ch
Feedback
huquqplus.uz

huquqplus.uz

前往频道在 Telegram

HuquqPlus.uz — Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portali Huquqiy maslahat olish uchun: 🤖 @huquqplus_bot 📲 Tel: +998 90 358 50 60 На русском: @huquqplus_ru @sharoitplus loyihasi

显示更多
1 944
订阅者
+124 小时
-137
-4030
帖子存档
Qabul 2026: Imtihonlar 14–23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi ❗️Joriy yilda kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanib, 23-iyulga qada
Qabul 2026: Imtihonlar 14–23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi ❗️Joriy yilda kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanib, 23-iyulga qadar respublika bo‘ylab kunlik ikki smenada tashkil etiladi. Tasdiqlangan rejaga asosan, bu yilgi test sinovlarida mamlakat miqyosida jami 664 ming 609 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. 📌Barcha talabgorlardan ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana hamda vaqtga qat’iy rioya etishlari so‘raladi.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kunraqami #qabul

Repost from Xushnudbek.uz
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuk
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈

💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.u
💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing!
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.uz — maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi volontyor-huquqshunosi — Ruxshona Abdixoliqova
👩🏻‍🎓 Ruxshona 2023-yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti "Ommaviy huquq" fakulteti talabasi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasida volontyorlik faoliyatini olib bormoqda.  
2025-yil mart oyidan boshlab, HuquqPlus.uz loyihasi volontyori. Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslarning savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar tayyorlab kelmoqda.
Jamoamiz haqida veb-portalimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://huquqplus.uz/lawyers
🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #BizningJamoa

❓Sizdan kelgan savollarga huquqshunoslarimiz javob berishadi ❓ SAVOL: Xorijga chiqish pasporti (zagran pasport) olishda nogir
+1
Sizdan kelgan savollarga huquqshunoslarimiz javob berishadi
SAVOL: Xorijga chiqish pasporti (zagran pasport) olishda nogironligi bor shaxslarga imtiyoz bormi? 💬 JAVOB: “Davlat boji to’g’risidagi qonun”ning 13-moddasida nogironligi bo’lgan shaxslar xorijga chiqish pasportini olishda, pasport almashtirishda yoki hujjatning yo’qolganligi haqida ma’lumot berilganligi uchun davlat bojini to’lashdan ozod qilinadi deb belgilab qo’yilgan.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #savoljavob

🇺🇿 30-IYUN — YOSHLAR KUNI Hurmatli yoshlar! Sizlarni “Yoshlar kuni” bilan tabriklaymiz. 👨🏽‍🦽Huquqplus jamoasi yoshlarnin
🇺🇿 30-IYUN — YOSHLAR KUNI Hurmatli yoshlar! Sizlarni “Yoshlar kuni” bilan tabriklaymiz. 👨🏽‍🦽Huquqplus jamoasi yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va adolatli jamiyat qurishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. 🤝 Barchangizga sog‘liq, omad va kelajakka ishonch tilaymiz! Har bir yosh — qonun oldida teng huquq va imkoniyatga ega! Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal

❓Sizdan kelgan savollarga huquqshunoslarimiz javob berishadi ❓ SAVOL: Nogironlik komissiyasidan onlayn o’tsa bo’ladimi? 💬 JA
+4
Sizdan kelgan savollarga huquqshunoslarimiz javob berishadi
SAVOL: Nogironlik komissiyasidan onlayn o’tsa bo’ladimi? 💬 JAVOB: 2025-yil 1-sentabrdan tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan nogironlikni elektron tarzda belgilash tartibi yo’lga qo’yildi. ✅ Nogironligi bo’lgan shaxs o’z hududiy oilaviy shifoxonasiga borib bosh vrachga murojaat qiladi. Bosh vrach bu shaxsning nogironlik holatini batafsil o’rganib chiqadi va ariza onlayn tarzda tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga yuboriladi. TIEK ijtimoiy xodim va oilaviy poliklinika shifokorlarining tibbiy xulosalari asosida shaxsga nogironlik tayinlaydi.
❗️
Eslatma: Agar nogironligi bor shaxs salomatligiga ko’ra, oilaviy shifoxonagacha bora olmasa arizani ijtimoiy xodimga berishi mumkin.
📌
18 yosh va undan katta shaxslarning nogironlik holatini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi baholaydi.
Kattalarda nogironlik holatini belgilash tartibi haqida: 👉 Batafsil o’qing
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #savoljavob #nogironliknirasmiylashtirish

❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan boshlab:
+6
❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan boshlab:pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi; ➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi; ➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.
🗓 1-sentyabrdan: ➖byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi; ➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi; ➖bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kunraqami

💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.u
💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing!
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.uz — maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi volontyor-huquqshunosi — Madina Idiyeva
👩🏻‍🎓 Madina 2024-yil sentyabr oyidan boshlab Toshkent davlat yuridikuniversiteti "Jinoiy odil sudlov" fakulteti talabasi. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasida volontyorlikfaoliyatini olib bormoqda.  
2025-yil mart oyidan boshlab, HuquqPlus.uz loyihasi volontyori. Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslarning savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar tayyorlab kelmoqda.
Jamoamiz haqida veb-portalimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://huquqplus.uz/lawyers
🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #BizningJamoa

Men Ayollar daftarida turaman 2-guruh nogironligim bor. Menga bir martalik yordam berilsa bola pulim to‘xtatib qo’yilishini aytishdi. Bu qanchalik to’g’ri? ❗️Ushbu savolga javobni batafsil vidroni tomosha qilib olishingiz mumkin
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #video #bolapuli #ayollardaftari

👶🏻🇺🇿UNICEF tashkiloti xabar berishicha O‘zbekistonda nogironligi bor bolalar soni taxminan 122 300 nafarni tashkil etadi,
+2
👶🏻🇺🇿UNICEF tashkiloti xabar berishicha O‘zbekistonda nogironligi bor bolalar soni taxminan 122 300 nafarni tashkil etadi, biroq ularning atigi 5999 nafari maktabga boradi. Bu qamrov darajasi 5 foizdan kam ekanini anglatadi.
❗️Aslida nogironligi bor bolalar soni ancha ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki hali rasman ro‘yxatdan o‘tmaganlar qancha... 🌐 UNICEFning global ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qariyb 240 million bolada (18 yoshgacha) nogironlik holati bor. Bu dunyo bo‘ylab har 10 ta boladan 1 tasida nogironligi bor degani.
📈 Ijitmoiy himoya milliy agentligi xabar berishicha, O’zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan nogironligi bo‘lgan bolalar — 170 413 nafarni tashkil qilgan. Bu bolalar aholining atigi 2-3% atrofida degani va juda kam aslida.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #statistika #nogironligiborbolalar

Bolalarni nogironligi bor deb belgilash qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
📄Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qaroriga asosan: •18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “nogironligi bo‘lgan bola deb topish pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
🎦 Batafsil videoni tomosha qilib, ma’lumot olishingiz mumkin 👶🏻 Bolalarga nogironlikni rasmiylashtirish tartibi haqida: 👉Batafsil o’qing
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #video #nogironliknirasmiylashtirish #TIEK

“Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish (ADR) orqali bepul yuridik yordamni takomillashtirish” mavzusidagi ikki kunlik tre
+4
“Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish (ADR) orqali bepul yuridik yordamni takomillashtirish” mavzusidagi ikki kunlik trening muvaffaqiyatli o’tkazildi. 🗓️ Shu yilning 3-4 iyun kunlari Zafaron Hotel (TBD) da trening bo’lib o’tdi. ❗️Mazkur trening fuqarolik jamiyati tashkilotlari va bepul yuridik yordam ko’rsatuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, 30 nafarga yaqin ishtirokchi mediatsiya va ADR sohasida yangi bilim va ko’nikmalar orttirdi. 💙 Treningda “SHAROIT PLUS” Toshkent shahar nogironlar jamoat birlashmasi nomidan Nodira Obidova faol ishtirok etdi. Nodira tashkilotimizning munosib vakili sifatida ikki kunlik intensiv treningni muvaffaqiyatli yakunladi va mediatsiya sohasida qimmatli bilimlar orttirdi.
📚 Trening doirasida: 🔹 Mediatsiya asoslari va tamoyillari; 🔹 Nizolarni muqobil hal etish usullari (ADR); 🔹 Bepul yuridik yordam ko’rsatish mexanizmlari; 🔹 Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yo’llari; 🔹 Amaliy mediatsiya ko’nikmalari haqida bilim va tajribalar almashildi.
📌 Mediatsiya — sud jarayonlariga muqobil, tezkor, arzon va samarali nizo hal etish usuli. Bu trening orqali tashkilotimiz a’zosi nogironligi bo’lgan fuqarolarning huquqlarini yanada professional darajada himoya qilish bo’yicha bilimlarga ega bo’ldi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal

💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing! Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.u
💁🏻‍♀️ Huquqshunos-volontyorimiz bilan tanishing!
Toshkent shahar “SHAROIT PLYUS” nogironlar jamoat birlashmasi “HuquqPlus.uz — maxsus huquqiy axborot veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish” loyihasi volontyor-huquqshunosi — Diyoraxon Xamrakulova.
👩🏻‍🎓 Diyora 2024-yil noyabr oyidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquq va sud himoyasi” fakulteti talabasi.  
2025-yil yanvar oyidan boshlab, HuquqPlus.uz loyihasi volontyori. Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslarning savollariga huquqiy asoslantirilgan javoblar tayyorlab kelmoqda.
Jamoamiz haqida veb-portalimizda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://huquqplus.uz/lawyers
🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #BizningJamoa

❗️Bugundan qabul boshlandi! Bugun, 5-iyun kuni davlat oliygohlariga o’qishga kirishda abituriyentlar qabuli boshlandi. Qabul
❗️Bugundan qabul boshlandi! Bugun, 5-iyun kuni davlat oliygohlariga o’qishga kirishda abituriyentlar qabuli boshlandi. Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz sayti orqali 25-iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
❗️ESLATMA: bugundan faqat fanlar majmuasi, taʼlim tili, test topshirish hududi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. 📌 Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashini o‘zi hal qiladi.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kunraqami #OTM

❗️O‘zbekistonda nogironlik belgilangan va rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjud bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati jo
+4
❗️O‘zbekistonda nogironlik belgilangan va rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjud bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati joriy etildi. ✅ Bunda maxsus pedagoglar va davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida bolalarga korreksion-pedagogik yordam, nutq va jismoniy rivojlantirish mashg‘ulotlari ko‘rsatiladi.
21-may kuni Hukumat qarori (271-son) bilan “Erta aralashuv” xizmati ko‘rsatilishini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, “Erta aralashuv” xizmati quyidagi bolalarga ko‘rsatiladi: 🔹belgilangan tashxislar bo‘yicha nogironlik belgilangan tug‘ilgandan boshlab 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 🔹oilaviy shifokor tomonidan rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 🔹rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1−3 yoshdagi bolalar.
📌 Bolaning otasi yoki onasi xizmatdan foydalanish uchun “Inson” markazi, Davlat xizmatlari markaziga yoxud YAIDXP (my.gov.uz) yoki “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali murojaat qilishi mumkin. Manba: gazeta.uz
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #ertaaralashuv

🚺👩🏻‍🎓Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun imtiyozlar 🔹No
🚺👩🏻‍🎓Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun imtiyozlar
🔹Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand ayollar va ota-onasida nogironligi bor xotin-qizlar uchun OTMga o‘qishga kirishda qo‘shimcha 4% davlat granti 🔹Bu grantdan foydalanish uchun tavsiyanomani olish va u bilan OTMga hujjat topshirish tartibi qanday? 🔹Bir vaqtning o‘zida 2% va 4% kvotadan foydalansa bo‘ladimi? 🔹Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qanday ta‘lim kreditlari mavjud?
💁🏻‍♀️ HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunos-volontyori Aziza Narbayeva tayyorlagan huquqiy maqolada barcha javoblarni topasiz. Batafsil havolaga bosib o’qing: 👉 Batafsil 👈
🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #imtiyozlar #ayollar #kvota #kredit

Yordamga muhtoj oilalardagi qizlar va ayollarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish masalasi bilan tuman (shahar) Oila v
Yordamga muhtoj oilalardagi qizlar va ayollarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish masalasi bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shug‘ullanadi. Buning uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, hujjatlar har yili 30-maydan 8-iyungacha qabul qilinadi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha yashab turgan hududdagi tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga https://xotin-qizlar.uz/ portali orqali elektron shaklda murojaat qiladilar. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi har yili 10-iyunga qadar tavsiyanomani elektron shaklda beradi. Talabgorlarning mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi. Tavsiyanoma bir yil davomida amal qiladi. 
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kunraqami #tavsiyanoma

🕌 Qurbon Hayiti qutlug’ bo‘lsin! 🐑 Qadrli yurtdoshlar! Huquq Plus jamoasi sizni va barcha yaqinlaringizni ulug’ va muqaddas
🕌 Qurbon Hayiti qutlug’ bo‘lsin! 🐑 Qadrli yurtdoshlar! Huquq Plus jamoasi sizni va barcha yaqinlaringizni ulug’ va muqaddas Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi! 🌟 Ushbu saodatli kun xonadoningizga bitmas-tuganmas quvonch, dasturxoningizga to’kin-sochinlik va fayz-u baraka olib kelsin. Qalbingiz iymon nuriga to’lib, ezgu duolaringiz ijobat bo’lsin! 🕊 Qurbon Hayiti — saxovat, shafqat va birdamlik timsolidir! Bu bayram orqali jamiyatimizda mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkamlanib, yurtimiz tinchligi va obodligi bardavom bo’lsin. Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTM ga o’qishga kirishda 4% kvota asosida qancha o‘rin ajratiladi? ✅ Ilgari respublika
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTM ga o’qishga kirishda 4% kvota asosida qancha o‘rin ajratiladi? ✅ Ilgari respublika bo‘yicha shunday xotin-qizlar uchun 2000 ta qo‘shimcha o‘rin ajratilgan edi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bu o‘rinlar soni ikki baravar ko‘payib, 4000 taga yetkazildi.
❗️Eslatma: Bu imtiyoz faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Siz beshta yo‘nalish tanlashingiz mumkin, lekin bu imtiyoz faqat siz birinchi o‘ringa yozgan yo‘nalish uchun ishlaydi. Faqat kunduzgi ta’lim uchun. Imtiyoz kechki, sirtqi yoki masofaviy ta’lim uchun ishlamaydi. Faqat kunduzgi ta’lim uchun amal qiladi.
Bepul huquqiy maslahat uchun: 🤖 https://t.me/huquqplus_bot Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #kunraqami #OTM

🔈 "Nogironligi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun imtiyozlar" mavzusidagi huquqiy maqolamizni audio formatda tinglang. 🎤 Toshkent davlat yuridik universiteti "Ommaviy huquq" fakulteti talabasi va HuquqPlus.uz loyihasi volontyori Sarvara Najmiddinova oʻqidi.
🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun: https://t.me/huquqplus_bot
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal #audio #imtiyozlar #ayollar #kvota #kredit