishini va ularni yangi dunyoga olib chiqishini kutadi va ishonadi! Lekin u kelganini qanday bilishadi, dushmanlardan uni qanday himoya qilishadi?! Nega aynan bo‘z bo‘ri onalik qiladi?
Bular haqida endi kitob tayyor bo‘lganda, farzandlaringiz bilan birga o‘qib bilib olasiz.
Men ham loyiha nihoyasini sabrsizlik bilan kutyapman. Farzandlarimiz qo‘liga jasorat, mardlik, yurtsevarlik haqidagi kitoblarni beraylik, “Ko‘kalp”lar ko‘paysin!
https://t.me/SitoraBarliboyeva
Biz o‘tmishni siyosiy jarayonlar orqali muhokama qilamiz, siyosiy qarorlarni to‘g‘ri, noto‘g‘riga ajratamiz. Lekin shunchaki inson umri, hayotiga qarasak, tuzum yarq etib aks etadi, fojia bo‘y basti bilan ko‘riladi.
"Fonus" loyihasidagi "Chegara" bizni ortga qaytaradi, o‘ylantiradi, yig‘latadi. Bosh rolni ijro etgan otaxonning film so‘ngidagi ko‘z yoshlari doim ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Tasvirga olish jarayonlari tugaganda, otaxon o‘z hayotida ham aynan shu voqealar bo‘lganini aytganda esa ko‘pchilik yig‘lagandi. Demak, bu aslida film emas, haqiqat!
Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs
@SitoraBarliboyeva
Repost from OYINA.UZ
🔥 “O‘zlik” loyihasida 2-modul – “Til oyligi”ning YouTube’dagi ilk soni e’lon qilindi!
Biz har kuni dildan suhbatlashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimiz shunchaki so‘zlar yig‘indisi emas. U bir paytlar ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan qudratli til edi. Xo‘sh, nega keyinchalik u shafqatsiz taqiqlar va bosimlarga yuz tutdi? O‘tgan asrlar, tuzumlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik? Ushbu og‘riqli, ammo har bir o‘zbek aslini bilishi shart bo‘lgan savollarga olim Anvar Bo‘ronovning qizg‘in va tahliliy darsi orqali javob topamiz.📺To‘liq videoni hoziroq tomosha qiling: https://youtu.be/9gbShzYdrSg Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
+4
Kecha “Shams-i-Qamar” teatr studiyasida bo‘ldik. “Sukunat ovozi” (Kastingni) qo‘yishdi. Bir xona, 3 aktyor, 2 ta stul va bir gilam. Sen dunyodan uzalasan.
Spektaklda san’at sohasiga o‘qishga kirishdagi ijodiy suhbat tasvirlangan. Aslida esa butun hayotimiz davomida biz va san’at, san’at va jamiyat, san’at va tomoshabin o‘rtasidagi kasting, tanlov haqida.
Sohaga kirib keladiganlarga beradigan savollarimiz qolipda, kutadigan javoblarimiz qolipda. Qolipdan chiqdingmi, demak yaramaysan.
— Qayerdansan?
— Qachon tug’ilgansan?
— Yutuqlaring?
— Ota-onang, yaqinlaring haqida ma’lumotlar…. Raqamlar, tafsilotlar, kimni bolasi ekaning, o‘qigan joylaring qiziq… Lekin aslan, ruhan kimliging, yuraging bilan hech kim qiziqmaydi!!! Shu sohaga muhabbating, iste’doding yodlagan dialogingni qanchalik “o‘ynab” berishingga qarab baholanadi.
Qalban his qilsang, savollarga yurak bilan javob bersang, qoidalardagi ta’rif so’raladi, o‘qitilgan chegaradan sakrab o‘tma, deydi.
Jamiyat-chi? Jamiyat kastingda hayotini san’atga bag’ishlaganlarni “artist”, “otarchi”, “buzuqi”ga chiqaradi. Yuzlariga qizil chiziqlar tortib, masxarabozlik qildiradi, keyin kuladi, keyin xo‘rlaydi, keyin “qani haqiqiy san’at”, deb tomoq yirtadi.
