cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi|Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy sahifasi 🌐Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz Facebook:https://www.facebook.com/profile.php?id=100087893131 YouTube:https://www.youtube.com/@eco_partiya_sirdaryo_viloyati

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
254
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
+130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman-shahar partiya tashkilot raislari tomonidan koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, iyun oyining soʻngi haftasida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Shirin shahar partiya tashkiloti raisi N. Xolboeva shaharning Shirin mahallasi Turkiston koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Ergashevaning chorva mollari qoʻshnilarning daraxt koʻchatlarini nobud qilayotgani toʻgʻrisida murojaat oldi. Holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrganildi va mutasaddi tashkilotlarga xabar berildi va nazoratga olindi. Guliston tuman partiya tashkiloti raisi esa tuman Toza hudud DUK bilan hamkorlikda "Chiqindisiz toza mahalla" tadbirini oʻtkazdi. Unda aholiga chiqindini belgilangan joyga tashlash zarurligi toʻgʻrisida soʻz bordi. Sirdaryo tuman partiya tashkiloti raisi esa navbatdagi reyd tadbirini tumanning Baxmal mahallasi hududida oʻtkazdi. Unga koʻra, fermer xoʻjaligi hududida noma'lum shaxslar tomonidan qurigan oʻtlar yoqib yuborilayotgani aniqlandi. Rais esa joyida tegishli tashkilotga bu haqida xabar berdi va buni nazoratga oldi. Shuningdek, oʻsimlik va hayvonot olamini muhofaza qilish talablarini bajarish boʻyicha reyd tumanining Quyosh mahallasi hududida ham boʻlib oʻtdi. Unda suv havzalarida qoʻpol ravishda ekologik talablar buzilgani aniqlandi. Ya'nikim, suvda turli xil chiqindilar toʻplangan hamda mayda oʻlik baliqlar suv yuzida turib qolgan. Holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga xabar berildi va bu ham nazoratga olindi. Guliston shahar partiya tashkiloti raisi esa Shodlik mahallasi hududida aholi tomonidan tashlangan chiqindi toʻplanib qolganiga guvoh boʻldi va tegishli tashkilotga xabar berib, joyida bartaraf etilishiga erishdi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
«Oila va TABIAT» gazetasining 2024-yil 20-iyundagi 25-sonida "Partiya hayoti" sahifasini o'qing O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 1
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 21-Malik saylov okrugidan saylangan deputat A.Ikromov Baxt shaharning "Ishonch" MFY hududida yashovchi U.Norovning murojaatiga asosan oʻrganish olib bordi. Murojaatda noma'lum shaxslar tomonidan dala va zovur chetlariga maishiy va qurilish chiqindilarini tashlab ketilayotgani aytilgan. Haqiqatdan murojaatda keltirilgan vaj asosli ekanligi aniqlandi va bartaraf etish uchun nazoratga olindi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
Shirin shahar Kengash raisi N.Xolboeva va shahar deputati M.Abdurasulova birgalikda shu yilning 19 iyun kuni A.Temur mahallasi hududidagi ekologik holatni oʻrgandi. Unga koʻra koʻp qavatli uylar atrofidagi tik qopqoqli quduqlarning qopqoqlari mavjudmasligi natijada aholi tomonidan bu chiqindi tashlash joyiga aylanib borayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan aholiga tushuntirishlar berilib, mutassaddi tashkilotlar tomonidan chiqindilarni bartaraf etish ishlari olib borildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
00:44
Video unavailableShow in Telegram
#videorolik #bog' Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan "Eko bogʻ" O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
Eko3.mp447.67 MB
👍 1
02:02
Video unavailableShow in Telegram
#Samarqand #Forum_haqida Bugungi globallashuv davrida inson huquqlari butun dunyoda oliy darajada e’tirof etilmoqda, shu jumladan O‘zbekistonda ham. Xayrulla Gapparov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari ✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Mostrar todo...
0619.mov27.55 MB
YIL SARHISOBI Joriy yilning 12-iyun kuni viloyat OTMlar orasida ilk marotaba o‘quv yil sarhisobi bo‘yicha viloyat Musiqali drama teatr binosida tadbir tashkil etildi. Unda Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi xususan, institut rektori, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. O‘quv yili davomida o‘zining samarali va sermahsul natijalari bilan namuna ko'rsatgan professor-o‘qituvchilar va hodimlar, a‘lo baholarga o‘qigan, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etgan talaba yoshlar hamkor tashkilotlar hamda partiya faollarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, teatr jamoasi repertuarlaridan joy olgan musiqiy sahna chiqishlari barchaga ko‘tarinki ruh bahshida etdi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 2 1🔥 1
#Amaldagi_ishlar 25-okrug "Boʻston" mahallasidan saylangan deputat N.Boboqulova 12 iyun kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt koʻchatlarining holatini oʻrgandi. Unda Al-Xorazmiy, Quvonch va 15-maktab hududida ekilgan daraxt koʻchatlariga suv yetishmovchiligi sabab qurib qolganligi aniqlandi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
00:56
Video unavailableShow in Telegram
#Ekologik_madaniyat #Davra_suhbati "Ekologik madaniyatni oshiramiz" mavzuidagi davra suhbati O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
5.73 MB
👍 2
Ekologik madaniyatni oshiramiz O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston shahar partiya tashkiloti raisi bilan birgalikda 11 iyun kuni Guliston davlat pedagogika institutida "Ekologik madaniyatni oshiramiz" mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Unda institutning faol talaba yoshlari ishtirok etdi. Partiya tashkiloti mas’ullari yig‘ilganlarga har bir insonda ekologik madaniyatni oshirish zarurligi, bugungi kundagi dolzarb ekologik mavzular to‘g‘risida so‘z yuritdi. Tadbir so‘ngida ekologiyaga befarq bo‘lmay o‘z savollari, fikrlari bilan faol ishtirok etgan talaba yoshlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 2
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.