fa
Feedback
slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
أوزبكستان5 978دسته بندی مشخص نشده است

📈 تحلیل کانال تلگرام slon11 slon7 slon8 at cc to slon9

کانال slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 619 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه و رتبه 5 978 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 619 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 015 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -55 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 4.02% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 1.40% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 551 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 192 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

توضیحی برای کانال ارائه نشده است.

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 اوت, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کرده‌اند.

13 619
مشترکین
-5524 ساعت
-6587 روز
-1 01530 روز
آرشیو پست ها
❤️❤️-ishtirokchi O, ota makonim. Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi. Abdukaxxorova Dilnoza https://t.me/Oak_jurnallari1/6420

❤️❤️-ishtirokchi O'zbek Sen paxta terarding yetti bukilib, Paykalingda eding ey onajonim. Ozbekmisiz, deya galati kulib, Mendan so`rab qoldi bir tannoz xonim. Tannozlar bilan ne ishim bor, Yorab, Ammo tushundim bu ishorasiga. Qarshimda turardi u ermaktalab, Malika boqqandek fuqarosiga Saidov Ismoiljon https://t.me/Oak_jurnallari1/6419

❤️❤️-ishtirokchi Onam Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni korib yorugg' dunyoda, Toshkanni kormagan bechora onam, Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga ogil boldimmi!.. Garchi bisotingda "bayram" sozi yoq, Bilaman, kutasan sandal tola chog, Menda yurak deganlarin ozi yoq: Men sovga bermagan qiz yoq bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga ogilmi, onam?.. Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yoqlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She'r emas faqat, Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat, Endi men ham senga og`ilmanmi, ayt?... Ergasheva Gulsevar Ibrohim qizi https://t.me/Oak_jurnallari1/6418

Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi Baholash mezonlari: ⭐️- 10 ball ❤️ - 1 ball Commentariya - 1 ball

❤️❤️-ishtirokchi "Kapalaklar odamlardan mehribon".Muhammad Yusuf Gulga qoʻnsa qanotlari botmaydi, Ojizlarim birovga tosh otmaydi. Bir kun yashar bir birlarin sotmaydi, Kapalaklar odamlardan mehribon. Bir qarasang, na kulbasi,uyi yoʻq, Na tovushi, na qoʻshigʻi, kuyi yoʻq. Kapalakning kambagʻali,boyi yoʻq, Kapalaklar odamlardan mehribon. Abdulhamidova Haybixon https://t.me/Oak_jurnallari1/6416

❤️❤️-ishtirokchi SHOIR SEVGISI Tanimayman deysiz, Bilmayman deysiz. Yorijon, nozmi bu Sho'xliklaringiz?... Meni tanir xatto Kipriklaringiz, Siz esa shoirni Sevmayman deysiz Ko'rib - ko'rmaslikka Olmoqlar oson. Siz-ku ko'rsangiz ham Olmaysizu tan. Meni tanib xatto Har kun ko'chamdan Sochingiz qo'l silkib O'tar, yorijon. Bilaman, taxminan Shunday o'ylaysiz: Shoirlar - devona Tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi O'tkinchi deysiz, Shoirlar odamdek Sevolmaydilar. Yona-yona bir kun Ko'yingizda men Ado bo'ladurg'on Shamga o'xshayman. Eng go'zal she'rimni To'yingizda men Poyingizga gulxan Qilib to'shayman. Qo'rqmang. Yangrar qo'shiq, Tugamas o'yin. Ko'rganlar sizdan ko'z Uzolmaydilar Shoirlar buzolmas Birovning to'yin, Birovning uyini Buzolmaydilar. Muhammad Yusuf Karimova Dildora https://t.me/Oak_jurnallari1/6415

❤️❤️-ishtirokchi ONAJON Topmoq — yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq — topmoq, Sen so‘lib, men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim — Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim. Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!.. Sog‘inch haqda she’rlar Yozdim o‘zimcha, Mendan peshonangda Dog‘lar tizimcha. O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attang, ming attang. Qiz tug‘sang netardi, Ko‘proq qiz tug‘sang!.. Tirgak bo‘lolmadim Bitta qizingcha — Uyalmay shoirman Deyishimga boq. Joningdan aylanay, Turgil jonajon, Yo‘l qarab bo‘ldimi Jigarginang qon? Boqma ko‘zlarimga Bemajol, xasta, Mening topganlarim — Gulmi bir dasta? Yo‘qotganim senmi Endi, ONAJON?.. O‘z etimni o‘zim Yeyishimga boq. Bilsang, yuragimni Bir alam elar: Buyursang, qo‘limdan Kelmaydi nelar? Ayt, pichan yig‘aymi, O‘tin yoraymi, Yerni haydayinmi, Ko‘k ag‘daraymi?.. Itdek oyog‘ingga Suykalgim kelar — Uchib-uchib, mana Qo‘nishimga boq. — Hech narsa kerakmas, Bolam, hech, deysan. Endi kech deysan-da, Endi kech deysan... Yuzimni bosaman Muzday yuzingga, Onajon, zor qilib Ketma izingga! O‘lim oldida ham G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga Ko‘nishimga boq. She’rim bitdi, xayr, Do‘stlar, xush qoling. Bedil yashamakka O‘rganmang menday. Boring, volidangiz Ko‘nglini oling, Ertaga kech qolib O‘rtanmang menday. Zaripova Shabnam https://t.me/Oak_jurnallari1/6414

