ar
Feedback
IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

الذهاب إلى القناة على Telegram

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

تُعد قناة IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (@cyber_102) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 90 509 مشتركاً، محتلاً المرتبة 1 414 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 700 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 90 509 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 يونيو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -1 789، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -56، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 25.67‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 10.16‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 23 238 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 9 200 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 6.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
O'zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rasmiy kanali. https://www.youtube.com/@cyberpolice_uz https://www.instagram.com/iiv_kiberxavfsizlik_markazi https://www.facebook.com/share/1Afaca9GtF/?mibextid=wwXIfr K...

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 يونيو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

90 509
المشتركون
-5624 ساعات
-5757 أيام
-1 78930 أيام
أرشيف المشاركات
Xorazm viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Urganch tumanida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi ——— Хоразм вилояти ИИБ Ахборот технологиялари соҳасидаги жиноятларга қарши курашиш бошқармаси томонидан Урганч туманида кибержиноятларнинг олдини олишга қаратилган тарғибот-ташвиқот тадбирлари ўтказилди Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

#Mutaxassis_tavsiyasi https://youtu.be/Y4uwIrk9qHo

+1
Namangan shahar va Yangi Namangan tumanida maktablar kibermadaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targʻibot uchrashuvlari davom etmoqda ——— Наманган шаҳар ва Янги Наманган туманида мактаблар кибермаданиятни юксалтиришга қаратилган тарғибот учрашувлари давом этмоқда Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

🚀 Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026 Ushbu dastur maxsus Jizzax viloyatining iste'dodli va izlanuvchan fuqarolari uchun ishlab chiqilgan. Agar sizda IT va kiberxavfsizlikka oid g'oyalar bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun! Ishtirokchilar saralash bosqichidan o‘tib, o‘z g‘oyalarini amaliy loyihaga aylantirish uchun 60 kunlik dasturda qatnashadilar. 🏆 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — har bir jamoa a’zosiga noutbuk 🥈 2-o‘rin — planshetlar (5 nafargacha) 🥉 3-o‘rin — havo tozalagich qurilmalari Eng yaxshi loyihalar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi va amaliyotga joriy etiladi. 🗓 Muddatlar: 📌 Ro‘yxatdan o‘tish: 25-apreldan – 10-maygacha 📌 Dastur boshlanishi: 15-may ⏳ Davomiyligi: 60 kun 👥 Jamoa: 5 nafargacha 📍 Tashkilotchilar: Jizzax viloyati hokimligi hamda Ichki ishlar hududiy boshqarmasi 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola 👨🏻‍💻 Murojaat uchun: @Jizzax_Cyber_Tanlov

Шубҳали қўнғироқлардан огоҳ бўлинг!

Кибержиноятларнинг олдини олишга қаратилган тарғибот тадбирлари давом этмоқда Фарғона вилояти ИИБ АТЖҚБ ходимлари томонидан Қ
+5
Кибержиноятларнинг олдини олишга қаратилган тарғибот тадбирлари давом этмоқда
Фарғона вилояти ИИБ АТЖҚБ ходимлари томонидан Қува туманида кенг қамровли кибертарғибот тадбирлари амалга оширилди. Жумладан, Қува тумани марказий шифохонаси, марказий деҳқон бозори ҳамда бошқа аҳоли гавжум жойларда фуқароларга кибержиноятлардан ҳимояланиш, интернетдан хавфсиз фойдаланиш ва шахсий маълумотларни асраш бўйича тушунтириш ишлари олиб борилди. Шунингдек, муқаддам кибержиноят содир этган ва ҳозирда пробация назоратида бўлган шахслар билан алоҳида профилактик суҳбатлар ташкил этилди. Ушбу суҳбатлар давомида уларни қайта жиноят содир этишдан қайтариш, қонунларга риоя қилиш ва жамиятда тўғри йўл тутишга ундаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Тадбирлар давом этмоқда.
Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати Каналга уланиш  👉 fviib.uz 🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram

⚡️ RASMIY OGOHLANTIRISH: #Feyk_xabarlar Soʻnggi paytlarda Telegram foydalanuvchilariga goʻyoki "Telegram xavfsizlik xizmati"
⚡️ RASMIY OGOHLANTIRISH: #Feyk_xabarlar Soʻnggi paytlarda Telegram foydalanuvchilariga goʻyoki "Telegram xavfsizlik xizmati" (Telegram Support) nomidan soxta xabarlar kelishi koʻpaymoqda (namuna suratda keltirilgan).
❌ Hech qanday shubhali havolalarga (linklarga) kirmang! ❌ Shaxsiy maʼlumotlaringizni yoki telefoningizga kelgan SMS kodni hech kimga bermang. Firibgarlar aynan shu kod orqali profilingizni egallab olishadi. 🚫 Bunday xabar kelgan zahoti akkauntni "Block" (Bloklash) qiling va "Report" (Shikoyat qilish) tugmasini bosing. 🛡 Xavfsizlik chorasi: Sozlamalar boʻlimidan albatta "Ikki bosqichli tasdiqlash" (Ikki bosqichli autentifikatsiya) funksiyasini yoqib qoʻying.
Telegram |Youtube |Instagram

