cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
1 270
Suscriptores
-124 horas
+117 días
+1430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#bandlik Quyi Chirchiq tumani "Kushek" mahalla fuqarolar yig‘inida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash maqsadida, tadbirkorlikka jalb qilinib, ajratilgan kreditlar evaziga bir qator mikro-loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, probatsiya hisobida turgan yoshlarga mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli kreditlar ajratilib, ular bandligi ta'minlanmoqda. Batafsil NURAFSHON telekanalida... Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...
2024-yilning 4 oyida 50 mingga yaqin fuqaro bepul kasb-hunarga tayyorlash va malaka oshirish uchun jalb qilindi Shundan: ▪️yoshlar - 20 322 nafar; ▪️ayollar - 38 045 nafar ; ▪️nogironlar - 2051 nafar; ▪️o‘qishni davom ettirayotganlar- 35 878 nafar; ▪️o‘qishni tugatganlar- 11 470 nafar; ▪️o‘qishdan chetlashtirilganlar- 2578 nafar; ▪️bandligi ta’minlanganlar - 5852 nafar; ▪️ishga joylashganlar (YAMMT) - 1730 nafar; ▪️o‘zini o‘zi band qilganlar - 3981nafar; ▪️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar - 141 nafar; Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasiga taklif etamiz! Yangiyoʻl tumani 2-sektor rahbari tashabbusi bilan yoshlarni, xotin-qizlarni va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida joriy yilning 16-may kuni “Xalqobod” mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkaziladi. Ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni mazkur boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasiga taklif etamiz. Boshlanish vaqti: soat 9:00 da Moʻljal: 2-sektor binosi Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...
#Bildirish Bugun soat 09:00dan subsidiyani olish xizmati ishga tushdi. Subsidiya olish uchun endi hokimiyatga yoki biron tashkilotga borib, ovora boʻlib yurishning hojati yoʻq, davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishning oʻzi kifoya. Hurmatli fuqarolar! Subsidiya olish uchun tumanda joylashgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling va shaffof tizim orqali oʻz arizangizni qoldiring! Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...
Repost from Bandlik Vazirligi
Bugun barcha vazifalarni kuchli jamoa hal qiladi, kuchli jamoa esa bilimli, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, tillarni biladigan mutaxassislardan shakllanadi. Kelajagini oʻylaydigan har bir tashkilot ishga kiruvchi nomzodlarni elakdan oʻtkazadi, saralaydi, bilimlilar ichidan bilimlisini qidiradi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham ayni jihat ustuvor sanaladi. Joriy yilning shu davriga qadar vazirlikdagi 36 ta boʻsh ish oʻrniga 1538 nafar nomzod Argos orqali roʻyxatdan oʻtgan. Bir oʻrin uchun 42 nafar nomzod “kurashgan”. Xoʻsh, ishga kirmoqchi boʻlganlar qanday bosqichlardan oʻtmoqda? Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
Mostrar todo...
Ҳоким ёрдамчилари малака оширмоқда

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби ва Камбағалликни қисқартириш в

#munosabat Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Videoselektorda tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi masalasi ko‘rildi. Joriy yil oxirigacha 250-300 ming nafar fuqaromiz xorijdan qaytishi prognoz qilinmoqda. Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga ko‘maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Batafsil "Nurafshon" telekanalida Gulmarjon Esonqulova-O‘rta Chirchiq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bosh mutaxassisi Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...
#mehnat_yarmarkasi Bugun ko`plab oqqo`rg`onliklar ishli bo`ldi Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bir qator tashkilotlar hamkorlikda "Ishga marhamat" monomarkazi binosida “Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi” o‘tkazildi. Bunda jami 40 dan ortiq korxona va tashkilotlar 320 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarkada jami 170 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etgan bo‘lib, 37 nafariga o‘zlarini qiziqtirgan kasblari bo‘yicha o‘qishga yo‘llanmalar berildi, 32 nafari doimiy ishga, 50 nafari tumandagi yirik to‘qimachilik korxonalariga ishga joylashtirilishi bo‘yicha taklif etilib, tegishli ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Shuningdek 30 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tegishli maslahatlar berildi. Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...
Prezident qarori bilan endi "Ishga marhamat" monomarkazlarida quyidagi o‘quv-darslari ham yo‘lga qo‘yiladi: ▪️huquqiy savodxonlikni oshirish; ▪️ariza, shikoyat, va takliflarni yozish va blankalarni to‘ldirish ko‘nikmalari; ▪️vakolatli organlarga murojaat qilish tartibi; ▪️elektron platformalardan, shu jumladan "Madad" NNTning advice.uz portalidan foydalanish ko‘nikmalari; ▪️"Yuridik yordam" axborot tizimi orqali murojaat yo‘llash tartiblari va boshqalar. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
#imkoniyat Hokim yordamchilari ko’magida fuqarolarning daromadi ortmoqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-306-qarori doirasida Qibray tumanidagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tavsiyasi bilan 100 mln so'mgacha kreditlar ajratilib, fuqarolarga qo’shimcha imkoniyatlar berilmoqda. Xususan, Birlik mahallasida yashovchi fuqaro, Tajibayeva Nozima ham hokim yordamchisining ko’magi bilan faoliyatini kengaytirmoqda. Bugungi kunga qadar, tumandagi hokim yordamchilari tavsiyasi bilan 36 nafar fuqaroga qaror doirasida kredit ajratilgan bo’lsa, 102 nafariga kredit uchun sertifikatlar topshirilgan. Telegram|YouTube|Facebook
Mostrar todo...