Pulli Gap
前往频道在 Telegram
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap
显示更多📈 Telegram 频道 Pulli Gap 的分析概览
频道 Pulli Gap (@pulli_gap) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 31 624 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 823,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 505 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 31 624 名订阅者。
根据 01 九月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -734,过去 24 小时变化为 -6,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 44.93%。内容发布后 24 小时内通常能获得 N/A% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 0 次浏览,首日通常累积 0 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi
© Agrobank
Instagram: https://www.instagram.com/pulligap
Biz bilan aloqa: @pulligap_bot
http://myurls.co/pulligap”
凭借高频更新(最新数据采集于 02 九月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。
31 624
订阅者
-624 小时
-1767 天
-73430 天
帖子存档
31 637
QR o‘zi nima va u qanday ishlaydi?
QR — bu shunchaki rasm emas. U ma’lumot saqlaydigan kvadrat kod. Xo'sh, u nega kvadrat va nuqtali?
Avvalo, bu dizayn bezak uchun emas.
🔳 Burchaklardagi katta kvadratlar — kameraga kodni to‘g‘ri o‘qishga yordam beradi
🟢 Mayda nuqtalar — ichidagi ma’lumotlar
Shu sababdan QR buklansa ham, biroz yirtilsa ham
ko‘pincha o‘qiladi.
🗣️ QR so‘zi Quick Response degani — ya’ni tezkor javob.
U 1994-yilda Yaponiyada paydo bo‘lgan. Avval avtomobil zavodlarida ehtiyot qismlar haqidagi ma’lumotni tez o‘qish uchun ishlatilgan.
Keyinchalik telefon kamerasi rivojlandi va QRni turli to‘lovlarda: transportda, menyuda, do'konlarda, hujjatlarda ishlatish keng tarqaldi.
😊 QR ichida aslida nima bor?
❓Ko‘pchilik QR ichida pul bor deb o‘ylaydi.
❌ Yo‘q, QR ichida pul yo‘q.
QR ichida shunchaki matn (ma’lumot) bor, xolos.
Masalan: bank hisob raqami, karta raqami yoki tokeni, to‘lov qabul qiluvchining ID raqami, ba’zan summa bo'ladi.
➡️ Oddiy qilib aytganda QR — bu yo‘l ko‘rsatkich kabi. Pul esa siz tasdiqlaganingizdan keyin o‘tadi. Agar tasdiqlamasangiz — hech narsa bo‘lmaydi.
😊 QR to‘lov qanday ishlaydi?
1️⃣ Sotuvchi QR qo‘yadi
2️⃣ Siz telefoningiz bilan skaner qilasiz
3️⃣ Telefon QR ichidagi ma’lumotni o‘qiydi
4️⃣ “Mana shu joyga shuncha pul o‘tkazilsinmi?” deb so‘raydi
5️⃣ Siz tasdiqlaysiz
6️⃣ Pul o‘tadi
💬 Shuning uchun QR’dan qo‘rqish kerak emas,
lekin nima tasdiqlayotganingizni bilish kerak.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
Armiya rivoji — kelajak ishonchi 🇺🇿
Prezident raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida armiya va harbiylar uchun muhim qarorlar belgilandi.
Harbiylar va yoshlar uchun belgilangan yangi vazifa va imkoniyatlar haqida videoni tayyorladik.
Tomosha qiling 👇
https://www.instagram.com/reel/DTe0vR7DWEh/?igsh=MTkzNGw1a2x0MGNwYg==
31 637
Biz bugundan “PulliGap tavsiya qiladi” ruknini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Bu ruknda sizga turli yo‘nalishlarda o‘z tavsiyalarimizni berib boramiz.
Xo‘sh, keling ilk tavsiyamiz kitob bo‘lsin.
📚 Pul psixologiyasi
✍️ Muallif: Morgan Housel
Qisqacha u haqida: Bu kitob pul bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha bilim yetishmasligidan emas, balki insonning fikrlashi va xulq-atvoridan kelib chiqishini tushuntiradi. Boylik faqat ko‘p pul topish emas, balki uni to‘g‘ri boshqarish, sabr qilish va hissiyotlarni nazorat qilish bilan bog‘liq.
