Elga yor (Elyor)
Ir al canal en Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Mostrar más1 071
Suscriptores
+224 horas
+37 días
+11930 días
Archivo de publicaciones
1 071
Hamkasbim shunday to’yiga shunday taklifnoma berdi. Koreyslar patriot xalq. Milliylikni targ’ib qiladi. Bizda ham taklifnomaga shunday yondashsa madaniyatni ham yoygan bo’lardik.
1 071
Bir odamga IELTS yoki TOPIK dan daraja ol deb bot bot qaytarasan, o’qish nimalar bera olishini keyinchalik qanday hayotga tushib qolmasligini misollar bilan keltirib berasan ammo u hop, hop deb baribir o’z bilganidan qolmaydi.
Oradan 3 yil o’tdi hali darajadan darak yo’q. Nima deb o’ylaysiz, inson o’zi hohlamagunicha baribir o’qimay yuraveradimi?
Yo Til bilish darajasini olish shunchalik qiyinmi?
Odam ma’suliyatni his qilmasa o’zi tugul bohqalarni ham xavotirga qo’yar ekan.
1 071
Bu ishxonamizga tegishli AWARD.
Kompaniya rivoji uchun foydali ideya taqdim qilsangiz (faktlarga asoslanib), ushbu yutuqlardan biriga ega bo’lishingiz mumkin. Birinchi o’ringa 10 million won. Men ham anchadan beri o’ylab kelgan ideyam bor edi, buni 한국인 입장에서 찾기 힘든 아이디어라 yaxshi baholanishiga umid qilib turibman.
Aynan qanday ideya taqdim qilaman deb o’ylaysiz?
1 071
Tashrif buyurgan Mongoliyalik Mayaxonim Koreys tilida mendan yaxshi gapirar ekanlar. Koreyada 20 yil yashab qo’yibdilar😅
1 071
Bugun men bilan birga ishga kirgan aka to’yiga taklifnoma tashlab ketdi.
Borishni reja qilayabman.
Ana endi Koreyadagilarga savol:
Koreys tanishingizni to’yiga borsangiz o’rtacha qancha to’yona berasiz?
1. Juda yaqin
2. O’rtacha yaqin
3. Shunchaki tanish
Albatta javoblaringiz qiziq menga!
1 071
O’zbek tilida Prezentatsiya qilishni sog’indim. Boshqa tilda qilasizmi baribir fikringizni va hissiyotlaringizni 100% yetkazib berish qiyin.
Shu sabab You Tubeda bir g’oya o’ylab qo’ydim. Joylab albatta sizlarga ham linkini ulashaman.
#kuting #soon
1 071
Meni Oila, qon-qarindoshlar borasida ancha omadim chopgan. Har qanday yo’lni tanlamay, doim qo’llab quvvatlashadi, keraklicha yo’l yo’riq ko’rsatishadi.
Bu juda muhim omil, agar unday bo’lmasa kishida noqulayliklar va ortiqcha asabbuzarliklar yuzaga keladi. Inson o’qigani chet elga chiqgani sari dunyo qarashi avtomatik kengayib birovlarning ishiga burun suqmaydigan va halaqit qilmaydigan o’ta yuqori hislatni shakillantira oladi.
Ota-ona farzandiga moddiyat sifatida qarar ekan bir kun kelib o’z hayotini harob qilgani kabi farzandini ham qurbon qiladi.
1 071
+6
Gallaktika, sayyoralar va kosmosga qiziqasizmi? Unda bu yerga ko’proq borishni odat qiling, kordinata, yulduzlar joylashuvi kabi foydali va qiziqarli ma’lumotlarni olsangiz bo’ladi.
*Borishdan avval albatta qo’ng’iroq qiling. Kirish mutlaqo bepul!
대전시민천문대
대전 유성구 과학로 213-48 (신성동)1 071
Bugun Sardor aka yo’qlab kelibdilar. 2012 yil Koreys tilini bir partada o’rganishni boshlagan edik. Adashmasam o’sha payt 8-sinfda edim. Juda ajoyib beg’am paytlar, pul topishni o’ylamay faqat o’qish uchun kezgan yillarim. Vaqt oqar daryo, o’tadiyu ketadi ammo xotiralar qolar ekan
Iftorlikka yaqin ukalarni ham chaqirdim, ancha bo’lgan edi O’zbekzamon yaqinlar bilan vaqt o’tkazmaganimga.
Xa aytgancha oshni Pokistondan olib kelgan “mozorbosti” basmati guruchidan tayyorladim.
1 071
Men ishxonadagilarga aytmasam ham o’zligi bilib barcha mahsulotlarni Halolidan olib kelishga harakat qilishayabdi.
Ancha o’rganib qolishdi. Men esa iftorga 2 ta oldim, bugun ham og’izni o’quvchim uyida ochar ekanman. Suv va konfet bilan😅
1 071
Ba’zida inson juda charchaydi,
Atrofdagi bosimdan, birovlarning umididan va undan kutilayotgan natijalardan.
Shunchaki barchasiga qo’l siltab, o’rmondagi ko’l yonida shaxsiy uyda kitob o’qish zavqi boshqacha. Yovvoyi hayvonlar kuzatib shunchaki Allohning ne’matlaridan to’yib foydalangisi keladi odam.