#Anons "Kibermakon" Ko'rsatuvning navbatdagi sonini 25-aprel kuni, 21:10 da, "Farg‘ona" telekanalida tomosha qiling! Telegram |Youtube |Instagram

+1
Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan mehmonxona rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, migratsiya qoidalari hamda kibermadaniyatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari amalga oshirildi ——— Жиззах вилояти ИИБ ходимлари томонидан меҳмонхона раҳбарлари билан учрашув ўтказилиб, миграция қоидалари ҳамда кибермаданиятни шакллантиришга қаратилган тарғибот тадбирлари амалга оширилди Telegram |Youtube |Instagram

Гиёҳвандлик воситаларини интернет тармоғида тарқатилишига чек қўйиш мақсадида ИИВ Кибержиноятларга қарши курашиш департаменти томонидан олиб борилаётган хизмат фаолияти ——— Деятельность Департамента по борьбе с киберпреступностью МВД, направленная на пресечение распространения наркотических средств в сети Интернет ——— The operational activities on preventing the distribution of narcotic drugs on the Internet carried out by the Department of Combating Cybercrime of the MIA Telegram |Youtube |Instagram

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida 🤩 Tabiiy va aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida "Jinoyatchilik va hu
+6
Bugun Termiz davlat pedagogika institutida 🤩 Tabiiy va aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda kiberjinoyatchilik"ning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 📝 Targ‘ibot tadbiri davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik kabi jinoyatlar, ularning oldini olish choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Talabalarga onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🎓 Tadbir talaba-yoshlarning kiber savodxonligini oshirish va axborot madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis S.Majidov, institut profilaktika inspektori B.Allaberdiev, fakultet dekani va o‘rinbosari, shuningdek tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Website | Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | Youtube | Mover‌‌

👉 Toshkent shahrida kripto-aktivlar bilan bog‘liq yirik noqonuniy faoliyat fosh etildi 👉 Тошкент шаҳрида крипто-активлар билан боғлиқ йирик ноқонуний фаолият фош этилди Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads 📲 WhatsApp

⭕️“Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. ⭕️B
+9
⭕️“Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari o‘rtasida Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan filialni “Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 🔺“Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga berilgan imkoniyatlar” hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari" mavzularida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda talabalarga bugungi kunda tobora dolzarblashib borayotgan kiberxavfsizlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔺Xususan: — kiberjinoyatlarning asosiy turlari — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari — kiberjinoyatlarga qo'llaniladigan javobgarlik choralari 🔺bo‘yicha tushunchalar berilib, real hayotiy misollar orqali tushuntirildi. 🔺Uchrashuv davomida talabalarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda yoshlarni ogohlikka chorlovchi muhim tavsiyalar ilgari surildi. 🔺Mazkur tadbir talaba-yoshlarning axborot xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni turli kiberxavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube

⭕️#kiberxavfsizlik ⭕️ Raqamli davrda ogohlik — xavfsizlikning eng muhim omili! ⭕️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Mi
+9
⭕️#kiberxavfsizlik ⭕️ Raqamli davrda ogohlik — xavfsizlikning eng muhim omili!
⭕️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida professor-o'qituvchilar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, ularni turli raqamli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan muhim targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. ⭕️Mazkur uchrashuv Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, filialni “Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” ga aylantirish yo‘lidagi amaliy qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. ⭕️“Talaba yoshlarni kiberjinoyat turlaridan himoyalanish usullari” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda mutaxassis tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan kiberxavfsizlik muammolari atroflicha yoritildi. 🔺Xususan: — kiberjinoyatlarning eng ko‘p uchraydigan turlari — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari — zararli ilovalar va ularning yashirin xavflari — internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari real hayotiy misollar asosida tushuntirib berildi. ⚠️ Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yoshlar orasida turli firibgarlik sxemalari, soxta ilovalar va phishing hujumlari ortib borayotgani ushbu yo‘nalishda tizimli targ‘ibot ishlarini kuchaytirishni taqozo etmoqda. ⭕️Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berilib, amaliy tavsiyalar ulashildi. ⭕️Mazkur tadbir talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni raqamli tahdidlardan himoya qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube

Онлайн кредит олиб фуқароларнинг 1 миллард сўмдан зиёд пулларини фирибгарлик йўли билан қўлга киритган шахсга жиноят иши қўзғатилди Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати Каналга уланиш  👉 fviib.uz 🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram

⭕️#Kiberxavfsizlik 🎥 “Kiberjinoyatlardan holi oliy ta’lim muassasasi” sari muhim qadam!
⭕️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamda Jizzax viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi. ⭕️Zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda kiberjinoyatlar sonining ortib borayotgani yoshlar ongida raqamli madaniyat va xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. ⭕️Shu munosabat bilan: — kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda; — talaba-yoshlar uchun maxsus targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda; — ogohlikni oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar va targ‘ibot materiallari tayyorlanmoqda. 🔺Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — oliy ta’lim muassasasida xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish, talaba-yoshlarni turli internet firibgarliklari, kiberhujumlar va zararli axborotlardan himoya qilishdan iborat.
🔺Zero, kiberxavfsizlik — bu har birimizning mas’uliyatimiz! 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube