cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali

🏫Prezident maktabi agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali!

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
246
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi yakunlandi. Ma’lumot uchun, jarayonlarni Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining vakillari kuzatib bormoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣📣📣📣📣 🔔 IJOD MAKTABLARINING 3-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI. ✔️ Ushbu bosqichda jami 50 ta test savollari beriladi. Testning fanga doir har bir savolini yechish uchun 2 daqiqadan, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha savolga 1 daqiqadan vaqt ajratiladi. ⏳ Talabgorlarga ushbu topshiriqlarni bajarish uchun jami 85 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 📨 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o‘z “Shaxsiy kabinet”iga kirishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. ‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.
❗️Ma’lumot uchun, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🗣Eslatma, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI Joriy yining 4-, 5-, 6-iyul kunlari Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘tkazilgan kirish intihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 134 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
03:11
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari #4july #uzbekiston24 00:51 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
2.mp427.23 MB
👍 2
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi. Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi ⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🗣Eslatma, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 3
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.