es
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Ir al canal en Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Mostrar más
1 071
Suscriptores
+224 horas
+37 días
+11930 días
Archivo de publicaciones
Koreyaga tan bermaslikning iloji yo’q! 👍 Ko’zi ojiz, eshita yoki gapira olmaydiganlar uchun ham maksimal sharoit qilish ular
Koreyaga tan bermaslikning iloji yo’q! 👍 Ko’zi ojiz, eshita yoki gapira olmaydiganlar uchun ham maksimal sharoit qilish ular uchun oddiy hol. *Koreys jurnalistlaridan “business card” olganimda ham ko’zi ojizlar uchun alohida shunday belgilar bor edi.

Koreya tog’larida Hiking qilayotib ushbu manzaraga ko’p duch kelasiz. Qani endi taxmin qilib ko’ringchi, ushbu toshlar nima s
Koreya tog’larida Hiking qilayotib ushbu manzaraga ko’p duch kelasiz. Qani endi taxmin qilib ko’ringchi, ushbu toshlar nima sabab ustma ust tahlab qo’yiladi? Shuningdek Koreyslar Hiking qilishni juda yoqtiradi. Axir butun boshli davlatning 70% tog’dan iborat.

Mensaje de video00:35

Bugungi ishim QA laboratoriyasida. Hamma media (배지) sistemali avtomatlashgan. Lotga nomeriga qarab farqlay olaman. Bu odatda ishlab chiqarilgan vaksinani bir necha testlar orqali sinab ko’rishda ishlatiladi. Bunday ishni haftada 1-2 marotaba qilaman xolos)

Kutilmagan natijalar, men ma’sul Davlatlar ichida eng katta hajmligi bo’yicha 2 - orinda turadigan Davlat bilan bugun 3 mln$
Kutilmagan natijalar, men ma’sul Davlatlar ichida eng katta hajmligi bo’yicha 2 - orinda turadigan Davlat bilan bugun 3 mln$ lik invoice ni imzoladim. (Qizig’i biz bor yo’g’i vaksina ishlab chiqaramiz) Qaysi Davlat ekanligini ayta olmayman. Musulmon Musulmonni yaxshi tushunadi deb bekorga aytishmasa kerak💯 (Delegatsiya bo’lib kelishganda boshqa Koreya kompaniya halol ovqatga unchalik e’tibor bermagan ekan, ammo men 1-2 oy oldin hammasini reja qilib silliq o’tishini ta’minlagan edim. (Konfetlargacha halolidan qilib). Bu esa Yuqori lavozimli mehmonlarga juda ma’qul kelgan edi. Yana Kuchuklar borasida bergan “ideyam” sabab butun boshli kompaniya strategiyasini o’zgartirdik. Taxmin qilingchi qanday ideya?

Har bahor, Shu savol bo’lar takror.. (ritmda o’qilsin:) Bu borada ho’p va ko’p yozdik, gapirdik. Shunchaki # orqali qidirib k
Har bahor, Shu savol bo’lar takror.. (ritmda o’qilsin:) Bu borada ho’p va ko’p yozdik, gapirdik. Shunchaki # orqali qidirib ko’rish qolgan xolos. Unday qilmasdan shunday savol beraverishsa aniq javob olish qiyin. Chunki bir marotaba tushintirgan odam 2-3 marotaba qaytarib o’tirgisi kelmaydi.

