es
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Canal cerrado

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Pulli Gap

El canal Pulli Gap en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 34 244 suscriptores, ocupando la posición 3 557 en la categoría Economía y Finanzas y el puesto 2 331 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 34 244 suscriptores.

Según los últimos datos del 14 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 087, y en las últimas 24 horas de -30, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 33.51%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 11.41% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 11 474 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 906 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 38.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 15 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Economía y Finanzas.

34 244
Suscriptores
-3024 horas
-2837 días
-1 08730 días
Archivo de publicaciones
Pulli Gap
34 216
1-yanvardan nimalar o'zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi
1-yanvardan nimalar o'zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣ Eskrou tizimi joriy etiladi Prezidentning tegishli farmoni bilan qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, endi barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘ladi. Eskrou tizimi qanday ishlaydi? Mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi. 2️⃣ Ekologik transport stikerlari Toshkent shahrida "Ekologik transport" tizimi birinchi bosqichda joriy etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarorida keltirib o‘tilgan. 3️⃣ Moped va skuter haydovchilaridan “prava” so‘raladi O‘zbekistonda moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi va ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi. Hujjatga ko‘ra, moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3.gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A1» haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Individual harakatlanish vositalari bundan mustasno. 4️⃣ Maktab direktorlariga ustama Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi. 5️⃣ Ehsonlar naqd pulda yigʻilmaydi 2026-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Uchtepa va Mirobod tumanlarida qabriston hududidagi plombalangan turg‘un metall qutilarda xayr-ehsonlarni yig‘ishni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish tartibi bekor qilinadi. Turg‘un metall qutilarga o‘rnatilgan QR-kod tasviri vositasida bank plastik kartalari orqali naqd pulsiz onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish joriy etiladi. 6️⃣ Bepul tibbiy yordam Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi. 7️⃣ "President AI Award" tanlovi Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
🎄 Yangi yil oldi – firibgarlar uchun “oltin mavsum” Bayram yaqinlashsa, firibgarlar ham “ishga tushadi”. Bugun sizga eng ko‘
🎄 Yangi yil oldi – firibgarlar uchun “oltin mavsum” Bayram yaqinlashsa, firibgarlar ham “ishga tushadi”. Bugun sizga eng ko‘p uchraydigan sxemalarni aytib beramiz 👇 💸 “Aksiya”, “bonus”, “sovg‘a yutdingiz” Soxta sahifalar mashhur brendlar, banklar yoki marketlar nomidan sizga turli xildagi xabarlar yuboradi: “Yangi yil chegirmasi”, “Sovrin yutib oldingiz” kabi. 👉 Havola orqali karta ma’lumotlarini so‘raydi. 💬 Tanishingizdan xabar Hozirgi kunda firibgarlar juda ko'plab Telegram tarmog'idagi akkauntlarni o'zlashtirib olib, tanishingiz yoki do'stingiz nomidan xabarlar yuboradi. E'tibor bering, bunda: profil nusxalangan bo‘ladi, “Tez pul kerak” yoki menga ovoz bering deydi. Ishonib pul yuborsangiz, pushaymon bo‘lasiz. 🎁 Bankdan sovg‘a “Yangi yil munosabati bilan pul tushdi”, "Yordam puli" degan xabar keladi. Havolani bossangiz karta ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanadi! ⚠️ Eslab qoling: ✅ Hech kimga karta ma’lumotini bermang ✅ SMS-kodni hech qachon ulashmang ✅ Tanishingiz yozsa ham, avval qo‘ng‘iroq qilib tekshiring ✅ Shoshiltirsa — bu 99% firibgar 💬 Pul topish qiyin, yo‘qotish esa bir soniya. Firibgarlar tuzog'iga tushmang. Yangi yilni xotirjam kutib oling! TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
🤔 Ayol kishi eridan ko‘proq pul topsa — bu normal holatmi? Biz shu savol bilan turli yosh va qarashdagi insonlarning fikrini so‘radik. — Erkak ko‘proq topishi shart, deb hisoblaydiganlar ham bor; — Daromaddan ko‘ra hurmat va kelishuv muhim, deydiganlar ham Fikrlar turlicha, bahs esa qizg‘in 🔥 👇 Siz nima deb o‘ylaysiz? Erkak ko‘proq topishi shartmi yoki bu eskicha qarashmi? Izohda fikringizni yozib qoldiring 💬 YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/aAKcB4WcAAc?si=80ACl_VJWjqf2Pqj

Pulli Gap
34 216
😊 Bankomat qanday ishlaydi? Ko‘pchiligimiz bankomatdan deyarli har kuni foydalanamiz: naqd pul yechamiz, balansni tekshiramiz, to‘lov qilamiz. Lekin u ichkarida qanday ishlashi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Keling, bugun shu haqda oddiy tilda tushuntirib beramiz. 1️⃣ Karta bankomatga kiritiladi 💳 Siz kartani joylashtirganda, bankomat kartadagi chip yoki magnit lentadagi ma’lumotlarni o‘qiydi. Bu orqali: *️⃣karta qaysi bankka tegishli, amal qilish muddati, karta turi aniqlanadi. 2️⃣ PIN-kod kiritiladi 🔐 Bankomat PIN-kodni shifrlangan holatda bank tizimiga yuboradi. Agar kod to‘g‘ri bo‘lsa — keyingi bosqichga o‘tiladi, noto‘g‘ri bo‘lsa — operatsiya rad etiladi. ❗️Muhim: bankomat PIN-kodni saqlamaydi, faqat tekshiradi. 3️⃣ Bank bilan aloqa o‘rnatiladi Bankomat internet yoki maxsus yopiq tarmoq orqali bank serveriga ulanadi va so‘rov yuboradi, shu kabilarni tekshiradi: *️⃣hisobingizda pul bormi, kunlik limitdan oshib ketmadimi, karta bloklanmaganmi? Bir necha soniyada javob keladi. 4️⃣ Operatsiya bajariladi 💚 Agar hammasi joyida bo‘lsa: 💵 pul beriladi 📄 chek chiqariladi (xohlasangiz) 📊 balans ko‘rsatiladi Pul bankomat ichidagi maxsus kassalardan olinadi. Har bir kupyura alohida hisoblanadi va tekshiriladi. 5️⃣ Xavfsizlik tizimi ishlaydi 🛡 Bankomatlar 24/7 ishlaydi: shubhali harakatlarda avtomatik bloklash, karta ichkarida qolib ketishi mumkin (agar PIN-kod 3 marta xato kiritilsa), shu kabilarni videokamera orqali nazorat qiladi Shu sababli bankomat “xato qildi” deb o‘ylaganimizda, ko‘pincha u sizni himoya qilayotgan bo‘ladi. ❗ Bilish foydali bo‘lgan maslahatlar: *️⃣PIN-kodni hech kimga aytmang *️⃣Bankomatda begona qurilmalar yo‘qligini tekshiring *️⃣Pul chiqmay, hisobdan yechilib ketsa — darhol bankka murojaat qiling Pul bilan bog‘liq har bir qadamda bilimli bo‘lish — eng katta foydangizdir 💡 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
Yangi yil oldi keraksiz xarajatlardan qanday qochish mumkin? Yangi yil yaqinlashgani sari xarajatlar ham sekin-asta ko‘payadi
Yangi yil oldi keraksiz xarajatlardan qanday qochish mumkin? Yangi yil yaqinlashgani sari xarajatlar ham sekin-asta ko‘payadi. Sovg‘alar, dasturxon, bezaklar, kiyim-kechak…🛒 Ko‘p hollarda biz rejalashtirmagan pullarni ham sarflab yuboramiz. Natijada esa — bayramdan keyin pulimiz qolmaydi 💸 Bugun siz bilan Yangi yil oldidan pulni tejashga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishmoqchimiz. 1️⃣“Majburiy” xarajatlar tuzog‘iga tushmang Yangi yil — kimdandir qimmat sovg‘a olish, eng qimmat stol tuzash yoki yangi kiyim olish majburiyati emas. Ko‘p xarajatlar faqat jamiyat bosimi sabab qilinadi, to'g'rimi? ❗️O‘zingizdan so‘rang: Bu xarajat menga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki olgim kelgani uchunmi? 2️⃣ Oldindan limit belgilang Bayram xarajatlari uchun aniq summa belgilab oling. Masalan: *️⃣sovg‘alar uchun — X so‘m *️⃣dasturxon uchun — Y so‘m *️⃣boshqa mayda xarajatlar — Z so‘m Limit bo‘lsa, impulsiv sarflash kamayadi, buni sinab ko'ring. 3️⃣ Chegirmalarga aldanmang “−50%”, “faqat bugun” kabi yozuvlar ko‘pincha bizga kerak bo‘lmagan narsani sotib oldiradi. Arzon bo‘lgani uchun olish — tejash emas. ❗️Esingizda bo'lsin: Keraksiz narsa bepul bo‘lsa ham — bu cho'ntaginhizga zarar. 