es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 53 563 suscriptores, ocupando la posición 2 467 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 388 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 53 563 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 378, y en las últimas 24 horas de -453, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 24.50%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 19.07% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 171 visualizaciones. En el primer día suele acumular 10 252 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 113.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

53 563
Suscriptores
-45324 horas
+2 5777 días
+1 37830 días
Archivo de publicaciones
— Grafik dizayn kursini bitirganlarni, ish bilan ta'minlaysizlarmi? — Ha, ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib be
— Grafik dizayn kursini bitirganlarni, ish bilan ta'minlaysizlarmi? — Ha, ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz! «Najot Ta'lim» markazi doimo bitiruvchilarining ishga kirish statistikasini ochiq tarzda ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib boradi. Unga ko'ra, birgina yanvar oyi Grafik dizayn kursi bitiruvchilarining 96,8 foizi ishli bo'lgan. O'quvchilarning natijasi orqali ta'lim sifati qanday ekanligini bilishingiz mumkin. Agar siz Grafik dizayn sohasini chuqurlashtirilgan kursda o'rganishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting. 👉 Ro'yxatdan o'ting ㅤㅤㅤㅤㅤ

▪️Ilon Maskning Mark Sukerberg bilan jangi «bekor» qilindi Bu kutilmaganda yuz berdi: Ilon Maskning onasi twitterda u jangga
▪️Ilon Maskning Mark Sukerberg bilan jangi «bekor» qilindi Bu kutilmaganda yuz berdi: Ilon Maskning onasi twitterda u jangga qarshi ekanligini va "jangni bekor qilganini". Shu bilan bir qatorda, 75 yoshli Mey Mask raqiblarga mushtlashib emas, zukkolik bilan bellashishni va uchta savolga imkon qadar kulgili javob berishni taklif qildi. Ilon Maskning o’zi bu ma’lumotga hali rasman izoh bermagan. Biroq, bundan oldin UFC prezidenti Dana Uayt ikkala milliarder bilan telefon orqali gaplashib, ularning qarorlari jiddiyligi va jang tashkilot tarixidagi eng ko’p ko’rilgan jangga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan xulosaga kelgan. 📟 DigiTech

😴 Olimlar chet tilini uyquda o’rganish mumkinligini aniqlashdi Shveytsariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi
😴 Olimlar chet tilini uyquda o’rganish mumkinligini aniqlashdi Shveytsariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi xorijiy so’zlarni va ularning tarjimasini samarali eslab qolishga qodirligini aniqlashdi. Tajribada 30 kishi quloqchin bilan uxlagan: ularga 27 juft xorijiy so’zlar va ularning tarjimasini eshittirishgan (so’zlar 4 marta takrorlangan). Tajribaning haqqoniyligi uchun xato tarjima eshittirilgan. 12 va 36 soatdan so’ng ishtirokchilar testdan o’tishdi. Tajribadan 12 soat o’tgach tarjimadagi so’zlarni to’g’ri topish foizi 37%, 36 soatdan keyin esa - 41% to’g’ri javoblar berilgan. Endi sizga nega ko’p uxlaysan deyishsa, ularga shu postni jo’nating 😎 📟 DigiTech

🤖 ChatGPT Shveytsariyalik muhandislarga pomidor teruvchi robotni yaratishda yordam berdi Neyron tarmoq robotning texnik xusu
+2
🤖 ChatGPT Shveytsariyalik muhandislarga pomidor teruvchi robotni yaratishda yordam berdi Neyron tarmoq robotning texnik xususiyatlarini, uning shakli, materiallari va boshqaruv tizimini tanlashga yordam berdi. Natijada pomidorlarga zarar yetkazmasdan terib oladigan robot yasaldi. 📟 DigiTech

+3
🔋Kembrij universiteti olimlaridan yig’ilgan startap, elektromobillar uchun o’ta tez zaryadlashni ishlab chiqdi – bu deyarli yoqilg’i quyish shoxobchasida benzin to’ldirgandek tez Texnologiyani namoyish qilish uchun Lotus Elise asosida prototip qurilgan. Uning 35 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatori atigi olti daqiqada 100% to’ldi, shu bilan birga u bir zaryadda 250 km yurgan. Ular 2024-yildayoq bunday akkumulyatorlarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

▪️Twitter foydalanuvchisi chiroyli AR animatsiyali 3D QR-kod yasadi Sinab ko’rish uchun QR-kodni skanerlang, brauzeringizda s
+1
▪️Twitter foydalanuvchisi chiroyli AR animatsiyali 3D QR-kod yasadi Sinab ko’rish uchun QR-kodni skanerlang, brauzeringizda so’ralgan ruxsatlarni bering va animatsiyani ko’rish uchun QR-kodni qayta skanerlang. Siz bunday QR-kod turlari bo’yicha qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

▪️Daniya Bosh vaziri ChatGPT tomonidan yozilgan matn bilan nutq so’zladi Daniya hukumati rahbari an’anaviy nutq so’zlab, so’n
▪️Daniya Bosh vaziri ChatGPT tomonidan yozilgan matn bilan nutq so’zladi Daniya hukumati rahbari an’anaviy nutq so’zlab, so’ngra nutq ChatGPT tomonidan yozilganligini aytdi. Shu bilan birga, Bosh vazir sun’iy intellektlar rivojlanishi bilan bog’liq foyda va xavfni aytib o’tdi. “Uning nimaga qodirligi bir vaqtda ham qiziqarli, ham qo’rqinchli” — deya ta’kidladi. Gap shundaki, chatbotlar Internetni noto’g’ri ma’lumotlar bilan osongina to’ldirishi mumkin va bu haqiqatni yolg’ondan ajratishni juda qiyinlashtiradi. 📟 DigiTech

🍕Kuryerlar endi uchadi! Domino's pizza reaktiv uchuvchi kostyumlarda pitsa yetkazib beradi. Yangi yetkazib berish usulini bugun 200 000 ga yaqin odamlar to’planadigan Glastonberi musiqa festivalida sinovdan o’tkazishadi. 📟 DigiTech

🤔 Mark Sukerberg Ilon Mask bilan jang qilmoqchi. Yoki aksincha? Hammasi Ilon Mask, Sukerbergning Twitter’da raqobatchilar te
+1
🤔 Mark Sukerberg Ilon Mask bilan jang qilmoqchi. Yoki aksincha? Hammasi Ilon Mask, Sukerbergning Twitter’da raqobatchilar texnologiyasidan nusxa ko’chirish strategiyasini masxara qilishi bilan boshlandi. Sharhlarda kimdir unga "ehtiyot bo’lish kerak", deb yozdi, chunki Mark yoshroq va jiu-jitsu bilan shug’ullanadi, keyinroq Sukerbergning o'zi unga: "Menga joy nomini yubor" deb yozgan. Ilon Mask kulib, "qafasdagi jangga tayyorligini" aytdi va buni Las-Vegas oktagonida qilishni taklif qildi. Asr jangini ko’ramiz shekilli :) 📟 DigiTech

📰 Germaniyaning Bild gazetasi moliyaviy muammolar tufayli yuzlab ishchilarni sun’iy intellektga almashtiradi Ular "muharrirl
📰 Germaniyaning Bild gazetasi moliyaviy muammolar tufayli yuzlab ishchilarni sun’iy intellektga almashtiradi Ular "muharrirlar, matbuot xodimlari, korrektorlar va foto muharrirlar kelajakda kerak bo’lmaydi", ChatGPT va boshqa sun’iy intellektlar "mustaqil jurnalistikani har qachongidan ham yaxshiroq qilishlari" mumkin deb hisoblashadi. Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko’ra, ular xodimlarni qisqartirish orqali 100 million yevro tejashadi. 📟 DigiTech

🧩 Kanadadagi Vaterloo universiteti o’z veb-saytida Slide o’yinini joylashtirdi va barchamizga tanish ekran qulfini g’ayriodd
🧩 Kanadadagi Vaterloo universiteti o’z veb-saytida Slide o’yinini joylashtirdi va barchamizga tanish ekran qulfini g’ayrioddiy boshqotirmaga aylantirdi Tashqi ko’rinishidan hamma narsa oddiy: barmog’ingizni suring, keyingi bosqichga o’ting. Biroq, ishlab chiquvchilar har-xil qiyinchiliklar va tuzoqlarni qo’shishgan. Sinab ko’ring, qaysi bosqichgacha yetganingiz bilan izohlarda bo’lishing. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yukla
🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin? Hammasi oson, havolani bosib ilovani yuklab oling, o’zingiz istagan taomlarni tanlab buyurtma bering, so’ng UZB62YKBY promokodini kiriting va 110 000 so’mdan oshgan birinchi buyurtmangizga 47 500 so’m chegirmani oling! O’zim Yandex Taom ilovasidan ko’p buyurtma beraman, o’rtacha 15 - 20 daqiqada yetkazib berishadi. Yetkazib berish narxi asosan bepul. 👉 Promokod: UZB62YKBY

☀️ Olimlar birinchi bor quyosh energiyasini koinotdan Yerga uzatishga muvaffaq bo’lishdi Kosmik sun’iy yo’ldoshga energiya uz
☀️ Olimlar birinchi bor quyosh energiyasini koinotdan Yerga uzatishga muvaffaq bo’lishdi Kosmik sun’iy yo’ldoshga energiya uzatish uchun mikroto’lqinli panjara o’rnatildi. U Quyoshdan energiya yig’ib, uni elektr energiyasiga aylantirdi va uni o’ta aniq mikroto’lqinlar ko’rinishida Kaliforniya universiteti tomida joylashgan qabul qiluvchi uskunaga uzatdi. Bu texnologiya yordamida cheksiz miqdordagi kosmik energiyani to’plab, uni sayyoramizning istalgan nuqtasiga jo’natish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

▪️Matnli tavsif asosida 3D modellar generatsiya qilib beruvchi yana bir ajoyib neyrotarmoq — 3DFY Har-xil turdagi tayyor 3D modellar ham mavjud, ro’yxatdan o’tgandan so’ng 10 ta generatsiya bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🌊 Okean tubida 93 kun yashagan olimning tanasi 10 yoshga yoshardi Haddan tashqari kuchli bosim inson tanasiga qanday ta’sir
🌊 Okean tubida 93 kun yashagan olimning tanasi 10 yoshga yoshardi Haddan tashqari kuchli bosim inson tanasiga qanday ta’sir qilishini o’rganish uchun shifokorlar professor Jozef Dituri bilan bir qator sinovlarni o’tkazishdi. U uch oydan ortiq vaqt davomida Atlantika okeani tubida yashadi. Ma’lum bo’lishicha, olim hujayralarining yoshligi uchun mas’ul bo’lgan va yoshga qarab qisqaradigan telomerlari 20 foizga, ildiz hujayralar soni esa 10 barobarga ko’paygan. Shuningdek tanadagi xolesterin darajasi sezilarli darajada kamaygan. Okeanga ko’chamiz shekilli :) 📟 DigiTech

+2
🚘 Volkswagen kompaniyasining Germaniyaning Volfsburg shahridagi shtab-kvartirasida 48 metrli ikkita bino mavjud bo’lib, ularni hatto bir qavatida ham ofislar yo’q Ikkala minora ham avtomobillarni ishlab chiqarishdan to’g’ridan-to’g’ri mijozlarga yetkazib berish uchun robotlashtirilgan tizimdir. Eng gavjum soatlarda robotlashtirilgan avtoturargoh har 45 soniyada avtomobillarni joylardan pastga tushirishi va ko’tarishi mumkin: natija hatto Ginnes kitobiga eng tez avtomatlashtirilgan avtoturargoh sifatida kiritilgan. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Maskning Neuralink startapi shu yilni o’zida odamlarda miya implantlarini sinashni boshlaydi VivaTech konferensiyasid
🧠 Ilon Maskning Neuralink startapi shu yilni o’zida odamlarda miya implantlarini sinashni boshlaydi VivaTech konferensiyasida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga tashrifi chog’ida Ilon Mask o’zi asos solgan va rahbarlik qilayotgan Neuralink kompaniyasining miya implantlarini odamlarda birinchi sinovi joriy yil oxirigacha bo’lib o’tishini aytdi. Buning uchun barcha to’rtta yoki faqat ikkita oyoq-qo’llarining harakatchanligi bilan bog’liq muammolar bo’lgan bemorlar orasidan ko’ngilli tanlanadi. 📟 DigiTech

+1
Ular qaytishadi 🦑 Netflix “Kalmar o’yini” serialining ikkinchi mavsumi uchun birinchi tizer treylerni chiqardi, unda yangi aktyorlarni ko’rsatishdi. Ikkinchi mavsum chiqish sanasi hozircha ma’lum emas. Shuningdek, Tudum taqdimoti doirasida serial asosida realitik-shou o’tkaziladigan joylar aks etgan videorolikni namoyish etishdi. Serialni ikkinchi mavsumini kutayotganlar bormi? 📟 DigiTech

🏡 Arxitektor tashlab ketilgan Boeing 727 samolyotini Kosta-Rika o’rmonlarida salqin daraxt uyiga aylantirdi. Sayyohlarga bu
+4
🏡 Arxitektor tashlab ketilgan Boeing 727 samolyotini Kosta-Rika o’rmonlarida salqin daraxt uyiga aylantirdi. Sayyohlarga bu g’oya shu qadar yoqdiki, bir necha oy ichida narx 1 kun uchun 550 dollargacha ko’tarilib ketdi. Ko’plab detallar eski samolyotdan saqlanib qolgan, ichkarida umumiy maydon, ikkita konditsionerli yotoq xonasi, shuningdek, sobiq boshqaruv kabinasida joylashgan yuvinish xonasi mavjud. Bir vaqtning o’zida oltitagacha odam yashashi mumkin, narxi esa 1 kun uchun 550 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

▪️Tinch okeanida 4600 ta fanga noma'lum hayvonlar topildi Olimlar biologik xilma-xillik uchun xavflarni baholash maqsadida Ti
+2
▪️Tinch okeanida 4600 ta fanga noma'lum hayvonlar topildi Olimlar biologik xilma-xillik uchun xavflarni baholash maqsadida Tinch okeanining chuqurlarida tadqiqot o’tkazishdi. Topilgan 5000 hayvondan faqat 400 tasi fanga ma’lum bo’lgan. Bu hayvonlar millionlab yillar davomida okean tubining sovuq va qorong’u nuqtalarida rivojlangan. 📟 DigiTech