es
Feedback
huquqplus.uz

huquqplus.uz

Ir al canal en Telegram

HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 @huquqplus_bot 📲 Tel: +998 (90) 358-50-60 (dushanba - shanba 9:00 - 18:00) На русском: @huquqplus_ru @sharoitplus loyihasi

Mostrar más
2 443
Suscriptores
+1524 horas
+3457 días
+53030 días
Archivo de publicaciones
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🔴 “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminarimiz jonli efirda! 📱 YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=_HIwq5-Etr8 Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @huquqplus

13 oktyabrga

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 📣 Eslatib oʻtamiz, ertaga soat 10:00 da “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar oʻtkazamiz.
📱 Siz ham Zoom orqali onlayn ishtirok etsangiz bo‘ladi. Buning uchun quyidagi havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘ting: 👉 https://shorturl.at/rl1Sq 📩Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, sizga uchrashuvga kirish ma’lumotlaringizni o‘z ichiga olgan tasdiqlovchi elektron pochta xabari keladi.
💁🏻‍♀️ Tadbirda biz loyihamiz haqida batafsil ma'lumot berib HuquqPlus.uz veb-portalimiz imkoniyatlarini ko‘rsatamiz. Shuningdek, yurist-advokatlarimizga sizni qiynayotgan huquqiy savollarni berib javob olsangiz bo‘ladi. Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar! Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #seminar

⚖️ ♿️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar yurist-advokatlarimiz qabulida! Bugun HuquqPlus.uz veb-portali yuristlari nogironligi boʻ
+5
⚖️ ♿️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar yurist-advokatlarimiz qabulida! Bugun HuquqPlus.uz veb-portali yuristlari nogironligi boʻlgan fuqarolarni “Sharoit Plyus” NNT bosh ofisidaqabul qilib, ularning huquqiy muammolari yuzasidan bepul maslahat va yordam berishmoqda. 📍 Agar siz Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida istiqomat qilsangiz, HuquqPlus.uz yuristlari qabuliga yozilishingiz mumkin. 🗓 Har shanba ⏰ 10:00 dan 17:00 gacha 📲 Yurist qabulga yozilish uchun: @huquqplus_bot ga kiring va yoziling. ☎️ Qo‘shimcha savollar bo‘yicha: +998 (90) 358-50-60 🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar!

⚖️ ♿️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar yurist-advokatlarimiz qabulida! Bugun HuquqPlus.uz veb-portali yuristlari nogironligi boʻ
+5
⚖️ ♿️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar yurist-advokatlarimiz qabulida! Bugun HuquqPlus.uz veb-portali yuristlari nogironligi boʻlgan fuqarolarni “Sharoit Plyus” NNT bosh ofisidaqabul qilib, ularning huquqiy muammolari yuzasidan bepul maslahat va yordam berishmoqda. 📍 Agar siz Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida istiqomat qilsangiz, HuquqPlus.uz yuristlari qabuliga yozilishingiz mumkin. 🗓 Har shanba ⏰ 10:00 dan 17:00 gacha 📲 Yurist qabulga yozilish uchun: @huquqplus_bot ga kiring va yoziling. ☎️ Qo‘shimcha savollar bo‘yicha: +998 (90) 358-50-60 🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar!

🧑🏻‍⚕️🧑🏻‍🦽 Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday? 🔹Nogironlikni belgilash uchun qayerga va qanday muro
🧑🏻‍⚕️🧑🏻‍🦽 Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi qanday?
🔹Nogironlikni belgilash uchun qayerga va qanday murojaat qilsa bo'ladi? 🔹Nogironlikni elektron tarzda belgilash tizimi qanday ishlaydi? 🔹Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) qanday ko‘rikdan o‘tkazadi? Qanday hujjatlar talab etiladi? 🔹Nogironlik qancha muddatga belgilanadi? 🔹TIEK xulosasidan norozi bo‘lsangiz, nima qilish mumkin?
Barcha javoblarni huquqiy maqolamizdan topasiz. 👉 Batafsil veb-portalimizda o’qing Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #TIEK #nogironlikguruhi #nogironliknirasmiylashtirish

Subsidiya olgan mehmonxona kamida necha yil davomida o‘z faoliyatini to‘xtatmay davom ettirishi shart?
Anonymous voting

Hurmatli obunachilar! 📱 Huquq+ podkastimizni tinglagan va Telegram kanalimizga yangi qo‘shilgan barcha obunachilarimizga katta rahmat! ❓ Sizlardan nogironlikni belgilash mavzusiga oid ko‘plab savollarni qabul qildik va qo‘ldan kelgancha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi mutaxassislaridan javob olishga harakat qildik. ⌛️Afsuski, vaqtimiz cheklanganligi sababli, barchaga javob berish imkoniyati bo‘lmadi. Siz buni tushunasiz degan umiddamiz va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
☎️ Nogironlik holatini belgilash bo‘yicha qolgan savollaringizni quyidagilarga murojaat qilsangiz bo‘ladi: 🔹 Mahalladagi ijtimoiy xodimingizga 🔹 "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi Tibbiy-ijtimoiy eskpert komissiyalariga (TIEK) 🔹 1140 qisqa raqamiga 🔹 Telegram botga: @ihma1070bot 🔹 my.ihma.uz platformasi orqali
🎙Yozib olingan podkastni montaj qilib tez orada Telegram kanalimizda joylaymiz. Biz bilan qoling! Bepul huquqiy maslahat uchun botimizga yozing: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #podkast #TIEK

📣 Hurmatli obunachilar! 🔜 Tez orada "Nogironlik holatini belgilashda qanday muammo va yechimlar bor?" mavzusida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi vakillari bilan ochiq suhbatni boshlaymiz! 🔗 Ovozli chatga ulaning: https://t.me/huquqplus?livestream

Ariza kelib tushgach, Turizm qo‘mitasi mutaxassislari necha ish kuni ichida mehmonxonaga joyiga chiqqan holda borib tekshirishadi?
Anonymous voting

📣 Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajoyib yangilik!
🧏🏻‍♀️ Endilikda siz uchun maxsus video-koll markaz ishga tushdi. Siz uydan chiqmasdan, o‘zingizga qulay usulda bepul huquqiy maslahat olishingiz mumkin: 🔹 Telegram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri video-qo‘ng‘iroq qiling; 🔹 Malakali imo-ishora tili tarjimoni ishtirokida tushunarli yuridik yordam; 🔹 Barcha turdagi huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar.
🤝 Biz sizning huquqlaringizni himoya qilishga tayyormiz! O‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qiling va ushbu ma'lumotni muhtoj bo'lgan yaqinlaringizga yuboring. 📲 Bog‘lanish uchun Telegram orqali @huquqplus_info yoki +998 (90) 358-50-60 telefon raqami orqali video-qo‘ng‘iroq qiling.
🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan ajratilgan kichik grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda.
Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar! Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal

Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar!
🔜 Eslatib o‘tamiz, ertaga 25-sentyabr soat 17:00 da "Nogironlik holatini belgilashda qanday muammo va yechimlar bor?" mavzusida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi vakillari bilan ochiq suhbat qilamiz.
❓ Iltimos mavzuga oid barcha savollaringizni izohlarda qoldring! Ovozli chatga ulanish uchun havola: 👉 https://t.me/huquqplus?livestream #podkast #TIEK

My.gov.uz portali orqali subsidiya olish uchun ariza topshirilganda qancha miqdorda davlat yig‘imi undiriladi?
Anonymous voting

📣 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish mavzusida semin
📣 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish mavzusida seminar bo’lib o’tadi
🗓 29-sentyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi O‘zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar gibrid formatida boʻlib oʻtadi.
🇺🇿 Tadbirning asosiy tili o‘zbek tili bo‘lib, o‘zbek imo ishora tiliga sinxron tarjima qilib boriladi. Qo‘shimcha til — rus tili. 📱 Zoom orqali ishtirok uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting: https://shorturl.at/rl1Sq Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, sizga uchrashuvga kirish ma’lumotlaringizni o‘z ichiga olgan tasdiqlovchi elektron pochta xabari keladi.
🇺🇳🇫🇮 Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida tashkil etilyapti.
Barcha uchun teng huquq va imkoniyatlar! Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #seminar

Mehmonxona xonalarini moslashtirish uchun subsidiya mablag‘lari qaysi manba hisobidan ajratiladi?
Anonymous voting

💁🏻‍♂️ Loyihamizning yangi yuristi va advokati bilan tanishing! ⚖️ Maxmasoliyev Nuriddin Alisher o‘g‘li — “PRIME PROTECT” advokatlik byurosi advokati, professional mediator. 📌 Yuristimiz haqida batafsil ma’lumot: 👉 huquqplus.uz/lawyers/maxmasoliyev-nuriddin-alisher-ogli 🤖 Bepul huquqiy maslahat olish uchun: @huquqplus_bot 📲 Telefon: +998 90 358 50 60 🕘 Dushanba–shanba, 09:00–18:00
🇺🇳🇫🇮 Bepul huquqiy maslahatlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan ajratilgan kichik grant asosida Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan ko‘rsatilmoqda.
Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal HuquqPlus.uz — o‘z huquqlaringizni bilishingiz va himoya qilishingiz uchun! #bizningjamoa #probono #advokat

Maxsus yulduz toifasiga ega bo‘lmagan mehmonxonalarga har bir moslashtirilgan xona uchun qancha miqdorda subsidiya beriladi?
Anonymous voting

💁🏻‍♀️ Loyihamiz yuristi va advokati bilan tanishing! ⚖️ Bebutova Zarnigor Faxriddinovna — Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi va advokat. U nogironligi bo‘lgan fuqarolar, qarovchisi bo‘lmagan keksalar hamda moddiy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolarga pro bono — bepul advokatlik xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. 🔎 Zarnigor haqida batafsil: 👉 huquqplus.uz 🤖 Bepul huquqiy maslahat: @huquqplus_bot 📞 +998 90 358 50 60 Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #bizningjamoa #probono

Repost from N/a
🎉 Отличные новости! @huquqplus_bot теперь доступен на русском языке! 🇷🇺 Мы продолжаем делать наш сервис удобнее для вас. Т
🎉 Отличные новости! @huquqplus_bot теперь доступен на русском языке! 🇷🇺 Мы продолжаем делать наш сервис удобнее для вас. Теперь вы можете полноценно пользоваться всеми функциями нашего бота по оказанию бесплатной правовой помощи для людей с инвалидностью на русском языке.
⚡️ Как переключить язык? 🔹 Если вы новый пользователь: Просто выберите «Русский» в самом начале при регистрации вашего профиля. 🔹 Если вы уже зарегистрированы: В главном меню бота в самом низу нажмите на кнопку с глобусом 🌐 «Tilni o'zgartirish» (Поменять язык) и выберите нужный язык из списка.
Переходите в @huquqplus_bot и пользуйтесь сервисом с комфортом! Обязательно поделитесь этой новостью с друзьями и близкими, которым нужна бесплатная юридическая помощь. Наши страницы в социальных сетях: Telegram | Instagram | YouTube | Веб-портал Равные права и возможности для всех! #новости

Davlatdan subsidiya olish uchun mehmonxonada kamida nechta xona nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan bo‘lishi shart?
Anonymous voting