cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi

• Монополияга карши курашиш • Ракобат мухитини ривожлантириш • Табиий монополиялар субъектларини назорат килиш • Товар-хом ашё биржаларини лицензиялаш 🏢 Бухоро ш., Ислом Каримов кўчаси, 10 уй ☎️ 65 221 5936 📧 [email protected]

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
208
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
+730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

🖥 Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining haftalik dayjesti. (📆 13-19 may kunlari) 🗓 13-may ✉️ Iste'molchilardan avia chiptalar bo'yicha kelib tushgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda ________ 🗓 14-may 🔝 Huquqiy savodxonlik ✉️ "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning 4-moddasiga ko'ra, iste’molchining asosiy huquqlaridan biri bu ma’lumot olish huquqidir ________ 🔝 Har bir murojaat zamirida, inson manfaatlari yotadi: Qo‘mita bu borada aholi murojaatlari bilan tizimli ravishda ish olib bormoqda. ✉️ Uy-joy bilan bog‘liq shartnomaviy kelishmovchilik fuqaro foydasiga hal etildi ________ 🔝 Hamkorlik to’g’risidagi memorandum ✉️ Raqobat qo'mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi ________ 🗓 15-may 🔝 Infografika ✉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi 🗓 16-may ✉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan "Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi 🗓 17-may ✉️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan "Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi ________ 🗓 15-may 🔝 Xalqaro hamkorlik ✉️ Joriy yilning 14-may kuni Raqobat qo‘mitasi hamda Chongbuk Milliy universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti (IDI) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi ________ 🗓 16-may ✉️ Sifatsiz benzin sotgan AYoQSHlarga chora ko‘rildi ________ ✉️ Bozorlarda raqobatning kuchayishi sifatni oshiradi ________ 🗓 17-may ✉️ Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo'mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi ________ 🔝 Sayyor qabul ✉️ Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi ✉️ Qo'mita raisi o'rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi ________ 🗓 18-may ✉️ “Makon marketing forum 2024” VII Xalqaro marketing biznes-forumi ________ 🗓 19-may ✉️ “Makon marketing forum 2024” VII Xalqaro marketing biznes-forumi ________ Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
🔖“MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI 🔝 “YIL BRENDI 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ekspert hay'ati va iste'molchilar ovoz berishi natijalariga ko‘ra 25 ta nominatsiya va maxsus sovrinlar bo‘yicha mukofotlandilar. ➡️ «Yil brendi» mukofoti – o‘tgan yilda O‘zbekistonda esda qolarli marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste'mol bozorining barcha tarmoqlariga mansub eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot. _ 🔖 «MAKON MARKETING FORUM 2024» VII МЕЖДУНАРОДНЫЙ БИЗНЕС-ФОРУМ ПО МАРКЕТИНГУ 🔝 Состоялась церемония вручения премии «БРЕНД ГОДА 2023». Участники были награждены в 25 номинациях, подноминациях и специальными наградам по итогам голосования экспертного совета и потребителей. ➡️ Премия «Бренд года» — ежегодная крупнейшая премия для самых успешных брендов во всех отраслях потребительского рынка, имеющих самые впечатляющие маркетинговые достижения в Узбекистане за прошедший год. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
#live 🔖 “MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI BOSHLANDI 📣 Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so'zi biilan ochib berdi. ✨ Tadbirda eng yaxshi mahalliy tadbirkorlar, murabbiylar va motivatorlar ma’ruzalari, shuningdek sotuvlar bo‘yicha rossiyalik ekspertlar chiqishlari o‘rin olgan. __ 🔖 Стартовал VII МЕЖДУНАРОДНЫЙ МАРКЕТИНГОВЫЙ БИЗНЕС-ФОРУМ «MAKON MARKETING FORUM 2024» 📣 Форум открыл заместитель председателя Комитета по конкуренции Республики Узбекистан Ф.Карабаев. ✨ В рамках мероприятия пройдут лекции лучших местных предпринимателей, коучей и мотиваторов, а также выступления российских экспертов по продажам. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
#Sayyor_qabul 🗓 Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo'mita raisi o'rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo'lib o'tdi. 📍Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi. ✅ Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo'jalik yurituvchi subyekt vakillari qanday xollarda iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olinishi va uning qanday shartlari mavjudligi,ustun mavqega va ustn muzokara kuchiga ega deb topish va uning shakllari, yuqori likvidli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladigan mahsulotlarning mezonlarini aniqlash tartibi va boshqa ko'plab o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi. ➡️ Misol uchun, murojaatlar davomida B.Qodirovning birja savdolari, L.Aminovning korporativ buyurtmalar, F.Nasriddinovning issiqlik energiyasi narxlari borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
🗓 Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. ✅ Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo'mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. 💬 Mazkur tadbirda yirik ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar vakillari hamda sohaga doir vakolatli organlarning ma’sul mutaxassislari bilan 256-son qarorning belgilangan masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 📄 Tabiiy monopoliyalar va raqobatga qarshi kelishuvlarni aniqlash, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini hamda raqamli platformalar operatorlarining ustun mavqeini aniqlash va e’tirof etish kabi mavzular ko‘tarildi.
Tabiiy monoliyalarni tartibga solish soddalashtirilayotgani sohaga muhim ahamiyat kasb etishi hamda subyektlarning ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi haqida so‘z yuritildi.
🔎 Raqobat qo‘mitasi mutaxassislari mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi va qat'iy nazorat qilinishi yuzasidan batafsil ma'lumot berdilar. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
#Sayyor_qabul 📼 Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. 🔝 Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. 📄 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. ℹ️ Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish. 🌀 Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Jumladan, 10 ga yaqin tadbirkorlardan qilingan murojaatlar yuzasidan "JIZZAX SEMENT PLANT" MCHJ vakili sement bozorida maommolar mavjudligi sabab bozorni erkinlashtirish, "DO‘STLIKDONMAHSULOTLARI" AJ vakili un maxsulotlarini birjada sotilish yuzasidan. Fuqarolardan, F.Xoliqovaning xususiy bog'cha faoliyati, X.Suyarovning oilaviy korxona infratuzilmasi bo'yicha murojaatlari eshitildi va ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar va ijrochilar belgilab olindi. Kanalga ulanish 🔝 https://t.me/RaqobatGovUz 🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones