ch
Feedback
KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

KATTAQO‘RG‘ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI RASMIY KANALI

前往频道在 Telegram

Murojaatlaringizni bizning rasmiy guruhimizga yuborishingiz mumkin: @katdpchat

显示更多
2 652
订阅者
+17324 小时
+3297 天
+64730 天
帖子存档
#Mustaqil_yurt #Voleybol_musobaqasi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi
+6
#Mustaqil_yurt #Voleybol_musobaqasi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan voleybol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada fakultet talabalari faol ishtirok etib, jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Mazkur sport musobaqasi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.

#kontrakt #shartnoma
❗️Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish 🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring! Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
Ilovani yuklab olish:👇 📲 iOS uchun 📲 Android uchun

#Terrorizm_balosi Terrorizmni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymang! Ogoh boʻling! Yordam koʻrsatish nomi ostida mablagʻ yigʻishga chaqiruvchi murojaatlar tobora koʻp tarqalmoqda. @dinuzbbot

📣ERTAGA — PAYSHANBA! 🇺🇿YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati b
📣ERTAGA — PAYSHANBA! 🇺🇿YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkaziladi. ⏰ 09:00 — “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida seminar-trening. 10:00 — “Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati. ⏰ 11:00 — “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbatlari. ⏰ 14:00 — Mini-futbol va voleybol musobaqalari. ⏰ 16:00 — “Talabalarni turar joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish” tadbiri. 🏫Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Barcha yoshlarni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida navbatdagi “Kelajak soati”
+8
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida navbatdagi “Kelajak soati” darslari doirasida 1-bosqich talabalariga kafedra mudirlari tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darsi o‘tildi. Darsda O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li, amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatan taraqqiyoti hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi.

📣🟦🟦 ⏰Bugun soat 18:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining mini-futbol stadionida O‘zbekiston Respublikasi dav
📣🟦🟦 ⏰Bugun soat 18:00 da Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining mini-futbol stadionida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ⚽️futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” sport musobaqasi o‘tkaziladi. 🔹Barchangizni musobaqada ishtirok etishga taklif etamiz!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 1-bosq
+8
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi   Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 1-bosqich talabalariga “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darsini o‘tdi. Darsda O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatan taraqqiyoti hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi”, deya ta’kidladi. Mazkur yuksak maqsadga erishishda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Kiberxavfsizlik # Raqamli_gigiyena Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiy
+2
#Kiberxavfsizlik # Raqamli_gigiyena Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kiberxavfsizlik oyliklari” va “Raqamli gigiyena soati” doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda talabalarga internetdan xavfsiz foydalanish, kiberfiribgarlikning oldini olish hamda “dropper”lik va uning uchun belgilangan javobgarlik haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida talabalarga kiberxavfsizlik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

#Milliy_liboslar #Ma’naviyat_ko‘zgusi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yo
+4
#Milliy_liboslar #Ma’naviyat_ko‘zgusi Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida milliy o‘zlik va ma’naviy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy liboslarning xalqimiz tarixi, urf-odatlari va qadriyatlaridagi o‘rni, ularning o‘ziga xosligi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Milliy kiyimlar xalqimizning ko‘p asrlik madaniyati, estetik qarashlari va ma’naviy dunyoqarashini o‘zida mujassam etishi ta’kidlandi. Suhbat davomida milliy liboslarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot tarziga uyg‘unlashtirish hamda yosh avlodga milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 CICSIC 2026 – xalqaro innovatsion loyihalar tanlovi ➡️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari innov
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
CICSIC 2026 – xalqaro innovatsion loyihalar tanlovi
➡️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari innovatsion loyiha va startaplari bilan CICSIC 2026 – International Projects, Main Track xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin. ➡️Tanlovda IT, sun’iy intellekt, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, turizm, muhandislik, ishlab chiqarish, biznes va boshqa innovatsion yo‘nalishlardagi loyihalar qabul qilinadi. 🔚Loyihasi saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar Xitoyda o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 15-sentabr, soat 24:00 (UTC+8). Ro‘yxatdan o‘tish: www.pilcchina.orgInnovatsion g‘oyangizni xalqaro maydonga olib chiqing!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi 🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ
+8
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi 🇺🇿 YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov 1-bosqich talabalariga “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Mustaqillik darsini o‘tdi. Dars davomida O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy qadriyatlar, Vatan taraqqiyoti hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan rektorga murojaat qilib, javoblar oldilar.

Yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi! Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida boks bo‘yicha Osiyo chempioni Sevara Mamatova, qator yutuqlarga erishgan chempion sportchilar, o‘qishda yuqori natijalarni qayd etgan hamda joriy yilda yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar institut tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. BATAFSIL: 👉https://katdpi.uz/yangiliklar/618

Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda   Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.   Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8   ♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari uchun Malayziyaning nufuzli Universiti Malaya (UM) universitetida 2027-y
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari uchun Malayziyaning nufuzli Universiti Malaya (UM) universitetida 2027-yil bahorgi semestrda talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish imkoniyati! 🏆 QS World University Rankings 2027 – TOP-56 💰 1 nafar talaba uchun kontrakt to‘lovi to‘liq ozod etiladi! 📌 Nomzodlarni taqdim etish: 31-oktabr 2026-yil 📌 Ariza topshirish: 30-noyabr 2026-yil 📍 Batafsil ma’lumot: Qudratov Mirjalol, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i 🏢 C115-xona | 📞 +998 50 090 02 20 🌏 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – xalqaro tajriba sari ilk qadamni bugun tashlang!

#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi 🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz
+7
#Kelajak_soati | #Mustaqillik_darsi | #Ma’rifat_darsi 🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Yangi o‘quv yilining ilk kunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Shomurod Mustafayev 1-bosqich talabalariga Mustaqillik darsini o‘tdi. Dars davomida mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari, yoshlarning Vatan ravnaqi va kelajagini barpo etishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.