es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 53 390 suscriptores, ocupando la posición 2 467 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 388 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 53 390 suscriptores.

Según los últimos datos del 14 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 151, y en las últimas 24 horas de -359, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.05%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 19.18% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 372 visualizaciones. En el primer día suele acumular 10 238 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 114.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 15 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

53 390
Suscriptores
-35924 horas
+2 3907 días
+1 15130 días
Archivo de publicaciones
✍️ Midjourney neyrotarmog’idan mashhur brendlar nomlarini shifokorlar yozuvida qanday bo’lishini tasvirlab berishini so’rashi
+4
✍️ Midjourney neyrotarmog’idan mashhur brendlar nomlarini shifokorlar yozuvida qanday bo’lishini tasvirlab berishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin :) 📟 DigiTech

👟 Eng tezkor oyoq kiyim - Moonwalkers Ular TikTok’da mashhur bo’lib ketishdi va Kickstarter platformasida 330 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo’lishdi. Endi istagan odam oldindan buyurtma berishi mumkin, AQShda uning narxi 1399 dollar. • Moonwalkers - bu g’ildirakli, aqlli oyoq kiyimdir, u foydalanuvchining yurish tezligiga moslashadi va 2.5 barobar tezroq yurishga yordam beradi. 📟 DigiTech

📱 Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining iPhone-ga o'tish foizi, so’nggi besh yillikdagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi CIR
📱 Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining iPhone-ga o'tish foizi, so’nggi besh yillikdagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi CIRP tadqiqotlar kompaniyasi 2023-yilda yangi iPhone sotib olganlarning 15 foizi Android smartfonidan o‘tganini aniqladi. Bu oxirgi 5 yildagi eng yuqori ko'rsatkich, ammo rekord emas. Misol uchun, 2016 yilda iPhone xaridorlari orasida Android smartfonining sobiq foydalanuvchilari ulushi 21 foizni tashkil etgan. 📟 DigiTech

🤖 Tesla odamsimon robotlari yurishni, odamga taqlid qilishni va narsalarni ko’tarishni o’rgandi. Endi u yon atrofni o’rganib, narsalarni qayerda joylashganini eslab qololadi Robotning bo‘yi 172 santimetr, og‘irligi esa 56,7 kg. U 8 km/soat tezlikda yuradi va 20 kg gacha bo'lgan yuklarni ko'tara oladi. Aytgancha, Tesla Bot shunday yasalganki, «esli chto» odam uni osongina yiqitib, qochib ketishi mumkin :) Tesla robotlarni ommaviy ishlab chiqarish qachon boshlashi haqida hozircha ma’lumotlar yo’q, lekin kompaniya buni Cybertruck pikaplarini yetkazib berish boshlangandan keyin amalga oshirmoqchi. 📟 DigiTech

▪️Kutib oling Yandex'dan ChatGPT Texnologiya YandexGPT deb ataladi va u Alisa bilan birlashtirilgan. Endi u har xil turdagi m
▪️Kutib oling Yandex'dan ChatGPT Texnologiya YandexGPT deb ataladi va u Alisa bilan birlashtirilgan. Endi u har xil turdagi matnlarni yozishi va g’oyalar taklif qilishi mumkin. Masalan, u diplom ishini yozib berishi va hatto sayohat rejasini tuzib berishi ham mumkin. Yangi texnologiya hozir sinovdan o’tkazilmoqda, lekin allaqachon Yandex ilovasida, brauzerida, devayslarida va Alisa bilan ishlovchi smart televizorlarda mavjud. 📟 DigiTech

🍔 Amerikaning Wendy’s restoranlar tarmog’i buyurtmalar qabul qiluvchi xodimlarini Googlening sun’iy intellektiga almashtirmo
🍔 Amerikaning Wendy’s restoranlar tarmog’i buyurtmalar qabul qiluvchi xodimlarini Googlening sun’iy intellektiga almashtirmoqchi "Wendy's Fresh AI" sun’iy intellekti buyurtmalarni qabul qiladi va mijozlarning savollariga javob beradi. Ular shunday yo’l bilan harajatlarni tejashmoqchi, Wendy’s tarmog’i juda katta bo’lib, butun dunyo bo’yicha 7000 dan ortiq restoranlari mavjud. 📟 DigiTech

▪️Yuz bilan o’yinlarni boshqarish. Google kompaniyasi yangi GameFace loyihasini ishlab chiqdi Yangi ilova Windowsda ishlaydig
▪️Yuz bilan o’yinlarni boshqarish. Google kompaniyasi yangi GameFace loyihasini ishlab chiqdi Yangi ilova Windowsda ishlaydigan kompyuterida standart veb-kamera yordamida yuz harakatlari bilan oʻyinlarni boshqarish imkonini beradi. O’yinchi bu funksiyani sinab ko‘rdi: biroz o‘zgartirishdan so‘ng hammasi zo‘r ishladi – boshini siljitish orqali u sichqonchani ekranning istalgan joyiga surishi mumkin edi. Albatta bu sun’iy intellekt yordamida ishlaydi. Loyiha mushak distrofiyasidan aziyat chekadigan video o‘yin strimeri Lens Karr bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. 📟 DigiTech

✍️ Type — sun’iy intellektli, ko’p funksiyali birinchi matn muharriri Bu matnlarni bir zumda yozishga yordam beradigan sun’iy intellektga ega birinchi hujjatlar muharriri. Neyrotarmoq no’ldan matn yozishi, bir zumda qoralama yaratishi, talab bo’yicha matnni qayta yozishi va keyin nima yozish bo’yicha g’oyalarni taklif qilishi mumkin. Chegaralangan bepul versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📺 Amerikaning Telly startapi ikkita displeyli televizorlarni bepul tarqatmoqchi Ular ikkinchi ekranda qo’yiladigan reklamala
+1
📺 Amerikaning Telly startapi ikkita displeyli televizorlarni bepul tarqatmoqchi Ular ikkinchi ekranda qo’yiladigan reklamalardan pul ishlashni rejalashtirishgan. Agar asosiy displeyda hech narsa tomosha qilinmasa, unda ham reklama chiqishi mumkin. Telly TV 55 dyuymli 4K HDR displey, videoqo‘ng‘iroqlar va fitnes ilovalari uchun o‘rnatilgan kamera va 40 ta mini-o‘yinga ega. Birinchi 500 000 ta televizorlar shu yozda AQShga jo’natiladi. Reklama ko’rish evaziga shu televizorni olgan bo’larmidingiz? 📟 DigiTech

▪️Microsoft GPT-4 da ishlaydigan Bing chatbotiga katta yangilanishni taqdim etdi — chatbot savolga rasmlar, diagrammalar va grafiklarni qo'shish orqali javob berishni o'rgandi; — chatga rasm yuklash orqali u haqida savol berish imkoniyati paydo bo‘ladi; — chatbotdan veb-sayt sahifasidan yoki matnli hujjatdan asosiy maʼlumotlarni ajratib olishni soʻrash mumkin boʻldi; — endi siz chatbot bilan yozishmalar tarixini saqlashingiz mumkin va boshqa qurilmadan kirganingizda shu suhbatni davom ettirishingiz mumkin; — saytlar bilan muloqot qilish, masalan: restoran saytidan o'zingizga kerakli stolni band qilish imkoniyati paydo bo'ldi; — chatbot filmni qidirish soʻroviga javoban filmni tomosha qilish uchun mo'ljallangan platformalarni ochishi mumkin boʻladi (masalan, Apple TV); — plaginlar yordamida Bing imkoniyatlarini kengaytirish mumkin bo'ladi. Ba'zi yangiliklar yaqin kunlarda, boshqalari esa kelgusi oylarda taqdim etiladi. Batafsil ma'lumotlar 23-25 may kunlari bo'lib o'tadigan Build konferensiyasida e'lon qilinadi. 📟 DigiTech

🎵 O’zingizni musiqachidek his etishingizga yordam beruvchi veb-sahifa, ro’yxatdan o’tish shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

▪️ Apple hali chiqmagan devayslari haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan xodimini topdi va ishdan bo’shatdi Buning uchun kompaniya
▪️ Apple hali chiqmagan devayslari haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan xodimini topdi va ishdan bo’shatdi Buning uchun kompaniya shubha ostida bo’lgan bir nechta xodimlariga Final Cut Pro va Logic Pro'ni Ipad uchun turli xil chiqish sanalarini aytgan. Twitter foydalanuvchisi analyst941 ushbu sanalardan birini e’lon qilganida, kompaniya osongina qoidabuzarni aniqladi. Tekshiruvdan so’ng insayder analyst941ning singlisi ekanligi ma’lum bo’ldi. Analyst941 kompaniya uni ustidan sudga berishi mumkinligidan havotirda, shu sababdan uchun u Twitter akkauntini o’chirib tashladi. Oxirgi haftalarda kompaniyaning endi chiqadigan devayslari haqidagi tarqalgan ma’lumotlar aynan shu insayderga tegishli edi va katta ehtimol bilan ular to’g’ri bo’lib chiqadi. 📟 DigiTech

