KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI
Ir al canal en Telegram
Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat
Mostrar más2 735
Suscriptores
+4124 horas
+3927 días
+73330 días
Archivo de publicaciones
Repost from Edu.uz
Ayni paytda “Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?” mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.🧑🏻🎓Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar: 🔹Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar; 🔹Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya; 🔹Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi. Ovozli chat qo‘shilish: 👉 https://t.me/huquqplus?livestream Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
MAGISTRATURA QABULI NATIJALARI E’LON QILINDI!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 2026/2027-o‘quv yili magistratura bosqichiga qabul bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha shakllantirilgan:
70110101 — Pedagogika nazariyasi va tarixi
70110201 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
70110701 — O‘zbek tili va adabiyoti
70540104 — Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
Talabgorlar grant, to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilganligi yoki tavsiya etilmaganligi haqidagi ma’lumotlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ko‘rishlari mumkin.
#Mustaqil_yurt
#Istiqlol_35
#Yangi_Oʻzbekiston
#Renessans_poydevori
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan talabalar tomonidan “35 yoshing muborak!” mavzusida videorolik tayyorlandi.
Materiallarda mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari hamda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtirom targ‘ib etilgan.
#Tugʻilgan_kun
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Shomurod Mustafayevning tavallud kuni.
Shu munosabat bilan institut jamoasi Shomurod Mustafayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi...
#Milliy_liboslar_kuni #Mustaqillik_35_yil
🔺Har juma kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Milliy liboslar kuni” o‘tkaziladi.
🔹Milliy liboslarni qadrlash va targ‘ib etish yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, tarix va an’analarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
#35_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
Repost from Edu.uz
Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!
✅ O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida “Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri” mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
📊 So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
📲 So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉 So‘rovnomadan o‘tish
🏛 Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
+4
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Unda fakultet dekan o‘rinbosarlari va yo‘nalish tyutorlari ishtirok etib, talabalarning turar joy bilan bog‘liq masalalari ko‘rib chiqildi hamda zarur tavsiyalar berildi.
Talabalikning ilk kunlaridagi taassurotlar
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining yuqori kurs talabalari 1-bosqichga qabul qilingan talabalardan“Talabalikning ilk kunlaridagi taassurotlaringiz qanday?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma davomida yangi talabalar institutdagi ilk kunlari, ta’lim jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikr va taassurotlarini bildirdilar.
+7
#Payshanba_yoshlar_kuni
Yoshlar kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov ishtirok etib, talabalarga korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminar davomida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
BATAFSIL: 👉https://katdpi.uz/yangiliklar/624
+9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida futbol uchrashuvi o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahs 8:8 hisobida yakunlanib, jamoalar durang natija qayd etdi.
BATAFSIL: 👉https://katdpi.uz/yangiliklar/622
🎓 Ilmiy yutuq muborak!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Axmedov Sanjar Temur o'g'li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Axmedov Sanjar Temur o'g'lini ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
🎓 Ilmiy yutuq muborak!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Axmedov Sanjar Temur o'g'li iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Axmedov Sanjar Temur o'g'lini ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