Tomoshabin bu kastingda kimni tanlaydi? Tomoshabin “yuzlarni” tanlaydi, tomoshabin “soxtaliklarni” tanlaydi, tomoshabin “reytingboplar”ni tanlaydi.
San’at esa bu kastinglar orasida “jon berib boraveradi”. U keyin Xudoga murojaat qiladi, undan adolat so‘raydi… Javob kelguncha… Uni yengishadi! U keyin “sukunat ovoziga” aylanib ketadi… Uni so‘zsiz his qiladiganlarni kutib, jiiiiim, jiiim yig‘laydi.
Bizga bunaqa xususiy teatrlar kerak. Yuzlab, minglab kerak. Har bir odam qalbi uchun kurashda ular “yashashi” kerak.
Davlat teatrlari esa kuch sinashsin, tomoshabin uchun kurashsin! Yashashsin!
Jamiyat kastingda chin san’atni tanlasin, tomoshabin chin san’at bilan yashayotgan qalbni eshitsin, ko‘rsin, his qilsin!
Spektaklda Mahliyo Xurramovani qayta kashf qildim, Shahboz Fayzullayevga lol qoldim. Yoshlarimiz omon bo‘lsin, yuraklarini asrasin!
https://t.me/SitoraBarliboyeva
Repost from soʻz!
🤩 “So‘z” ustoz shoirlar ijodidan ulashishda davom etadi
Tangriga intildim takror-u takror –
Har ilhomda yangicha tanishuv.
So‘zdan taqdir qurdim,
kechir, parvardigor,
Qo‘limdan kelgani shu...
Usmon Azim
🔴 YouTubeda koʻrish:
https://youtu.be/fpC6t8bag7g
🔴 Instagramda koʻrish:
https://www.instagram.com/reel/DdjN-vHOp-G/?stkn=b2dvZjlxYm9hODFt
@soz_loyihasi
Mutolaadan topganlarim:
✍️ "Ko‘z yoshing ko‘zingdan qadimiyroqdir...".
✅ "Ijodkor originallikdan o‘zini tiymasa, bora-bora uning ijodi maskaradga aylanadi"
"Tirik odam tanqidga arzigani uchun ham tirikdir. O‘lgan odam haqida yomon gapirish sharqona odobga to‘g‘ri kelmaydi. Bizda aksincha, ijodkorlarni tirikligida maqtab-maqtab bir amallab o‘ldiramiz, o‘lganidan so‘ng esa go‘riga g‘isht qalaymiz..."
📝 "Tanimda bir yirtiq ko‘ylagim bilan zamonning aybini qandoq yoparman..."
"Sovuq o‘tar suyak-suyakdan, Sovimoqda sendan yuragim..."
"Men bilan o‘lasan o‘la-o‘lguncha, Axir men – kafanga o‘ralgan bir his"
"Tun cho‘kar tun bo‘yi jonidan to‘yib...""Til va adabiyot ta’limi" jurnalining "Shoir kim?" loyihasi qahramoni Odil Ikrom haqidagi maqoladan https://t.me/SitoraBarliboyeva
Repost from Orif Tolib
Ertangi dars esingizdami?
Siz ham “Katta rahmat!” deb yozgan, aytgan boʻlsangiz kerak. Aslida unda xato bor, lekin bugun koʻpchiligimiz buni sezmaydigan boʻlib qoldik. Tilimizda bunday soʻzlar, iboralar, jumlalar talaygina. Ular asta-sekin nutqimizga, u orqali tafakkur tarzimiz va hayotimizga ham taʼsir qiladi.
Matn shunchaki harflar tizmasi emas. Soʻz tanlovimiz millatning tafakkur tarzini, qadriyatlarini saqlaydi yoki yoʻqotadi.
📚 Mavzu: Milliy oʻziga xoslik matnlarda qanday aks etadi?
▫️ Nega baʼzi “toʻgʻri” jumlalar aslida oʻzbekcha emas?
▫️ Tarjima va kalka xatolari matnimizni qanday begonalashtiradi?
▫️ Sunʼiy intellekt davrida muharrirning oʻrni nega yoʻqolmaydi?
▫️ Xalq maqoli, askiya, sheʼriyat – bugungi matnlarda qanday yashab qolyapti?
🗓 Sana: 18-sentyabr
⏰ Boshlanishi: 19:20
📍 Manzil: Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi
@oriftolib | Sahifalarimiz
Repost from soʻz!
❤️🔥 Suyukli shoirdan sevimli she’r “So‘z”da
Ustimni yopib qo‘y, ochilmas qilib,
Bilasan – ustimni ochgiligi yo‘q!
Shodmonqul Salom
YouTubeda koʻrish:
https://youtu.be/YjDUG8FS0D8
Instagramda koʻrish:
https://www.instagram.com/reel/DdWYzOaNu-P/?stkn=Nnh1OWp1eHd2a3J4
@soz_loyihasi
Repost from N/a
“Bilga tur” jamoasidan talabalar uchun ajoyib yangilik!
📚📚Ma’ruza, imtihonlardan dam olish kunlari ozroq chalg‘imoqchisiz-u, boray desangiz shahardagi manzillar ham bir xilmi?
🎓👨🎓Bizda endi “Talabalar” ta’rifi mavjud.
📸Siz endi kursdoshlaringiz bilan birgalikda arzon, chegirmali narxlarda tabiatdagi betakror manzillarga sayohat qilishingiz mumkin!
Sayohatlar har hafta shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi!
🎁Joy, transport, maroqli dam olish dasturi, gulhan atrofida qiziqarli o‘yinlar, kino, kuzgi atmosferada issiq qahva, musiqa — hammasini sizlar uchun tashkil qilib beramiz!
Sizlar esa shunchaki yig‘ilib, kursdoshlar bilan bizga murojaat qilsangiz bo‘ldi! Guruh kamida 10 nafar do‘stlaringizdan iborat bo‘lishi lozim!
Xo‘sh, talabalikning oltin davri uchun unutilmas xotiralar yozishga tayyormisizlar! Unda ketdik!
Ro'yxatdan o'tish:
📱Telefon: +99850024-26-47
@bilga_admin
⚠️ Muhim eslatmalar:
Joylar soni cheklangan!
🌏 BILGA tur – aql va ruh bilan sayohat!
Rasmiy sahifalar:
📱 Telegram 📱 Instagram 🌐 facebook 🔻 sayt
+1
Bugun Millat teatrida “Qo‘rqma” asari asosidagi spektakl premyerasida bo‘ldik.
Kitob 2021-yilda jamoatchilik orasida katta qiziqish va hayajon bilan o‘qildi. Kimdir buni yaxshi piarga, kimdir yozuvchi mahoratiga va yana kimdir tanlangan mavzuga yo‘ydi.
Hammasida jon bor, lekin unga qo‘shilgan millat dardi, tariximizdagi ochiq jarohatlarimiz va hali ham uning simillab turgan og‘riqlari asarni tirik qilgan. Shu sabab u odamlar orasida, yuraklarda yashashni boshladi.
