cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Izboskan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
545
Suscriptores
+124 horas
+37 días
+1930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
imtihon_manzillari #imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❗️MUHIM ESLATMA 📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi! 🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar lokatsiyasi 📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin. Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:👇 https://t.me/ima_shahrixon
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 Hurmatli ota-onalar! ⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi. 🗣 Jumladan: ✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang. 📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi. Bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan bitirdi. “Katta beshlik” fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar oxirgi to‘rt yilda 2 karra ko‘paydi. Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi. 🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi. Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz,
- dedi Prezident. 🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.