"UNIVERSAL" o'quv markazi
Ir al canal en Telegram
"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz
Mostrar más1 302
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
+1 01030 días
Archivo de publicaciones
Ro'yxatdan o'tganlar SMS-xabarnoma orqali "ARIZANGIZ TASDIQLANDI yoki RAD ETILDI mazmunida xabar kelgan. Nechta joyga topshirgan bo'lsangiz, shuncha sms keladi. Rad etildi degan sma kelgan bolsa yoki Sms kelmagan bo'lsa shaxsiy kabinetga kirib tekshirib qo'yish kerak.
⚠️⚠️⚠️
Ixtisoslashgan maktablarga hujjat topshiradigan o'quvchilar qabul 4-iyun kuni tugaydi. Hujjat topshirmaganlar, ertaga haratizi qiling.
❗️ PREZIDENT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan – 14-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❓Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Prezident maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
⚫️oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrikasi),
⚫️tegishli oʻquv yili natijalariga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabel,
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari,
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
❗️DIQQAT
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” (aʼlo) boʻlishi lozim.
❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
⚫️ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
+3
#эълон
ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади!
✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?!
Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд.
🎓"UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун барча ўқувчиларига қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
▪️Она тили (миллий сертификат)
▪️Математика (миллий сертификат)
▪️Тарих (миллий сертификат)
❗️Барча миллий сертификат курслари 2026 йил 1-июндан старт олади.
ШУНИНГДЕК:
✅ 2-3-4-5-6-синф ўқувчилари учун
(математика ва инглиз тили)
✅ 5-6-синф ўқувчилари учун
(биология ва инглиз тили) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари.
⚡️Ҳозирни ўзида ўқув курсларга ёзилинг👇
@universal_admin1976
📞 +998905999532
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📍Манзил: Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ.
🎯Мўлжал: Косонсой ихтисослаштирилган мактаби рўпарасида.
#qabul_2026
#infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📊 Ushbu arizalarning 31-may soat 12:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
☎️ Call-markaz: 1206
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi
#abituriyent
Qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich:
abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;
Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot universitetiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich:
abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?
Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, o’tgan yildan boshlab oltinchi yo’nalishni tanlash imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beshta yo’nalishiga o’qishga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yo’nalish tanlash esidan chiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi to’g’ri keladigan va bali yetadigan oltinchi yo’nalishni ham tanlashi mumkin bo’ladi.
Shuningdek, o’qishga kira olmagan abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.
#english
My teacher👨🏫
📱Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
Ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarimiz, ro'yxatdan o'tgan nomeringlarga xuddi shunday "ARIZANGIZ TASDIQLANDI" degan sms keladi.
📱Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING 4-SINF BITIRUVCHISI NECHTA MAKTABGA HUJJAT TOPSHIRA OLADI?
✅ JAVOB: 4-sinf bitiruvchisi:
➡️ Prezident maktabiga hamda unga qo‘shimcha (alternativ) ravishda hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga;
➡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga yoki uning hududdagi filialiga;
➡️ hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga hamda unga qo‘shimcha (alternativ) ravishda shu hududdagi yana bir ixtisoslashtirilgan maktabga;
➡️ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirish imkoniyatiga ega.
⚫️ Shunga ko‘ra, mazkur o‘quvchi 4 marotaba ariza yuborish orqali 6 ta maktabga hujjat topshirishi mumkin.
⚫️O‘quvchining hujjatlari qabul qilingan taqdirda, u belgilangan har xil kunlarda 4 ta alohida kirish imtihonlariga qatnashadi va to‘plagan bali yetarli bo‘lgan taqdirda barcha 6 ta maktabga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatlar qabuli ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - 1206 qisqa raqamiga murojaat qiling
#muhim
⁉️Qabul 14-iyungacha davom etadimi⁉️
Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 25-maydan boshlandi va qabul 14-iyungacha davom etadi.
Ammo, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlari hamda tayanch ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 15-maydan boshlandi va qabul 4-iyungacha davom etadi.
Ba’zi ota-onalar “qabul 14-iyungacha davom etadi” degan ma’lumotni barcha maktablar uchun deb tushunib, hali ham hujjat topshirmasdan yurishmoqda.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, Prezident maktabiga kirish hech bir bilimli o‘quvchi uchun kafolatlanmagan. Boshqa maktablarga hujjat topshirmaslik esa katta imkoniyatni qo‘ldan chiqarish va tavakkal qilish degani.
⚡️Chunki 2026-yilda ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 10 000 ga yaqin o‘quvchi (9984 ta) qabul qilinadi. Shulardan atigi 336 tasi (3,4%) Prezident maktabi o‘quvchisiga aylana oladi, xolos.
Shuning uchun ota-onalarga hujjatlarni barcha maktablar uchun 4-iyungacha topshirib qo‘yishni tavsiya qilamiz❗️
Farzandlarimizga eng yaxshi maktablarda o‘qish nasib qilsin!
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙
Alloh xonadoningizni tinchlik, qalbingizni esa quvonch va barakaga to‘ldirsin. Hayit ayyomi sizga va yaqinlaringizga sog‘lik, baxt va fayz olib kelsin! 🤍
📱
O'quvchini urgan o'qituvchiga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishi tugatildi
O'qituvchi aybsiz, o'quvchilar esa uni shu darajaga olib borgan deb topildi. Maktab jamoasiga ko'ra, janjal chiqargan bolalarning xulqi avvaldan yaxshi bo'lmagan.
Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Rustam Jo'raev O'zbekistondagi barcha pedagoglarga murojaat qildi:
“Sizlar muhtaram prezidentimiz, administrasiya rahbariyati himoyasidasizlar. Butun O'zbekistonning o'qituvchilari, ota-onalar, o'quvchilar bilishi kerak bu narsani! Sizlarning orqalaringizda armiya bor, pogonlilar bor, generallar bor!
📱
🚀 MATEMATIKADAN MILLIY SERTIFIKATGA TAYYORMISIZ?
📢 1-iyundan boshlab "UNIVERSAL" o‘quv markazida yangi guruhlarga qabul boshlandi!
👩🏫 Darslar tajribali ustoz — Yo‘ldasheva Shohista tomonidan olib boriladi.
📍 Manzil: Kosonsoy tumani, Bog‘ibaland MFY, Ziyokor ko‘chasi
🎯 Mo‘ljal: Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi ro‘parasida
📞 90 599 95 32
🎯 "UNIVERSAL" o‘quv markazi — natija sari to‘g‘ri yo‘l!
📱Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ro'yxatdan o'tishga qiynalyotganlar bemalol bog'lanishi mumkin, yoki hujjatlarni olib Kosonsoy ixtisoslashgan maktabga olib borsanglar, ro'yxatdan o'tkazib berishadi.
Ixtisoslashgan maktablarga, Al-Xorazmiy maktabiga qabullar 15-maydan 4-iyingacha bo'ladi.
Prezident maktablariga bugundan qabul boshlangan, 14-iyungacha bo'ladi.
Kerakli hujjatlar:
- ota yoki onasi pasporti
-metirka (o'quvchiniki)
-baholar tabeli (4-sinf, kundalik.com dan olingan bo'lsa yaxshi)
-3×4 rasm
❗️Bugundan Prezident maktablariga qabul boshlandi
Qabul 14-iyunga qadar my.gov.uz/uz/service/854 sahifasi hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Joriy o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 4-sinf bitiruvchilari onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin.
O'n bir yil o’qidik birga hamnafas
Tanaffus bo’lishin ko’p kutdik biroq
Bugunchi maktabdan hech ketgim kelmas
Chalinmay turoqol so’nggi qo’ng’iroq.
______________________
Hurmatli bitiruvchilar, oldingizga yuqori maqsadlar qo‘ying, vaqtingizni behuda o‘tkazmang, doimo bilimingizni oshirib boring, eng asosiysi o‘z maqsadingiz sari tinmay harakat qiling, albatta muvaffaqiyatga erishasiz!