#Foydali 📚Agar o’qish maqsadida Goodnote programmasini ishlatmoqchi bo’lsangiz, Sizlarga Ipad air 5 avlod yoki Ipad mini 6 avlod ni tavsiya qilaman. Eng zo’rlari va yengili hisoblanadi. You Tube va Netflix uchun ham qulay. ➕Ammo Kichik montaj yoki o’yin maqsadingiz ham bo’lsa unda Ipad pro 11 (4 avlod) dan yaxshisi yo’q. 12.9 dyum biroz kattalik qilishi va og’irlik qilishi mumkin. ℹ️ Goodnote ilovasi orqali butun boshli ma’lumotlar ba’zasi shuningdek, kitob va konspektlarni, kunlik jadval planlarni ham saqlaysiz, talabalar uchun eng kerakli ilova deb bilaman. (Albatta 🍏 ga allergiyangiz bo’lmasa😁) Ko’proq ma’lumotni You Tube 🌐dan izlab ko’ring. 📌 Ipad mahsulotini O’quvchilik guvohnomangiz orqali biroz arzonroq sotib olsangiz bo’ladi. Agar sizda Kredit karta bo’lsa foizsiz bo’lib to’lashni ham tanlay olasiz. Bordiku sizda yetarli mablag’ bo’lsa “Karrot” ilovasi orqali hali karobkasi ochilmagan yangi Ipadni anchagina arzonga olsangiz bo’ladi (shaxsan men shunday qilganman). Pochta orqali olaman demang, Karrot (당근) dagilar uhlatishga usta😅

Bugun Koreyada “black day” qora kun. 14-aprel. Yani Valentin day va White day da sovg’a olmagan odamlar yeydigan ovqat chacha
+1
Bugun Koreyada “black day” qora kun. 14-aprel. Yani Valentin day va White day da sovg’a olmagan odamlar yeydigan ovqat chachangmyong👽 Ishxonada maxsus tayyorlashibdi:)

Repost from WAYU Korea
#wayu_job Kolon Benit chet elliklar uchun 2024-yilgi yozgi amaliyot uchun stajyorlarni jalb qilmoqda. D-2 yoki D-10 vizasiga
+3
#wayu_job Kolon Benit chet elliklar uchun 2024-yilgi yozgi amaliyot uchun stajyorlarni jalb qilmoqda. D-2 yoki D-10 vizasiga ega chet el fuqarolari murojaat qilishlari mumkin. Ariza topshirishning oxirgi muddati: 14-aprel, 23:59 Ariza berish jarayoni haqida batafsil ma’lumot uchun: https://kcampus.kr/careers/kolon-benit-2024-summer-internship-for-foreigners-785 K-kampus Karyera bo‘limiga tashrif buyuring! Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn

🆘 #ogohlantirish #consulting Post biroz uzun ammo ko’p dilxiraliklarni oldini olish uchun xizmat qiladi degan umiddaman. Consultinglarning vazifasi nimada? ℹ️ Xo’sh qisqa qilib tushuntirib beraman: Ular asosan o’quvchilarni Koreya universitetlariga o’qishga kirtishda vosita, shuningdek viza uchun talab qilinadigan hujjatlar tayyorlashda ko’prik o’laroq xizmat qilishadi. Shaxsan men, consultinglar ko’payishi taradoriman. Chunki hamma ham o’zi mustaqil o’qish topish va topshirish shuningdek viza masalalariga tushunavermaydi. Ularga qanchalik tushuntirmang baribir kimningdur xizmatidan foydalanishi kerak. Shunday paytlari Consulting firmalar ularning joniga oro kiradi. 200-1000$ atrofida xizmat xaqqi olib ishini osonlashtiradi. Asosan til kursi, bakalavr, master va boshqa xizmatlarni taklif qilishadi. Ammo! Barcha Consultinglar ishonchli degani emas. Sababi o’qishga kiritib qo’yish va viza olib berish ularni vakolati darajasidagi ish emas. Shu sabab ehtiyot bo’lishingiz va e’tibor berishingiz kerak bo’lgan jihatlarni aytib beraman! Consulting firmaga murojaat qilayotganingizda: 1️⃣ Qonuniy ro’yxatdan o’tanmi? Koreyada bo’lsa (사업자번호 ni so’rang). 2️⃣ Taqdim qilinayotgan xizmatlar ishonchli ekanimi? Logikaga mosmi shunga ham e’tibor bering. 💯 o’qishga kirasiz, 💯 viza olasiz degan gaplar ko’p ehtimol bilan shunchaki marketing qilish hisoblanadi. 3️⃣ Shartnoma tuziladimi yo’qmi? Qonuniy kuchga egami yo’qmi shunga ham e’tibor bering. 4️⃣Xizmat haqini 100% oldindan olamiz desa ham biroz o’ylab ko’ring. Sababi o’z imidji va kelajagini o’ylagan firmalar boshida 10-40% to’lov qolganini esa viza chiqganidan so’ng olamiz deydi. 5️⃣ O’qish davomida bemalol ishlay olasiz, kuniga 100$ topasiz deyotganlar ko’p ehtimol bilab Koreyaga kelib ko’rmagan yoki aldayotgan bo’ladi. 6️⃣ O’qishni bitirganingizdan so’ng univer ish bilan ta’minlaydi degan baland parvoz gaplarga laqqa ishonmang (zavod yoki shunga o’xshash ishlar bilan ta’minlashi mumkin bo’lgan o’qishlar ham bor, lekin hammasi emas). Koreyada raqobat o’ta shiddatli bo’lsa, qanday qilib sizni ofis ishlariga joylab qo’yadi? o’ylab ko’ring. Ana endi Consulting firmalarga biroz eslatuv🎯: 1️⃣ Ko’zingiz yetmaydigan, javob bera olmaydigan vadalarni berib yurmang. Ertaga ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusiga aylanasiz qolasiz. 2️⃣ O’rtakashlar bilan ishlashda ehtiyot bo’ling! Univer bilan to’g’ridan tog’ri ishlang. O’rtakash orada kiydirib ketsa u emas siz ma’suliyatni bo’yningizga olishingiz yoki izza bo’lishingiz mumkin. 3️⃣ Koreyslar bilan ishlayotganda har bir yozishma qo’ng’iroqlarni yozib, skrinshot qilib olishga harakat qiling. Sababi ertaga nima bo’lishi Allohga ayon, o’zingizni “straxofka” qilgan bo’lasiz. 4️⃣ Reklama berayotganda kim orqali tanitayotganingizga ham e’tibor bering. Ertaga yolg’on ma’lumot beradigan bloggerlar orqali ishlasangiz, shuncha to’plagan obro’ingiz bir pul bo’ladi. 💥So’ngi so’zim, Agar Koreyada uzoq muddat qolishni, karyera qilishni mo’ljal qilayotgan bo’lsangiz: 1️⃣ Tilni yaxshilab o’rganib daraja oling. Kutasiz ammo “yutasiz” 2️⃣ Scholarship, byujetlar haqida o’qib izlaning. Stipendiya olib o’qishni gashti boshqacha, GKS chilar tasdiqlashi mumkin. Kelajakda ishga joylashishda (F2 viza olishda) ham katta ro’l o’ynaydi. 3️⃣ Agar biroz qidirib ko’rishga layoqatingiz bo’lsa, o’zingiz o’qishlar haqida ma’lumot to’plang. Axir Google, You Tube da shuncha ma’lumot turganda qidirib topmaslik bu o’ta dangasalik hisoblanadi. 4️⃣ Tanlayotgan o’qishingizga, joylashuviga chet elliklarga bo’lgan munosabatigacha qiziqib ko’ring. Shunday diniy universitetlar borki, majburiy diniy darslarni qo’shadi (Xristian, buddizm va hokazo..) 5️⃣ Faqat Koreyaga borib olsam bo’ldi desangiz, tabriklayman, sizni og’ir mehnat va afsuslar kutib turgan bo’lishi mumkin. Aziz do’stim, aka-uka va opa-singillar, Koreya o’qish uchun ajoyib Davlat! Keling yuqori imkoniyatdan foydalanib o’qing va qadrli kadr bo’ling. Pul topish vaqtincha, bilim esa tugamaydi. Hurmat bilan Elyor Nurdinov Qo’shimcha ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz shu yerda yozib qoldiring: @Elyorbilan

Qaysi univetsitet ekanligini bilasizmi?
Qaysi univetsitet ekanligini bilasizmi?