"Pul bilan muvaffaqiyat — bu aql bilan emas, xulq bilan bog‘liq” degan asosiy g‘oya real hayotiy misollar orqali sodda va tushunarli tarzda ochib beriladi.
😊 Kitob kimlar uchun?
*️⃣ Ko'p pul topib, lekin uni baribir yetkazomayotganlar
*️⃣ Jamg‘arma yoki investitsiya qilishni boshlamoqchi bo‘lganlar
*️⃣ Pul borasidagi xatolarini tushunmoqchi bo‘lganlar
*️⃣ “Nega ba’zilar pulni yaxshi jamg'ara oladi, boshqalar esa yo‘q?” deb o‘ylaydiganlar
Pul haqida ko‘p bilish emas, to‘g‘ri fikrlash muhimligini anglashni xohlasangiz — bu kitob aynan siz uchun!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
Barcha kreditlaringizni bittasiga birlashtirish mumkinmi?
Ha, albatta. Buning qulay yechimi bor:
“Arzon” mikroqarzi — doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganlar uchun ayni muddao!
📌 Shartlari qisqacha:
100 mln so‘mgacha, 4 yilgacha, yillik foiz stavkasi — 28% dan boshlab
🏦 Bank filiallari orqali rasmiylashtiriladi
Atigi 3 qadamda barcha kreditlarni bittasiga birlashtiring 👇
1️⃣ “Arzon” mikroqarzini rasmiylashtiring
Qayta moliyalashtirish uchun ariza topshiring. Tasdiqlangach, mablag‘ Agrobank kartangizga tushadi.
2️⃣Eski kreditingiz bo‘lgan bank ilovasiga kiring
Agrobank kartangizni ilovaga qo‘shing. Agar ilova bo‘lmasa — yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting.
3️⃣ Kreditni muddatidan oldin yoping
“Kreditlar” bo‘limidan kreditingizni tanlang va “Muddatidan oldin to‘liq yopish” tugmasini bosing.
To‘lov uchun Agrobank kartangizni belgilang.
✅ Ana bo‘ldi! Eski kreditlar yopildi.
Endi sizda faqat bitta — “Arzon” kredit qoldi.
Ha, aytgancha Agrobankning “Arzon” mikroqarzini rasmiylashtirgan mijozlar orasida 5 ta Chevrolet Onix avtomobili ham o‘ynalmoqda. Aksiya haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.
💡 Bu postni bir necha kreditlari bor tanishingizga jo'natib qo'ying
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
Kredit va qarzlarni to'g'ri boshqarish 🛍
🖥 Yil boshi — bu yangi rejalar, yangi maqsadlar va hayotni tartibga solish uchun eng yaxshi vaqt. Ko‘pchilik aynan shu davrda moliyaviy holatini qayta ko‘rib chiqadi: daromadlari, xarajatlari va albatta kredit hamda qarzlarini ham.
Bugungi kunda kredit va qarzlar ko‘pchilik hayotining bir qismiga aylangan. Uy olish, biznes boshlash yoki zarur ehtiyojlar uchun kredit olamiz. Ammo uni noto‘g‘ri boshqarsak, moliyaviy bosim va stress paydo bo‘ladi.
📌 Bugungi postimizda kredit va qarzlarni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha sodda va tushunarli tavsiyalarni bir yerga jamladik.
1️⃣ Kreditni faqat zarur bo‘lsa oling
Har bir xohish uchun kredit olish to‘g‘ri emas. Kredit — bu majburiyat. Uni faqat haqiqatan kerak bo‘lsa va daromadingizdan qoplay olsangiz oling.
2️⃣ Daromad va xarajatingizni aniq hisoblang
Oylik daromadingizni va majburiy xarajatlaringizni yozib chiqing. Kredit to‘lovingiz daromadingizning 30–40 foizidan oshmasligi shart. Shunda kundalik hayotingizga zarur xarajatlar uchun pulingiz yetadi.
