Fulbright kundaligi
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
641
مشترکین
+324 ساعت
+67 روز
+28730 روز
آرشیو پست ها
Chevening dasturi bo'yicha vebinar 30 minutdan boshlanadi. Quyidagi havola orqali qo'shilishingiz mumkin:
https://meet.google.com/tmz-fajg-tft
Williams College Iqtisodiyot maktabining yana bir yaxshi tomoni bitiruvchilari bilan aloqani saqlab qolishida bo‘lsa kerak.
Bugun 2012-yilgi bitiruvchilaridan biri bilan uchrashuv bo‘ldi. Malavining oddiy bir qishlog‘ida ulg‘aygan ekan. 8-sinfga o‘tganida otasi vafot etgan. Ocharchilik sabab yoshligi juda qiyin o‘tgan. Shunga qaramay, o‘qishni tashlab qo‘ymagan.
2012-yilda Williams'ni tamomlab, Malavida Iqtisodiyot vazirining maslahatchisi lavozimigacha ko‘tarilgan. 2017-yildan beri esa Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg‘armasida Senior Economist bo‘lib ishlab kelmoqda.
Ta’limga qilingan investitsiya har doim o‘zini oqlaydi. Ba’zan uning natijasini ko‘rish uchun bir necha yil kutishga to‘g‘ri keladi, xolos.
@fulbright_kundaligi
Chevening dasturi bo'yicha vebinar 23-avgust (yakshanba) kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo'lishi rejalashtirilgan. Qatnashuvchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.
Ro'yxatdan o'tish
Ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun maksimal repost qiling.
*Qiziquvchilar soni kam bo'lsa boshqa kunga qoldirilishi mumkin.
@fulbright_kundaligi
🇺🇸 Fulbright–National Archives Heritage Science Fellowship 2027–2028
🎓 AQShda 5–12 oylik to‘liq moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot dasturi
Fulbright va AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi hamkorligidagi ushbu dastur O‘zbekistonlik tadqiqotchilarga AQShning Merilend shtatidagi College Park shahrida joylashgan Milliy arxivning Madaniy merosni tadqiq etish va sinovdan o‘tkazish laboratoriyasida ilmiy tadqiqot olib borish imkonini beradi.
🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
– O‘zbekiston fuqarosi va O‘zbekistonda doimiy yashovchi nomzodlar
– Tarix, arxiv, madaniy meros, muzeylar yoki shunga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar va mutaxassislar
– Kamida magistr darajasiga ega nomzodlar
– PhD darajasi yoki unga teng professional tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi
📚
Ustuvor yo‘nalishlar – Madaniy merosni asrash va muhofaza qilish – Arxiv materiallarini saqlash va qayta tiklash – Kimyo va fizika – Materialshunoslik va muhandislik – Statistika – Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizual ko‘rinishda taqdim etish 💰 Grant imkoniyatlari ✔️ AQShga borish–qaytish aviabileti ✔️ Yashash xarajatlari uchun stipendiya ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Joylashish va kasbiy rivojlanish uchun qo‘shimcha mablag‘ ✔️ Fulbright tadbirlari va xalqaro bitiruvchilar tarmog‘ida ishtirok etish 📍 Manzil: College Park, Maryland, AQSh ⏳ Davomiyligi: 5–12 oy 🗓 Ariza topshirish muddati: 16-noyabr 2026, soat 17:00 (AQSh Sharqiy vaqti) 🔗 Rasmiy manba 📩 Savollar uchun: TashkentFulbright@state.gov @fulbright_kundaligi
Chevening dasturi bo'yicha vebinar tashkillashtiramizmi? Vebinar savol-javob tarzida bo'ladi va hujjat topshiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin. Qiziquvchilar soniga qarab tashkil qilishimiz mumkin.
* Chevening Buyuk Britaniyada magistraturani o'qish bo'yicha to'liq grant dasturi.
🎓 Jahon bankidan Magistratura uchun to'liq grant!
Jahon banki har yili rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari uchun magistratura bosqichiga to'liq moliyalashtiriladigan grant dasturini e'lon qiladi.
Dastur doirasida quyidagi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olishingiz mumkin:
🇺🇸 AQSH 🇬🇧 Buyuk Britaniya 🇦🇺 Avstraliya 🇫🇷 Fransiya 🇳🇱 Niderlandiya 🇯🇵 Yaponiya🔗 Universitetlar va mos yo'nalishlarning to'liq ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships/brief/jjwbgsp-participating-programs📝 Hujjat topshirish tartibi: - Avval ro'yxatdagi universitetlardan biriga o'qishga topshirasiz va qabul xatini olasiz. - So'ngra Jahon bankining grant dasturiga ariza berasiz. Eslatma: Har bir universitetning qabul muddatlari va talablari turlicha. O'zingizga mos dasturni barvaqt tanlab, o'rganib chiqish tavsiya etiladi. @fulbright_kundaligi
Williams College bakalavr dasturi. Barcha xarajatlar to'liq qoplanadi.
@fulbright_kundaligi
Har yilgi an'anaga koʻra universitet prezidenti semestr boshida talabalar bilan uchrashar ekan. Taxminan yarim soat alohida gaplashdik. Oʻzbekiston haqida koʻp narsa bilarkan. Nima ish qilishim, Oʻzbekistondagi hayot, oʻqish davomidagi kutilmalar, muhitga moslashish, kelajakdagi rejalar va yana koʻp narsalar haqida soʻradi. Birga ovqatlandik.