Talabalarning ta'limga bo'lgan munosabatlari va pushaymonliklari SGMda ishlagan vaqtimda talabalarning pushaymon bo'lganliklari, qaytadan vaqtni qaytara olmasliklari, yordam bergim kelsa ham, yordam berolmasligimni bilib, "Qaniydi, shular ertaroq maslahat so'raganlarida edi" deb qolardim. Shunga shu haqiqatni yana bir qator eslatish maqsadida tajribamdagi real voqealarni bo'lishyapman. Shu yo'lda bo'lsangiz,hali kech bo'lmasdan, tezroq qaytishingizni tavsiya qilib qolaman. 1."O'rtog'im bilan 배달 (yetkazib berish xizmatida) ishladik. To'g'irisi, 2oyga topadigan pulni 1oyga topdik, "keyin shu ish tog'ri keldi" deb ishlab yursak kecha birdan immigratsiya xodimlari kelib hammani so'roq qildi. Afsuski, anchadan beri ishlayotganlarni jarimasi ko'p chiqadi, davlatdan chiqib ketishishiga to'g'ri keladi deb aytyapti". 2."Zavodda kechasi ishlardim, kunduzi o'qishga qiynalardim, "shu zavodda yaxshi topayapmanku" deb o'qishni yig'ishtirib qo'ydim. Lekin uyga boraman desam yana nima qilishni bilmay qolyapman. Uylanish vaqti ham bo'lib qoldi, lekin O'zbekistonga borsam, na bir diplomim bor, na bir boshqa, nima bilan shug'ullanaman hayronman. Shunga bormay yuribman". 3." Kontrakt pulini to'lashga qiynaldik. Bitta advokat aka "G-1 vizaga o'zgartirib beraman, bemalol ishlab yurasiz, muhimi nelegal emassiz, keyin yana bemalol D-2 o'tkazasiz" degan gapiga ishonibman. Keyin bilsam, umuman almashtira olmas ekanman". Xulosa o'zingizdan. @seul_global_markazi

Kecha bir Koreys hamkasbim bilan bir masalada gaplashib qoldim. 💬 Menga o’zidan o’zi, Elyor senga Koreyada 가사도우미 (uy xizmatkori) ishini taklif qilsa qilarmiding deb so’rab qoldi. Men esa aniq va lo’nda qilib yo’q deb javob berdim. (Nima sabab unday deganini juda yaxshi tushunib turgan edim) So’ng men, Koreya Presidenti Yuni nazarda tutib aytayabsizmi desam, e haa, habaring bormidi…deb qoldi. Koreys: Ushbu yangilikni ko’rishim bilan sen esimga tushding, sababi sendan boshqa chet ellik tanishim yo’q, qanday reaksiya bildirishinga qiziqdim deb aytdi. (Meni jahlim chiqishini ham kutgan ekan😡, ammo men bosiqlik bilan yo’q degandim😀). Shu payt men, President Yun, chet elliklarga nisbatan biroz millatchi va adolatsiz siyosat yuritayabdi desam, u: men ham shunday o’ylayman, havotir olma ertami kechmi uni mansabidan ag’darishadi:) Ancha o’zidan ketib qolgan dedi. Lekin ushbu uy xizmatkorlik vazifasini (chet ellik talabalarni nazarda tutib aytgan) Vietnam, Tayland, Indoneziya va Fillipin kabi davlatdan kelgan talabalar iliq qarshi olishayabdi. President Yun ko’zlagan maqsad:👀 Bilasiz Koreyada tug’ilish rekord darajada tushib borayabdi. 📉Ammo uy xizmatkorlari narxi arzon emas, shu sabab chet elliklarni arzon ishchi sifatida yollab Koreys ayollariga yengillik yaratib bermoqchi. Tug’ilishga nima aloqasi bor dersiz? Tushuntiraman, agar uyda arzon xizmatkor bo’lsa, Koreys ayollari ham bemalol ishlay oladi. Uy vazifalaridan qutiladi degani. Bu esa farzand ko’rishga bo’lgan qo’rquv, ishdan ayrilib qolish kabi hislarni birmuncha yumshatadi. Koreys xalqi Amerika bo’lib ketishi juda qiyin. Chunki aksariyat xalqi chet elliklarga nisbatan millatchi. Ayniqsa qariyalar, ular esa Koreyaning ko’p aholisini tashkil qiladi. 👵🧓📈 @Elyorbilan ⚡️

