ar
Feedback
Fulbright kundaligi

Fulbright kundaligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
635
المشتركون
-224 ساعات
-67 أيام
+23130 أيام
أرشيف المشاركات
🇸🇬 Singapur Hamkorlik Dasturi (SCP) Trening Granti / Executive Kurslari Singapur Tashqi ishlar vazirligi tomonidan boshqari
🇸🇬 Singapur Hamkorlik Dasturi (SCP) Trening Granti / Executive Kurslari Singapur Tashqi ishlar vazirligi tomonidan boshqariladigan ushbu nufuzli SCP dasturi hamkor mamlakatlarning davlat xizmatchilari va mutaxassislariga Singapurda qisqa muddatli malaka oshirish, tajriba almashish va boshqaruv kurslarida qatnashish imkonini beradi. 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – Hamkor mamlakatlarning davlat organlari xodimlari va davlat sektori mutaxassislari (Oʻzbekiston ham roʻyxatda bor) – Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa aloqador sohalarda ishlayotgan o‘rta va yuqori bo‘g‘in mutasaddilari – Kamida bakalavr darajasiga yoki tegishli sohaga oid professional tajribaga ega nomzodlar – Rahbarlik lavozimida ishlayotgan yoki qaror qabul qilish va loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadigan nomzodlarga ustunlik beriladi 📚 Ustuvor yo‘nalishlar – Davlat boshqaruvi va fuqarolik xizmati – Barqaror rivojlanish va shaharsozlik – Raqamlashtirish, AI va innovatsiyalar – Atrof-muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish – Savdo, iqtisodiy rivojlanish va moliya – Sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlarni boshqarish – Ta'lim 💰 Grant imkoniyatlari ✔️ O‘qish va o‘quv materiallari xarajatlari to‘liq qoplanadi ✔️ Turar joy va kunlik xarajatlar uchun stipendiya ✔️ Dastur davomida bazaviy tibbiy sug‘urta ✔️ Rasmiy sertifikat va xalqaro SCP Bitiruvchilar tarmog‘ida ishtirok etish 📍 Manzil: Singapur 🗓 Ariza topshirish muddati: Har bir kurs uchun alohida (Portalda doimiy yangilanib boriladi) 🔗 Rasmiy manba 📩 Savollar uchun: mfa_scp@mfa.gov.sg Ariza topshirishda yordam uchun: @said_tojiboev_13 @fulbright_kundaligi

Internetni ishlatishga ruxsat berishganda kamroq vaqt ketardi. Sunʼiy intellekt davrida qogʻoz-qalamda imtihon topshiryapmiz.
Internetni ishlatishga ruxsat berishganda kamroq vaqt ketardi. Sunʼiy intellekt davrida qogʻoz-qalamda imtihon topshiryapmiz. Shunchaki javobni yozib ketish bilan 0 ball olish mumkin, u qanday ishlanganini ham koʻrsatib berish kerak. Bir kitob formulalar alohida mavzu. @fulbright_kundaligi

Ehtimollar nazariyasi bilan yaxshi chiqishib oldik. 3 soatlik vaqt 10 minutdek oʻtib ketdi. Har bir imtihondan 100 foizlik na
Ehtimollar nazariyasi bilan yaxshi chiqishib oldik. 3 soatlik vaqt 10 minutdek oʻtib ketdi. Har bir imtihondan 100 foizlik natija bilan oʻtish ehtimoli 100 foizga teng boʻlsa va ikkinchi imtihon natijasi birinchisiga bogʻliq boʻlsa, ikkinchi imtihondan 100 foizlik natija bilan oʻtish ehtimoli qancha? 😀 @fulbright_kundaligi

Bizda imtihon haftasi tugadi. Matematikani kelajakda ishlatmisan deydiganlarga ishonmaslikni maslahat berardim. Silar ishlatmasalaring, silarni ishlatadi baribir. Qidirib topadi. @fulbright_kundaligi

Repost from Rashid Tojiboev
🎓 Talabalar uchun Google’dan zo‘r sovg‘a! Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Google universitet talabalariga 1 yi
🎓 Talabalar uchun Google’dan zo‘r sovg‘a! Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Google universitet talabalariga 1 yillik bepul AI tariflarini taklif qilmoqda: 🌍 140+ davlat talabalari — Google AI Plus 1 yil bepul (Koreya va O‘zbekiston ham) Ro‘yxatdan o‘tish uchun universitet emaili va tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak. 🔗 Link: Google AI Plus Bir yil bepul — foydalanib qolishga arziydi! 😄 👉@rashidtojiboev👈

Hozirda Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg‘armasida ishlayotgan Williams'ning malavilik bitiruvchisi Daniel. Ko‘rinishidan ham
Hozirda Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg‘armasida ishlayotgan Williams'ning malavilik bitiruvchisi Daniel. Ko‘rinishidan hammasi yaxshiga oʻxshidi. Lekin hikoyasini eshitsangiz, hayron qolasiz. Siyosatchilarning noto‘g‘ri qarorlari uchun oddiy xalq o‘z hayoti bilan to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. @fulbright_kundaligi

رسالة فيديو00:22

رسالة فيديو00:16

Vebinar boshlandi!

Chevening dasturi bo'yicha vebinar 30 minutdan boshlanadi. Quyidagi havola orqali qo'shilishingiz mumkin: https://meet.google.com/tmz-fajg-tft

Williams College Iqtisodiyot maktabining yana bir yaxshi tomoni bitiruvchilari bilan aloqani saqlab qolishida bo‘lsa kerak. B
Williams College Iqtisodiyot maktabining yana bir yaxshi tomoni bitiruvchilari bilan aloqani saqlab qolishida bo‘lsa kerak. Bugun 2012-yilgi bitiruvchilaridan biri bilan uchrashuv bo‘ldi. Malavining oddiy bir qishlog‘ida ulg‘aygan ekan. 8-sinfga o‘tganida otasi vafot etgan. Ocharchilik sabab yoshligi juda qiyin o‘tgan. Shunga qaramay, o‘qishni tashlab qo‘ymagan. 2012-yilda Williams'ni tamomlab, Malavida Iqtisodiyot vazirining maslahatchisi lavozimigacha ko‘tarilgan. 2017-yildan beri esa Vashingtonda Xalqaro valyuta jamg‘armasida Senior Economist bo‘lib ishlab kelmoqda. Ta’limga qilingan investitsiya har doim o‘zini oqlaydi. Ba’zan uning natijasini ko‘rish uchun bir necha yil kutishga to‘g‘ri keladi, xolos. @fulbright_kundaligi

Chevening dasturi bo'yicha vebinar 23-avgust (yakshanba) kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo'lishi rejalashtirilgan. Q
Chevening dasturi bo'yicha vebinar 23-avgust (yakshanba) kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da bo'lishi rejalashtirilgan. Qatnashuvchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi. Ro'yxatdan o'tish Ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun maksimal repost qiling. *Qiziquvchilar soni kam bo'lsa boshqa kunga qoldirilishi mumkin. @fulbright_kundaligi

🇺🇸 Fulbright–National Archives Heritage Science Fellowship 2027–2028 🎓 AQShda 5–12 oylik to‘liq moliyalashtiriladigan ilmi
🇺🇸 Fulbright–National Archives Heritage Science Fellowship 2027–2028 🎓 AQShda 5–12 oylik to‘liq moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqot dasturi Fulbright va AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi hamkorligidagi ushbu dastur O‘zbekistonlik tadqiqotchilarga AQShning Merilend shtatidagi College Park shahrida joylashgan Milliy arxivning Madaniy merosni tadqiq etish va sinovdan o‘tkazish laboratoriyasida ilmiy tadqiqot olib borish imkonini beradi. 🎯 Kimlar ariza topshirishi mumkin? – O‘zbekiston fuqarosi va O‘zbekistonda doimiy yashovchi nomzodlar – Tarix, arxiv, madaniy meros, muzeylar yoki shunga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar va mutaxassislar – Kamida magistr darajasiga ega nomzodlar – PhD darajasi yoki unga teng professional tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi 📚
Ustuvor yo‘nalishlar – Madaniy merosni asrash va muhofaza qilish – Arxiv materiallarini saqlash va qayta tiklash – Kimyo va fizika – Materialshunoslik va muhandislik – Statistika – Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizual ko‘rinishda taqdim etish
 💰 Grant imkoniyatlari ✔️ AQShga borish–qaytish aviabileti ✔️ Yashash xarajatlari uchun stipendiya ✔️ Tibbiy sug‘urta ✔️ Joylashish va kasbiy rivojlanish uchun qo‘shimcha mablag‘ ✔️ Fulbright tadbirlari va xalqaro bitiruvchilar tarmog‘ida ishtirok etish 📍 Manzil: College Park, Maryland, AQSh ⏳ Davomiyligi: 5–12 oy 🗓 Ariza topshirish muddati: 16-noyabr 2026, soat 17:00 (AQSh Sharqiy vaqti) 🔗 Rasmiy manba 📩 Savollar uchun: TashkentFulbright@state.gov @fulbright_kundaligi

