cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NAMANGAN TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI AXBOROT XIZMATI

Namangan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy axborot va matbuot kanali 🏛 Manzil: Namangan tuman Kichik Toshbuloq, Mustaqillik 5 yilligi ko'chasi ☎️ Murojat uchun telefon: 69-47-21-675 Ish vaqti 8:00 - 17:00 Tushlik 12:00 - 13:00

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
438
Suscriptores
-124 horas
-87 días
-3430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:09
Video unavailableShow in Telegram
🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi! Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi: 1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar; 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar; 3. MicroSaaS va AdTech; 4. Kompyuter va mobil oʻyinlar; 5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. 📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat. Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi: 1-oʻrin — $100,000 2-oʻrin — $50,000 3-oʻrin — $30,000 🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin. ✈️ Telegram
Mostrar todo...
IMG_4840.MP49.28 KB
01:00
Video unavailableShow in Telegram
🔔 Hurmatli ota-onalar! 📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan. 💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi. 💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. 🌐 mymaktab_uz
Mostrar todo...
2024-06-21 18.48.40.mp44.49 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Эълон Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga! ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihoni tashkil etilmoqda. Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar boʻlib oʻtadi: 📍Fargʻona shahrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan talabgorlar ustozlar uchun 21-23-iyun kunlari, 📍Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari, 📍Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari; 📍Buxoro shahrida Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlaridan talabgor ustozlar uchun 2-4-iyul kunlari; 📍Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. ❕Darvoqe, bunda oʻqituvchilarimiz “Goethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz! Imtihonlar manzili va vaqti Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati bugun tugaydi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
03:41
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli ota-onalar! 📹 Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA 💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi. 💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin. 🌍 mymaktab_uz
Mostrar todo...
Mymaktab Qabul 2024 Uzb.mp49.99 MB
Photo unavailableShow in Telegram
1-SINFGA ONLAYN-QABUL ELEKTRON TIZIMI SOAT 12:00 DA ISHGA TUSHIRILADI! Hurmatli ota-onalar! 2024-2025-o‘quv yilida farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin. Shuni eslatib o‘tish joizki, dastlab joriy yilning 20-iyun sanasidan 31-iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi. Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
00:21
Video unavailableShow in Telegram
Yozgi ta’tilda yoshlarimiz uchun ajoyib loyiha ⚡️”Yangi O‘zbekiston“ universiteti tomonidan dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda yozgi maktab tashkil etilmoqda. ➖ Yozgi maktab davomida o'quvchi yoshlarimiz TOP 50 reytingga kiruvchi oliygohlarga kirish bo‘yicha mutaxassislardan tajriba olishlari va iqtisodiyot bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirishlari mumkin. 🌐 Dunyoning eng kuchli va saralangan professorlari – Chikago universitetidan Stiven Nil Durlauf, Kornel universitetidan Lourens E.Blume, Lankaster universitetidan Eyal Vinter, Viskonsin universitetidan Feliks Elvert, Janubiy Metodist universitetidan Klaus Desmet kabi taniqli olimlar o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. 💥 Eng quvonarlisi, darslarni yaxshi o'zlashtirgan qatnashchilar professorlardan tavsiya xati (Recommendation letter) olishlari mumkin. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 Batafsil 🎗 Barcha yoshlarimizni yozgi ta’tildan unumli foydalanib, o‘z bilim va tajribalarini oshirish maqsadida mazkur loyihada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman.
Mostrar todo...
Profs_1.mp418.65 MB
MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA! ⚡️Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini ma'lum qilamiz. 📍Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin. 1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali. 2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali. ❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan. Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz vatandoshlar! Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz! Dasturxoningiz to'kinligi va oilalaringiz xotirjamligini tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin! Ayyomlar muborak bo'lsin! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
👍 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.