▪️YouTube qiroli o‘z xodimlari uchun Janubiy Karolina shtatining Grinvil shahridagi butun bir hududni sotib oldi, u yerda uni
▪️YouTube qiroli o‘z xodimlari uchun Janubiy Karolina shtatining Grinvil shahridagi butun bir hududni sotib oldi, u yerda uning xodimlari yashaydi va ishlaydi Shuningdek Mr. Beast bu hududni blogerlar hududiga aylantirmoqchi, uning daromadi bilan bu haqiqatga o’xshaydi - 2022 yilni o’zida Mr. Beast YouTube'da 110 million dollar ishlab topgan. 📟 DigiTech

▪️ ASUS Rog Ally portativ konsolini namoyish etdi Qurilma Ryzen Z1 va Z1 Extreme mobil protsessorlari bilan jihozlangan, ekra
+3
▪️ ASUS Rog Ally portativ konsolini namoyish etdi Qurilma Ryzen Z1 va Z1 Extreme mobil protsessorlari bilan jihozlangan, ekran 7 dyuym, OLED, Full HD, 120hz. Shuningdek qurilmada MicroSD uchun slot mavjud. Operatsion tizim Windows 11. Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, konsolda barcha zamonaviy o’yinlarni 1080p sifatda be’malol o’ynash mumkin bo’ladi, biroq bu faqat Extreme versiyasiga tegishli. Konsol sotuvlari 13 - iyun kuni 599 dollar narxda boshlanadi. 📟 DigiTech

🎵 Google o'zining MusicLM nomli musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ini ochiq beta-versiyasini ishga tushirdi Bu oddiy ishlaydi, musiqani qisqacha matn ko’rinishida tasvirlaysiz, shu bo’yicha generatsiya qilib beradi. Matnli tavsif qanchalik qisqa va aniq bo’lsa, generatsiya qilinadigan musiqa shunchalik yaxshi bo’ladi. • Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali qo’shilishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🏍️ Uchar bayk XTURISMO internet foydalanuvchilarini quvontirishda davom etmoqda. Uni Yaponiyalik muhandislar yasashgan va allaqachon sotuvda mavjud. Narxi yarim million dollardan ortiqroq. 📟 DigiTech

🖥️ Philips kompaniyasi ikkita ekranli monitor chiqardi Asosiy ekran 23,8 dyuymli IPS, 75hz. Qurilmaning asosiy go’zalligi ikkinchi ekranda - 13,3 dyuymli E-Ink'da. Bu ekranni ishlatish juda qulay va u ko’zni charchatmaydi. Monitorning narxi 869 dollar. 📟 DigiTech

▪️ Kecha bo’lib o’tgan Google I/O konferensiyasining 90% qismi nima mavzuda bo’lganligi haqida qisqacha :) Texnologik kompaniyalarning endigi taqdimotlari mavzusi asosan shu bo’ladi shekilli. 📟 DigiTech

+2
🖼️ Yil oxirigacha Google Photos'da ajoyib funksiya paydo bo’ladi - Magic Editor Uning yordamida bir bosish yordamida rasmlardan barcha keraksiz obyektlarni olib tashlashingiz yoki kadrning boshqa qismiga ko’chirib o’tkazishingiz mumkin. Yetishmayotgan detallarni esa neyrotarmoq o’zi chizib beradi. Shuningdek Google Xaritada endi ob-havoni ham ko’rsatib turuvchi 3D marshrutlar bo’ladi, lekin asosan AQShda. 📟 DigiTech

▪️ Googledan sun’iy intellekt Tez orada dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimi turli manbalardan ma’lumotlarni yig’ish orqali m
+2
▪️ Googledan sun’iy intellekt Tez orada dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimi turli manbalardan ma’lumotlarni yig’ish orqali murakkab savollarga javob bera oladi. Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi, lekin Bard boshqa tillarni o’zlashtirishi bilanoq boshqa tillarda ham ishlashni boshlaydi. Google ta’kidlashicha, Bard yaqinda 40 ta tilda ishlay oladigan bo’ladi. Sun’iy intellekt mahsulotlarni qidirishda ham yordam beradi, ayniqsa siz biron bir maxsus narsani qidirsangiz. Qo’shimcha aniqlash parametrlarini qo’shish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech