AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 390 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 467,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 388 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 390 名订阅者。
根据 14 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 151,过去 24 小时变化为 -359,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 19.18% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 10 238 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 114。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 15 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 390
订阅者
-35924 小时
+2 3907 天
+1 15130 天
帖子存档
53 390
✍️ Midjourney neyrotarmog’idan mashhur brendlar nomlarini shifokorlar yozuvida qanday bo’lishini tasvirlab berishini so’rashibdi, natijani rasmlarda ko’rishingiz mumkin :)
📟 DigiTech
53 390
👟 Eng tezkor oyoq kiyim - Moonwalkers
Ular TikTok’da mashhur bo’lib ketishdi va Kickstarter platformasida 330 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo’lishdi. Endi istagan odam oldindan buyurtma berishi mumkin, AQShda uning narxi 1399 dollar.
• Moonwalkers - bu g’ildirakli, aqlli oyoq kiyimdir, u foydalanuvchining yurish tezligiga moslashadi va 2.5 barobar tezroq yurishga yordam beradi.
📟 DigiTech
53 390
📱 Tadqiqot: Android foydalanuvchilarining iPhone-ga o'tish foizi, so’nggi besh yillikdagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi
CIRP tadqiqotlar kompaniyasi 2023-yilda yangi iPhone sotib olganlarning 15 foizi Android smartfonidan o‘tganini aniqladi.
Bu oxirgi 5 yildagi eng yuqori ko'rsatkich, ammo rekord emas. Misol uchun, 2016 yilda iPhone xaridorlari orasida Android smartfonining sobiq foydalanuvchilari ulushi 21 foizni tashkil etgan.
📟 DigiTech
53 390
🤖 Tesla odamsimon robotlari yurishni, odamga taqlid qilishni va narsalarni ko’tarishni o’rgandi. Endi u yon atrofni o’rganib, narsalarni qayerda joylashganini eslab qololadi
Robotning bo‘yi 172 santimetr, og‘irligi esa 56,7 kg. U 8 km/soat tezlikda yuradi va 20 kg gacha bo'lgan yuklarni ko'tara oladi. Aytgancha, Tesla Bot shunday yasalganki, «esli chto» odam uni osongina yiqitib, qochib ketishi mumkin :)
Tesla robotlarni ommaviy ishlab chiqarish qachon boshlashi haqida hozircha ma’lumotlar yo’q, lekin kompaniya buni Cybertruck pikaplarini yetkazib berish boshlangandan keyin amalga oshirmoqchi.
📟 DigiTech
53 390
▪️Kutib oling Yandex'dan ChatGPT
Texnologiya YandexGPT deb ataladi va u Alisa bilan birlashtirilgan. Endi u har xil turdagi matnlarni yozishi va g’oyalar taklif qilishi mumkin. Masalan, u diplom ishini yozib berishi va hatto sayohat rejasini tuzib berishi ham mumkin.
Yangi texnologiya hozir sinovdan o’tkazilmoqda, lekin allaqachon Yandex ilovasida, brauzerida, devayslarida va Alisa bilan ishlovchi smart televizorlarda mavjud.
📟 DigiTech
53 390
🍔 Amerikaning Wendy’s restoranlar tarmog’i buyurtmalar qabul qiluvchi xodimlarini Googlening sun’iy intellektiga almashtirmoqchi
"Wendy's Fresh AI" sun’iy intellekti buyurtmalarni qabul qiladi va mijozlarning savollariga javob beradi.
Ular shunday yo’l bilan harajatlarni tejashmoqchi, Wendy’s tarmog’i juda katta bo’lib, butun dunyo bo’yicha 7000 dan ortiq restoranlari mavjud.
📟 DigiTech
53 390
▪️Yuz bilan o’yinlarni boshqarish. Google kompaniyasi yangi GameFace loyihasini ishlab chiqdi
Yangi ilova Windowsda ishlaydigan kompyuterida standart veb-kamera yordamida yuz harakatlari bilan oʻyinlarni boshqarish imkonini beradi.
O’yinchi bu funksiyani sinab ko‘rdi: biroz o‘zgartirishdan so‘ng hammasi zo‘r ishladi – boshini siljitish orqali u sichqonchani ekranning istalgan joyiga surishi mumkin edi. Albatta bu sun’iy intellekt yordamida ishlaydi.
Loyiha mushak distrofiyasidan aziyat chekadigan video o‘yin strimeri Lens Karr bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
📟 DigiTech
53 390
✍️ Type — sun’iy intellektli, ko’p funksiyali birinchi matn muharriri
Bu matnlarni bir zumda yozishga yordam beradigan sun’iy intellektga ega birinchi hujjatlar muharriri.
Neyrotarmoq no’ldan matn yozishi, bir zumda qoralama yaratishi, talab bo’yicha matnni qayta yozishi va keyin nima yozish bo’yicha g’oyalarni taklif qilishi mumkin. Chegaralangan bepul versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 390
📺 Amerikaning Telly startapi ikkita displeyli televizorlarni bepul tarqatmoqchi
Ular ikkinchi ekranda qo’yiladigan reklamalardan pul ishlashni rejalashtirishgan. Agar asosiy displeyda hech narsa tomosha qilinmasa, unda ham reklama chiqishi mumkin.
Telly TV 55 dyuymli 4K HDR displey, videoqo‘ng‘iroqlar va fitnes ilovalari uchun o‘rnatilgan kamera va 40 ta mini-o‘yinga ega. Birinchi 500 000 ta televizorlar shu yozda AQShga jo’natiladi.
Reklama ko’rish evaziga shu televizorni olgan bo’larmidingiz?
📟 DigiTech
53 390
▪️Microsoft GPT-4 da ishlaydigan Bing chatbotiga katta yangilanishni taqdim etdi
— chatbot savolga rasmlar, diagrammalar va grafiklarni qo'shish orqali javob berishni o'rgandi;
— chatga rasm yuklash orqali u haqida savol berish imkoniyati paydo bo‘ladi;
— chatbotdan veb-sayt sahifasidan yoki matnli hujjatdan asosiy maʼlumotlarni ajratib olishni soʻrash mumkin boʻldi;
— endi siz chatbot bilan yozishmalar tarixini saqlashingiz mumkin va boshqa qurilmadan kirganingizda shu suhbatni davom ettirishingiz mumkin;
— saytlar bilan muloqot qilish, masalan: restoran saytidan o'zingizga kerakli stolni band qilish imkoniyati paydo bo'ldi;
— chatbot filmni qidirish soʻroviga javoban filmni tomosha qilish uchun mo'ljallangan platformalarni ochishi mumkin boʻladi (masalan, Apple TV);
— plaginlar yordamida Bing imkoniyatlarini kengaytirish mumkin bo'ladi.
Ba'zi yangiliklar yaqin kunlarda, boshqalari esa kelgusi oylarda taqdim etiladi.
Batafsil ma'lumotlar 23-25 may kunlari bo'lib o'tadigan Build konferensiyasida e'lon qilinadi.
📟 DigiTech
53 390
53 390
▪️ Apple hali chiqmagan devayslari haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan xodimini topdi va ishdan bo’shatdi
Buning uchun kompaniya shubha ostida bo’lgan bir nechta xodimlariga Final Cut Pro va Logic Pro'ni Ipad uchun turli xil chiqish sanalarini aytgan. Twitter foydalanuvchisi analyst941 ushbu sanalardan birini e’lon qilganida, kompaniya osongina qoidabuzarni aniqladi.
Tekshiruvdan so’ng insayder analyst941ning singlisi ekanligi ma’lum bo’ldi. Analyst941 kompaniya uni ustidan sudga berishi mumkinligidan havotirda, shu sababdan uchun u Twitter akkauntini o’chirib tashladi.
Oxirgi haftalarda kompaniyaning endi chiqadigan devayslari haqidagi tarqalgan ma’lumotlar aynan shu insayderga tegishli edi va katta ehtimol bilan ular to’g’ri bo’lib chiqadi.
📟 DigiTech
53 390
▪️YouTube qiroli o‘z xodimlari uchun Janubiy Karolina shtatining Grinvil shahridagi butun bir hududni sotib oldi, u yerda uning xodimlari yashaydi va ishlaydi
Shuningdek Mr. Beast bu hududni blogerlar hududiga aylantirmoqchi, uning daromadi bilan bu haqiqatga o’xshaydi - 2022 yilni o’zida Mr. Beast YouTube'da 110 million dollar ishlab topgan.
📟 DigiTech
53 390
▪️ ASUS Rog Ally portativ konsolini namoyish etdi
Qurilma Ryzen Z1 va Z1 Extreme mobil protsessorlari bilan jihozlangan, ekran 7 dyuym, OLED, Full HD, 120hz. Shuningdek qurilmada MicroSD uchun slot mavjud. Operatsion tizim Windows 11.
Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashicha, konsolda barcha zamonaviy o’yinlarni 1080p sifatda be’malol o’ynash mumkin bo’ladi, biroq bu faqat Extreme versiyasiga tegishli.
Konsol sotuvlari 13 - iyun kuni 599 dollar narxda boshlanadi.
📟 DigiTech
53 390
🎵 Google o'zining MusicLM nomli musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ini ochiq beta-versiyasini ishga tushirdi
Bu oddiy ishlaydi, musiqani qisqacha matn ko’rinishida tasvirlaysiz, shu bo’yicha generatsiya qilib beradi. Matnli tavsif qanchalik qisqa va aniq bo’lsa, generatsiya qilinadigan musiqa shunchalik yaxshi bo’ladi.
• Kutish (waitlist) ro’yxatiga ushbu havola orqali qo’shilishingiz mumkin.
📟 DigiTech
53 390
🏍️ Uchar bayk XTURISMO internet foydalanuvchilarini quvontirishda davom etmoqda. Uni Yaponiyalik muhandislar yasashgan va allaqachon sotuvda mavjud. Narxi yarim million dollardan ortiqroq.
📟 DigiTech
53 390
🖥️ Philips kompaniyasi ikkita ekranli monitor chiqardi
Asosiy ekran 23,8 dyuymli IPS, 75hz. Qurilmaning asosiy go’zalligi ikkinchi ekranda - 13,3 dyuymli E-Ink'da. Bu ekranni ishlatish juda qulay va u ko’zni charchatmaydi.
Monitorning narxi 869 dollar.
📟 DigiTech
53 390
▪️ Kecha bo’lib o’tgan Google I/O konferensiyasining 90% qismi nima mavzuda bo’lganligi haqida qisqacha :)
Texnologik kompaniyalarning endigi taqdimotlari mavzusi asosan shu bo’ladi shekilli.
📟 DigiTech
53 390
🖼️ Yil oxirigacha Google Photos'da ajoyib funksiya paydo bo’ladi - Magic Editor
Uning yordamida bir bosish yordamida rasmlardan barcha keraksiz obyektlarni olib tashlashingiz yoki kadrning boshqa qismiga ko’chirib o’tkazishingiz mumkin. Yetishmayotgan detallarni esa neyrotarmoq o’zi chizib beradi.
Shuningdek Google Xaritada endi ob-havoni ham ko’rsatib turuvchi 3D marshrutlar bo’ladi, lekin asosan AQShda.
📟 DigiTech
53 390
▪️ Googledan sun’iy intellekt
Tez orada dunyodagi eng mashhur qidiruv tizimi turli manbalardan ma’lumotlarni yig’ish orqali murakkab savollarga javob bera oladi.
Hozircha faqat ingliz tilida ishlaydi, lekin Bard boshqa tillarni o’zlashtirishi bilanoq boshqa tillarda ham ishlashni boshlaydi. Google ta’kidlashicha, Bard yaqinda 40 ta tilda ishlay oladigan bo’ladi.
Sun’iy intellekt mahsulotlarni qidirishda ham yordam beradi, ayniqsa siz biron bir maxsus narsani qidirsangiz. Qo’shimcha aniqlash parametrlarini qo’shish mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
