Elga yor (Elyor)
Ir al canal en Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Mostrar más1 070
Suscriptores
+124 horas
+107 días
+11530 días
Archivo de publicaciones
1 071
Jiddiy post! 🆘
O’lim haqida…
Boya Instagramda Avazbek akaning bir kishi haqida qo’ygan videosini ko’rgan edim.
Koreyaga kelganiga ancha bo’lgan kishi (54 yosh) uyida vafot etib, 1 oycha qarovsiz qolib ketgan. Qozog’istonning chimkentidan ekanlar. Mayitning tanasini qurt va pashsha yeb bitirgan ekan.
Azizlar, iltimos Koreyadagi do’st-birodarlardan vaqti vaqti bilan habar olib turing. Bir necha kunlab aloqaga chiqmasa iltimos, yo’qlab boring.
Bu foniy dunyoni qanday tark etishimizni Allohdan boshqasi bilmaydi. Shunday ekan, mehr oqibatli bo’laylik iltimos!
#Elyorbilan
#oqibat@Elyorbilan
1 071
Na bilimi va na hunari bo’lmagan kishi,
Gerdayib, erkak kishini omadi bilan o’ynashib bo’lmaydi desa - Toshkentdagi “bradvey” va “Magic city” dagi kaskaboshlar ko’z o’ngimga keladi.
1 071
Yangilik
Bir necha bor o’ylanib, “Jahongashta” guruhini Diyor Pardaev bilan birga ochdik. U guruhda asosan Koreyadan turib sayohat qilsa bo’ladigan manzilllar:
- Ro’yxati (Davlat va shaharlar)
- Viza olish jarayoni
- E’tiborli jihatlar
- TIP
- Sayohatdan so’ng taasurotlarni ulashish
Va yana boshqa ko’plab foydali ma’lumotlarni topasiz degan umiddaman. “Jahongashta” larni guruhda ko’rib faqat xursand bo’lamiz!
Guruh manzili: @Jahongashtamiz
#Jahongashta@Elyorbilan
1 071
Esimda borida yozib qoldirayabman.
Kuni kecha bir hamkasbim bilan tushlik payti sayohat haqida gaplashib qoldim. Unga keyingi hafta Koreyada bo’lmasligimni bildirib, ishlarni avvaldan qilib qo’yganimni aytdim. U qayerga ketayotganimni so’radi. Biroz gaplashib bo’lib, shunday deb qoldi.
Elyor, vaqting va imkoning borida yaqindagi Davlatlarga sayohat qilib ko’rib ol. Sababi men Rossiyada ishlagan paytim, Yevropa, Turkiya, Gretsiyaga borishga hafsala qilmagan edim. Rossiyadan borish arzon edi, Koreyadan esa deyarli 2 barobar qimmat. Mana har yili chet elga borishim biroz qimmatga tushayabdi deb qoldi.
Men esa uning tavsiyalaridan oqilona foydalangan holda, birinchi yaqin sharq Davlatlarini ko’rib kelishni reja qilib qo’ydim. Keyinroq ishdan tashqari vaqtim ko’proq bo’lganda Yevropa va okean osti Davlatlariga borganim bo’lsin!
@Elyorbilan
1 071
Eng yaxshi ko’rgan mashg’ulotlarimdan biri:
Bu ish bilan mashg’ul bo’lish nafaqat mening, balki ko’pchilikning yaxshi ko’rgan ishi bo’lsa kerak.
Gap, Uchoqga olingan chipta saytiga kirib, joy va ovqat tanlash jarayoni haqida borayabdi. Ayniqsa bu Ish safari emas, erkin sayohat bo’lsa:)
Ertalabdan shug’ullansangiz kayfiyatingiz a’lo bo’lishiga mana men kafil 🤓
@Elyorbilan
1 071
+1
Koreyadagi kompaniya muhiti haqida (ba’zi)
Kuni kecha bir kishi elektron xat yuboribdilar. Bunday masalalarda bir necha kun o’ylab, so’ng javob yozaman. Ammo bu safar biroz vaziyat boshqacha ekan.
Murojaat qiluvchi shaxs so’rovini o’qib ko’rib, so’ng men javob yozgan emailga boqing.
Xulosa o’zingizdan.
@Elyorbilan
1 071
+2
Kuni kecha 25-May kuni, Subyektiv va Kun uz jamoasini Ona Vatanga kuzatib yubordik.