Chevening dasturi bo'yicha vebinar tashkillashtiramizmi? Vebinar savol-javob tarzida bo'ladi va hujjat topshiruvchilar o'zlar
Chevening dasturi bo'yicha vebinar tashkillashtiramizmi? Vebinar savol-javob tarzida bo'ladi va hujjat topshiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin. Qiziquvchilar soniga qarab tashkil qilishimiz mumkin. * Chevening Buyuk Britaniyada magistraturani o'qish bo'yicha to'liq grant dasturi.

🎓 Jahon bankidan Magistratura uchun to'liq grant! Jahon banki har yili rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari uchun magistra
🎓 Jahon bankidan Magistratura uchun to'liq grant! Jahon banki har yili rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari uchun magistratura bosqichiga to'liq moliyalashtiriladigan grant dasturini e'lon qiladi. Dastur doirasida quyidagi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olishingiz mumkin:
🇺🇸 AQSH 🇬🇧 Buyuk Britaniya 🇦🇺 Avstraliya 🇫🇷 Fransiya 🇳🇱 Niderlandiya 🇯🇵 Yaponiya
🔗 Universitetlar va mos yo'nalishlarning to'liq ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships/brief/jjwbgsp-participating-programs
📝 Hujjat topshirish tartibi: - Avval ro'yxatdagi universitetlardan biriga o'qishga topshirasiz va qabul xatini olasiz. - So'ngra Jahon bankining grant dasturiga ariza berasiz. Eslatma: Har bir universitetning qabul muddatlari va talablari turlicha. O'zingizga mos dasturni barvaqt tanlab, o'rganib chiqish tavsiya etiladi. @fulbright_kundaligi

Williams College magistratura dasturi. Barcha xarajatlar to'liq qoplanadi.

Williams College bakalavr dasturi. Barcha xarajatlar to'liq qoplanadi. @fulbright_kundaligi

Har yilgi an'anaga koʻra universitet prezidenti semestr boshida talabalar bilan uchrashar ekan. Taxminan yarim soat alohida g
Har yilgi an'anaga koʻra universitet prezidenti semestr boshida talabalar bilan uchrashar ekan. Taxminan yarim soat alohida gaplashdik. Oʻzbekiston haqida koʻp narsa bilarkan. Nima ish qilishim, Oʻzbekistondagi hayot, oʻqish davomidagi kutilmalar, muhitga moslashish, kelajakdagi rejalar va yana koʻp narsalar haqida soʻradi. Birga ovqatlandik. Universitet prezidenti bizdagi rektorlar desa ham boʻladi. 2015-yil Toshkendagi oʻzim oʻqigan universitet rektorini 4-kurs oxirida koʻrgan edim. Shunda ham oʻqish uchun tavsiyanoma soʻrab kirgandim. U paytda Suriya temasi kun tartibida edi. Qayerdan bilaman oʻqishga deb Suriyaga ketib qolsangchi deb tavsiyanoma bermagandi. Oʻsha vaqtda xafa boʻlgandim. Keyin oʻylab qarasam toʻgʻri gapirgan ekan. Oʻzi boshqargan universitet ta'limiga shunchalik ishonmaganki, bizni Suriyaga ketib qoladi deb oʻylagan. @fulbright_kundaligi

Bu hafta ham Fulbright dasturi uchun interview davom etadi. Javoblar avgustni oxirigacha chiqishi kutilmoqda. Interview bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarga TOEFL va GRE/GMAT imtihonlarini topshirish uchun $450 lik voucher beriladi. Imtihon uchun koʻp vaqt qolmadi. @fulbright_kundaligi