cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

dilmurad.me

Oʻzbekistonda inklyuziv rivojlanishni targʻib qiluvchi Dilmurod Yusupov blogi. 🌐 www.dilmurad.me/uz 📩 [email protected] Блог Дильмурада Юсупова, продвигающий инклюзивное развитие в Узбекистане. 🌐 www.dilmurad.me/ru 📩 [email protected]

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
328
Suscriptores
Sin datos24 horas
+17 días
+230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Assalomu alaykum! 🌏🚺 Barcha ayollarni kirib kelgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklayman!
👩🏻‍🦽👩🏻‍🦯🧏🏻‍♀️ Bu kun nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlar jins va nogironlik belgisi bo‘yicha ikki tomonlama o‘ziga xos to‘siqlarga duch kelishishini tan oladigan kun. Bu kun gender tengligi bo‘yicha sa’y-harakatlar inklyuziv bo‘lishi va nogironligi bor ayollar va qizlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olishi kerakligini yana bir bor tan olishimiz kerak.
Dunyo bo‘ylab nogironligi bor ayollar quyidagi to‘siqlarga duch kelishadi: 🟣 Nogironligi bor ayollar boshqa ayollarga qaraganda 10 barobar ko‘proq jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lishadi. 🟣 Nogironligi bo‘lgan qizlarning 40-68 foizi 18 yoshgacha jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. 🟣 Ruhiy nogironligi bo‘lgan ayollar nogironligi bo‘lmagan ayollarga qaraganda o‘rtacha 15 yil kamroq yashaydi. 🟣 Nogironligi bor ayollar (32%) nogironligi bo‘lmagan ayollarga (67%) nisbatan ishga kirish ehtimoli ancha kamroq. 🟣 Nogironligi bor ayollar boshlang‘ich maktab ta’limini boshqa ayollarga (86%) nisbatan kamroq (57%) tugatadi.
Bu dunyo statistikasi edi. O‘zbekistonda-chi? Nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollarning ahvoli qanday? 8-mart aynan shu savolga javob topish uchun undaydigan kun, shaxsan men uchun.
@dilmurad_me
Mostrar todo...
👏 1
Ko‘zi ojizlarning madaniyat saroyi buzilish arafasida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati 1932 yildan beri ishlab keladi. Sovet paytida jamiyat juda boy bo‘lgan deb aytishadi chunki tashkilotga davlat tomonidan ko‘plab yerlar ajratilgan, maxsus o‘quv ishlab chiqarish korxonalari (OIChK) va ko‘zi ojizlar uchun maxsus turar joylar qurib berilgan. 1991-yil mustaqillik davrlaridan boshlab jamiyatga tegishli ko‘plab yerlar, bino-inshootlari jamiyat rahbarlari tomonidan sotib yuborilyapti yoki tadbirkorlarga ijaraga berilyapti. O‘zbekiston Ko‘zi Ojizlar jamiyati moliyaviy shaffofligi va jamoatchilikka ochiqligi borasida ko‘plab savollar javobsiz qolyapti.
Buning oqibatida o‘n minglab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi fuqarolar ishsiz qolgan. Bunday ahvolning yaqqol namunasi sifatida “San’at gulshani” madaniyat saroyi bilan bog‘liq vujudga kelgan vaziyat haqida Kun.uz muxbiri Dilshoda Shomirzayeva batafsil surishtiruv olib borgan.
▶️O‘zingiz videoni tomosha qiling: https://youtu.be/2k9mLVxcIjU?si=LedTet4W6QtZvkJ1 🔗Maqolani o‘qish uchun havola: https://kun.uz/87574236 @dilmurad_me
Mostrar todo...
Chilonzordagi buzilish: Ko‘zi ojizlarning madaniyat saroyi o‘rnida nima quriladi?

Ko‘zi ojizlar jamiyatiga tegishli “San’at gulshani” madaniyat saroyi buzilish arafasida. Chilonzor tumanidagi 30 sotixlik maydonning 22 sotixida ko‘p qavatli turar joy majmuasi, qolgan qismida esa ko‘zi ojizlar uchun bino qurilishi aytilyapti. Jamiyatning qator a’zolari bu qurilishdan norozi, ular yerning katta qismi uy qurish uchun berib yuborilayotganiga qarshi chiqmoqda. Rasmiy vebsayt: http://kun.uz Telegram kanalimiz:

https://telegram.me/kunuzofficial

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/kunuznews

Twitter`da kuzating:

https://twitter.com/KunUzNews

Instagram`da kuzating:

https://www.instagram.com/kun.uz

OK.ru`da kuzating: http://ok.ru/kunuznews VKontakte`da kuzating:

https://vk.com/kun_uz

TikTok`da kuzating:

https://www.tiktok.com/@kunuznews

Assalomu alaykum! 🎙Bugun 1-mart 2 ta juda muhim ovozli chatlar bo‘ladi: Soat 15:00 da Huquq+ podkastda "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?" mavzusida O‘zbekiston davlat milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori (PhD) — Bekjon Ismailov bilan ochiq suhbat qilamiz. 🔗Ulanish uchun havola: https://t.me/huquqplus?livestream — Soat 17:00da Sharoit+ podkastda “O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati kerakmi?” mavzusida mehmonlar: ✅ UNFPA tashkilotida inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov ✅ “Mehr va Oqibat” Hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova ✅ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kinologiya xizmati boshlig'i — Inomjon Nasrullayev bilan Ulug'bek Mamatxanov ochiq suhbat qiladilar. 🔗Ulanish uchun havola: https://t.me/sharoitplus?livestream @dilmurad_me
Mostrar todo...
huquqplus.uz

Assalomu alaykum! 🎙 Ertaga 1-mart soat 15:00 da "Ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan umumta’lim maktablarning o‘qituvchilariga kotiba ajratish tartibi qanday?" mavzusida O‘zbekiston davlat milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori (PhD) — Ismailov Bekjon Salixovich bilan ovozli chat tashkil etamiz. 🎤Boshlovchi: Dilmurod Yusupov 🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib:

https://t.me/huquqplus?livestream

qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying! ❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube #podkast

👍 2
🇺🇿Kecha “Yuksalish” umummilliy harakati, Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti va OAV vakillari ko‘magida tuzilgan O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingini e'lon qilindi. 🔝 Reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritilgan.
O‘zbekistonda jamoatchilik fikri yetakchilari qatoriga meni ham kiritishganidan xursand bo‘ldim. Bunday e'tirof meni mamlakatimizda mustaqil fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya qilish, inklyuziv ta’lim va bandlik masalalarini yanada faolroq yoritishga undaydi.
Mana shunday reytinglarda kelajakda turli xil nogironligi bo‘lgan fuqarolik jamiyati faollari va ko‘proq ayollar kiradi deb umid qilib qolaman. 🔗 Ro‘yxatni shakllantirish mezonlari va batafsil ma’lumot uchun havola: https://yumh.uz/uz/news_detail/654 Barcha uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv jamiyat! @dilmurad_me
Mostrar todo...
"YUKSALISH" HARAKATI

“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘magida O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingini tuzdi. Reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritildi. Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mlndan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), e’lon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi. 👉 Batafsil:

https://yumh.uz/uz/news_detail/654

YUKSALISH HARAKATI

👍 12 3
🇺🇿🦮 Avval yozgan postimda tashkilotimizga tushgan bir murojaat haqida yozgan edim. Bizdan ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati haqida podkast qilishni so‘rashgan edi. 🎙1-mart (juma) soat 17:00 da navbatdagi Sharoit+ podkast mehmonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida (UNFPA) inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova bilan "O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘lboshlovchi xizmati kerakmi?" mavzusida ochiq suhbat qilamiz. 🎤 Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov ❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring: https://t.me/sharoitplus/2794 @dilmurad_me
Mostrar todo...
sharoitplus.uz