Sizlarga Vaksina Laboratoriyadagi ishim tog’risida kichik ma’lumot berib o’taymi? O’zi umuman Koreyada vaksina sohasi qay dar
+1
Sizlarga Vaksina Laboratoriyadagi ishim tog’risida kichik ma’lumot berib o’taymi? O’zi umuman Koreyada vaksina sohasi qay darajada rivojlangan ekanini tassavur qilishingiz uchun bir muncha oson tushuniladigan qilib ko’rsatib o’tmoqchiman.

Hozirgi Hukumat tepasidagi partiya bu safargi Parlament saylovida Demokratlarga yutkazib qo’ydi. Prizident Yunni qora kunlar kutayabdi. (Ayniqsa ayolini injiqliklari sabab) Menimcha 2027 yilgacha hukumat tepasida qolmasa kerak, ko’pchilik bu Prizidentdan to’ydi.

Repost from Вся Корея
Синие победили красных В Корее завершилось голосование на 22-х выборах депутатов Национального собрания. Оппозиционная Демокр
Синие победили красных В Корее завершилось голосование на 22-х выборах депутатов Национального собрания. Оппозиционная Демократическая партия Тобуро сильно опередила правящую партию Сила народа. Экзитполы показывают, что демократы могут получить до 200, консерваторы - около 100 мест в парламенте. Среди мелких партий партия Реформы Родины Чо Гука может получить около 12-14 мест, остальные - до 2-4 мест. Точные результаты выборов станут известны ночью. Вся Корея • • • Больше о Корее: К-ИнформК-НовостиИнфоДосугРаботаЖильё AviasalesHotellook

Koreyada Ramazon Hayiti ertaga 10 Aprel etib belgilandi. Oxirgi iftorlikni yaqinlar davrasida qilganim ancha yaxshi bo’ldi. E
Koreyada Ramazon Hayiti ertaga 10 Aprel etib belgilandi. Oxirgi iftorlikni yaqinlar davrasida qilganim ancha yaxshi bo’ldi. Ertaga ham Hayit namozini birga o’qib bazmu jamshid qilamiz! Kelayotgan Hayit ayyomi muborak! Aziz dindoshlarim.

Uylanish oson ish emas. Sababi hayotingizni deyarli 4/3 qismini birga yashashingizga tog’ri keladi. O’z prinsiplaringizga ega bo’ling, so’ng afsuslanib yashab yurishdan foyda yo’q. Ota-onam yoqtirdi bo’ldida deyish ham katta tavakkal. Qiz avval o’zingizga yoqsin. Ayniqsa musofirdagilar kelin topish borasida juda ko’p bosh qotirishadi. Sababini musofirlarning o’zi juda yaxshi bilishsa kerak. Uylanmagan bo’ydoqdan kichik tavsiyalar 😂 @Elgayor

Qanday o’xshash fikrlar.