9-maydan boshlab 25-Maygacha tinim bilmay sur’atga olish jarayonlari bilan band bo’lishdi. Koreyani sayohat qilib, xordiq chiqarishga ham vaqt yetmadi…
Ba’zida tunlari 2 gacha kameralarni sozlashga to’g’ri keldi. Shu sabab, jurnalist va operator akalar ishi oson emasligiga amin bo’ldim.
Intervyu, sur’atga olish jarayonida menga yaqindan yodam bergan va nomzodlar topishda doimo tavsiya qilib turgan
- “Masson” lar jamoasi
- WAYU dan Yelena Chuyanova
- UCD va BUSA jamiyati
- Salom Koreya admini Jamshid aka
- Jahongir G’aniyev
- Qobiljon
- CoinShot
- Nuriddin aka
Va mushkulimizni yengil qilib turgan Diyorbek Pardayevga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Barcha, iltimoslarimizga hoziru nozir bo’lib turishdi.
Umid qilamanki, bir olam videolar orqali Koreyani - kuzatuvchiga yanada to’liqroq ochib berishga muvaffaq bo’lishadi.
Hurmat bilan,
Elyor Nurdinov
@Elyorbilan
1 071
Adminlik faoliyatim haqida:
Men Facebookdagi “Koreyadagi O’zbekistonliklar” guruhiga ham adminlik qilaman.
Oxirgi yillarda, xizmat ko’rsatish do’kon, oshxona, pul o’tkazish va boshqa ko’rinishdagi faoliyatlar muhokamasi ko’payib bormoqda. Ya’ni, mijoz norozi bo’lsayu ammo uzoq vaqtdan beri muammo hal qilinmasa, bu muammoni Facebook ga olib chiqish holatlari ko’p uchrayabdi.
Shikoyat kelib tushadigan ko’p xizmat ko’rsatish sektorlari ma’lum va mashxur. Mijozni ham tog’ri tushunish kerak, iloji bo’lmagandan majbur post qo’yadiganlar ko’p bo’ladi. Ammo xizmat ko’rsatishdagilar shu post orqali, imidj ga katta zarar yetadi.
Men iloji boricha postdan avval hal qilishga chaqiraman. Axir, Musulmon kishi Musulmonning aybini yashiradi.
Lekin, birov mazlum holatida turganda, nimaga jabr qilganni foydasini ko’zlashimiz kerak? degan fikr ham o’tadi.
Shikoyatlar har kuni ham kelib tushmaydi, ammo uni o’rganish va 2 tarafni eshitishga ko’p vaqt ketadi.
Siz meni o’rnimda bo’lganingizda nima qilar edingiz?
@Elyorbilan
#muammo@Elyorbilan
1 071
Ma’suliyat haqida
Ma’suliyatni his qila olish ham - bir mahorat hisoblanadi.
Tasavvur qiling, siz ma’suliyati sustroq inson bilan birga ishlayabsiz. Kun sayin ma’suliyatsizligi nafaqat o’ziga, balki sizni reputatsiyangizga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Kim bilan ishlamay, birinchi bo’lib kichik detallarga e’tibor qilishga harakat qilaman. Kelishilgan kun yoki vaqtda so’zining ustidan chiqayabdimi yoki yo’q?
Agar boshlanishidayoq muammo bo’lsa, birga ishlash tugul bir jamoada bo’lishga ham qarshi bo’lib turaveraman.
Shunaqa.
@Elyorbilan
1 071
Networking muhimligi haqida
Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb.
Men ham o’tgan hafta, katta tadbirda juda ko’pchilik bilan tanishdim.
Chet elliklarga dars ham o’tib berganimdan so’ng, bir necha kishi bilan business card almashdik, ular esa email orqali taklifligi borligini bildirishdi.
Buyun, GKS bitiruvchilari va STEM sohasi bitiruvchilariga o’z sohalari yohud boshqa sohada ishlash kabi ko’nikmalarni o’rgatish uchun dars o’tib berishimni taklif qilishdi.
Yoz bo’yi juda band bo’lsam kerak endi:)
Har bir dars mavzusi va qatnashuvchilardan kelib chiqib, darslik, ppt tayyorlayman. Umid qilamanki, qolganlar ozgina bo’lsa ham foyda olishadi.
Albatta darslarimga pul to’lanadi. Sababi men vaqtimni, tajribam va biroz mablag’imni sarflayman!
@Elyorbilan
1 071
Networking muhimligi haqida
Ko’p marotaba takrorlaganimni eshitgan bo’lsangiz kerak, Koreyada Networking ni kuchi katta deb.
Men ham o’tgan hafta, katta tadbirda juda ko’pchilik bilan tanishdim.
Chet elliklarga dars ham o’tib berganimdan so’ng, bir necha kishi bilan business card almashdik, ular esa email orqali taklifligi borligini bildirishdi.
Buyun, GKS bitiruvchilari va STEM sohasi bitiruvchilariga o’z sohalari yohud boshqa sohada ishlash kabi ko’nikmalarni o’rgatish uchun dars o’tib berishimni taklif qilishdi.
Yoz bo’yi juda band bo’lsam kerak endi:)
Har bir dars mavzusi va qatnashuvchilardan kelib chiqib, darslik, ppt tayyorlayman. Umid qilamanki, qolganlar ozgina bo’lsa ham foyda olishadi.
Albatta darslarimga pul to’lanadi. Sababi men vaqtimni, tajribam va biroz mablag’imni sarflayman!
@Elyorbilan
1 071
Shoshilinch:
Ba’zi sabablarga ko’ra post qo’yayabman.
Koreyadagi do’stlarimiz kimdur, ertaga 23-may kuni bo’sh bo’lishadigan bo’lsa, Subyektiv & Kun uz ga bir kun hamrohlik qilishni iltimos qilmoqchi edim. (Mashina bo’lsa yaxshi bo’lar edi)
Seuldan 용인 birga borib kelish kerak bo’ladi.
Agar vaqtingiz bo’lsa menga aloqaga chiqing. Tanishlaringiz bo’lsa ham aytsangiz bo’ladi. Mashinasi bor, bir kunga hamrohlik qila oladigan kishi kerak. (Xizmati beriladi)
Aloqa vositasi: Telegram: @IUadmin1
1 071
CEO Turkiyadan kichik sovg’a olib kelibdi,
Bu safargi 회식 (korporativ) da men bormasligimni bildirgan edim. (Barbecue factory) ga ovqatlanishga. Shu sabab, o’zing uyda barbekyu qilsang shuni birga ishlatarsan dedi. Kamida 1-2 yilda yetsa kerak 1 o’zimga.
Aslida men ham Turkiyadagi safarga borishim kerak ediyu, ammo sur’atga olish ishlari va shaxsiy ishlar sabab borolmasligimni bildirgandim. Shu sabab, kech bo’lsa ham Zoom orqali majlislarda ishtirok edim.
@Elyorbilan
1 071
+2
Daejeon Hokimiyati tarafidan na’munali chet ellik deb topilibman. 표창!
Daejeon shahrimizda 7 yildan beri yashab kelsam, oxirgi 4-5 yillikda ijtimoiy faol bo’lishga harakat qildim. Kichik faoliyatimni e’tirof etib na’munali chet ellik deb taqdirlashdi.
Asosiy qilgan ishim: Chet elliklarni shahrimizda qulayroq moslashib yashashi uchun proektlar va programmalarni tashkil qilib, ularda doimo qatnashib keldim. Bu sertifikatni olishda asosiy tavsiyani Daejeondagi Bolalar uyi “yetimxona” direktori va chet elliklar markazi raisi shaxsan yozib bergan deb eshitdim.
Qo’llab quvvatlash maqsadida kelgan akalarga katta rahmat. Shu qatorda shahrimizdagi UCD jamiyatiga ham rahmat.
표창 ni qanday foydalari bor, hali aniq bilmadimu, ammo men qilgan harakatlar e’tiborsiz qolmaganini aniq tasdiqlaydi deb ayta olsam kerak.
P.s: Xo’sh, shahrimizga bir so’z bilan tarif bersam: “Xotirjamlik” qolgan shaharlarga qaraganda ko’zga ko’rinadi.
@Elyorbilan
#natija@Elyorbilan
1 071
Vaqtingiz bo’lsa, albatta kirib kuzating.
Shahsan men Obidjon akani LinkedIn da kuzatib boraman. Faqat O’zbeklarga emas, chet ellik va Koreyslarga ham Bizness bo’yicha master klas o’tib keladilar.
Bepul bo’lgani uchun, maksimal ko’rishga harakat qiling!
1 071
Repost from Jahongir Ganiev⚖️
[🎙 PODCAST 2-soni 🎥]
Bizni bu safargi podcast mehmonimiz Koreyaga D-2 student vizasida kelib, hozirda F-5-10 vizasi bilan yilliga IT kompaniyada 100mln vonga yaqin daromadi bor hurmatli OBIDJON KOMILJONOV akamiz bilan bo'ladi.
Podcastdagi asosiy gaplashiladigan mavzular:
✅ D-2 vizadan > F-2-7 > F-5-10 vizaga bo'lgan jarayon
✅ GNI x2 (Yillik 100mln von daromad, dollarda esa 73,248 USD) qilish uchun qanday tayyorgarlik ko'rish kerak
✅ Korporatsiya va Global kompaniyalar uchun konsalting
✅ Biznesga Sun'iy Intellektni qo'llash
✅ IT dasturchilikdan bosh ro'llar
Koreyada o'z sohasida ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan, ilm ortidan shunday darajaga yetgan Obidjon akamizning bosib o'tgan qiyin yo'llarini birgalikda eshitib, hamsuhbat bo'lamiz.
Suxbat shu : @ganiev_tarjimon telegramm kanalida bo'ladi.
🗓 Podcast vaqti:
18-may, Yakshanba
🕒 Koreya vaqti bilan 20:00 da
O'zingizni qiziqtirgan savollarni kommentda qoldiring yoki suhbatdan keyin jonli berishingiz mumkin.Yakshanbada ko'rishguncha, musofirlarim!
@ganiev_tarjimon
1 071
Vatandan kelgan yegulik 🥲
O’tgan hafta Subyektiv va Kun uz jamoasi bilan ko’rishganimda, mozorbosti qilib olib kelishgan ekan.
Bundan bir necha hafta oldin ham do’stim o’xshash yeguliklarni pochta orqali yuborgan edi. (Joning sog’ bo’lsin)
Tog’risi, bu kabi e’tibor qimmat yoki hashamatli sovg’alardan ko’ra qadrliroq men uchun. Sababi yoshlik va Vatan taasurotlarini yodga soladi. Ayniqsa ta’mi nostalgiyada.
Korzinkaning qog’oz paketini ko’rib, bolalik davrim esimga tushdi.
E’tibor uchun rahmat.
@Elyorbilan
#vatan@Elyorbilan
1 071
Ukalar bilan Koreyaga oid “quiz” larni birga yechdik.
Bular Koreya maktabida ta’lim olishadi, men esa univerdagi bilimlarni ishga soldim. Birgalikda deyarli 96% savollarga javob topib, sovg’a salomlar bilan qaytdik 🤓
35-Davlatdan kelgan do’stlar bilan tanishib, bir kun qanday o’tganini ham sezmay qolibman.
@Elyorbilan
1 071
O’zimizning choponni kiyib presentation qilganim hali ham esimda. Juda bir xijolat bo’lgan edim.
Ertaga yana kiyishni so’rashayabdi. Nimaga bunaqa hijolat bo’ladi odam? Odatiy kiyim yoki klassik bo’lganda ham boshqa gap edi.
Faqat mendami yoki sizlarda ham bormi bu hissiyot?
1 071
Koreyada o’qish sohasini tanlash?
Ko’pchilik qaysi sohani tanlay ekan deb bosh qotirishadi. Quyidagi faktorlarni keltirgan holda, soha tanlashni tizimlashtirish mumkin:
Eng muhimi qiziqgan sohangizni tanlang!
Sababi biz: 📚
1. Ona tilimizda o’qimaymiz. Tushunishimiz uchun ko’proq vaqt ketadi. “Korean track” da o’qilsa, Koreyslar bilan raqobat - aniq shiddatli bo’ladi. Agar fakultet “English track” bo’lsa, unda vaziyat tenglashib, Koreys yohud boshqa chet elliklar bilan raqobat qilish nisbatan tenglashadi.
2. Darslarga tayyorgarlik va uyga vazifaga ham Koreyslardan ko’ra ko’proq vaqt sarflaymiz.
3. Qo’shimchasiga ishlashga ham tog’ri keladi (kontrakt va yashash harajatlari)
4. Ish va o’qish parallel ketgandan so’ng albatta uyqu soati kamayadi.
5. Yuqoridagi faktorlarni hisobga olsak, biz o’zimiz qiziqgan sohadagina ko’proq o’qiy olamiz. Aks holda yetuk kadr bo’lish amri mahol.
P.s: O’qish tanlashga kelganda shularni xisobga oling. Koreyada o’qitish tizimi ancha kuchli. (Albatta yaxshi univerlarda)
@Elyorbilan
#education@Elyorbilan
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
