cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegaciΓ³n. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

π˜Όπ™£π™™π™žπ™Ÿπ™€π™£ 𝙨𝙝𝙖𝙝𝙖𝙧 1-𝙨𝙀𝙣 π™žπ™­π™©π™žπ™¨π™€π™¨π™‘π™–π™¨π™π™©π™žπ™§π™žπ™‘π™œπ™–π™£ 𝙒𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗- π™žπ™£π™©π™šπ™§π™£π™–π™©π™ž

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy sahifasi. Fikr va mulohazalar uchun: @ANDPIIMABOT

Mostrar mΓ‘s
UzbekistΓ‘n38 249El idioma no estΓ‘ especificadoEducaciΓ³n85 153
Publicaciones publicitarias
775
Suscriptores
-124 horas
Sin datos7 dΓ­as
+1030 dΓ­as

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Result #SAT #Our_pride Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β Β  πŸŽ“ Maktab-internatimizning aniq fanlar yoΚ»nalishidagi 10-"A" sinf o'quvchisi UlugΚ» bekov Abdulloh Matematika fanidan Xalqaro darajadagi SAT sertifikati egasi bo'ldi. Umumiy ball: 1410 Math : 780 Reading and comprehension: 630 πŸ† Bundan tashqari o'quvchimiz Ingliz tili fanidan C1 darajali IELTS sertifikatiga ham ega. πŸ’₯O'quvchimizning kelgusi o'qish faoliyatlariga omad Β tilaymiz va uning bunday natijalarga erishishida sharoit yaratib bergan ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. ⚑️ Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Mostrar todo...
πŸ‘ 17πŸ”₯ 5❀ 1πŸ‘ 1
#Bitiruvchilardan_natija #Milliy_sertifikat #Matematika Maktabimizning aniq fanlar yoΚ»nalishidagi 11-"A"sinf oΚ»quvchilari Mo'ydinova Shodiyona Maxammatvali qizi, Ibragimova Dilafruz Sherali qizi, Mullajonova Jannatoy Rustamjon qizi matematika fanidan milliy sertifikatni qoΚ»lga kiritdilar. O'quvchilarimiz quyidagi natijalarga erishdilar: Shodiyona 96.45% B+ Dilafruz. 80.82%. C+ Jannatoy. 72.2%. C O'quvchilarimizning kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz hamda ustozlariga va ota-onasiga minnatdorchilik bildiramiz. Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Mostrar todo...
πŸ‘ 16πŸ‘ 4
#Muddatidan_oldin_talaba #Bitiruvchi_2024 Maktabimizning aniq fanlar yoΚ»nalishidagi 11-"A" sinf o'quvchisi Isroilova Rayyona o'zi orzu qilgan universitga o'qishga qabul qilindi. Rayyona Janubiy Koreyada joylashgan Kangwon National University talabasi! Eslatib oΚ»tamiz Rayyona IELTS - 6 TOPIC - 2 sertifikatlariga ega O'quvchimizning kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz. Rayyonani qo'llab quvvatlagan ota-onasi hamda ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Mostrar todo...
πŸ‘ 9πŸ‘ 6
#Xushxabar #10-sinfdan natija #IELTS Maktabimizning aniq fanlar yoΚ»nalishidagi 10-"A" sinf o'quvchisi O'ktambekpv Boburbek ingliz tili fanidan olgan bilimlarini isbotladi, Boburbek xalqoro IELTS - til bilish koΚ»nikmalarini aniqlash testini muvaffaqiyatli topshirib, 7 ball oldi, bu C 1 darajasiga teng . O'quvchimizning kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz va Boburbekni bilim olishiga sharoit yaratib, qoΚΌllab qivvatlayotgan ota-onalariga hamda ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz. Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Mostrar todo...
πŸ‘ 12πŸ‘ 9πŸ”₯ 2❀ 1
#Xalqaro_olimpiada #Fotoreportaj βœ”οΈ Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida oβ€˜tkazilgan 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi. ⚑️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. πŸ†Eslatib oβ€˜tamiz, Oβ€˜zbekiston terma jamoasi a'zolari 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qoβ€˜lga kiritishdi. ⏺ olympiad.uzedu.uz πŸš€ Telegram | 🎬Youtube | πŸ”΅Facebook | πŸ“·Instagram
Mostrar todo...
πŸ‘ 13
Photo unavailableShow in Telegram
#bizning_shunday_oΚ»quvchilarimiz_bor Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard oβ€˜gβ€˜lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toβ€˜gβ€˜risida"gi qarori bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oβ€˜quvchisi Yoβ€˜ldoshov Ogβ€˜abek Ne’matjon oβ€˜gβ€˜li ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot bilan oβ€˜quvchimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
πŸŽ‰ 5πŸ‘ 3πŸ‘ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram β€” β€œ30 iyun β€” Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim oβ€˜rinliki, soβ€˜nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon Oβ€˜zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi gβ€˜oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning oβ€˜rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qoβ€˜yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda gβ€˜ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni oβ€˜z zimmasiga olishga oβ€˜zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga toβ€˜la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qoβ€˜ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
πŸŽ‰ 9🀝 3πŸ‘ 2πŸ”₯ 2
28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasida oβ€˜quvchilarimiz 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qoβ€˜lga kiritishdi Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o’tkazilgan o’smirlar o’rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Ukraina, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Xoravatiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Montenegro, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Turkiya  kabi mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi 28-O’smirlar o’rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga koβ€˜ra, oβ€˜zbekistonlik oβ€˜quvchilar tomonidan πŸ₯ˆ3ta kumush, πŸ₯‰3 ta bronza medallari qoβ€˜lga kiritildi. Sovrindorlarimiz bilan tanishing: ⚑️Ergashev Sarvarbek β€” Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi  - πŸ₯ˆ Kumush medal ⚑️Anvarov Javohir β€”  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - πŸ₯ˆ Kumush medal ⚑️Mamajonov Azizbek β€” Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi  - πŸ₯ˆ Kumush medal ⚑️Abdulaziz Radjabov β€” Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oβ€˜quvchisi - πŸ₯‰ Bronza medal ⚑️Ikrom Hasanov β€” Qashqadaryo viloyati Gβ€˜uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf oβ€˜quvchisi -πŸ₯‰ Bronza medal ⚑️Abdusalomov Umidjon β€” Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi - πŸ₯‰ Bronza medal Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz! Ilm olishdan, izlanishdan aslo toβ€˜xtamang. Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor boβ€˜lsin! ⏺ olympiad.uzedu.uz πŸš€ Telegram | 🎬Youtube | πŸ”΅Facebook | πŸ“·Instagram
Mostrar todo...
πŸ‘ 16πŸ‘ 6πŸ”₯ 2πŸŽ‰ 2❀ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚑️AGENTLIK TIZIMIDAGI STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogβ€˜ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toβ€˜gβ€˜risida"gi farmoni qabul qilindi.
πŸ“ Farmonga koΚ»ra, 2024/2025-oΚ»quv yilidan boshlab quyidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda STEM fanlarini bosqichma-bosqich ingliz tilida oΚ»qitish yoΚ»lga qoΚ»yiladi: βž– Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; βž– Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– QoΚ»qon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; βž– Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; βž– Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– XoΚ»jayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati; βž– Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati; βž– Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi; βž– Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi. πŸ“Ά Mazkur maktablarda STEM fanlari ingliz tilini mukammal biladigan malakali oΚ»qituvchilar tomonidan toΚ»liq ingliz tilida olib boriladi. πŸͺͺ Bunda, imtihon asosida qabul qilingan 5-sinf aniq hamda 7-sinf tabiiy fanlar yoΚ»nalishidagi oΚ»quvchilar belgilangan sinovlar asosida ingliz tilida oΚ»qitiladigan sinflarga saralab olinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
πŸ‘ 17πŸ‘ 2🀩 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sΓ³lo permite el anΓ‘lisis de 5 canales. Para obtener mΓ‘s, elige otro plan.