Afsus Koreyada buni deyarli ilojisi yo’q, raqobatbardosh bo’lmasangiz bu yer sizni yutib yuboradi qarabsizki 한강 (hangang) daryosi yoqasida turibsiz.
Shunchaki yozdim, yana bir nima o’ylamang!
1 071
Bugun tor doiradagi majlisga kirdim. Tog’rirog’i O’zbekiston bozori uchun narxlarni belgilashda men ham bevosita ishtirok etayabman.
Bo’lim boshlig’i, Team leader va men ishlab chiqarish narxi, apparatga sarflanadigan narx, inson omili kabilarni o’ylab narxlarni chiqardik.
📊Undan tashqari har bir davlat uchun katta pul to’lab statistika ma’lumotlari sotib olinadi. O’zbekistonniki esa Rus tilida ekan. Men tarjima qilishga ma’sul emasman lekin birovga berib bo’lmaydigan ma’lumotlar. (Havfsizlikni ta’minlash kerak).
Shu sabab o’zim tarjima qilaman deb eng kerakli vaksina narxini chiqara oldik. Koreyslar uchun o’z ishini ustasi qo’shimchasiga universal xodim bo’lsa qadriga juda yetadi.
Ana endi laboratoriya va kompaniyani narx ishlab chiqish tizimigacha bilib oldim. Keyinchalik albatta tajribada qo’llayman. 😁
1 071
Yaqinda Koreya President 18 - mart kuni oziq-ovqat narx navolarini bilish maqsadida 원정ga tashrif buyurib martga kiradi. U yerdagi narxlardan Koreys xalqi xayratda.
President kelishiga katta ko’k piyoz bir o’ram narxi 875 won😅
Koreyslar xazillashib endi President borgan magazinga boramiz deyishayabdi. (Menga bu holat Susambilni eslatib yubordi, xokimlar bozorga borsa shunday holat bo’lardi bizda ham)
Odatda oddiy martlarda ko’k piyoz narxi 3-4 ming won atrofida. Yaqinda ham Costco dan yaxshigina narxga sotib olgan edim.
O’zi sezyabsizlarmi ozirgi 1-2 yilda narx juda tez suratda ko’tarilayabdi. Ayniqsa mevalar narxi, 3 kg olma xozirda 30 ming atrofida.
Oxirgi gapimni Abdul Latif so’zi bilan yakunlayman:
O'lik qonunlar va yolg'onlarga to'lib boryabdi bu davlat.
1 071
Bu rasmni internetga qo’ya olmayman. Qoravoy do’stlarim hafa bo’ladi. O’quvchim chet ellik do’sti ko’payishi uchun ataylab shundan olibdi. 😂 Qoravoylarga ko’rsatma dedim.
Nimaga deydi? Juma kelganda aytaman dedim. Qanday chiroyli tushuntirsam ekan?
1 071
Ish payti har doim eshitayotgan gapim:
배 안고파요/배 안고파?
언제까지 하는데?
와 아직 3주나 남았네
그분: 엘료르 이거 챙겨가요,
나: 아 저 라마단 기간이라..
그분: 알죠, 어차피 저녁에는 먹어야 되잖아요, 그때 먹어요
나: 아 고맙습니다😅
Tarjimasi:
Qorningiz ochmadimi?
Qachongacha ro’za tutasiz?
Ehee, hali 3 hafta bor ekanku..
Dialog:
U: Elyor manabuni oling
Men: Aa hozir Ramazon oyi sabab..
U: Ha bilaman, baribir kechga ovqat yeysizku, o’sha payt yersiz
Men: Rahmat
Odatda Koreyslar bir biriga unchalik e’tibor berishmaydi. Lekin chet ellikni qo’llab quvvatlashadi. Sababi meni bo’limdagilar ko’pi chet elda o’qigan va yashagan Koreyslar. Shu sabab ular chet ellik oilasi bilan yashamasa yolg’izlanishini juda yaxshi bilishadi.
Mayli, menga qilayotgan yegilliklari uchun Alloh ularga ham hidoyat bersin.
1 071
+1
15-mart kuni dars o’tgani borganimda o’quvchim berdi.
14-mart kuni Koreyada 화이트데이 bo’lgan.
Rasmdagi qo’g’irchoq 입크니 (katta og’iz) deb nomlanar ekan😅.
Ps: 화이트데이 oq kun - do’stlar va sevishganlar bir biriga shirinlik ulashadigan kun hisoblanadi.
1 071
#foydali
Endi hamma foydali ma’lumotlarni ushbu hashtag #️⃣ orqali yozaman.
Kitob o’qiyotganingizda kerakli o’rinlarni belgilab o’tish.
Men hamma kitoblarni ham belgilab chiqmayman. Bu safar o’ylanayotgan edim, avtorning o’zi tavsiya qilayotgan ekan.
Belgilash bilan siz:
- Keyinchalik kerak bo’lganda topish osonligi
- Belgilayotganda eslab qolishni takror bo’lishi
- Kitobni o’zingizniki qila olishingiz (birovga hadya qilmaysiz shunda)
Kabilarga ega bo’lasiz.
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
