Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi | Rasmiy kanal
🏢👉🏻Manzil: Farg'ona sh. B.Marg'iloniy ko'cha 4 uy Murojaat uchun:👇 ☎️ 73 244-11-21 📝https://t.me/farbandlik_info 💎https://www.facebook.com/fvh.kqbb Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni
Mostrar más1 655Suscriptores
-824 hours
-157 days
+21930 days
- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Tasa de crecimiento de suscriptores
Carga de datos en curso...
❗️Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti bo‘yicha rasmiy bayonot
Ma’lumki, joriy yilning 1-mart sanasida Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni vaqtincha ishga yuborish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 2,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashgan va ularning orasidan 1 822 nafari ish beruvchining talablari asosida tanlab olingan.
Shundan 1 687 nafar yurtdoshimiz tanlovlar o‘tkazish, ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tarqatma materiallar tayyorlash, moslashtiruv kurslarini tashkil qilish kabi xizmatlar uchun shartnomaga asosan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisob-raqamiga 1 700 000 so‘mdan to‘lagan.
👉BATAFSIL
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🙏 1
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhoza qilish kuni
Ushbu sana 2003-yildan beri dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida an’anaviy tarzda nishonlanadi.
Unda ish vaqtida o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning sabablari muhokama qilinadi. Kasb kasalliklariga chalinishni oldini olishga va mehnat muhofazasi masalalariga e’tibor kuchaytiriladi.
Bizning davlatimizda ham noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar belgilab berilgan:
▪️qisqartirilgan ish vaqti;
▪️qo‘shimcha mehnat ta’tili;
▪️bepul davolash-profilaktikasi;
▪️oziq-ovqatlar, imtiyozli pensiyalar shular sirasidan.
"Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti – mehnat sohasidagi asosiy prinsip va huquqdir"
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 1
Меҳнат миграциясидан қайтганларни ишга қабул қилган иш берувчиларга субсидия тўланади — Президент фармони
Меҳнат миграциясидан қайтган шахсларни ишга қабул қилган иш берувчиларга ҳар бир ишга олинган ходим учун 12 ой давомида ойига 500 минг сўмдан субсидия тўланади (бундан бюджет ташкилотлари, давлат корхоналари, устав капиталида давлат улуши 50 фоиз ва ундан ортиқ бўлган юридик шахслар мустасно).
Бунда:
➖ субсидия 2024 йил 1 июндан 2026 йил 1 январга қадар ишга қабул қилинган шахсларга нисбатан тўланади;
➖ меҳнат миграциясидан қайтиб келган шахс билан тузилган ва Ягона миллий меҳнат тизимида рўйхатдан ўтказилган меҳнат шартномаси субсидия тўлаш учун асос бўлиб ҳисобланади;
➖ меҳнат миграциясидан қайтиб келган шахслар деб хорижда 3 ва ундан ортиқ ой мобайнида меҳнат фаолияти билан шуғулланиб, яшаш манзилига қайтиб келганлигига бир йилдан кўп вақт бўлмаган шахслар тушунилади.
👍 1
Repost from Bandlik Vazirligi
#Slovakiya
Shoshiling! Slovakiyaga ro‘yxatdan o‘tish ochildi
Kuni kecha dunyoga mashhur VOLKSWAGEN va VOLVO kompaniyalari yurtdoshlarimizni ishga taklif etayotgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
👉Ro‘yxatdan o‘tish
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha mamlakatimizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan Xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
☎️ Murojaat uchun telefon: 71-205-05-00
📍 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36-uy.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Prezident_Farmoni_ijroda
"Xorijga ish – mahalladan" tamoyili asosida aholi bandligi taʼminlanadi
Repost from Bandlik Vazirligi
Galstuksiz ochiq muloqot
Xususiy bandlik agentliklari (XBA) tashabbusiga ko‘ra, bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, tizim tashkilotlari hamda XBA rahbarlari ishtirokida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv shanba kuni tashkil etilganiga ayrim ijtimoiy tarmoqlar tomonidan e`tibor qaratildi. Yuqorida qayd etilganidek, davra suhbati xususiy bandlik agentliklari tashabbusiga ko‘ra, ularning ko‘pincha xorij davlatlarida xizmat safarida bo‘lishi inobatga olinib tashkil etildi.
👉 BATAFSIL
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 1
Repost from Bandlik Vazirligi
#tayinlov
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga yosh kadr tayinlandi.
Abdusamad Abdukarimov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri buyrug‘i bilan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Abdusamad Abdusalomovich ushbu sohada etarli tajriba to'plagan yosh mutaxassislardan sanaladi. Ayni vaqtga qadar vazirlikning Yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
U 1993-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2018-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Abdusamad Abdusalomovichning kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!
Ma’lumot uchun: Inspeksiya boshlig‘i bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 4
Repost from Bandlik Vazirligi
#Germaniya
2400 yevro...
Germaniya payvandchi, mexanik-muhandis, omborxona ishchisi, elektrik hamda sanoat mexaniklarini ishga taklif etadi.
O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Yosh chegarasi – 18-40.
Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi.
Talab etiladi:
▪️nemis tilidan B1 sertifikat;
▪️soha boʻyicha kollej, texnikum yoki oliy oʻquv yurti diplomi;
▪️sohada kamida 1 yillik tajriba.
Quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting
👉payvandchi
👉mexanik-muhandis
👉omborxona ishchisi
👉elektrik
👉sanoat mexanigi
Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma bu yerda
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2028-yilgacha qanday kasblarni egallash zarur?
Psixologiya
So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, bugungi kunda sayyoramizning har to'rtinchi aholisi psixologik muammolarga ega. Shu bilan birga, odamlar professional psixologik yordam uchun mutaxassislarga tez-tez murojaat qila boshladilar.
Yirik kompaniyalar va korxonalarda ishlash uchun psixologlar ko‘proq jalb qilinmoqda. Bu psixologiyani o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib yangilik.
Bundan tashqari, psixolog kasbini avtomatlashtirish juda qiyin va robotlar bu kasbda inson o'rnini bosa olmaydi. 2023-yildan 2028-yilgacha mazkur sohaning talab darajasi 22 foizga o'sishi taxmin qilinmoqda .
Shuningdek, psixolog ma'lumoti bor terapevtlar, maslahatchilar va ijtimoiy xodimlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Qayerda o'qish kerak?
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Pedagogika va psixologiya
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Psixologiya kafedrasi
Oliy ta'lim muassasalari ro'yxati
Chet elda
Viktorii universiteti, Avstraliya
Brayton universiteti, Buyuk Britaniya
Texas texnika universiteti, AQSH
Gonkong universiteti, Gonkong
Keyingi sahifamizda hamshira va parvarishlash kasblariga to‘xtalib o‘tamiz.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍 1
#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Farg'ona viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi
- So`x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 1-hudud 1-uchastka Xushyor MFY, Qizilqiyoq MFY mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
- So`x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 3-hudud 1-uchastka Sarikanda MFY, Qala MFY mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
- So`x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 4-hudud 1-uchastka CHashma MFY, Chumoqcha MFY Zangat MFY mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
- So`x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 5-hudud 1-uchastka Guliston MFY, Demursad MFY mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
❗️Arizalar 01.05.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
➖ Arizalarni elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma
➖ Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma
▪️Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Farg'ona viloyati filiali — 73-243-92-28, 73-243-92-34
▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot
▪️ Vakansiyalar kanali —@vacancy_argos
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali
👍 1