3️⃣ Foiz va shartlarni tushunib oling
Kredit olayotganingizda faqat oylik to‘lovga emas, umumiy qaytariladigan summasiga e'tibor qarating. Foiz stavkasi, jarimalar, kechiktirish shartlarini albatta o‘qib chiqing. Tushunmagan joyingiz bo‘lsa, so‘rashdan tortinmang.
4️⃣ Kreditingizni ko‘paytirmang
Bir kreditni yopmasdan turib, boshqasini olish xavfli. Bu “qarz ichida qarz” holatini keltirib chiqaradi. Avval mavjud qarzlarni tartibga soling. So'ngra esa boshqasini olishingiz mumkin.
5️⃣ Zaxira jamg‘arma yarating
Kutilmagan fors-major holatlari bo‘lishi mumkin. Hech bo‘lmasa 2–3 oylik xarajatlarga yetadigan jamg‘armangiz bo‘lsa, kredit to‘lovlarini kechiktirmaysiz.
6️⃣Qarzni vaqtida yoping
To‘lovni kechiktirsangiz peniya yozilishi mumkin, bundan tashqari kredit tarixingiz yomonlashishiga olib keladi. Iloji bo‘lsa, to‘lovni muddatidan oldin yoping — bu foizlarni kamaytiradi.
Kredit qachonki to‘g‘ri boshqarilsa, foydali vositaga aylanadi. O‘ylab qaror qabul qiling, hisob-kitobni aniq qiling va moliyaviy intizomga amal qiling. Shunda kredit sizga yuk bo‘lmaydi, aksincha, maqsadlaringizga yetishda yordam beradi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
🍞 Non har kuni dasturxonimizda bor, ammo uning ortida qancha mehnat borligini ko‘pchilik bilmaydi.
🎥 Bu safargi videoda nonvoyxonadagi haqiqiy jarayon, qancha sarmoya kerak, kunlik xarajatlar qancha, nechta non sotiladi-yu, bitta nondan qancha foyda qoladi shu mavzularda suhbatlashdik.
👉 Tomosha qiling,fikringizni izohlarda qoldiring: https://youtu.be/C0qWtPatjoU?si=ymD401dW-FHMRQGf
31 637
+5
Bugun — yilning birinchi kuni. Shu munosabat bilan siz uchun pul va uni to‘g‘ri boshqarish haqida ilhom beruvchi kinolarni jamladik 🎬💰
Dam olish kunlari “qaysi kinoni ko‘rsam ekan?” deb o‘ylayotganlar uchun ayni muddao.
Foydali, qiziqarli va motivatsiyaga boy tanlov — siz uchun maxsus ✨
Izohlarda qaysi birini ko'rganingiz haqida yozib qoldiring
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
1-yanvardan nimalar o'zgaradi?
😊Pulli Gap O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan yangiliklar va qonunchilikdagi o'zgarishlarni bir yerga jamladi.
1️⃣ Eskrou tizimi joriy etiladi
Prezidentning tegishli farmoni bilan qurilishda moliyaviy intizomni kuchaytirishi va mijozlar uchun xavfsiz muhit yaratishi maqsadida eskrou tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, endi barcha quruvchilar ulush kiritish asosidagi loyihalarini eskrou tizimi orqali amalga oshirishi majburiy bo‘ladi.
Eskrou tizimi qanday ishlaydi?
Mijozlar hali bitmagan uy uchun pulni quruvchiga to‘lamasdan, bankdagi eskrou hisobraqamiga qo‘yadi va bu pullar toki uy bitmaguncha quruvchining qo‘liga berilmaydi.
2️⃣ Ekologik transport stikerlari
Toshkent shahrida "Ekologik transport" tizimi birinchi bosqichda joriy etiladi. Bu haqda hukumatning tegishli qarorida keltirib o‘tilgan.
3️⃣ Moped va skuter haydovchilaridan “prava” so‘raladi
O‘zbekistonda moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi va ularni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Hujjatga ko‘ra, moped va skuterlarni, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3.gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalarini boshqarish uchun «A1» haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Individual harakatlanish vositalari bundan mustasno.
4️⃣ Maktab direktorlariga ustama
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
5️⃣ Ehsonlar naqd pulda yigʻilmaydi
2026-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Uchtepa va Mirobod tumanlarida qabriston hududidagi plombalangan turg‘un metall qutilarda xayr-ehsonlarni yig‘ishni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish tartibi bekor qilinadi. Turg‘un metall qutilarga o‘rnatilgan QR-kod tasviri vositasida bank plastik kartalari orqali naqd pulsiz onlayn shaklda ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish joriy etiladi.
6️⃣ Bepul tibbiy yordam
Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda bo‘ladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.
7️⃣ "President AI Award" tanlovi
Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
🎄 Yangi yil oldi – firibgarlar uchun “oltin mavsum”
Bayram yaqinlashsa, firibgarlar ham “ishga tushadi”. Bugun sizga eng ko‘p uchraydigan sxemalarni aytib beramiz 👇
💸 “Aksiya”, “bonus”, “sovg‘a yutdingiz”
Soxta sahifalar mashhur brendlar, banklar yoki marketlar nomidan sizga turli xildagi xabarlar yuboradi: “Yangi yil chegirmasi”, “Sovrin yutib oldingiz” kabi.
👉 Havola orqali karta ma’lumotlarini so‘raydi.
💬 Tanishingizdan xabar
Hozirgi kunda firibgarlar juda ko'plab Telegram tarmog'idagi akkauntlarni o'zlashtirib olib, tanishingiz yoki do'stingiz nomidan xabarlar yuboradi.
E'tibor bering, bunda: profil nusxalangan bo‘ladi, “Tez pul kerak” yoki menga ovoz bering deydi.
Ishonib pul yuborsangiz, pushaymon bo‘lasiz.
🎁 Bankdan sovg‘a
“Yangi yil munosabati bilan pul tushdi”, "Yordam puli" degan xabar keladi. Havolani bossangiz karta ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanadi!
⚠️ Eslab qoling:
✅ Hech kimga karta ma’lumotini bermang
✅ SMS-kodni hech qachon ulashmang
✅ Tanishingiz yozsa ham, avval qo‘ng‘iroq qilib tekshiring
✅ Shoshiltirsa — bu 99% firibgar
💬 Pul topish qiyin, yo‘qotish esa bir soniya. Firibgarlar tuzog'iga tushmang. Yangi yilni xotirjam kutib oling!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
🤔 Ayol kishi eridan ko‘proq pul topsa — bu normal holatmi?
Biz shu savol bilan turli yosh va qarashdagi insonlarning fikrini so‘radik.
— Erkak ko‘proq topishi shart, deb hisoblaydiganlar ham bor;
— Daromaddan ko‘ra hurmat va kelishuv muhim, deydiganlar ham
Fikrlar turlicha, bahs esa qizg‘in 🔥
👇 Siz nima deb o‘ylaysiz?
Erkak ko‘proq topishi shartmi yoki bu eskicha qarashmi? Izohda fikringizni yozib qoldiring 💬
YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/aAKcB4WcAAc?si=80ACl_VJWjqf2Pqj
31 637
😊 Bankomat qanday ishlaydi?
Ko‘pchiligimiz bankomatdan deyarli har kuni foydalanamiz: naqd pul yechamiz, balansni tekshiramiz, to‘lov qilamiz. Lekin u ichkarida qanday ishlashi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Keling, bugun shu haqda oddiy tilda tushuntirib beramiz.
1️⃣ Karta bankomatga kiritiladi 💳
Siz kartani joylashtirganda, bankomat kartadagi chip yoki magnit lentadagi ma’lumotlarni o‘qiydi. Bu orqali:
*️⃣karta qaysi bankka tegishli, amal qilish muddati, karta turi aniqlanadi.
2️⃣ PIN-kod kiritiladi 🔐
Bankomat PIN-kodni shifrlangan holatda bank tizimiga yuboradi. Agar kod to‘g‘ri bo‘lsa — keyingi bosqichga o‘tiladi, noto‘g‘ri bo‘lsa — operatsiya rad etiladi.
❗️Muhim: bankomat PIN-kodni saqlamaydi, faqat tekshiradi.
3️⃣ Bank bilan aloqa o‘rnatiladi
Bankomat internet yoki maxsus yopiq tarmoq orqali bank serveriga ulanadi va so‘rov yuboradi, shu kabilarni tekshiradi:
*️⃣hisobingizda pul bormi, kunlik limitdan oshib ketmadimi, karta bloklanmaganmi?
Bir necha soniyada javob keladi.
4️⃣ Operatsiya bajariladi 💚
Agar hammasi joyida bo‘lsa:
💵 pul beriladi
📄 chek chiqariladi (xohlasangiz)
📊 balans ko‘rsatiladi
Pul bankomat ichidagi maxsus kassalardan olinadi. Har bir kupyura alohida hisoblanadi va tekshiriladi.
5️⃣ Xavfsizlik tizimi ishlaydi 🛡
Bankomatlar 24/7 ishlaydi: shubhali harakatlarda avtomatik bloklash, karta ichkarida qolib ketishi mumkin (agar PIN-kod 3 marta xato kiritilsa), shu kabilarni videokamera orqali nazorat qiladi
Shu sababli bankomat “xato qildi” deb o‘ylaganimizda, ko‘pincha u sizni himoya qilayotgan bo‘ladi.
❗ Bilish foydali bo‘lgan maslahatlar:
*️⃣PIN-kodni hech kimga aytmang
*️⃣Bankomatda begona qurilmalar yo‘qligini tekshiring
*️⃣Pul chiqmay, hisobdan yechilib ketsa — darhol bankka murojaat qiling
Pul bilan bog‘liq har bir qadamda bilimli bo‘lish — eng katta foydangizdir 💡
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
Yangi yil oldi keraksiz xarajatlardan qanday qochish mumkin?
Yangi yil yaqinlashgani sari xarajatlar ham sekin-asta ko‘payadi. Sovg‘alar, dasturxon, bezaklar, kiyim-kechak…🛒
Ko‘p hollarda biz rejalashtirmagan pullarni ham sarflab yuboramiz. Natijada esa — bayramdan keyin pulimiz qolmaydi 💸
Bugun siz bilan Yangi yil oldidan pulni tejashga yordam beradigan oddiy maslahatlar bilan bo‘lishmoqchimiz.
1️⃣“Majburiy” xarajatlar tuzog‘iga tushmang
Yangi yil — kimdandir qimmat sovg‘a olish, eng qimmat stol tuzash yoki yangi kiyim olish majburiyati emas. Ko‘p xarajatlar faqat jamiyat bosimi sabab qilinadi, to'g'rimi?
❗️O‘zingizdan so‘rang: Bu xarajat menga haqiqatan kerakmi yoki shunchaki olgim kelgani uchunmi?
2️⃣ Oldindan limit belgilang
Bayram xarajatlari uchun aniq summa belgilab oling. Masalan:
*️⃣sovg‘alar uchun — X so‘m
*️⃣dasturxon uchun — Y so‘m
*️⃣boshqa mayda xarajatlar — Z so‘m
Limit bo‘lsa, impulsiv sarflash kamayadi, buni sinab ko'ring.
3️⃣ Chegirmalarga aldanmang
“−50%”, “faqat bugun” kabi yozuvlar ko‘pincha bizga kerak bo‘lmagan narsani sotib oldiradi. Arzon bo‘lgani uchun olish — tejash emas.
❗️Esingizda bo'lsin: Keraksiz narsa bepul bo‘lsa ham — bu cho'ntaginhizga zarar.
4️⃣ Sovg‘aning narxi emas, ma’nosi muhim
Qimmat sovg‘a emas, e’tibor va samimiyat ko‘proq esda qoladi. Ba’zan oddiy, lekin o‘ylangan sovg‘a qimmatroq taassurot qoldiradi.
5️⃣ Bayramdan keyingi hayotni ham unutmang
Yangi yil — bir kecha. Ammo kredit, qarz va bo‘sh hamyon bilan yanvarni boshlash — uzoq davom etadi.
O‘zingizga savol bering: 1-yanvarda moliyaviy holatim qanday bo‘ladi?
😊Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin: Yangi yilni chiroyli kutib olish uchun ko‘p pul emas, to‘g‘ri reja va ongli qaror yetarli. Bayram quvonch olib kelishi kerak, moliyaviy stress emas.
❗️Unutmang: pulni boshqarish — bayram kunlari ham muhim.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
💰 Toshkentda yashash uchun ideal oylik qancha?
Bu savolni biz 30 ta odamga berdik. Javoblar esa kutilganidek bir xil emas 👀
Kimdir: “5 mln yetadi” dedi, boshqasi “10 mln ham kam” dedi, yana kimdir esa “Oilaga qarab” deb javob berdi.
🎥 Videoni tomosha qiling —
balki siz ham o‘z javobingizni toparsiz: https://youtu.be/fHRCuR70M3w?si=t8Q7m6gPfNi0zQb0
31 637
📊Narxlar nega o‘zgaradi?
Hayotimizdagi deyarli barcha mahsulot va xizmatlarning narxi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Ba’zida narx oshadi, ba’zida esa pasayadi.
❓Hech o'ylab ko'rganmisiz, nega narxlar o'zgaradi?
Quyida bunga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillarni sodda qilib tushuntiramiz.
1️⃣ Talab va taklif o‘zgarishi
Narxlarning eng oddiy sababi — bozordagi talab va taklif nisbatining o‘zgarishi. Mahsulotga talab ko‘paysa, narx ko‘tariladi. Bozorda mahsulot ko‘payib ketsa esa, narx arzonlashadi.
Masalan, yozda sabzavotlar ko‘p bo‘lganligi uchun narx arzon bo‘ladi. Qishda esa talab yuqori, mahsulot esa kam — natijada narx ko‘tariladi.
2️⃣ Valyuta kursi ta’siri
"Dollar oshdi, shunga narx ham qimmatlashdi" degan gaplar ko'p qulog'imizga chalinadi, shunday emasmi? Chunki ko‘plab mahsulotlar xorijdan olib kelinadi. Import mahsulotlari narxi dollar yoki boshqa chet el valyutasi kursiga bog‘liq. Valyuta qimmatlashsa — import mahsulotlari ham qimmatlashadi. U tushsa — narxlar pasayishi mumkin.
Bu jarayon kundalik hayotda texnika, kiyim-kechak, avtomobil qismlari kabi mahsulotlarda yaqqol seziladi.
3️⃣ Ishlab chiqarish xarajatlari
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar o‘zgarsa, narx ham o‘zgaradi.
Masalan: xomashyo narxi oshsa, ishchi maoshi ko‘tarilsa, transport xarajatlari ko‘payib ketsa, u holda sotuvchilar majburan narxni oshirishi kerak bo‘ladi.
4️⃣ Yo‘l va logistika xarajatlari
Mahsulot iste’molchiga yetib kelguncha uzoq masofani bosib o‘tishi mumkin. Yo‘l puli, transport, saqlash va yetkazib berish narxga ta’sir qiladi.
Masalan, yonilg‘i narxi oshishi ko‘plab mahsulotlarga zanjirli ravishda qimmatlashish olib keladi.
5️⃣ Mavsumiylik
Yilning ayrim fasllarida mahsulotga talab oshishi narxga ta’sir qiladi. Qishda ko‘mir va kiyim narxi oshishi, yozda sovuq ichimlik va konditsioner narxi ko‘tarilishi — mavsumiy talab bilan bog‘liq oddiy holatlar.
6️⃣ Raqobat darajasi
Bozorda sotuvchilar ko‘p bo‘lsa, har biri mijozni jalb qilish uchun narxni pasaytirishga harakat qiladi. Sotuvchilar kam bo‘lsa — narx odatda yuqori bo‘ladi.
7️⃣ Soliqlar
Ba’zan narxlar davlat tomonidan belgilangan tartiblar yoki soliqlar tufayli o‘zgaradi. Soliq oshsa — mahsulot narxi ham oshadi. Aksincha, subsidiyalar berilsa — narx tushishi mumkin.
❗️Narxlarning o‘zgarishi — bu tabiiy iqtisodiy jarayon. Eng muhimi — narx nega o‘zgarganini tushunish orqali xaridni to‘g‘ri rejalashtirish va tejamkor bo‘lish mumkin.
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
31 637
Ular halollik haqida gapiradi…Lekin tizimni yashirincha boshqaradi.
Biz esa buni ko‘p hollarda payqamaymiz. Chunki o‘yin — juda katta.
📽 Yangi videoda global moliyaviy o‘yinning orqasini ko‘rasiz. Haqiqat esa biz o‘ylagandan ham murakkabroq.
Bu videoda siz bilib olasiz:
🔹 yirik tizimlar soliqlardan qanday qilib “qonuniy” qochishini;
🔹 oddiy ishchilar va yetkazib beruvchilar qanday ekspluatatsiya qilinishini;
🔹 yashirin iqtisodiyot qanday qilib siyosiy ta’sirga aylanib borishini;
🔹 va eng qiziq tomoni: har safar xarid qilganingizda, siz ham bu tizimni bilmasdan qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishingiz mumkinligini.
👉 To‘liq videoni YouTube sahifamizda ko‘ring: https://youtu.be/Hi8QvO8Ky04?si=gcLaZ5a9mzc1-WvY
31 637
Kredit limiti qanday ishlaydi? 💱
Hozirgi kunda do‘konlarda yoki ilovalarda bir gapni tez-tez uchratmoqdamiz: “Sizda palonchi so'm kredit limiti bor”.
Xo'sh, kredit limiti nima? Keling, bugun shu mavzuni juda sodda qilib tushuntiramiz.
Kredit limiti — bu sizniki bo‘lmagan, lekin hozir vaqtinchalik ishlatishingiz mumkin bo‘lgan pul.
Bank sizning xarid qilish odatlaringiz, daromadingiz va kredit tarixingizni ko‘rib chiqadi. Keyin: “Bu mijozga hozircha shu miqdorni ishonch bilan bersak bo‘ladi”, — deb sizga kredit limitini ajratadi.
😊 Nega bank buni bepul bermaydi?
Chunki bu — xavf. Bank sizga bugun mahsulotni olib ketishga ruxsat beradi. Siz esa keyin to‘laysiz. Bu orada:
*️⃣sizning daromadingiz o‘zgarishi mumkin,
*️⃣to‘lov kechikishi mumkin,
*️⃣umuman to‘lab bermaslik xavfi ham bor.
Shuning uchun limitning narxi — foiz yoki komissiya bilan o'lchanadi.
😊 Limit o'zi qanday shakllanadi?
Bank odatda uch narsaga qaraydi:
1️⃣Sizning kredit tarixingizga:
Oldin to‘lovlarni vaqtida qildingizmi Kechiktirmadingizmi? Bu — eng asosiy ko‘rsatkich.
2️⃣Daromad va xarajatlar
Sizda doimiy tushum bormi? Xarajatlar daromadni yutib yubormaydimi? Shu kabilar o'lchanadi.
3️⃣Xavf ko'rsatkichi
Kimdir uchun 3 mln so‘m — xavfli bo'lishi mumkin. Kimdir uchun esa10 mln so‘m ham muammo emas.
😊 Limitdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 3 maslahat:
1️⃣Limitni doimo 30–40% holatda tuting. Kutilmagan xarajatlar uchun joy qolsin.
2️⃣To‘lov sanasini kalendarga qo‘ying
Kechikish — eng zararli narsa. Agar kechiktirsangiz, kredit tarixingiz buziladi. Keyinchalik zarur bo'lgan hollarda bank sizga kredit ajratmaydi.
3️⃣Limitni daromad emas, vaqtinchalik ko‘prik sifatida qabul qiling
Unutmang: bu sizga bugungi xaridni ertangi daromad bilan qoplash imkoniyatini beradi. Shu xolos.
Bu postni kredit limitini o'zini puliday ishlatib yuboradigan tanishlaringizga yuborib qo'ying!
Telelgram • Instagram • YouTube • TikTok
