Fulbright kundaligi
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
640
مشترکین
-224 ساعت
+17 روز
+25630 روز
آرشیو پست ها
🇺🇸 Fulbright Visiting Scholar Program 2027
🎓 AQShda 3–5 oylik ilmiy tadqiqot va dars berish imkoniyati
Fulbright Visiting Scholar dasturi O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar, tajribali mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun AQShda qisqa muddatli ilmiy faoliyat olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
🎯 Dastur yo‘nalishlari – Universitet darajasida ma’ruza o‘qish – Postdoktorant darajasida ilmiy tadqiqot olib borish – Ma’ruza va tadqiqotni birlashtirgan dastur – Yosh professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturi (syllabus) ishlab chiqish va metodikani takomillashtirish👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – O‘zbekiston fuqarosi – PhD (doktorlik) darajasiga ega yoki kamida 10 yillik professional tajribaga ega mutaxassis – Oliy ta’lim muassasasi, tahlil markazi yoki davlat/nodavlat tashkilotida faoliyat yuritayotganlar – Ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar 📌 Kamida 3 yillik universitetda dars berish tajribasiga ega yosh professor-o‘qituvchilar ham alohida yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishlari mumkin.
📚 Ustuvor yo‘nalishlar – Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, raqamli ko‘nikmalar – Muhandislik va energetika (jumladan qayta tiklanuvchi energiya) – Yadro muhandisligi va xavfsizlik siyosati – Kosmik tadqiqotlar va aerokosmik muhandislik – Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ AQShga borish–qaytish aviabileti ✔️ AQShda yashash va faoliyat uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Professional va madaniy rivojlanish dasturlari ✔️ Bir nafar oila a’zosi uchun qo‘shimcha aviabilet (J-2 vizasi asosida) 🗓 Ariza topshirish muddati: 20-sentabr 2026 📩 Savollar uchun: TashkentFulbright@state.gov Rasmiy manba Ariza topshirish bo‘yicha maslahat uchun: @said_tojiboev_13
Bu yilgi dastur uchun hujjatlarni topshirish muddati 30-iyungacha uzaytirildi.
@fulbright_kundaligi
Suhbatdan keyingi bosqich. (3/n)
Avgust boshida suhbat natijalari e’lon qilinadi. Taxminan 20 nafar nomzoddan 4–5 kishi keyingi bosqichga o‘tadi va ularga GRE/GMAT/LSAT hamda TOEFL testlari uchun bepul voucher beriladi. Testlar sentabr oyining birinchi yarmigacha topshirilishi kerak. Natijalar odatda 2 hafta ichida chiqadi va sentabr oxirigacha Fulbright dasturiga yuborilishi kerak.
Agar testlardan kutilganidan pastroq natija chiqsa, Fulbright yana bir marta test topshirish uchun voucher berishi mumkin. Qaysi test topshirilishi nomzodning tanlagan yo‘nalishi va dastur talablariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ayrim yo‘nalishlarda GRE, biznes yo‘nalishlarida GMAT, huquq yo‘nalishlarida esa LSAT talab qilinishi mumkin.
@fulbright_kundaligi
Suhbat jarayoni. (2/n)
Hujjatlar yuborilgandan keyin, 15-iyul kuni suhbatga taklif kelgan. Suhbat onlayn formatda bo‘lib, taxminan 1 soat davom etgan. Suhbat 4 kishidan iborat komissiya tomonidan olib borilgan. Savollar asosan yozilgan esse, CV va kelajakdagi maqsadlar atrofida bo‘lgan.
Suhbatning asosiy maqsadlaridan biri nomzodning esseda yozgan fikrlari, tajribasi va maqsadlari hayotdagi qarashlari bilan qanchalik mos kelishini ko‘rish bo‘lgan. Shu sababli savollarga shunchaki javob berishdan ko‘ra, fikrni aniq va to‘liq yetkazish, o‘z maqsadlarini ishonchli tushuntira olish va suhbat davomida samimiy bo‘lish muhimroq.
Yana bir muhim jihat shuki, savollarga imkon qadar o‘z tajribangizdan kelib chiqib, aniq misollar bilan javob bergan yaxshiroq. Buning uchun albatta misollarni oldindan o‘ylab, tayyorlab qo‘yish kerak. Aslida bunday misollar juda ko‘p bo‘ladi, faqat biz har kungi ishimizni alohida qayd qilib bormaganimiz uchun ularni tezda eslay olmaymiz.
Masalan, bank xodimi ishga qabul qilish jarayonida 5 nafar nomzod bilan suhbat o‘tkazgan va yakunda ayol nomzodni ishga olishga qaror qilgan. Bungacha uning boshqarmasida ayol xodim bo‘lmagan. U bu qarorini gender tengligiga e’tibor berish va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy qadam sifatida izohlagan. Bunday hayotiy va aniq misollar komissiya a’zolarida yaxshi taassurot qoldiradi.
Shunga o‘xshash misollar bo‘lsa, izohlarda yozishingiz mumkin.
@fulbright_kundaligi
🎓🇺🇿 Calling university faculty, researchers, and professionals from Uzbekistan!
Applications are now open for the 2027–2028 Fulbright Visiting Scholar Program, offering fully funded opportunities to teach, conduct research, and collaborate with leading 🇺🇸U.S. institutions.
❗️Priority fields include AI, cybersecurity, energy systems, aerospace engineering, agriculture, and other cutting-edge STEM disciplines.
👉 Apply by September 20, 2026
Expand your impact, exchange ideas, and return with new knowledge to inspire the next generation.
U.S. Embassy Tashkent
@fulbright_kundaligi
Hujjat topshirish. (1/n)
Fulbright yoki shunga o‘xshash grantlar haqida har yili eshitardim, lekin ish yoki boshqa sabablar bilan hujjat topshirishga vaqt yoki yetarli xohish bo‘lmasdi. O‘tgan yili Fulbright dasturi ochilishi bilan profil yaratib, dastur talablari bilan tanishib chiqdim. Shu bilan yana esimdan chiqib ketdi. 24-may kuni “qabul tugashiga 1 kun qoldi” degan eslatma keldi. Shundan keyin hujjatlarni tayyorlab, topshirib yubordim. 3 ta tavsiyanoma olishda sal shoshib qolganimni hisobga olmasa, hammasi yaxshi o‘tdi va bu birinchi bosqichdan o‘tishim uchun yetarli bo‘ldi.
Ba'zida oʻz vaqtida qilingan toʻgʻri qaror kelajakda katta oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin!
@fulbright_kundaligi
🇰🇷 Hyundai Motor Chung Mong-Koo Scholarship 2026
🎓 Korean Language Instructor Program (to‘liq grant)
Koreys tili o‘qituvchilari uchun 2026-yilgi to‘liq moliyalashtiriladigan stipendiya dasturi e’lon qilindi. Dastur Hyundai Motor Chung Mong-Koo Foundation tomonidan tashkil etiladi va Yonsei Universitetida tahsil olish imkonini beradi.
🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– Koreya fuqarosi bo‘lmagan nomzodlar
– Hozirda koreys tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotganlar
– Kamida 3 yillik pedagogik tajriba va
– TOPIK 5 yoki undan yuqori darajaga ega bo'lganlar
– 40 yoshdan kichik nomzodlar
💰 Grant nimalarni qoplaydi?
✔️ Yonsei Universitetida koreys tili va metodika kurslari
✔️ Borish–qaytish aviabileti
✔️ Kampus yaqinida turar joy
✔️ 2,000,000 KRW joylashish uchun bir martalik yordam
✔️ Oyiga 800,000 KRW stipendiya
✔️ 500,000 KRW dastur yakunida grant
✔️ Dasturdan keyin har yili 3,000,000 KRW gacha grant (Koreya bilan bog‘liq loyihalar uchun)
⏳ Dastur muddati
📅 2026-yil sentabr – 2027-yil fevral
🗓 Ariza topshirish muddati:
11-may 2026, soat 16:00 (KST)
🔗 Ariza topshirish uchun:
https://forms.gle/m11t62nfeux7f2NA6
@fulbright_kundaligi
Avvalgi yillarda Fulbright xorijiy talabalar dasturi doirasida O‘zbekiston uchun har yili 3 tagacha o‘rin ajratilgan. Lekin 2027–2028-yilgi qabul uchun 4 ta o'rin ajratilishi belgilanibdi. Bu qo'shimcha 200,000 AQSH dollari degani kamida. Bu yilgi nomzodlarda imkoniyat nisbatan ko'proq bo'ladi. Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi. Oxirgi muddat: 31-may.
@fulbright_kundaligi
Q&A Session with a Fulbright Scholarship Winner
🎓 Fulbright dasturi haqida savollaringiz bormi?
Sizni ertaga soat 20:00 da bu yilgi Fulbright granti g‘olibi ishtirokida bo‘lib o‘tadigan maxsus vebinarga taklif qilamiz. Vebinar savol-javob tarzida o‘tkaziladi va siz o‘zingizning holatingizga xos savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Bundan tashqari, vebinar davomida quyidagilar haqida bilib olasiz: • Fulbright dasturining imkoniyatlari • Talab etiladigan hujjatlar • Tanlov jarayoni • Shaxsiy tajriba va amaliy maslahatlar • O‘zingizni qiziqtirgan savollarVebinar vaqti: 📅 1-may, Juma 🕐 20:00 (Toshkent vaqti) 📍 Format: Online Vebinar @fulbright_kundaligi kanalida o‘tkaziladi. Savollaringizni oldindan ushbu post izohlarida qoldirishingiz mumkin. @fulbright_kundaligi
🇮🇳 Hindiston hukumati tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslari – barcha xarajatlar qoplanadi!
❗️ITEC portalida 2027-yil mart oyigacha bo‘lgan kurslar katalogi e’lon qilindi.
Kurslar katalogi
O‘zbekiston fuqarolari uchun turli yo‘nalishlarda (ta’lim, IT, boshqaruv, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) Hindistonning yetakchi universitetlarida bepul malaka oshirish imkoniyati mavjud.
🎯 Dastur imkoniyatlari: – O‘qish va treninglar bepul – Aviabilet, turar joy va stipendiya ta’minlanadi – Ilg‘or ta’lim markazlarida amaliy mashg‘ulotlar – Turli soha mutaxassislari uchun maxsus kurslar📌 Muhim: O‘zbekistondan har bir kurs bo‘yicha o‘rtacha 3–5 nafar nomzod qabul qilinadi.
👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin: – Davlat tashkilotlari xodimlari – O‘qituvchilar, trenerlar, metodistlar – Boshqaruv, iqtisodiyot, moliya, IT, ta’lim, tibbiyot, muhandislik, qishloq xo‘jaligi va boshqa soha mutaxassislari – Ingliz tilida muloqot qila oladigan nomzodlar (sertifikat talab etilmaydi)
📌 Talablar: – O‘zbekiston fuqarosi – 25–45 yosh (kursga qarab farq qiladi) – Ish joyidan ruxsatnoma – Tibbiy ko‘rik – Kurs davomida to‘liq qatnashish majburiyati⏳ Kurslar davomiyligi: – 1 haftadan 1 yilgacha (tanlangan kursga qarab) 🔗 Arizalar rasmiy ITEC portali orqali topshiriladi: https://www.itecgoi.in/ Ariza topshirish bo‘yicha maslahat uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi
Koʻkalamzorlashtirish boʻyicha Singapur tajribasi.
Oʻzi shundogʻam yerni narxi juda qimmat va kamiga shaharda yashil hududlar judayam koʻp. Binoning ichida yashil hudud yaratish juda qimmatga tushadi. Ya'ni bunaqa qilmasa ham hech kim e'tiroz bildirmas edi.
P.S. Bu mehmonxonada xonalar narxi kuniga oʻrtacha $350 dan boshlanadi.
@fulbright_kundaligi
Ideal holatda bunday yashil hududlar odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo‘lmasligi va tabiatni ko‘rish uchun alohida vaqt ajratib, 1–2 soat yo‘l bosib borish zarur bo‘lmasligi kerak.
Yashil hududlar bu hashamat emas balki zaruratdir.
@fulbright_kundaligi
🌍 Cartier Women’s Initiative 2027
Ijtimoiy yoki ekologik muammolarga innovatsion yechim berayotgan ayol tadbirkorlar uchun $100,000 gacha grant!
Cartier Women’s Initiative butun dunyo bo‘ylab ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
🏆 Moliyaviy mukofotlar:
🥇 1-o‘rin — $100,000
🥈 2-o‘rin — $60,000
🥉 3-o‘rin — $30,000
Tanlangan ishtirokchilar: – Fransiyadagi INSEAD biznes maktabida maxsus tadbirkorlik dasturida qatnashadi – Individual mentorlik va rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha coaching oladi – Xalqaro media va investorlar e’tiboriga chiqadi – 500 dan ortiq ayol tadbirkorlar global hamjamiyatiga qo‘shiladi🗓 Arizalar 16-iyun 2026, soat 14:00 (CEST) gacha qabul qilinadi. Rasmiy manba @fulbright_kundaligi
🇺🇸 Fulbright Foreign Student Program 2027–2028
🎓 AQShda magistratura uchun to‘liq grant!
Dastur magistraturani AQShda deyarli barcha sohalar bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qish imkonini beradi.
🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – O‘zbekiston fuqarosi – Bakalavr diplomi egasi – Kamida 2 yil ish tajribasi – Ingliz tilini yetarli darajada bilishi
💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ Kontrakt va boshqa to‘lovlar ✔️ Oylik stipendiya ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Kitob va o‘quv qurollari xarajatlari ✔️ Borish–qaytish aviabileti ✔️ J-1 viza qo‘llab-quvvatlovi🗓 Ariza topshirish muddati: 31-may 2026 🔗 Rasmiy manba 📩 Savollar uchun: TashkentFulbright@state.gov Fulbright dasturi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish va savollarga javob topish uchun EducationUSA tomonidan ochiq sessiya o‘tkaziladi: 📅 Sana: 9-aprel 2026 🕓 Vaqt: 16:00 📍 Manzil: American Center Tashkent (AUT) Sessiyada qatnashish uchun havola. ℹ️ P.S.: 2026–2027 o‘quv yili uchun Fulbright dasturi g‘oliblaridan biri hisoblanaman. 📌 Ariza topshirishda maslahat uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi
📢 DataCamp kurslari uchun bepul imkoniyat!
www.datacamp.com platformasidagi istalgan kursni o‘rganish imkoniyati mavjud.
Sizga Premium versiyadan foydalanish uchun 1 semestrlik bepul kirish taqdim etiladi. Ushbu imkoniyat har bir semestr uchun alohida beriladi.
Platforma orqali Data analytics, BI analytics, Data science, Sun'iy intellekt va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda bilim olishingiz mumkin.
📩 O‘rganishni xohlovchilar kommentda elektron pochta manzilini qoldirishi so‘raladi.
@fulbright_kundaligi
🇰🇷 KOICA–Hanyang University NEXT Fellowship 2026
🎓 M.S. in AI Digital Convergence yo‘nalishida to‘liq grant asosidagi 2 yillik magistratura dasturi
🏛 Nima uchun Hanyang University? – Ilmiy tadqiqot va tezis ishlari zamonaviy laboratoriyalarda olib boriladi – Sanoat korxonalari bilan hamkorlikda amaliyot va tajriba orttirish imkoniyati mavjud – Mehnat bozoriga tayyor, malakali muhandislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim modeli – Kuchli texnik baza va faol ilmiy-tadqiqot muhiti
💰 Grant imkoniyatlari (KOICA & Hanyang) ✔️ 4 semestr uchun to‘liq kontrakt (50% KOICA / 50% Hanyang University) ✔️ Oyiga 1,2 million KRW stipendiya ✔️ Kampus yotoqxonasi xarajatlari to‘liq qoplanadi ✔️ Borish–qaytish aviabileti ✔️ Tibbiy sug‘urta xarajatlari👤 Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak: – KOICA tomonidan belgilangan 13 davlat fuqarosi bo'lishi (jumladan O‘zbekiston) – Bakalavr diplomi egasi bo‘lishi – Ingliz yoki koreys tilini yaxshi bilishi (kamida IELTS 6.0 yoki TOPIK 4) – Ilgari Koreya hukumati grantini olmagan bo‘lishi 🗓 Grantga hujjat topshirish muddati: 20-aprel 📩 Rasmiy murojaat uchun: hykoica@hanyang.ac.kr Rasmiy manba 📌 Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi
🇬🇧 British Council – Women in STEM stipendiyasi (2026–2027)
🎓 Buyuk Britaniyada magistratura uchun to‘liq grant!
2026–2027 o‘quv yili uchun British Council’ning Women in STEM global stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
📌 Nomzod STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi yoki shu yo‘nalish bilan bevosita bog‘liq tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi.
💰 Grant nimalarni qoplaydi? ✔️ To‘liq kontrakt to‘lovi ✔️ Oylik yashash stipendiyasi ✔️ Borish–qaytish aviabileti ✔️ Viza va tibbiy sug‘urta xarajatlari ✔️ IELTS xarajatlarini qoplash (zarur bo‘lsa) ✔️ O‘qish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarHar bir grant qiymati kamida £40,000. Nomzodlar quyidagi 3 ta universitetdan biriga ariza topshirishi mumkin: 🏛 University of Bath | Deadline: 23 April 2026 🏛 University of Bradford | Deadline: 30 April 2026 🏛 Durham University | Deadline: 30 April 2026
📚 Mavjud yo‘nalishlar – Artificial Intelligence – Robotics and Autonomous Systems – Renewable and Sustainable Energy – Biotechnology – Data Science – Advanced Mechanical Engineering – Climate Change – Environmental Sustainability – Biomedical Engineering – Engineering Management va boshqa STEM yo‘nalishlari.📝 Qanday topshiriladi? Arizalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlangan universitet orqali topshiriladi. Bir nechta universitetga alohida-alohida ariza topshirish mumkin. 📩 Savollar uchun: womeninstem.scholarships@britishcouncil.org Rasmiy manba Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi
