AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 563 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 563 名订阅者。
根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 378,过去 24 小时变化为 -453,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.50%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.07% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 171 次浏览,首日通常累积 10 252 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 563
订阅者
-45324 小时
+2 5777 天
+1 37830 天
帖子存档
53 542
— Grafik dizayn kursini bitirganlarni, ish bilan ta'minlaysizlarmi?
— Ha, ish taklif qilamiz yoki pulingizni 100% qaytarib beramiz!
«Najot Ta'lim» markazi doimo bitiruvchilarining ishga kirish statistikasini ochiq tarzda ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib boradi.
Unga ko'ra, birgina yanvar oyi Grafik dizayn kursi bitiruvchilarining 96,8 foizi ishli bo'lgan.
O'quvchilarning natijasi orqali ta'lim sifati qanday ekanligini bilishingiz mumkin.
Agar siz Grafik dizayn sohasini chuqurlashtirilgan kursda o'rganishni istasangiz, hoziroq ro'yxatdan o'ting.
👉 Ro'yxatdan o'ting
ㅤㅤㅤㅤㅤ
53 542
▪️Ilon Maskning Mark Sukerberg bilan jangi «bekor» qilindi
Bu kutilmaganda yuz berdi: Ilon Maskning onasi twitterda u jangga qarshi ekanligini va "jangni bekor qilganini". Shu bilan bir qatorda, 75 yoshli Mey Mask raqiblarga mushtlashib emas, zukkolik bilan bellashishni va uchta savolga imkon qadar kulgili javob berishni taklif qildi.
Ilon Maskning o’zi bu ma’lumotga hali rasman izoh bermagan. Biroq, bundan oldin UFC prezidenti Dana Uayt ikkala milliarder bilan telefon orqali gaplashib, ularning qarorlari jiddiyligi va jang tashkilot tarixidagi eng ko’p ko’rilgan jangga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan xulosaga kelgan.
📟 DigiTech
53 542
😴 Olimlar chet tilini uyquda o’rganish mumkinligini aniqlashdi
Shveytsariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi xorijiy so’zlarni va ularning tarjimasini samarali eslab qolishga qodirligini aniqlashdi.
Tajribada 30 kishi quloqchin bilan uxlagan: ularga 27 juft xorijiy so’zlar va ularning tarjimasini eshittirishgan (so’zlar 4 marta takrorlangan). Tajribaning haqqoniyligi uchun xato tarjima eshittirilgan.
12 va 36 soatdan so’ng ishtirokchilar testdan o’tishdi. Tajribadan 12 soat o’tgach tarjimadagi so’zlarni to’g’ri topish foizi 37%, 36 soatdan keyin esa - 41% to’g’ri javoblar berilgan.
Endi sizga nega ko’p uxlaysan deyishsa, ularga shu postni jo’nating 😎
📟 DigiTech
53 542
53 542
🔋Kembrij universiteti olimlaridan yig’ilgan startap, elektromobillar uchun o’ta tez zaryadlashni ishlab chiqdi – bu deyarli yoqilg’i quyish shoxobchasida benzin to’ldirgandek tez
Texnologiyani namoyish qilish uchun Lotus Elise asosida prototip qurilgan. Uning 35 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatori atigi olti daqiqada 100% to’ldi, shu bilan birga u bir zaryadda 250 km yurgan.
Ular 2024-yildayoq bunday akkumulyatorlarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda.
📟 DigiTech
53 542
▪️Twitter foydalanuvchisi chiroyli AR animatsiyali 3D QR-kod yasadi
Sinab ko’rish uchun QR-kodni skanerlang, brauzeringizda so’ralgan ruxsatlarni bering va animatsiyani ko’rish uchun QR-kodni qayta skanerlang.
Siz bunday QR-kod turlari bo’yicha qanday fikrdasiz?
📟 DigiTech
53 542
▪️Daniya Bosh vaziri ChatGPT tomonidan yozilgan matn bilan nutq so’zladi
Daniya hukumati rahbari an’anaviy nutq so’zlab, so’ngra nutq ChatGPT tomonidan yozilganligini aytdi. Shu bilan birga, Bosh vazir sun’iy intellektlar rivojlanishi bilan bog’liq foyda va xavfni aytib o’tdi.
“Uning nimaga qodirligi bir vaqtda ham qiziqarli, ham qo’rqinchli” — deya ta’kidladi. Gap shundaki, chatbotlar Internetni noto’g’ri ma’lumotlar bilan osongina to’ldirishi mumkin va bu haqiqatni yolg’ondan ajratishni juda qiyinlashtiradi.
📟 DigiTech
53 542
🍕Kuryerlar endi uchadi! Domino's pizza reaktiv uchuvchi kostyumlarda pitsa yetkazib beradi.
Yangi yetkazib berish usulini bugun 200 000 ga yaqin odamlar to’planadigan Glastonberi musiqa festivalida sinovdan o’tkazishadi.
📟 DigiTech
53 542
🤔 Mark Sukerberg Ilon Mask bilan jang qilmoqchi. Yoki aksincha?
Hammasi Ilon Mask, Sukerbergning Twitter’da raqobatchilar texnologiyasidan nusxa ko’chirish strategiyasini masxara qilishi bilan boshlandi. Sharhlarda kimdir unga "ehtiyot bo’lish kerak", deb yozdi, chunki Mark yoshroq va jiu-jitsu bilan shug’ullanadi, keyinroq Sukerbergning o'zi unga: "Menga joy nomini yubor" deb yozgan.
Ilon Mask kulib, "qafasdagi jangga tayyorligini" aytdi va buni Las-Vegas oktagonida qilishni taklif qildi.
Asr jangini ko’ramiz shekilli :)
📟 DigiTech
53 542
📰 Germaniyaning Bild gazetasi moliyaviy muammolar tufayli yuzlab ishchilarni sun’iy intellektga almashtiradi
Ular "muharrirlar, matbuot xodimlari, korrektorlar va foto muharrirlar kelajakda kerak bo’lmaydi", ChatGPT va boshqa sun’iy intellektlar "mustaqil jurnalistikani har qachongidan ham yaxshiroq qilishlari" mumkin deb hisoblashadi.
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko’ra, ular xodimlarni qisqartirish orqali 100 million yevro tejashadi.
📟 DigiTech
53 542
🧩 Kanadadagi Vaterloo universiteti o’z veb-saytida Slide o’yinini joylashtirdi va barchamizga tanish ekran qulfini g’ayrioddiy boshqotirmaga aylantirdi
Tashqi ko’rinishidan hamma narsa oddiy: barmog’ingizni suring, keyingi bosqichga o’ting. Biroq, ishlab chiquvchilar har-xil qiyinchiliklar va tuzoqlarni qo’shishgan.
Sinab ko’ring, qaysi bosqichgacha yetganingiz bilan izohlarda bo’lishing.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 542
🍱 Restoranlardan taomlarni qanday maksimal chegirma bilan buyurtma qilish mumkin?
Hammasi oson, havolani bosib ilovani yuklab oling, o’zingiz istagan taomlarni tanlab buyurtma bering, so’ng
UZB62YKBY promokodini kiriting va 110 000 so’mdan oshgan birinchi buyurtmangizga 47 500 so’m chegirmani oling!
O’zim Yandex Taom ilovasidan ko’p buyurtma beraman, o’rtacha 15 - 20 daqiqada yetkazib berishadi. Yetkazib berish narxi asosan bepul.
👉 Promokod: UZB62YKBY53 542
☀️ Olimlar birinchi bor quyosh energiyasini koinotdan Yerga uzatishga muvaffaq bo’lishdi
Kosmik sun’iy yo’ldoshga energiya uzatish uchun mikroto’lqinli panjara o’rnatildi. U Quyoshdan energiya yig’ib, uni elektr energiyasiga aylantirdi va uni o’ta aniq mikroto’lqinlar ko’rinishida Kaliforniya universiteti tomida joylashgan qabul qiluvchi uskunaga uzatdi.
Bu texnologiya yordamida cheksiz miqdordagi kosmik energiyani to’plab, uni sayyoramizning istalgan nuqtasiga jo’natish mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
53 542
53 542
🌊 Okean tubida 93 kun yashagan olimning tanasi 10 yoshga yoshardi
Haddan tashqari kuchli bosim inson tanasiga qanday ta’sir qilishini o’rganish uchun shifokorlar professor Jozef Dituri bilan bir qator sinovlarni o’tkazishdi. U uch oydan ortiq vaqt davomida Atlantika okeani tubida yashadi.
Ma’lum bo’lishicha, olim hujayralarining yoshligi uchun mas’ul bo’lgan va yoshga qarab qisqaradigan telomerlari 20 foizga, ildiz hujayralar soni esa 10 barobarga ko’paygan. Shuningdek tanadagi xolesterin darajasi sezilarli darajada kamaygan.
Okeanga ko’chamiz shekilli :)
📟 DigiTech
53 542
🚘 Volkswagen kompaniyasining Germaniyaning Volfsburg shahridagi shtab-kvartirasida 48 metrli ikkita bino mavjud bo’lib, ularni hatto bir qavatida ham ofislar yo’q
Ikkala minora ham avtomobillarni ishlab chiqarishdan to’g’ridan-to’g’ri mijozlarga yetkazib berish uchun robotlashtirilgan tizimdir.
Eng gavjum soatlarda robotlashtirilgan avtoturargoh har 45 soniyada avtomobillarni joylardan pastga tushirishi va ko’tarishi mumkin: natija hatto Ginnes kitobiga eng tez avtomatlashtirilgan avtoturargoh sifatida kiritilgan.
📟 DigiTech
53 542
🧠 Ilon Maskning Neuralink startapi shu yilni o’zida odamlarda miya implantlarini sinashni boshlaydi
VivaTech konferensiyasida ishtirok etish uchun Fransiya poytaxtiga tashrifi chog’ida Ilon Mask o’zi asos solgan va rahbarlik qilayotgan Neuralink kompaniyasining miya implantlarini odamlarda birinchi sinovi joriy yil oxirigacha bo’lib o’tishini aytdi.
Buning uchun barcha to’rtta yoki faqat ikkita oyoq-qo’llarining harakatchanligi bilan bog’liq muammolar bo’lgan bemorlar orasidan ko’ngilli tanlanadi.
📟 DigiTech
53 542
Ular qaytishadi 🦑
Netflix “Kalmar o’yini” serialining ikkinchi mavsumi uchun birinchi tizer treylerni chiqardi, unda yangi aktyorlarni ko’rsatishdi. Ikkinchi mavsum chiqish sanasi hozircha ma’lum emas.
Shuningdek, Tudum taqdimoti doirasida serial asosida realitik-shou o’tkaziladigan joylar aks etgan videorolikni namoyish etishdi.
Serialni ikkinchi mavsumini kutayotganlar bormi?
📟 DigiTech
53 542
🏡 Arxitektor tashlab ketilgan Boeing 727 samolyotini Kosta-Rika o’rmonlarida salqin daraxt uyiga aylantirdi. Sayyohlarga bu g’oya shu qadar yoqdiki, bir necha oy ichida narx 1 kun uchun 550 dollargacha ko’tarilib ketdi.
Ko’plab detallar eski samolyotdan saqlanib qolgan, ichkarida umumiy maydon, ikkita konditsionerli yotoq xonasi, shuningdek, sobiq boshqaruv kabinasida joylashgan yuvinish xonasi mavjud.
Bir vaqtning o’zida oltitagacha odam yashashi mumkin, narxi esa 1 kun uchun 550 dollardan boshlanadi.
📟 DigiTech
53 542
▪️Tinch okeanida 4600 ta fanga noma'lum hayvonlar topildi
Olimlar biologik xilma-xillik uchun xavflarni baholash maqsadida Tinch okeanining chuqurlarida tadqiqot o’tkazishdi. Topilgan 5000 hayvondan faqat 400 tasi fanga ma’lum bo’lgan.
Bu hayvonlar millionlab yillar davomida okean tubining sovuq va qorong’u nuqtalarida rivojlangan.
📟 DigiTech