4️⃣ Sovg‘aning narxi emas, ma’nosi muhim Qimmat sovg‘a emas, e’tibor va samimiyat ko‘proq esda qoladi. Ba’zan oddiy, lekin o‘ylangan sovg‘a qimmatroq taassurot qoldiradi. 5️⃣ Bayramdan keyingi hayotni ham unutmang Yangi yil — bir kecha. Ammo kredit, qarz va bo‘sh hamyon bilan yanvarni boshlash — uzoq davom etadi. O‘zingizga savol bering: 1-yanvarda moliyaviy holatim qanday bo‘ladi? 😊Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin: Yangi yilni chiroyli kutib olish uchun ko‘p pul emas, to‘g‘ri reja va ongli qaror yetarli. Bayram quvonch olib kelishi kerak, moliyaviy stress emas. ❗️Unutmang: pulni boshqarish — bayram kunlari ham muhim. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
💰 Toshkentda yashash uchun ideal oylik qancha? Bu savolni biz 30 ta odamga berdik. Javoblar esa kutilganidek bir xil emas 👀 Kimdir: “5 mln yetadi” dedi, boshqasi “10 mln ham kam” dedi, yana kimdir esa “Oilaga qarab” deb javob berdi. 🎥 Videoni tomosha qiling — balki siz ham o‘z javobingizni toparsiz: https://youtu.be/fHRCuR70M3w?si=t8Q7m6gPfNi0zQb0

Pulli Gap
34 216
📊Narxlar nega o‘zgaradi? Hayotimizdagi deyarli barcha mahsulot va xizmatlarning narxi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Ba
📊Narxlar nega o‘zgaradi? Hayotimizdagi deyarli barcha mahsulot va xizmatlarning narxi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Ba’zida narx oshadi, ba’zida esa pasayadi. ❓Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega narxlar o'zgaradi? Quyida bunga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillarni sodda qilib tushuntiramiz. 1️⃣ Talab va taklif o‘zgarishi Narxlarning eng oddiy sababi — bozordagi talab va taklif nisbatining o‘zgarishi. Mahsulotga talab ko‘paysa, narx ko‘tariladi. Bozorda mahsulot ko‘payib ketsa esa, narx arzonlashadi. Masalan, yozda sabzavotlar ko‘p bo‘lganligi uchun narx arzon bo‘ladi. Qishda esa talab yuqori, mahsulot esa kam — natijada narx ko‘tariladi. 2️⃣ Valyuta kursi ta’siri "Dollar oshdi, shunga narx ham qimmatlashdi" degan gaplar ko'p qulog'imizga chalinadi, shunday emasmi? Chunki ko‘plab mahsulotlar xorijdan olib kelinadi. Import mahsulotlari narxi dollar yoki boshqa chet el valyutasi kursiga bog‘liq. Valyuta qimmatlashsa — import mahsulotlari ham qimmatlashadi. U tushsa — narxlar pasayishi mumkin. Bu jarayon kundalik hayotda texnika, kiyim-kechak, avtomobil qismlari kabi mahsulotlarda yaqqol seziladi. 3️⃣ Ishlab chiqarish xarajatlari Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar o‘zgarsa, narx ham o‘zgaradi. Masalan: xomashyo narxi oshsa, ishchi maoshi ko‘tarilsa, transport xarajatlari ko‘payib ketsa, u holda sotuvchilar majburan narxni oshirishi kerak bo‘ladi. 4️⃣ Yo‘l va logistika xarajatlari Mahsulot iste’molchiga yetib kelguncha uzoq masofani bosib o‘tishi mumkin. Yo‘l puli, transport, saqlash va yetkazib berish narxga ta’sir qiladi. Masalan, yonilg‘i narxi oshishi ko‘plab mahsulotlarga zanjirli ravishda qimmatlashish olib keladi. 5️⃣ Mavsumiylik Yilning ayrim fasllarida mahsulotga talab oshishi narxga ta’sir qiladi. Qishda ko‘mir va kiyim narxi oshishi, yozda sovuq ichimlik va konditsioner narxi ko‘tarilishi — mavsumiy talab bilan bog‘liq oddiy holatlar. 6️⃣ Raqobat darajasi Bozorda sotuvchilar ko‘p bo‘lsa, har biri mijozni jalb qilish uchun narxni pasaytirishga harakat qiladi. Sotuvchilar kam bo‘lsa — narx odatda yuqori bo‘ladi. 7️⃣ Soliqlar Ba’zan narxlar davlat tomonidan belgilangan tartiblar yoki soliqlar tufayli o‘zgaradi. Soliq oshsa — mahsulot narxi ham oshadi. Aksincha, subsidiyalar berilsa — narx tushishi mumkin. ❗️Narxlarning o‘zgarishi — bu tabiiy iqtisodiy jarayon. Eng muhimi — narx nega o‘zgarganini tushunish orqali xaridni to‘g‘ri rejalashtirish va tejamkor bo‘lish mumkin. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
Ular halollik haqida gapiradi…Lekin tizimni yashirincha boshqaradi. Biz esa buni ko‘p hollarda payqamaymiz. Chunki o‘yin — juda katta. 📽 Yangi videoda global moliyaviy o‘yinning orqasini ko‘rasiz. Haqiqat esa biz o‘ylagandan ham murakkabroq. Bu videoda siz bilib olasiz: 🔹 yirik tizimlar soliqlardan qanday qilib “qonuniy” qochishini; 🔹 oddiy ishchilar va yetkazib beruvchilar qanday ekspluatatsiya qilinishini; 🔹 yashirin iqtisodiyot qanday qilib siyosiy ta’sirga aylanib borishini; 🔹 va eng qiziq tomoni: har safar xarid qilganingizda, siz ham bu tizimni bilmasdan qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishingiz mumkinligini. 👉 To‘liq videoni YouTube sahifamizda ko‘ring: https://youtu.be/Hi8QvO8Ky04?si=gcLaZ5a9mzc1-WvY

Pulli Gap
34 216
Kredit limiti qanday ishlaydi? 💱 Hozirgi kunda do‘konlarda yoki ilovalarda bir gapni tez-tez uchratmoqdamiz: “Sizda palonchi
Kredit limiti qanday ishlaydi? 💱 Hozirgi kunda do‘konlarda yoki ilovalarda bir gapni tez-tez uchratmoqdamiz: “Sizda palonchi so'm kredit limiti bor”. Xo'sh, kredit limiti nima? Keling, bugun shu mavzuni juda sodda qilib tushuntiramiz. Kredit limiti — bu sizniki bo‘lmagan, lekin hozir vaqtinchalik ishlatishingiz mumkin bo‘lgan pul. Bank sizning xarid qilish odatlaringiz, daromadingiz va kredit tarixingizni ko‘rib chiqadi. Keyin: “Bu mijozga hozircha shu miqdorni ishonch bilan bersak bo‘ladi”, — deb sizga kredit limitini ajratadi. 😊 Nega bank buni bepul bermaydi? Chunki bu — xavf. Bank sizga bugun mahsulotni olib ketishga ruxsat beradi. Siz esa keyin to‘laysiz. Bu orada: *️⃣sizning daromadingiz o‘zgarishi mumkin, *️⃣to‘lov kechikishi mumkin, *️⃣umuman to‘lab bermaslik xavfi ham bor. Shuning uchun limitning narxi — foiz yoki komissiya bilan o'lchanadi. 😊 Limit o'zi qanday shakllanadi? Bank odatda uch narsaga qaraydi: 1️⃣Sizning kredit tarixingizga: Oldin to‘lovlarni vaqtida qildingizmi Kechiktirmadingizmi? Bu — eng asosiy ko‘rsatkich. 2️⃣Daromad va xarajatlar Sizda doimiy tushum bormi? Xarajatlar daromadni yutib yubormaydimi? Shu kabilar o'lchanadi. 3️⃣Xavf ko'rsatkichi Kimdir uchun 3 mln so‘m — xavfli bo'lishi mumkin. Kimdir uchun esa10 mln so‘m ham muammo emas. 😊 Limitdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 3 maslahat: 1️⃣Limitni doimo 30–40% holatda tuting. Kutilmagan xarajatlar uchun joy qolsin. 2️⃣To‘lov sanasini kalendarga qo‘ying Kechikish — eng zararli narsa. Agar kechiktirsangiz, kredit tarixingiz buziladi. Keyinchalik zarur bo'lgan hollarda bank sizga kredit ajratmaydi. 3️⃣Limitni daromad emas, vaqtinchalik ko‘prik sifatida qabul qiling Unutmang: bu sizga bugungi xaridni ertangi daromad bilan qoplash imkoniyatini beradi. Shu xolos. Bu postni kredit limitini o'zini puliday ishlatib yuboradigan tanishlaringizga yuborib qo'ying! TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
Kartadan-kartaga foizsiz pul o'tkazuvchi ilovalar 🚗 Chakana Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0% 🏦 Alliance Pay ilovasida — bir oyda 10 mln so‘mgacha 0% (Humo kartalari orasida 100 mln so‘mgacha) 🏦 BRB mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 MKBank Mavrid ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 SQB Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Anorbank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% (ushbu limit dastlabki ikki oy davomida amal qiladi) 🏦 Hamkor Mobile ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Open bank ilovasida — bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% ▪️ Sello Pay ilovasida bir oyda 5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Davr Mobile 2.0 ilovasida bir oyda 3.5 mln so‘mgacha 0% 🏦 Milliy 2.0 ilovasida bir oyda 3 mln so‘mgacha 0% ➖alif mobi ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0% 💰 Humans ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0% ▫️OQ ilovasida bir oyda 1 mln so‘mgacha 0%. 🏦 TBC Bank‘ning Salom kartasi bilan TBC ilovasida komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin 💳Ushbu limitlar deyarli barcha bank ilovalari va to‘lov tizimlarida mavjud. Eng muhim jihati — Uzcard yoki Humo kartangiz bo‘lsa kifoya. ❗️Eslatma: ayrim limitlardan oshganda qo‘shimcha komissiya olinishi mumkin. Shu sababli to‘lovlarni belgilangan limit ichida amalga oshirish tavsiya etiladi — shunda ortiqcha xarajat qilmaysiz TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
🎙 Pulli Gap Talk'ning yangi sonida restorator, "Khanate" restorani asoschisi Faxriddin Atamuratov mehmonimiz bo'ldi. Suhbat davomida biz quyidagilar haqida gaplashdik: 🔹 Restoran ochish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich sarmoya 🔹 Ofitsiantlik haqidagi keng tarqalgan stereotiplar 🔹 Kuchli raqobat bo'lgan bozorda qanday ajralib turish mumkinligi 🔹 Xorazm taomlarining o‘ziga xosligi va ularni to‘g‘ri tanishtirish sirlari 💡 Faxriddin Atamuratovning fikricha, ofitsiantlik — “yengilroq kasb” emas. Aksincha, to‘g‘ri ishlatilsa, u katta daromad, katta mas’uliyat va katta madaniyat talab qiladigan soha. 📺 Videoni tomosha qiling, izohlarda fikringizni qoldiring va do‘stlaringiz bilan ulashing: https://youtu.be/SgU-t0Zi110

Pulli Gap
34 216
❓Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ul
Ekologik stikerlar nima va uni qayerdan olsa bo'ladi? Xabaringiz bor, avtotransportlarning ekologik toifasini aniqlash va ularga stiker berish tartibi tasdiqlandi. Bu nima degani? Endi mashinangizning ekologik holati rasmiy mezonlar asosida baholanadi va natijaga qarab “yashil”, “sariq” yoki “qizil” stiker beriladi. Eng qulay tomoni — bularning barchasini my.gov.uz orqali ham olish mumkin. 🚘 Mashina qanday mezonlarga ko‘ra baholanadi? Ekologik toifa — bu avtomobilingizning qanchalik “toza” yoki “iflos” ekanini bildiruvchi daraja. Nizomga ko‘ra: 🔹 Benzin, LPG, CNG (gaz)da yuradigan mashinalar: Yevro-2 va yuqori — “toza” Yevro-0, Yevro-1 — “o‘rta” 🔹 Dizel mashinalar: Yevro-4 va yuqori — “toza” Yevro-3 — “o‘rta” Yevro-0, 1, 2 — “zararli” 🔹 Gibridlar, muqobil yoqilg‘i va 3 yildan kichik mashinalar: Doim “toza” toifaga kiradi. 😊Stickerlarni kim beradi? Ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ekologik stikerlar Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi. 💡Stickerlar uch xil rangda bo'ladi: 🟢 Yashil — toza 🟡 Sariq — o‘rta 🔴 Qizil — zararli Eng muhimi — stikerlar muddatsiz, ya’ni bir marta olasiz, tamom. 🖥 Qanday olish mumkin? Stiker olish uchun: IIV YHX xizmatining rasmiy saytiga yoki my.gov.uz (YIDXP) ga kirib ariza topshirasiz. Arizangiz mezonlarga mos bo‘lsa, mashinangizga tegishli ekologik stiker tayyorlab beriladi. Yangi tartib bilan avtomobillarni ekologik nazoratga moslashtirish orqali shahar havosi yanada toza bo‘lishi kutilmoqda. Postni barcha mashina haydaydigan tanishlaringizga yuborib qo'ying 🙃 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgaris
1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi? 😊Pulli Gap O'zbekistonda 1-dekabrdan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi. 1️⃣Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi Aholini sifatli va ekologik toza yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda Ai-80 benzinini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida sotishning oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. 2️⃣Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yangi tizim joriy etiladi Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida “iste’molchi — tadbirkor — nodavlat notijorat tashkilotlar — davlat organlari” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 3️⃣Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma ko‘rsatish talab etilmaydi Idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali yana quyidagilar bekor qilinadi: *️⃣nikohlanuvchi shaxslarda FHDY organlari tomonidan nikoh qayd etilganda, tibbiy ko‘rik natijalari taqdim etilganda, shuningdek, nikohdan ajralishda sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda; *️⃣respublika hududida notarial tasdiqlangan nikoh shartnomalari asl nusxalarini notariuslar tomonidan ularning nusxasini “Notarius” ATga majburiy yuklash tartibini joriy etish hisobiga. 4️⃣Ekologiya bo‘yicha ma’lumotlar ochiq bo‘ladi O‘zbekiston Atrof-muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha axborotdan foydalanish, qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning ishtiroki va odil sudlovga erishish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilgani munosabati bilan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi ma’lumotlar bazasining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi va unga ma’lumotlarni joylashtiradi. 5️⃣Barcha mahallalar – bitta reyestrda 2025-yil 1-noyabrda yakunlangan mahallalar auditi natijasida ular to‘g‘risida to‘plangan ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan mahalla fuqarolar yig‘inlarining yagona reyestri 1-dekabrgacha to‘liq ishga tushiriladi. 6️⃣Tadbirkorlarga qo‘shimcha ravishda kafolatlar taqdim etiladi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafilliklar ayrim shartlarda taqdim etiladi 7️⃣Seysmologik onlayn platforma ishga tushiriladi Platforma quyidagilarni o‘z ichiga oladi: *️⃣ehtimoliy zilzilalarning mintaqaviy akselerogrammalari bazalari; *️⃣ilmiy tahlillar asosida respublika hududlarini seysmik xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflashni nazarda tutuvchi umumiy seysmik va batafsil rayonlashtirish xaritalari; *️⃣respublikada mavjud bo‘lgan faol tektonik yoriqlar xaritalari. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
💳 Bo‘lib to‘lash rostdan ham qimmatmi? Hech o'ylab ko'rganmisiz, bo'lib to'lash nega qimmatdek tuyiladi? Bu faqat inflyatsiya emas. Bu — risk, vaqt va xizmat xarajatlarining birlashgan narxidir. Do‘kon sizga mahsulotni bugunoq beradi, siz esa keyin to‘laysiz. Shu oraliqda nima bo‘ladi? *️⃣Kimdir to‘lovni kechiktiradi. *️⃣Kimdir umuman to‘lamaydi. *️⃣Tizimning o‘zi ham doimiy xizmat xarajatlarini talab qiladi. ❓ Demak, bo‘lib to‘lash siz uchun xarajatmi yoki imkoniyat? Navbatdagi videoda shu mavzuda batafsil gaplashamiz: https://youtu.be/M79hbvMFE_I?si=JmbzMBGAp2VHOBMR

Pulli Gap
34 216
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish! Ko‘pchilik hali ham mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishni
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish — bir necha soniyalik ish! Ko‘pchilik hali ham mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishni qiyin, navbat kutadigan jarayon deb o‘ylaydi. Aslida esa hammasi bitta telefon va my.gov.uz orqali hal bo‘ladi. 💡 Agar sizga kredit olish, ishga kirish, pensiya hujjatlari, yoki shunchaki rasmiy ma’lumot uchun kerak bo‘lsa — bu xizmat aynan shu vaziyatlar uchun. 📱 Xo'sh, ko'chirma qanday olinadi? 1️⃣ my.gov.uz’ga kirasiz va bosh sahifadan “Bandlik va mehnat” bo‘limini tanlaysiz. 2️⃣ “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish” xizmatini bosasiz. 3️⃣ Xizmat tavsifi bilan tanishib, davom etasiz. 4️⃣ Ariza ichida sizning shaxsiy identifikatsion raqamingiz avtomatik ravishda chiqadi — hech narsa yozmaysiz. 5️⃣ Faqat tilni tanlaysiz va kichik arifmetik misolga javob berasiz. ✅ “Foydalanish”ni bosgan zahoti, tizim sizning ish faoliyatingiz bo‘yicha rasmiy ko‘chirmangizni shakllantirib beradi. 📥 Va eng zo‘ri — uni darhol yuklab olishingiz, tashkilotlarga yuborishingiz yoki ariza hujjatiga qo‘shishingiz mumkin. Hammasi onlayn, shunchaki tez. Postni barcha yaqinlaringizga yuborib qo'ying 😉 TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ush
💸 Har kuni 10 000 so'mdan tejasangiz nimalar bo'ladi? Hamma “ko‘proq pul topish” haqida gapiradi. Lekin ko‘pchilik pulni ushlab qolish — eng qiyin ko‘nikma ekanini unutib qo'yadi. 10 ming so‘m — bu bir nechta pechenye, saqich, bir baklajka kola bo'lishi mumkin. Kun davomida sezilmaydi ham. Ammo mana shu sezilmaydigan narsa — moliyaviy tartibning boshlanishidir. 📌 Tasavvur qiling: Siz bugundan boshlab har kuni 10 000 so‘mni chetga olib qo‘yasiz. Bu ko‘p ham emas, kam ham emas — bitta odat. 1 oy → 300 000 so‘m 6 oy → 1,8 million so‘m 1 yil → 3,6 million so‘m “Bu puldan nima foyda bo‘ladi?” deyishingiz mumkin. Ammo asl savol boshqa: Siz hozir 3,6 million so‘mni birdan hech qanday qiyinchiliksiz topa olasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa — demak, bu odat aynan sizga kerak. 💡 Kichkina odat — katta xavfsizlik yostig‘i Hayotda kutilmagan to‘lovlar har doim bor: • telefon buzilishi, • avtomobil remonti, • tibbiy xarajatlar, • sovg‘a, safar, ish uchun zarur bo‘lgan xaridlar… Mana shu “tushunarsiz qayerdandir chiqadigan” to‘lovlar uchun odamlar ko‘pincha qarzga kiradi. Lekin oddiy 10 ming so‘mli odat buni oldini oladi. 🧠 Tejamkorlik — bu qashshoqlik emas. Bu o‘zingni qiynash ham emas. Bu shunchaki: “Men har oy o‘zimga va kelajagimga 300 000 so‘mlik hurmat qilaman” degan fikr. Shu odat sizga quyidagilarni beradi: moliyaviy tartib, nazorat hissi, xavfsizlik, kutilmagan xarajatlarda asabiylashmaslik, sekin-asta boylik hissi. Boylik — katta qadamlardan emas, mayda-mayda odatlarning yig‘indisidan boshlanadi. 🔥 Bugunoq boshlang — atigi 10 ming so‘m bilan. Albatta, bu pul sizni darhol boy qilmaydi. Lekin bir yil o‘tib, ortga qarab: “Ey, men bunga qodir ekanman-ku!” deb aytib qo‘yasiz. Xo'sh, bu odatni boshlaysizmi? TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
Tasavvur qiling… dunyoda hech qachon urush bo‘lmagan. Hech qayerda portlashlar bo'lmagan. Hech bir ota-onaning ko‘zi yoshga to‘lmagan. Insoniyat faqat mehnat qilgan, yaratuvchanlik qilgan, raqobat qilgan. ❓ Shunaqa dunyoda biz qayerga yetgan bo‘lardik? Videoda shu haqida o‘ylab ko‘ramiz: 🔹 Urushsiz iqtisodiyot — qanaqa bo‘ladi o‘zi? 🔹 Har yili qurollarga ketayotgan pul — agar ilm-fanga, ta’limga, texnologiyaga berilsa, dunyo qay darajada o‘zgaradi? 🔹 “Tinchlik — foyda” degan gap shunchaki shior emasligini qanday isbotlash mumkin? 🔹 Urush bo‘lmasa, pulning qadr-qimmati o‘zi qanday bo‘lardi? ❗️Hozir dunyo qurollanishga ikki trillion dollar sarflayapti. Ikki trillion! Bu pul aslida kimning orzulari, kimning kelajagi hisobidan ketmoqda? Videoda mana shu savolning tagiga yetamiz. 📱 Tomosha qiling: https://youtu.be/pa6pB6ASO0U?si=TGjs4IOXD3BTId9g

Pulli Gap
34 216
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit ol
⚠️ "Kredit olib beramiz" — yangicha firibgarlik Oxirgi oylar ichida Telegram’da bir xil tipdagi xabarlar ko‘paydi: “Kredit olib beramiz”, “Past foizli kredit bor”, “Tezkor kredit tasdiqlaymiz”. Shunday turdagi moliyaviy tuzoqlardan qanday himoyalanish mumkin? Bir qaraganda oddiy reklama. Ammo aslida — bu hozirda eng faol rivojlanayotgan firibgarlik sxemalaridan biri. Bugun biz shu mavzuda siz bilan suhbatlashamiz. Avvalo, shu turdagi firibgarlarning 3 asosiy usulini sanab o'tsak: 1️⃣ Kredit olish uchun “komissiya” Firibgar sizdan “ariza topshirish”, “tasdiqlash”, “tezlashtirish” bahonasida 50 000 — 300 000 so‘m so‘raydi. Pulni oladi — yo‘qoladi. Qarabsizki, kredit ham yo'q, pul ham. 2️⃣ Pasport ma’lumotlari va shaxsiy ma'lumotlarni so‘rash “Agar sizga kredit berishmagan bo'lsa, biz sizga olishga yordam beramiz”, deb: pasport rasmini, selfi surat, bank kartasi raqamini so‘rashadi. Bu ma’lumotlar orqali sizning nomingizga kredit olib qo‘yishlari mumkin. 3️⃣ “Bank xodimi”ga o‘xshab gapirish ❗️Firibgarlar bank logotipidan foydalanadi, ovozli xabar yozadi, hatto “shartnoma” yuboradi. Lekin bitta narsa ularni fosh qiladi: bank hech qachon kredit berish uchun oldindan pul so‘ramaydi. 🛡 Bunday firibgarlardan o‘zimni qanday himoya qilaman deb o'ylayapsizmi? Buning uchun oddiygina kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishingiz kerak: 😊 Hech qachon oldindan pul to‘lamang: bu — firibgarlikning birinchi belgisidir. 😊 Haqiqiy bank faqat rasmiy kanallarda javob beradi: Telegram’dagi shaxsiy akkaunt — bu bank emas. Rasmiy kanallar: bank veb-sayti, aloqa markazi, bank mobil ilovasi, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar bo'lishi mumkin 😊 Shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamga bermang: passport, selfi, karta raqami 😊 “Judayam past foiz” — 99% firibgarlik: banklar foizlarni davlat talablari asosida belgilaydi. 10–15% dan past foizda kredit taklif qilayotgan bo‘lsa — demak, yolg‘on. 😊 Profilni tekshiring: yangi anonim akkaunt bu juda xavfli, izohlar haqiqiymi, rasmiy sahifami. 🚨 Agar firibgarlikka uchrab qolgan bo'lsangiz darhol: 1️⃣ Kartani bloklang 2️⃣ Bankka qo‘ng‘iroq qiling 3️⃣ IIV Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qiling 4️⃣ Sizga firibgar yozgan akkauntni bloklang Bugungi kunda eng yaxshi moliyaviy savodxonlik — bu shubhali havolalarga bosmaslik va “tezkor pul”ga ishonmaslik. Kredit olish — jiddiy jarayon. Uni Telegram’dagi anonim akkauntga ishonib topshirish — pulingizni o‘z qo‘lingiz bilan begona odamga berish bilan baravar. Kreditni bevosita bank orqali yoki rasmiy bank mobil ilovasi orqali rasmiylashtiring. Postni barcha tanishlaringizga yuborib qo'ying TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati -
Rasmiy daromadga ega bo'lmaganlar uchun avtokreditlarni bir joyda jamladik 🏦 Agrobank ◦ Foizi - 26% dan boshlab ◦ Muddati - 5 yilgacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1216 🏦 O‘zmilliybank ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 1344 🏦 Asia Alliance Bank ◦ Foizi - 0%dan 19,5%gacha ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - Avtomobil narxining 75% gacha Batafsil 1270 🏦 Xalq banki ◦ Foizi - 24% ◦ Muddati - 60 oy ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 50% Batafsil 1106 🏦 Turonbank Imkoniyat 2.0 ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil Green Avto ◦ Foizi - 25% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil AvtoSelf 2.0 ◦ Foizi - 25,99% ◦ Muddati - 48 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 30% dan boshlanadi Batafsil 🏦 SQB ◦ Foizi - 25% dan 28% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 35% dan boshlanadi Batafsil 1180 🏦 BRB ◦ Foizi - 0% dan 18,5% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1254 🏦 MKBank ◦ Foizi - 26% ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1285 🏦 Apex bank ◦ Foizi - 0% dan 22% gacha ◦ Muddati - 60 oygacha ◦ Boshlang‘ich to‘lov - 25% dan boshlanadi Batafsil 1881 Ushbu postni mashina olmoqchi bo'lib yurgan do'stingizga yuborib qo'ying 🚗 ❗️Eslatma: Ma'lumotlar o'zgarishi mumkin. Ularni bevosita bankdan aniqlashtirish tavsiya etiladi. TelelgramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 216
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladig
🔖 Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning boj­siz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilangan: 1️⃣Qiymat bo‘yicha limitlar: 🔹 Havo transportida — 1000 AQSh dollari; 🔹 Temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari; 🔹 Avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari; 2️⃣ Pochta / kuryer jo‘natmalari: 🔹 Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali — 200 AQSh dollari; 🔹 Xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 AQSh dollari. 3️⃣ Chet elda qolish muddati talablari 🔹Agar siz havo transporti orqali kirayotgan bo‘lsangiz, chet elda kamida 3 kun bo‘lishingiz kerak, aks holda bojsiz limit qo‘llanilmaydi. 🔹Agar avtomobil yoki piyoda chegaradan qaytayotgan bo‘lsangiz — kamida 2 kun chetda bo‘lish shart. 4️⃣Maxsus tovarlar uchun miqdor cheklovlari 🔹 Alkogol (ichimlik): 2 litr gacha. 🔹 Tamaki mahsulotlari: 200 dona sigaretga qadar; sigaralar: 5 dona. 🔹 Parfyumeriya (atirlar): 3 shisha, har biri 300 ml dan oshmasligi kerak. Biologik faol qo'shimchalar: 🔹Suyuqlik shaklida (siroplar) — 10 shisha gacha. 🔹Kukun — 0.5 kg gacha. 🔹Tabletkalar — 100 dona. 🔹Kapsulalar — 100 dona yoki 4 ta PET idishga qadar. 🔹Quruq shaklda (o‘simlik qismlari, ildizlar): 0.5 kg gacha. TelelgramInstagramYouTubeTikTok