Bugun 민폐 tushunchasi haqida yozmoqchiman. 민폐 so’ziga 나무위키da yozilgan ta’rifni havola etaman: 민폐(民弊)라는 말의 사전적인 뜻은 민간에게 끼치는 폐해다. 흔히 개인 또는 다수에게 피해를 주는 행동을 말한다. Tarjimasi: 민폐 deb boshqalarga yetkaziladigan zararga aytiladi. Odatda biron bir shaxsga yoki ko’pchilikka zarar yetkaziladigan holatlarda bu so’z ishlatiladi. Nimaga bu mavzuni yoritmoqdaman, sababi jamiyatimizda ko’pchilik o’zi bilmagan holda boshqalarga zarar yetkazib yuradi. Bunga misollar: 1.Biron bir yig’ilishga aytilgansiz, lekin aytilgan paytdan yarim soat yoki bir soat kechikib yetib bordingiz. Bu harakatingiz bilan siz aytilgan joyga o’z vaqtida yetib borganlarga zarar yetkazgan bo’lasiz. U odamlar sizni kutishlari kerak bo’ladi va rejalar orqaga surilishiga sabab bo’ladi. Bu orqali u odamlarning qimmatli vaqtini o’g’irlagan bo’lasiz. Bu 민폐 deyiladi. Odamlarni kuttirishga qo’shimcha qiladigan bo’lsam, hech qachon samolyotga va KTXga kechikmaysiz, sababi samolyot va KTX sizni kutib turmaydi va ancha pulingiz ketgan bo’ladi. O’rtoqlarni esa kuttirsangiz ham bo’ladi, chunki pulingiz ketmagan. 2.Biron bir shifoxonaga soat nechigadir boraman deb vrach qabuliga yozilgansiz. Siz koreys tilini bilmaganingiz uchun shifoxona siz uchun o’zbek tilini biladigan tarjimonni ham o’sha paytga chaqirtirib qo’ygan, albatta shifoxona tarjimonni pulga chaqirgan. Vrach qabuliga esa siz bormadingiz, sababi esingizdan chiqqan edi yoki boshqa muhimroq ishlaringiz chiqib qolgani uchun shifoxonaga bormaslikka qaror qildingiz. Bu haqda esa shifoxonani ogohlantirib ham qo’ymadingiz. Bu harakatingiz bilan siz shifoxonaga, vrachga va tarjimonga zarar keltirdingiz. Hammaning qimmatli vaqtini o’g’irladingiz. Agar bora olmasligingizni bir necha soat oldin aytib qo’yganingizda edi tarjimon ham ovora bo’lib uyerga bormagan bo’lar edi. Bu ham 민폐 deyiladi. 3.Biron bir tanishingizning shaxsiy telefon nomerini o’zidan so’ramasdan boshqa odamga berdingiz. U odam esa tanishingizga telefon qildi yoki sms yozdi va u tanishingiz begona nomerdan telefon yoki xabar kelganini ko’rib ko’ngli xijil bo’ldi. Sababi u tanishingizga odatda begona raqamdan telefon yoki xabar kelmaydi. Bu holatda siz u tanishingizga zarar keltirdingiz(Bu ham 민폐 deyiladi). Sababi telefon raqam shaxsiy ma’lumot hisoblanadi va shaxsiy ma’lumotni u odamni o’zidan ruxsatsiz tarqatish yaxshi emas. Shaxsan o’zim eng yaqin odamimam boshqa tanishimni telefon raqamini so’rasa, avval u tanishimga yozib o’zidan ruxsat so’rayman, keyingina beraman, agar u tanishim raqamimni bermang desa bermayman. Bu narsa oddiy etika hisoblanadi. 4.O’zingiz nelegalsiz va Koreyada qonuniy yurgan o’rtog’ingizga siz uchun o’z nomiga mashina olib berishini iltimos qildingiz. U o’rtog’ingiz ham o’zbekchilik deb sizni iltimosingizni bajardi. Lekin necha oy o’tib mashinani avariya qildingiz. O’z nomiga sizga mashina olib bergan o’rtog’ingiz necha oy davomida boshi og’rib, militsiyaga qatnashiga to’g’ri keldi. Shu harakatingiz orqali siz o’rtog’ingizga kattagina zarar keltirdingiz, ya’ni 민폐 끼치다 qildingiz. Bunaqa misollar yozsam judayam ko’p. Shunchaki shu boshqalarga zararim tegmasin,민폐 끼치다 qilmay degan tushuncha bilan yashasak hayotimiz yanada go’zallashar, odobimiz bilan boshqalargayam o’rnak bo’lar edik. ✍️Post muallifi: Feruza Buranova Fbdagi "Uzbekistan students in Korea" sahifasidan olindi. @seul_global_markazi