IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
O'zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rasmiy kanali. https://www.youtube.com/@cyberpolice_uz https://www.instagram.com/iiv_kiberxavfsizlik_markazi https://www.facebook.com/share/1Afaca9GtF/?mibextid=wwXIfr Kanald
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
El canal IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (@cyber_102) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 90 509 suscriptores, ocupando la posición 1 414 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 700 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 90 509 suscriptores.
Según los últimos datos del 26 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 789, y en las últimas 24 horas de -56, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.67%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 10.16% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 23 238 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 200 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 6.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“O'zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rasmiy kanali.
https://www.youtube.com/@cyberpolice_uz
https://www.instagram.com/iiv_kiberxavfsizlik_markazi
https://www.facebook.com/share/1Afaca9GtF/?mibextid=wwXIfr
K...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 27 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.
Фарғона вилояти ИИБ АТЖҚБ ходимлари томонидан Қува туманида кенг қамровли кибертарғибот тадбирлари амалга оширилди. Жумладан, Қува тумани марказий шифохонаси, марказий деҳқон бозори ҳамда бошқа аҳоли гавжум жойларда фуқароларга кибержиноятлардан ҳимояланиш, интернетдан хавфсиз фойдаланиш ва шахсий маълумотларни асраш бўйича тушунтириш ишлари олиб борилди. Шунингдек, муқаддам кибержиноят содир этган ва ҳозирда пробация назоратида бўлган шахслар билан алоҳида профилактик суҳбатлар ташкил этилди. Ушбу суҳбатлар давомида уларни қайта жиноят содир этишдан қайтариш, қонунларга риоя қилиш ва жамиятда тўғри йўл тутишга ундаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Тадбирлар давом этмоқда.Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати Каналга уланиш 👉 fviib.uz 🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
❌ Hech qanday shubhali havolalarga (linklarga) kirmang! ❌ Shaxsiy maʼlumotlaringizni yoki telefoningizga kelgan SMS kodni hech kimga bermang. Firibgarlar aynan shu kod orqali profilingizni egallab olishadi. 🚫 Bunday xabar kelgan zahoti akkauntni "Block" (Bloklash) qiling va "Report" (Shikoyat qilish) tugmasini bosing. 🛡 Xavfsizlik chorasi: Sozlamalar boʻlimidan albatta "Ikki bosqichli tasdiqlash" (Ikki bosqichli autentifikatsiya) funksiyasini yoqib qoʻying.Telegram |Youtube |Instagram
🎓 Tadbir talaba-yoshlarning kiber savodxonligini oshirish va axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis S.Majidov, institut profilaktika inspektori B.Allaberdiev, fakultet dekani va o‘rinbosari, shuningdek tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover
⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari o‘rtasida Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan filialni “Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 🔺“Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar” hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari" mavzularida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda talabalarga bugungi kunda tobora dolzarblashib borayotgan kiberxavfsizlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔺Xususan: — kiberjinoyatlarning asosiy turlari — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari — kiberjinoyatlarga qo'llaniladigan javobgarlik choralari 🔺bo‘yicha tushunchalar berilib, real hayotiy misollar orqali tushuntirildi. 🔺Uchrashuv davomida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda yoshlarni ogohlikka chorlovchi muhim tavsiyalar ilgari surildi. 🔺Mazkur tadbir talaba-yoshlarning axborot xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni turli kiberxavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
⭕️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida professor-o'qituvchilar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, ularni turli raqamli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ⭕️Mazkur uchrashuv Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, filialni “Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirish yo‘lidagi amaliy qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. ⭕️“Talaba yoshlarni kiberjinoyat turlaridan himoyalanish usullari” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda mutaxassis tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan kiberxavfsizlik muammolari atroflicha yoritildi. 🔺Xususan: — kiberjinoyatlarning eng ko‘p uchraydigan turlari — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari — zararli ilovalar va ularning yashirin xavflari — internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari real hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi. ⚠️ Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yoshlar orasida turli firibgarlik sxemalari, soxta ilovalar va phishing hujumlari ortib borayotgani ushbu yo‘nalishda tizimli targ‘ibot ishlarini kuchaytirishni taqozo etmoqda. ⭕️Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berilib, amaliy tavsiyalar ulashildi. ⭕️Mazkur tadbir talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni raqamli tahdidlardan himoya qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
⭕️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamda Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi. ⭕️Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda kiberjinoyatlar sonining ortib borayotgani yoshlar ongida raqamli madaniyat va xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. ⭕️Shu munosabat bilan: — kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda; — talaba-yoshlar uchun maxsus targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda; — ogohlikni oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar va targ‘ibot materiallari tayyorlanmoqda. 🔺Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasasida xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni turli internet firibgarliklari, kiberhujumlar va zararli axborotlardan himoya qilishdan iborat.🔺Zero, kiberxavfsizlik — bu har birimizning mas’uliyatimiz! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