Eng muhimi, yozuvchi Cho‘lpon aytgandek, haqiqatni ko‘zlaridanRoman XX asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan o‘zbek yoshlari — ilm olish, Vatanga qaytish, millatga xizmat qilishni orzu qilgan bir avlod haqida. Ammo menimcha, romanning eng og‘ir savoli: “Ular nega o‘ldirildi?” emas. Asarning ichida bundan ham og‘irroq savol bor: “Biz ularning orzusini davom ettiryapmizmi?” Lekin spektaklda shu g‘oya “yeyib” yuborilgandek tuyuldi. Asosiy e’tibor, detallarga, ifodaga, sahnaga, raqslarga, baqir-chaqirlarga “bo‘lib tashlangan”. Ichida bitta topilma — qip-qizil va pakana kiyimdagi “SSSR” menga yoqdi. O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova aytganidek, aktyorimizning ko‘z qarashi, harakatlari, yurishlari sahnaga ruh berdi. Qarasang, millating, tarixing qarichi bilan o‘lchaganda bir “pakana tuzum” turibdi oldingda. Aslida balandsan-u, nimaga qo‘rqasan?! Qo‘rqma! Qo‘rqishni to‘xtat! “Zamonaviy sahna asarida zavq olish muhim”, deganlar bo‘ldi. Lekin men kitob g‘oyasidan topgan “zavq”im bilan qoldim) Balki, shu ham yaxshidir, sababi ba’zan asardan kinosi, asardan spektakili zo‘r chiqqan, degan baholarni eshitamiz. Aslida asarning “zo‘r” bo‘lib qolishi yozuvchining yutug‘i, kitobning “yashashi”dir. Lekin buni sahnaga yoshlar olib chiqayotgani, shu mavzu atrofida o‘ylayotganlari haqida o‘ylasang, ozroq tinchlanasan. Hozir xususiy teatrlarimiz orasida raqobat boshlanmoqda, ijodiy “musobaqa” ko‘paymoqda. Demak, hali yoziladigan asarlar ko‘payadi, aktyorlar orasida ham mahoratlilari maydonga chiqib keladi, san’at asarlari ortadi. Muhimi — Qo‘rqmaslik! O‘zimizga ko‘zgu tutishdan, muammolarimizni aytishdan, kamchiliklarimizni ko‘rsatishdan! Siz ham borib ko‘ring, asarni o‘qing va fikringizni yozing) https://t.me/SitoraBarliboyevaqo‘rqamanqo‘rqmagan!
Repost from soʻz!
12-sentyabr — oʻzbekning jangchi shoiri Shavkat Rahmon tugʻilgan kun!
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar, bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar, bormi bul tufroqda o’zligin izlab, osmon-u falakka yetgan bolalar. Bor boʻlsa, alarga yetkarib qoʻying, bir boshga bir oʻlim demagan ermas, shahidlar o’lmaydi, bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas!Izohlarda shoir ijodidan oʻzingiz yoqtirgan she’rlarni ulashishni unutmang 👇 @soz_loyihasi
Turli sohalarda olimlarimizga “bosh bo‘ladiganlar” ro‘yxati e’lon qilindi.
Bu yil ilk marotaba mazkur lavozimga tanlov o‘tkazildi. Qator talablar belgilandi.
Talablarga moslarni topib qo‘yish masalaning bir tarafi. Yana bir tarafi esa, ilmiy muassasaga bosh-qosh bo‘ladiganlar, nafaqat, sohada tadqiqotlarni, ilmiy ishlarni ko‘paytirish, balki sohadagi olim imidji ustida ham bosh qotirsa, yaxshi bo‘lardi.
“O‘zlik” loyihasi orqali sezganim, olimlarga bugun minbar, so‘z aytadigan maydon kerak. Xalq esa o‘z ilm egalarini bilishi va tanishi zarur.
Shunda qat-qat yozilgan dissertatsiyalar, ilmiy ishlar tokchalarda qolib ketmay, xalqqa “ilmiy ozuqa” bo‘lib yetib boradi.
Bizda har qanday muammoda ilm najot sifatida qaraladi. Lekin agar olim bilganini, professor yozganini bilmay yuraversak, qarichimiz kattarmasligi aniq.
Shu ma’noda olimlarimiz yetakchilaridan sohadagi har bir ilmiy yangilikni xalqqa yetkazish, jamiyatga berish borasida ham tashabbuslar kutamiz.
https://t.me/SitoraBarliboyeva
Repost from O‘zlik
“…1926-yilgi Bokudagi turkologik qurultoy — qatl etilganlar qurultoyi boʻldi. Maqsad — ularni birlashtirmaslik edi!..”#iqtibos@uzbekloyiha