Universitet prezidenti bizdagi rektorlar desa ham boʻladi. 2015-yil Toshkendagi oʻzim oʻqigan universitet rektorini 4-kurs oxirida koʻrgan edim. Shunda ham oʻqish uchun tavsiyanoma soʻrab kirgandim. U paytda Suriya temasi kun tartibida edi. Qayerdan bilaman oʻqishga deb Suriyaga ketib qolsangchi deb tavsiyanoma bermagandi. Oʻsha vaqtda xafa boʻlgandim. Keyin oʻylab qarasam toʻgʻri gapirgan ekan. Oʻzi boshqargan universitet ta'limiga shunchalik ishonmaganki, bizni Suriyaga ketib qoladi deb oʻylagan.
@fulbright_kundaligi
Bu hafta ham Fulbright dasturi uchun interview davom etadi. Javoblar avgustni oxirigacha chiqishi kutilmoqda. Interview bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarga TOEFL va GRE/GMAT imtihonlarini topshirish uchun $450 lik voucher beriladi. Imtihon uchun koʻp vaqt qolmadi.
@fulbright_kundaligi
Narxlardagi farq.
Amerikaga kelishdan oldin City Mall'dagi Skechers'dan oyoq kiyim olish uchun bordim. Rasmdagi oyoq kiyim yoqdi. Narxi 1 100 000 so‘m, ya'ni taxminan $90 atrofida edi. Lekin menga mos razmeri qolmagan ekan.
Floridada xuddi shu oyoq kiyimni Skechers'ning rasmiy do‘konidan $29 ga oldim.
Yaxshi o‘qimagan shifokorning xatosi qimmatga tushgani kabi, noto‘g‘ri ishlab chiqilgan qarorlarning xarajatini ham oxir-oqibat boshqalar o‘z cho‘ntagidan to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Williams'da aynan Policy Economics yo‘nalishida tajriba oshirayotganimning sabablaridan biri ham shu. Qaror ishlab chiqish, ayniqsa boshqalarning taqdiriga ta'sir qiladigan qarorlarni ishlab chiqish, katta mas'uliyat, chuqur tahlil va hisob kitobni talab qiladi. Chunki noto‘g‘ri qarorning narxini ko‘pincha qarorni ishlab chiqqan odam emas, oddiy odamlar to‘laydi.
@fulbright_kundaligi
This is a little bit about me and my service with Tableau Software since 2022. The Tableau Ambassador initiative is a highly selective global recognition that selects high performing individuals from around the world each year based on their contributions and performance.
https://www.tableau.com/community/community-leaders/ambassadors#118943223198
Mana bu taklif hali ham amalda. O'rganmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat. Bir vaqtlar o'zim ham shunga o'xshash saytlardan pul to'lab o'rganardim. U paytlar internet qimmat, foydali ma'lumotlar hozirgidaka "available" emas edi. Lekin bir tadqiqotda ko'rgan edim, ma'lumotlar qanchalik "available" va tekin bo'lib borgani sari o'rganishga bo'lgan talab mutanosib ravishda o'smagan. G'alati paradoks.
O'zbekiston bozoriga endi kirib kelayotgan Tableau, PowerBI kabi biznes analitika kurslarini ham shu platformadan o'rgansa bo'ladi.
@fulbright_kundaligi
Ba'zida xohlagan narsalarimga erishganimda oʻsha narsani nima uchun xohlaganim esimdan chiqib ketadi...
@fulbright_kundaligi
Bu yilgi guruhga 17 ta davlatdan 30 ga yaqin o‘quvchi tanlangan va ular oʻz davlatlarining vazirliklari yoki markaziy banklarida ishlaydi.
Williams College hech qaysi oʻquvchidan o‘qish uchun pul olmaydi va hammaga to‘liq grant ajratgan. Grant miqdori 1 yil uchun taxminan $130,000 bo‘lib, 1 yillik o‘qish, turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, laptop, internship, kitoblar va boshqa o‘quv materiallarini qoplaydi.
Bu yerda hech kim o‘z hisobidan pul to‘lab o‘qimaydi.
Williams bundan qanday foyda ko‘radi? Axir zararga ishlamasa kerak, to‘g‘rimi?
@fulbright_kundaligi
+1
Bu yilgi guruhga 17 ta davlatdan 30 ga yaqin o‘quvchi tanlangan va ular oʻz davlatlarining vazirliklari yoki markaziy banklarida ishlaydi.
Williams College hech qaysi oʻquvchidan o‘qish uchun pul olmaydi va hammaga to‘liq grant ajratgan. Grant miqdori 1 yil uchun taxminan $130,000 bo‘lib, 1 yillik o‘qish, turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, laptop, internship, kitoblar va boshqa o‘quv materiallarini qoplaydi.
Bu yerda hech kim o‘z hisobidan pul to‘lab o‘qimaydi.
Williams bundan qanday foyda ko‘radi? Axir zararga ishlamasa kerak, to‘g‘rimi?
@fulbright_kundaligi