#podkast 🦮👨🏻‍🦯 O‘ZBEKISTONDA KO‘RISH BO‘YICHA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN YO‘LBOSHLOVCHI ITLAR XIZMATI KERAKMI? 🕔 1-mart (juma) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasida (UNFPA) inklyuziya bo‘yicha mutaxassisi — Shavkat Yarmuxamedov, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati direktori — Saida Turabekova. 🎙Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov 🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib:

https://t.me/sharoitplus?livestream

qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying! ❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. Kanalimizga obuna bo‘ling: 👉 @sharoitplus

🔉 27-fevral Butunjahon NNTlar kuniga bag‘ishlangan postimni ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan obunachilarim audio shaklida tinglashlari mumkin. @dilmurad_me
Mostrar todo...
27-fevral NNTlar kuni.mp35.74 KB
Bugun 27-fevral — Butunjahon Nodavlat Notijorat Tashkilotlar (NNTlar) kuni ekan. 🇺🇿O‘zbekistonda e-ngo.uz portalining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra jami ro‘yxatdan o‘tgan NNTlar soni 11780 ga yetgan. Eslatib o‘tish kerak, Adliya vazirligi bu raqamni hisoblaganda, NNTlarning har bir bo‘linmasini alohida tashkilot sifatida hisoblaydi. Bundan tashqari bu raqamga davlat tomonidan tashkil etilgan NNTlar (ingliz tilida Government organised NGOs GONGOs) ham kiradi. Aslida olganda, fuqarolar tashubbuslari bilan tashkil topgan NNTlar soni 35% atrofida va ularni men chinakkam NNTlar deb hisoblayman. Misol uchun eng faol Telegram guruhlaridan bo‘lgan "O‘zbekiston NNTlari" guruhida hozirgi kunda 819 a’zo bor.
Butunjahon NNTlar kunida ularga eng yaxshi tabriknoma — bu ularning faoliyati uchun to‘sqinlik qilmaydigan qonuniy muhit, ularning institutsional salohiyatini rivojlantirish uchun dasturlar va davlat organlari tomonidan ularni teng ijtimoiy hamkorlar sifatida qabul qilish bo‘ladi.
Bu kunda yillar davomida o‘n martalab rad javobini olib davlat ro‘yxatidan o‘ta olmayotgan tashabbuskor NNTlarni eslashimiz kerak. Ular uchun eng zo‘r sovg‘a - bu byurokratiyaga to‘la NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini shaffoflashtirish va ochiq qilish bo‘lar edi. O‘zbekistonda NNTlarni ro‘yxtadan o‘tkazish tartibi eski hokimiyat davri 2014-yildan beri o‘zgarmagan. @dilmurad_me
Mostrar todo...
Почему в Узбекистане сложно открыть НПО?

«Излишние бюрократические препоны, затяжной процесс регистрации, языковые барьеры, низкая правовая грамотность и отсутствие юридической поддержки в сочетании с неписаными правилами «экспертизы» осложняют формирование подлинного гражданского общества в Узбекистане», – отмечают Дильмурад Юсупов,...

👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Respublika bolalar kutubxonasi professional hamjamiyat doirasida tajriba almashish va inklyuziv loyihalarni ishlab chiqishning turli ssenariylarini muhokama qilish maqsadida “Garaj” muzeyining inklyuziv dasturlar jamoasi tomonidan o‘tkaziladigan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” xalqaro anjumani hamkori bo‘ldi. Bu yil anjuman 19–21-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tadi! Bu yilgi mavzu – bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda inklyuziv amaliyotlar. Xalqaro tajriba almashish lozim, axir mutaxassislar hamfikrlarning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, ko‘plab tashabbuslar tarqoq holda mavjud bo‘lib kelmoqda. Biz turli tajribaga ega bolalar va oʻsmirlar uchun loyihalarni amalqa oshirish, uslub yoki ishlab chiqilgan uslub asosida tadbirlarni oʻtkazishni muhokamaga taqdim etishga tayyor muzey xodimlari, oʻqituvchi, uslubchi, rassomlar hamda taʼlim amaliyoti va inklyuziyaga qiziqqan boshqa mutaxassislarni izlamoqdamiz. 2024-yil 3-martgacha loyihalaringiz haqidagi hikoyalarni intiqlik bilan kutamiz. Tafsilotlar acdflibrary.uz’da. — Республиканская детская библиотека стала партнером международной конференции «Музей ощущений 0+», которую проводит команда инклюзивных программ Музея «Гараж» для обмена опытом внутри профессионального сообщества и обсуждения различных сценариев развития инклюзивных проектов. В этом году конференция пройдет с 19 по 21 апреля в Ташкенте на нашей площадке! Тема этого года — инклюзивные практики в работе с детьми и подростками. Международный обмен опытом необходим, ведь многие инициативы существуют изолированно, в то время как специалисты нуждаются в поддержке единомышленников. Мы ищем музейных сотрудников, педагогов, методистов, художников и других специалистов, интересующихся образовательными практиками и инклюзией, готовые предложить к обсуждению реализацию проекта, методику или провести мероприятие по разработанной методике для детей и подростков с различным опытом. Мы очень ждем рассказы про ваши проекты до 3 марта 2024 включительно. Подробности на acdflibrary.uz.
Mostrar todo...
👍 3
🇺🇿🦮 Oʻzbekistonda ko‘zi ojizlar uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati kerakmi?Anonymous voting
  • Ha, bunday xizmat tashkil etilishi kerak.
  • Undan koʻra insonlarning shaxsiy yordamchi assistentlar xizmatini yoʻlga qoʻyish kerak
  • Yoʻq, bu bizni madaniyatimizga toʻgʻri kelmaydi va bizda bunday xizmatdan foydalanishmaydi
  • Bilmayman
0 votes
✉️ Yana ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratishga oid tashkilotimizga bir qiziq murojaat kelib tushdi. Quyida murojaat matnini tahrirlab beryapman:
Assalomu alaykum! Men 1-guruh nogironiman, ko‘zim ojiz. Kinologiya markazi bilan Sharoit+ podkast efirni chiqarib berishingizni iloji bormi? Biz bilamizki labrador kuchugi nogironlarga yordam berish qobiliyati borligini eshitganmiz. Biz nogironlar ham kinologiya xizmatidan foydalansak bo‘ladimi? Men ariqqa yaqinlashsan ariqdan to‘sib qoladi. Iltimos podkast qilinglar.
🦮 Dublinda bunday xizmat borligiga o‘zim ko‘p marotaba guvoh bo‘ldim. Ko‘pgina do‘konlarda suratdagi labrador kuchuklarning haykalchalarini ko‘rasiz. Ular "Irish Guide Dogs for the Blind" nodavlat notijorat tashkilotiga tegishli ekan. Bu kuchuklar haykallari aslida fandrayzing uchun "kopilka" (o‘zbek tilida qanday bo‘ladi?) ekan. Tanga tashlab tashkilotga xayriya qilish mumkin ekan. 🇺🇿 Afsuski, men O‘zbekistondagi ko‘zi ojizlar bilan muloqot qilganimda, ular uchun yo‘lboshlovchi itlar xizmati to‘g'ri kelmasligi haqida gapirishgan edi. O‘zi jamiyatimizda itlarga munosabatimiz yaxshi emas va shunday vaziyatda bunday xizmatni yo‘lga qo‘yish mumkinmi o‘zi? 💡Menda bir fikr tug‘ildi! Balki «Mehr va oqibat» Hayvonlarni himoya qilish jamiyati bilan hamkorlikda bunday xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun shunday xizmatni ham O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish mumkindir? @dilmurad_me
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.