fa
Feedback
Fulbright kundaligi

Fulbright kundaligi

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
640
مشترکین
-224 ساعت
+17 روز
+25630 روز
آرشیو پست ها
🌍 World Bank Group Data Academy’dan bepul onlayn kurs! 📊 Fundamentals of Data Visualization: Crafting Compelling Stories wi
🌍 World Bank Group Data Academy’dan bepul onlayn kurs! 📊 Fundamentals of Data Visualization: Crafting Compelling Stories with Data Murakkab ma’lumotlarni tushunarli va ta’sirchan grafikalarga aylantirishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat. Ushbu kurs orqali qaror qabul qilish jarayonida ma’lumotlarni aniq, lo‘nda va samarali taqdim etish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
🎯 Kursda nimalar o‘rgatiladi? ▪️ To‘g‘ri grafik turini tanlash tamoyillari ▪️ Grafik tuzilmasi (chart anatomy) va dizayn asoslari ▪️ Eng yaxshi amaliyotlar asosida aniq va intuitiv vizuallar yaratish ▪️ Murakkab tendensiyalarni sodda va tushunarli shaklda ifodalash usullari ▪️ Excel’da xaritalar va infografikalar yaratish ko‘nikmalari
Kurs davomida amaliy mashg‘ulotlar orqali real ma’lumotlar bilan ishlash hamda ma’lumotlarni vizual tarzda tizimli va ta’sirchan taqdim etish malakalari rivojlantiriladi.
📚 Kurs tafsilotlari 🕒 Davomiyligi: 8 soat 🎥 9 ta video dars 💻 Format: e-Learning (to‘liq onlayn) 🏅 Bepul Sertifikat
📅 Ro‘yxatdan o‘tish ochiq. Kurs materiali 2026-yil 31-mart sanasidan boshlab ishtirokchilar uchun taqdim etiladi. 🔗 Ariza topshirish uchun havola @fulbright_kundaligi

Hindiston elchixonasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “ITEC Day” tadbiridan esdalik. Bu dastur Hindiston b
Hindiston elchixonasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “ITEC Day” tadbiridan esdalik. Bu dastur Hindiston bilan ta’lim va professional hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim platforma hisoblanadi. @fulbright_kundaligi

Koreyada yashaganimizda uyimiz oldida katta jamoat parki bor edi. Men odatda shu yerda yugurardim. Ertalab ham, kechqurun ham
+2
Koreyada yashaganimizda uyimiz oldida katta jamoat parki bor edi. Men odatda shu yerda yugurardim. Ertalab ham, kechqurun ham yoshlar va yoshi kattalar shu parkka sayr qilish yoki sport bilan shug‘ullanish uchun chiqardi. Qiziq tomoni, park hududida birorta ham ovqatlanish joyi yo‘q edi. Ya’ni u yer faqat sog‘lom turmush tarzi va dam olish uchun mo‘ljallangan edi. Shunday jamoat parklarining mavjudligi yoki ko‘pligi davlatning uzoq muddatli sog‘liqni saqlash xarajatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘plab ilmiy maqolalar bor. Bog‘liqlik aslida juda oddiy: yashil hududlar ko‘paygani sari odamlar uylaridan tashqariga chiqib ko‘proq harakat qiladi, jismoniy faollik ortadi, natijada surunkali kasalliklar kamayadi. Surunkali kasalliklar kamaygani sari tibbiy xarajatlar ham kamayadi. Bundan tashqari, yashil hududlar stressni kamaytiradi, ruhiy salomatlikni yaxshilaydi, bolalar va keksalar uchun xavfsiz ijtimoiy muhit yaratadi. Bu esa uzoq muddatda nafaqat tibbiyot byudjetiga, balki ijtimoiy himoya tizimiga tushadigan bosimni ham kamaytiradi. Yaqinda yangilangan poytaxt bosh rejasida ham yashil maydonlar ulushini oshirish rejalashtirilgani aytildi.
Unga ko‘ra, poytaxtning 9 hududida umumiy maydoni 139,6 gektar bo‘lgan parklar barpo etiladi.
Oldini olish har doim davolashdan arzonroq, va yashil hududlar aynan shunday profilaktik infratuzilma hisoblanadi. @fulbright_kundaligi

Dushanba kuni fond bozori ochilishini kutayotgan aksiyalar @fulbright_kundaligi
Dushanba kuni fond bozori ochilishini kutayotgan aksiyalar @fulbright_kundaligi

Preparing for the next chapter... @fulbright_kundaligi
+4
Preparing for the next chapter... @fulbright_kundaligi

🇰🇷 KDI School (Koreya) – 2026 ADB–KFP To‘liq Grant Asosidagi Magistratura Dasturi! ADB (Asian Development Bank) va Koreya R
🇰🇷 KDI School (Koreya) – 2026 ADB–KFP To‘liq Grant Asosidagi Magistratura Dasturi! ADB (Asian Development Bank) va Koreya Respublikasi hukumati hamkorligida KDI School of Public Policy and Management tomonidan 1,5 yillik to‘liq grant asosidagi magistratura dasturi e’lon qilindi.
🎓 Dastur yo‘nalishlari (Master’s Degree): – Public Policy – Development Policy – Public Management
🏛 Nima uchun KDI School? - Amaliy va siyosatga yo‘naltirilgan ta’lim - Juda yuqori karyera o‘sish salohiyati - Global alumni network - Juda tinch va xavfsiz muhit
📍 O‘qish formati: 1.5 yil (Sejong, Janubiy Koreya)
💰 Grant imkoniyatlari: Tanlovdan o‘tgan barcha nomzodlar avtomatik ravishda ADB–KFP stipendiyasiga ega bo‘ladi: ✔️ To‘liq kontrakt to‘lovi ✔️ Oylik stipendiya ✔️ Borish–qaytish aviabileti 👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak: – Davlat tashkilotida kamida 3 yil to‘liq ish tajribasi – 35 yoshdan katta bo‘lmaslik (istisno holatlar bo‘lishi mumkin) – O‘qishni tugatgach, kamida 2 yil o‘z mamlakatida ishlash majburiyati – Hozirda boshqa magistratura dasturida o‘qiyotgan bo‘lmaslik 🗓 Qabul jadvali: – Onlayn ariza: 13-fevral – 27-fevral 2026 (KST) – Hujjatlar ko‘rib chiqish natijasi: 20-mart – Intervyu: 20–31 mart – Yakuniy natija: May oxiri (TBA) 📄 Kerakli hujjatlar: – Onlayn ariza va SOP – 2 ta tavsiyanoma (onlayn tizim orqali) – Bakalavr diplomi va transkript (rasmiy) – Ish joyidan ma’lumotnoma – Pasport nusxasi – Ingliz tili sertifikati (IELTS dan kamida 6 ball)
Rasmiy manba Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi

Plan B! Emailni ochmasdan kayfiyatni koʻtaradigan xabarligini bildim. Umuman olganda yil yomon boshlanmadi, Xudoga shukr. Ma’
Plan B! Emailni ochmasdan kayfiyatni koʻtaradigan xabarligini bildim. Umuman olganda yil yomon boshlanmadi, Xudoga shukr. Ma’lumot uchun, Chevening granti — Buyuk Britaniya hukumatining eng nufuzli xalqaro grant dasturlaridan biri hisoblanadi. Jarayonlarni telegram kanalimda boʻlishib boraman. Juda koʻp narsa yozishga vaqt ham boʻlmaydi lekin :) @fulbright_kundaligi

Ta’lim sifatini xalqaro test natijalariga qarab belgilash to‘g‘rimi? Zhao tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, PISA nati
Ta’lim sifatini xalqaro test natijalariga qarab belgilash to‘g‘rimi? Zhao tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, PISA natijalari yuqori bo‘lgan mamlakatlarda o'quvchilarning tadbirkorlik qobiliyati pastroq bo‘lishi mumkin. Grafikda PISA ballari bilan tadbirkorlik qobiliyati o‘rtasida salbiy bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Ya’ni, test natijalari oshgani sari tadbirkorlik pasayishi mumkin. Masalan: – Singapur va Koreya — juda yuqori PISA natijasiga ega, lekin tadbirkorlik qobiliyati past. – AQSh — PISA bo‘yicha yetakchi emas, ammo tadbirkorlikka ishonch yuqori. Albatta, bu sabab-oqibat degani emas. Lekin muhim nuqta shuki: Agar o'quvchilar xalqaro test imtixonlaridan past natijalar ko'rsatgan bo'lsa, bu ta'lim sifati past ekanligini anglatmasligi mumkin. Balki ularda tashabbuskorlik, risk qilish, innovatsion fikrlash kabi boshqa muhim kompetensiyalarni tezroq va osonroq rivojlantirish salohiyati mavjuddir. @fulbright_kundaligi

Hindiston hukumati tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslari; barcha xarajatlar qoplanadi! O‘zbekiston fuqarolari uchun turli y
Hindiston hukumati tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslari; barcha xarajatlar qoplanadi! O‘zbekiston fuqarolari uchun turli yo‘nalishlarda (ta’lim, IT, boshqaruv, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) Hindistonning yetakchi universitetlarida bepul malaka oshirish imkoniyati mavjud. Dastur imkoniyatlari:
– O‘qish va treninglar bepul – Aviabilet, turar joy va stipendiya bilan ta’minlanadi – Hindistonning ilg‘or ta’lim markazlarida amaliy mashg‘ulotlar – Davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar, rahbarlar va turli soha mutaxassislari uchun maxsus kurslar
Kimlar ariza topshirishi mumkin:
– Davlat tashkilotlari xodimlari – O‘qituvchilar, trenerlar, metodistlar – Boshqaruv, iqtisodiyot, IT, ta’lim, tibbiyot, muhandislik, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari – Ingliz tilida muloqot qila oladiganlar (sertifikat talab etilmaydi)
Talablar:
– O‘zbekiston fuqarosi – 25–45 yosh (kursga qarab farq qiladi) – Ish joyidan ruxsatnoma – Tibbiy ko‘rik – Kurs davomida to‘liq qatnashish majburiyati
Kurslar davomiyligi:
– 1 haftadan 1 yilgacha (tanlangan kursga qarab)
Hozirda ochiq kurslar (30-Mart 2026 – 10-Aprel 2026): 1️⃣ Ayollar uchun yetakchilik ko‘nikmalari Target: Davlat tashkilotlarida ishlayotgan ayollar 2️⃣ Sun’iy intellekt bo‘yicha kurs Target: IT yo‘nalishidagi mutaxassislar 3️⃣ Ta’lim muassasalari rahbarlari uchun institutsional rejalashtirish Target: Universitet, maktab, kollej, litsey va boshqa ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘rinbosarlari, yo‘nalish kordinatorlari va boshqalar 4️⃣ Raqamli mehnat platformalari va yangi ish o‘rinlari yaratish Target: Soha bo‘yicha kamida “middle level” darajadagi mutaxassislar (kasbiy ta’lim sohasi ham kiradi) 📌 Arizalar rasmiy ITEC portali orqali topshiriladi: 🔗 https://www.itecgoi.in/ Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi

Nyu-York meri shahar sun’iy intellekt chat-botini “ishdan bo‘shatdi” 2023-yilda avvalgi hokim davrida 600 000 dollar evaziga
Nyu-York meri shahar sun’iy intellekt chat-botini “ishdan bo‘shatdi” 2023-yilda avvalgi hokim davrida 600 000 dollar evaziga ishga tushirilgan raqamli yordamchi shahar qoidalari, soliq talablari va boshqa tartiblar haqida ma’lumot berishi kerak edi. Ammo surishtiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, chat-bot bir necha bor noto‘g‘ri, hatto noqonuniy maslahatlar bergan va foydalanuvchilarni real huquqiy xavf ostida qoldirgan. Mutaxassislar shaharni ham javobgarlikka tortish ehtimoli borligini aytmoqda, chunki bot rasmiy hukumat manbasi sifatida ko‘rilgan. Tekshiruvlarda bot uy-joy siyosati, minimal ish haqi, naqd pul qabul qilish kabi muhim mavzularda ham xato javoblar bergani aniqlangan. Shundan so‘ng shahar ma’muriyati botga “huquqiy yoki professional maslahat emas” degan ogohlantirishlar qo‘shgan va uning javob berish doirasini cheklagan. Nyu-Yorkning chat-bot loyihasi hukumat uchun quyidagi saboqlarni ko‘rsatdi:
- AI hech qachon huquqiy yoki muhim boshqaruv qarorlarida yakka o‘zi ishlamasligi kerak; - Tizimlar ishga tushishdan oldin keng qamrovli ekspertiza va testdan o‘tishi shart; - Shaffof monitoring, javobgarlik va foydalanuvchilarni himoya qilish mexanizmlari bo‘lishi kerak.
Aks holda, innovatsiya ko‘rinishida qilingan harakatlar fuqarolarni xavf ostida qoldiradi va hukumatga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi Ko‘p shaharlar Nyu-York voqeasidan so‘ng o‘z AI loyihalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. @fulbright_kundaligi

KAIST 2026 Summer KAI-X Research Internship Program: Talabalar uchun Koreyada 7 haftalik haq to‘lanadigan ilmiy amaliyot! Jan
KAIST 2026 Summer KAI-X Research Internship Program: Talabalar uchun Koreyada 7 haftalik haq to‘lanadigan ilmiy amaliyot! Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri — KAIST xorijiy bakalavr (3–4-kurs) va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot amaliyoti dasturini e’lon qildi. Amaliyot mashg‘ulotlari ingliz tilida olib boriladi. Dastur ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlab, 2 ta tadqiqot laboratoriyasiga ariza topshirishi mumkin: – Fizika – Kimyo – Matematika – Biologiya – Miya va kognitiv fanlar – Tibbiyot fanlari 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – 3 yoki 4-kurs bakalavr talabalari – Magistratura talabalari ❗️Doktorantlar ariza topshira olmaydi 💰 Moliyaviy ko‘mak: – Koreyaga borish-kelish aviachiptasi: ~$750 – Yotoqxona xarajatlari: ~$375 – Oylik yashash puli: ~$450 📅 Amaliyot muddati: 1-iyul – 14-avgust, 2026 (7 hafta) 📍 Manzil: KAIST, Daejon shahri, Janubiy Koreya 📝 Kerakli hujjatlar: – Statement of Purpose (1,200 belgigacha) – Rasmiy transkript – Tavsiyanoma Barcha hujjatlar bitta PDF ko‘rinishida yuklanadi. 🖥 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-fevralgacha (Seul vaqti bilan) 🔗 Ariza shakli: https://forms.gle/sMq9M6wP6zbPvaN18 📩 Rasmiy manba Ariza to'ldirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi

Gazeta.uz nashrida keltirilishicha xarajatlar taxmin qilganimizdan 3 barobar ko'p, ya'ni 150 mlrd so'm atrofida. Ro'yxatga olishning onlayn bosqichi tugashiga 2 kun qoldi. Jarayonda qatnashish uchun: census.stat.uz Bu ma'lumotlar nima uchun muhimligi haqida bu yerda yozilgan.

Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi! Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka o
Qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi! Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar, jurnalistika yoki kommunatksiyalardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi. Ishtirokchilar 2027-yil yanvar yoki sentabr oylarida AQShga borib, mezbon universitetda malaka oshirib qaytadilar. Arizalar 2026-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. Talablar: – To‘liq stavkada ishlovchi o‘qituvchilar bo‘lishi kerak (maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji). – Quyidagi fanlardan kamida bittasidan dars berishi talab etiladi: ingliz tili (xorijiy til sifatida), matematika, tabiiy fanlar (science), xorijiy tillar, jurnalistika, kommunikatsiyalar yoki ijtimoiy fanlar. – Ta’lim muassasasi asosan mahalliy aholini o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. – Ish tajribasi: * 2027-yil yanvar yoki sentabrga qadar kamida 3 yil to‘liq stavkada dars berish tajribasi; * 5 yil va undan ortiq tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. – O‘zbekiston fuqarosi yoki rezidenti bo‘lishi shart. – Kamida bakalavr diplomi bo‘lishi kerak. – Ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi: * Ariza topshirishda sertifikat talab qilinmaydi; * Saralashning yarim final bosqichida 2026-yil may oyida TOEFL topshirib, kamida 45–46 ball olish lozim. – Dastur tugagach, dars berishda davom etish majburiyati mavjud. – Ariza va barcha hujjatlar belgilangan muddatdan oldin to‘liq topshirilishi kerak. – Ariza qabul qilish davrida nomzod O‘zbekistonda bo‘lishi shart. Rasmiy manba Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi

Bizda navbatdagi xushxabar! Ukam dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gongkong Fan va Texnologiyalar Universitetiga to‘liq grant va st
Bizda navbatdagi xushxabar! Ukam dunyoda 44-o‘rinda turuvchi Gongkong Fan va Texnologiyalar Universitetiga to‘liq grant va stipendiya asosida o‘qishga qabul qilindi. Nasib qilsa, sentyabr oyida Gongkongga jo‘nab ketadi va shu universitetning biznes maktabida o‘qishni boshlaydi. * Uning shaxsiy portfoliosi: - 2 yillik tanaffus; - IELTS 8; - SAT 1500; - Karate bo'yicha chempionatlar sovrindori @fulbright_kundaligi

Parij kelishuvi, Jeneva konvensiyalari, Maastricht shartnomasi, Kyoto protokoli kabi iboralar xalqaro siyosat tarixida muhim ramzlarga aylangan. Bugun esa Davosdagi Tinchlik kengashi Oʻzbekistonning munosib ishtiroki bilan tarixga kiryapti. @fulbright_kundaligi

Nima uchun aholini ro‘yxatga olish jarayonining onlayn bosqichida qatnashish muhim? (3/3) Xabarlarda aytilishicha, aholini ro
Nima uchun aholini ro‘yxatga olish jarayonining onlayn bosqichida qatnashish muhim? (3/3) Xabarlarda aytilishicha, aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi 4–28 fevral kunlari “mahalla yettiligi” tizimi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali amalga oshiriladi. Savolnomalar planshet qurilmalari yordamida to‘ldiriladi. Bu jarayonning davlat uchun aniq moliyaviy xarajatlari mavjud. Oddiy hisob-kitob qilib ko‘rsak, bir xodimning oylik ish haqi taxminan 5 million so‘m boʻlsa va ro‘yxatga olish ishlari 25 kalendar kun davom etadi deb olaylik. Shunda bir xodimning bir kunlik ish haqi xarajati o‘rtacha 200 ming so‘mga teng bo‘ladi. Agar bir xodim bir kunda o‘rtacha 20 ta xonadon a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazsa, har bir xonadon uchun faqat mehnat xarajati taxminan 10 ming so‘mni tashkil etadi. Bunga transport, aloqa va internet, texnik vositalardan foydalanish, tashkiliy xarajatlar hamda uyda bo‘lmaslik sababli qayta tashriflar bilan bog‘liq xarajatlarni qo‘shsak, bir xonadon uchun minimal xarajat taxminan 15–20 ming so‘mga yetadi. Endi bu raqamlarni umumiy ko‘lamda tasavvur qilib ko‘ramiz. Agar shartli ravishda 10 million aholini uyma-uy ro‘yxatga olishga to‘g‘ri kelsa va 1 xonadonda o‘rtacha 4 kishi yashaydi deb olsak, jami xonadonlar soni 2.5 millionni tashkil etadi. Har bir xonadon uchun minimal xarajat 20 ming so‘mdan hisoblanganda, uyma-uy ro‘yxatga olishning umumiy xarajati taxminan 50 milliard so‘mga teng bo‘ladi. Bu mablag‘ 2026-yilda davlat byudjetidan Energetika vazirligi uchun ajratilgan mablag‘ning deyarli yarmiga teng. Bu faqat taxminiy baho bo‘lib, amalda qayta tashriflar soni, boshqa bilvosita xarajatlar va ro‘yxatdan o‘tmagan aholi ulushiga qarab ushbu summa oshishi yoki kamayishi mumkin. Bundan tashqari, ro‘yxatga olish jarayoniga jalb qilingan xodimlarning aslida boshqa asosiy xizmat vazifalari mavjud. Ular ushbu vazifalardan vaqtincha ozod qilinib, ro‘yxatga olish ishlariga jalb etiladi. Natijada o‘z asosiy ishlarining kechikishi yoki bajarilmay qolishi bilan bog‘liq qo‘shimcha yo‘qotishlar ham yuzaga keladi. Aholining onlayn bosqichda faol ishtiroki aynan shu xarajatlarning sezilarli qismini oldini olishga xizmat qiladi. Tejalgan mablag‘lar esa sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya kabi muhim sohalarga yo‘naltirilishi mumkin. Siz ham quyidagi havola orqali ushbu jarayonga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin: census.stat.uz @fulbright_kundaligi

Census ma'lumotlarining muhimligi (2/3) COVID-19 pandemiyasi davrida Janubiy Koreyada ham emlash va himoya choralarini rejala
Census ma'lumotlarining muhimligi (2/3) COVID-19 pandemiyasi davrida Janubiy Koreyada ham emlash va himoya choralarini rejalashtirishda mavjud demografik hamda aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan faol foydalanildi. Xususan, 65 yoshdan yuqori aholining hududlar bo‘yicha taqsimoti emlash punktlari joylashuvi va mobil xizmatlar yo‘nalishlarini belgilashda muhim asos bo‘lgan. Qarorlar taxminlarga emas, mavjud ma’lumotlarga tayangan. Shu haftadan O‘zbekistonda ham navbatdagi aholini ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi. Bu ma’lumotlar hukumat uchun ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma bo‘yicha to‘g‘ri va o‘z vaqtida qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli har bir fuqaroning faol ishtiroki bu jarayonning eng muhim qismidir. Census ma'lumotlari bo‘lmaganda, muammo ko‘rinmaydi. Ko‘rinmagan muammo esa har doim kech hal qilinadi. @fulbright_kundaligi

Ma’lumotlar ochib bergan yashirin sabab (1/3) 1995-yil yozida Chikago shahrida bir necha kun ichida 700 dan ortiq odam vafot
Ma’lumotlar ochib bergan yashirin sabab (1/3) 1995-yil yozida Chikago shahrida bir necha kun ichida 700 dan ortiq odam vafot etdi. Rasmiy xulosaga ko‘ra sabab kuchli issiqlik to‘lqini edi. Shahar buni tabiiy ofat sifatida qabul qildi va masala yopilgandek bo‘ldi. Ammo muhim savol javobsiz qoldi. Agar sabab faqat ob-havo bo‘lganida, nega ayrim mahallalarda o‘limlar keskin ko‘paydi, boshqa hududlarda esa deyarli kuzatilmadi. Issiq butun shahar bo‘ylab bir xil edi, shifokorlar esa bu farqni tushuntirib bera olmadi. Bu savolga keyinchalik sotsiolog Eric Klinenberg javob topdi. U voqeaga tibbiy emas, ijtimoiy nuqtai nazardan qaradi va aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini tahlil qildi. Census va demografik xaritalar solishtirilganda manzara aniq bo‘la boshladi. Eng ko‘p vafot etganlar asosan yolg‘iz yashovchi, 65 yoshdan oshgan keksalar edi. Ular kam daromadli, ijtimoiy aloqalari zaif hududlarda istiqomat qilardi. Census ma’lumotlari bu joylarda yolg‘iz uy xo‘jaliklari ulushi yuqori ekanini, jamoat joylari deyarli yo‘qligini va jinoyatchilik sabab odamlar ko‘chaga chiqmasligini ko‘rsatardi. Bu mahallalarda odamlar bir biridan uzilib yashardi. O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, odamlarni faqat issiq o‘ldirmagan edi, ularni eng zaif holatga keltirgan narsa ijtimoiy izolyatsiya edi. Va bu xulosa census ma'lumotlarni tahlil qilish orqali qo'lga kiritildi. Shundan so‘ng Chikagoda yondashuv o‘zgardi. Census ma’lumotlariga asoslanib issiqqa eng zaif hududlar xaritalandi. Yolg‘iz yashovchi keksalar alohida ro‘yxatga olindi. Issiq kunlarda ijtimoiy xodimlar faoliyati kuchaytirildi, sovitish markazlari ochildi va tez yordam yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi. Keyingi issiq to‘lqinlar shahar uchun yana sinov bo‘ldi. Ammo bu safar o‘limlar ancha kam bo‘ldi. Muammo to‘liq yo‘qolmadi, lekin endi u ko‘rinadigan va boshqariladigan edi. @fulbright_kundaligi

ЯНГИ ЙИЛДА... Янги йилда уруш бўлмасин, Шомни вайрон этмасин жанглар, Гурсиллаган танклар зарбидан Ўрламасин фалакка чанглар. Янги йилда тугасин бор ғам, Шўрликлар ҳам яшасин энди. Фарқи йўқдир, икки томон ҳам Қуролини ташласин энди. Янги йилнинг ҳар бир фаслини Тарих бизга атасин баҳор, Изламасин оналарини Жанггоҳларда гўдаклар зинҳор. Янги йилда ўйин қилмасин Кучсизларни кучли жаноблар, Ҳар бир ёвуз ишига ўксиб, Корчалонлар берсин жавоблар. Янги йилда афғон тоғларин Бобурларнинг қучсин мероси, Боғдоддан то Дамашқ боғларин Босиб кетсин булбул овози. Янги йилда қора қитъага Ёруғ кунлар келсин ниҳоят — Босиб кетди БМТни ҳам Урушлардан ортган шикоят… Янги йилда Фаластинда ҳам Сокин ухлай олсин болалар. Юракларни тешиб ташлади Ундан оққан сўнгсиз жолалар. Янги йилда тинчлик деган сўз Халққа айлантирсин оммани. Шундагина янги йил билан Табриклашим мумкин ҳаммани! @Xayrulla_Hamidov_adabiyot