❤️❤️-ishtirokchi (Bitilmagan so‘nggi she’r) VIDO. Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i, Izlama, hech qanday tashhisu, malham. Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i, Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham. Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir, Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir, G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh! Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza, Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol. Toshkentda ochmasin, hech qanday aza, Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol! To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan, Hammasi joyida: seyf, stol, palos... Faqat Yozuvchilar uyushmasidan, Bir varaq ariza qarzim bor, xolos. Aytgancha, stolim chap tortmasida, Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor. Adashmasam, edi yurtga qasida, Shuni nashriyotga-taqrizga yubor. Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum, “Ruh o‘zin ulfati jondan tuymoqda”. Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim, Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda! To‘rt bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q, Nima qilay axir, Xudoyim aytsin. Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q, Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin! Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi, Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq. Nahot, Robbim menga shunday dard berdi, Taqdirim bo‘ldimi “Lolaqizg‘oldoq”!? Jonsiz jigarimga botmoqda tikan, Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am. Aslida, she’rlarim peshonam ekan, To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham. O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir, Ehtimol, ular ham qilishar toqat. Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir, Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat! Kor qilmaydi unga hech himmatingiz, O‘zin ado qilar, jonini yeya Ayting sekingina-Muhammadingiz, Ketdi Muhammadning yoniga-deya. Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi, Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham. “Menga havo yetmas...”, jon toraydimi, Buncha hayalladi, Azroili ham. Kelishin kutamiz endi nachora, Bir shoir jonida intiqomi bor. Aytgancha, uch kundan keyin, bechora, Nozima qizimning imtihoni bor. Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin, Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga. Tegsa, tegibdida, yordami axir, Muhammad Yusufning bitta qiziga. Ana kelayotir, ajal pishqirib, Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni. Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib, Aytishga ulguray Shahodatimni. Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt, Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin. Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt: “Nomard odamlarga ishi tushmasin!” Unga shon kerakmas, unvon kerakmas, Yetadi xilqatu-xayoli degan. Unvon berib ketay men unga, abas, Muhammad Yusufning ayoli degan! Ichim achiyapti Adabiyotga, Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham. So‘zini muhrlab abadiyatga, Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham? Bilaman, yozadi qalamin o‘pib, Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar. Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib, Bosib kelmasmikan qaro quyunlar! Nahot o‘z-o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa, Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech! Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa, Shogirdman demasin Muhammadga, hech! Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol, Yashadim, lek shoir jismi bilan, men. Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol, Ikki payg‘ambarning ismi bilan, men! O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum, Darig‘ tutma mendan muhabbatingni. O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum, O‘zing kechir sodda Muhammadingni! “ O‘LIM NIMA, BU HAM BITTA SAYR, ONA, O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI XAYR, ONA...” Avazbekova Sojida https://t.me/Oak_jurnallari1/6413

❤️❤️-ishtirokchi Koʻklamoyim Sochimda oq, men bahordan otindim: Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim. Qor qoynida seni qoʼmsab oʼkindim, Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim. Koʼnglimga koʼk binafshalar sochilsin, Kokiliga tolpopukdan soch ilsin, Boychechakka borar yoʼllar ochilsin, Koʼklamoyim, koʼkingdan ber bir chimdim. Muhiddinova Yasmina https://t.me/Oak_jurnallari1/6412

❤️❤️-ishtirokchi Qiz yo'q uyda sarin sabo esmaydi Qiz yo'q uyda jambil rayhon o'smaydi O'g'illarning ota bilan ishi yo'q Qiz otasin har qadamda eslaydi Ko'zlariga surgay yurgan izingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz Qiz yo'q uyda tonglar erta otmaydi Tomda oftob ayvonda oy yotmaydi O'g'il qanday do'st bo'ladi bilmadim Qiz do'st bo'lsa siringizni sotmaydi Og'ir kunda jovdiratmas ko'zingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz Umr daryo tolega kim kafildir Qizning borar yo'li faqat sohildir Qiz qadriga yetmaganlar g'ofildir Qizli uyda yorug' bo'lar yuzingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz Dunyo ko'rki shu ko'zlari shahlolar Qizlar borki chamanzordir sahrolar Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan Tohirlarni Tohir etgan Zuhrolar Qiz tufayli butdir risqu-ro'zingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz Ayting kimni paymonasi to'lmagan Qizi bor ota yot bag'irda o'lmagan O'g'lim yo'q deb o'kinganlar johillar Hatto Payg'ambarni o'g'li bo'lmagan Bilib ayting aytar har bir so'zingiz Qay o'g'ildan kamdir ayting qizingiz?! Nematova Iroda https://t.me/Oak_jurnallari1/6411

❤️❤️-ishtirokchi Senga baxtdan taxt qursam arziydi, Dunyo-dunyo baxt bersam arziydi. O'zbekning eng sodda shoiri bo'lib, Ostonangda yotsam arziydi. Umirzaqov Shohijaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6410

❤️❤️-ishtirokchi MUHAMMAD YUSUF Ulug‘imsan, Vatanim Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim. O‘zim xoqon, O‘zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg‘izim, yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim. Ishtirokchi: Azizbek Otabekov Jizzax Viloyati, Zomin Tumani https://t.me/Oak_jurnallari1/6409

❤️❤️-ishtirokchi Lolaqizgʻaldoq Mendan nima qolar: Ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni oʻylayman Oʻzimdan koʻproq - Lola,lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Men ketsam,yomondan Yiroq boʻl,ohu, Chunki sen chiroyli, Koʻrkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi boʻlar-u, Yomon odam yaxshi Boʻlmas hech qachon... Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola,lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Koʻkda kelayotur, Qushlar qaytishib. Xayrlar yogʻdirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor,mening uchun ham Ularga qoʻl qoq - Lola, lolajonim, Lolaqizgʻaldoq! Muhammad Yusuf Muhammadiyeva Xumora https://t.me/Oak_jurnallari1/6408

❤️❤️-ishtirokchi Muhammad Yusuf " Vatan" Vatanim sensan mening borim borligʻim. Senga boʻlgan muhabbatim - yorugʻ yoʻlim Sen tufayli yuragimda yashar orzular Sensiz men uchun bu dunyo - qorongʻu zulm. Amirqulova Munira https://t.me/Oak_jurnallari1/6407

❤️❤️- ISHTIROKCHI Mehr qolur , muhabbat qolur 🤍 O'tar qancha yillar to'zoni, Yulduzlar – ko'zyoshi samoni. O'tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur.  Qorachug'da porlagan o'sha, Shams quchmagan bir go'zal go'sha, Dunyoda eng yaxshi bir o'sha, Mehr qolur, muhabbat qolur.  Muhammad Yusuf Uzoqova Mohinur 🌸 https://t.me/Oak_jurnallari1/6406

Sheʼrni text qilib yozib, adminimiz @huquqv ga tezroq yuboring ishtirokchilar soni cheklangan 100 tagina ishtirokchi qabul qilinadi Baholash mezonlari: ⭐️- 10 ball ❤️ - 1 ball Commentariya - 1 ball

❤️- ISHTIROKCHI ARMON Yog‘ayotgan yomg‘irmi-qormi, Qor ostida qolgan bahormi. Sensiz dunyo shunchalar tormi, Yana bo‘zlar bo‘ldi yuragim. Shamday yonib, shamday o‘chdimm i. Sarvinozim, sendan kechdimm i. Endi senga men ham xech kimm i? Yana bo‘zlar bo‘ldi yuragim. Yog‘ayotgan yomg‘irmi-qormi, Bir jonimga shuncha ozormi. Bu dunyoda do‘stim ham bormi, Armonlarga to‘ldi yuragim. Bu yerlarda netarman endi, Sahrolarga ketarman endi. Seni kuylab o‘tarman endi, Dostonlarga to‘ldi yuragim. Yoqubova Nasibaxon https://t.me/Oak_jurnallari1/6404

❤️- ISHTIROKCHI Biz baxtli bo’lamiz Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik...   Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep, Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan. Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb, Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..   Menga bir tabassum hadya et, ey yor, nur tomsin lablaring sohillaridan. O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan?..   Iymanib yashama xayol pinjida, Yoyil, yayra, jonim,  o’rtanma g‘amda. G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida: Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda. Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib, Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi. Sening yoningda ham seni axtarib, Sening yoningda ham Seni kutguvchi. Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda, Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun? Barcha farishtalar sening qalbingda, Ijarada turgan qizlar men uchun!.. Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, Muhammad Yusuf Baxramova Shaxnoza https://t.me/Oak_jurnallari1/6403

❤️- ISHTIROKCHI Vatanim.. Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim. O‘zim xoqon, O‘zim sulton Sen taxti Sulaymonim. Yolg‘izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan, Vatanim...
Sheralixon Rustamov Shuhratovich
https://t.me/Oak_jurnallari1/6402

❤️- ISHTIROKCHI Onaizor Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun ahir tildan ham... Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham --- Onam yig'lar, onam yig'lar onam u... Sig'may qolsam shunday keng bu jahona, Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona, Jonsiz tanim ustida ham parvona --- Onam yig'lar onam yig'lar, onam u... Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo, Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo. Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo --- Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Gulday kulib yurmasmidi o'g'lim deb, Ko'rib ko'ngli to'lmasmidi, o'g'lim deb Onang o'lsa bo'lmasmidi o'g'lim, deb Onam yig'lar, onam yig'lar, onam u... Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham, Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham. Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham --- Onam yig'lar onam yig'lar, onam u... Muhammad Yusuf Bobomurotova Marjona https://t.me/Oak_jurnallari1/6401