es
Feedback
Isroil Tillaboyev blogi

Isroil Tillaboyev blogi

Ir al canal en Telegram

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Isroil Tillaboyev blogi

El canal Isroil Tillaboyev blogi (@domlajon) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 14 620 suscriptores, ocupando la posición 13 763 en la categoría Educación y el puesto 5 579 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 14 620 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -186, y en las últimas 24 horas de -12, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 45.25%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 21.96% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 604 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 205 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 70.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

14 620
Suscriptores
-1224 horas
-717 días
-18630 días
Archivo de publicaciones
Мактаблардаги “Долзарб 90 кун” ва боғчалардаги тадбирлар тўхтатилди Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг жорий йил 13 и
Мактаблардаги “Долзарб 90 кун” ва боғчалардаги тадбирлар тўхтатилди Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг жорий йил 13 июлдаги 04-39-2385-сонли хатига асосан умумий ўрта таълим мактабларида ташкил этилган соғломлаштириш майдончалари фаолияти, шунингдек, мактабгача таълим ташкилотларида ўтказиладиган тадбирларни ҳамда мактаблардаги “Долзарб 90 кун” тадбирлари доирасида режалаштирилган турли лойиҳаларни амалга ошириш жорий йилнинг 1 августига қадар вақтинчалик тўхтатилди. “Ўзгидромет” маълумотига кўра, яқин кунларда ҳарорат 41–43 даражагача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларида эса 44–46 даражагача кўтарилиши айтилмоқда. Бундан ташқари, Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан аҳолига, айниқса хавф гуруҳига кирувчи фуқароларга эҳтиёткорлик чораларига қатъий амал қилиши тавсия қилинган. Ўзи июл бошидаёқ тўхтатиш керак эди, бунчалик иссиқда қайси ўқувчи ўз ҳохиши билан келарди. @domlajon t.me/domlajon

#Bepul_sayyohat Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан ўқувчилар учун бепул саёҳат автобуси жорий этилди. 12 та ҳудудудан июль-август ойлари давомида Тошкент шаҳрига саёҳат ташкил қилинади. Энг қизиғи буларни барчаси бепул, бунинг учун иқтидорли бўлиш шарт эмас. Фақатгина туман (шаҳар)га мурожаат қилсангиз етарли. Тарихга қизиққа ўқувчилар учун ташкил қилинди

O‘zbek olimlarining nomi kichik sayyoralarga berildi Bu haqda Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mit
O‘zbek olimlarining nomi kichik sayyoralarga berildi Bu haqda Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2001 KA2 raqami bilan ro‘yxatga olingan asteroidga Kamoliddin Ergashev, ro‘yxat nomi 1999 TO15 bo‘lgan asteroidga esa Otabek Burxonov nomi berildi. Avvalroq bu ikki olim NASA’ning sayyoraviy mudofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edi. Qoyil! @domlajon t.me/domlajon

BSB VA ChSB ko’zbo’yamachilikka aylanganmi? Kuzatuvlarga qaraganda, deyarli har safar imtihonlardan bir kun oldin BSB va ChSB test savollari (hatto javoblari bilan birga) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. O‘quvchilar esa aynan o‘sha testlarni yodlab, imtihonda yuqori natija olayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa baholashning xolisligi va ishonchliligiga jiddiy shubha uyg‘otadi. Siz nima deb o’ylaysiz? Haqiqatdan ham holat shundaymi? 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/70yTCAF1Wm0 Telegram l Instagram l YouTube

Bugungi tarixiy tadbir oldidan juda ko‘p insonlarning fikrlarini oldik. "TANAFFUS" podkastining maxsus yangi soni aynan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga bag‘ishlandi. To‘liq videoni podkastimiz erta-indin chiqsa ko‘rishingiz mumkin. Hozir qisqa reelslarda to-osha qilib turish imkoningiz bir. Ushbu instagram havolaridan o‘tib, layk bosib, nimadir kommentlar yozib qo‘ysangiz boshqalarga tezroq ko‘rinar edi, chunki bu tadbirni biz ziyoilar xalqqa yetkazib berishimiz kerak naqadar katta ahamiyatini. Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilhomjon Siradjev bilan suhbat👇👇 Suhbatni ko‘rish havolasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozaxon Karimova bilan suhbat Suhbatni ko‘rish havolasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov va Fan olimpiadalari departamenti rahbari To‘rabek Shermatov bilan suhbat Suhbatni ko‘rish havolasi Vazirlining maktablar boshqarmasi boshlig‘i Erkinjon Murodov bilan suhbat Suhbatni ko‘rish havolasi Olimpiada qatnashchilari bilan suratlar Havola Indoneziyalik yoshlar bilan Havola Nepallik yoshlar bilan Havola Olimpiada boshlandi havola @domlajon t.me/domlajon

Bugun O‘zbekistonda katta bayram! Tarixda ilk bora O‘zbekistonda nufuzli kimyo xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Jahon chdmpionatini qo‘ying, uni endi bizga qizig‘i yo‘q, biz mana shu olimpiada bilan biz faxrlanishimiz kerak, chunki bo‘lajak Nobel mukofoti sovrindorlarining ilk qadamlari O‘zbekistonda boshlanmoqda, bunday olimpiada uncha-buncha davlatga berilmaydi, biz bunga erishdik. Instagramda bugungi ochilish marosimi haqidagi videolar va intervyularimni bugun qo‘yib boraman. Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhomjon Siradjev hamda vazirimizdan shuningdek butun dunyodan kelgan ishtirokchi yoslardan olgan intervyularimiz... "Tanaffus" podkasrining maxsus soni shu tadbirga bag‘ishlandi, erkin formatdagi "Tanaffus" ni tez kunda ko‘rasiz. @domlajon t.me/domlajon

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi pedagogika yo‘nalishlari
+1
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi pedagogika yo‘nalishlari

Talabalar maktabga qonuniy ishga kirishi mumkin: Qaysi yo‘nalishlarga ruxsat bor? Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish bilan birga maktabda dars berib, mehnat faoliyatini erta boshlashni xohlaydigan talabalar safi kengaymoqda. Amaldagi qonunchilik talabalarning maktablarda o‘qituvchilik qilishi uchun qonuniy asoslar va barcha imkoniyatlarni yaratib bergan.Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori ilovasidagi Nizom hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy tushuntirishiga ko‘ra, talabalar ma’lum shartlar va aniq yo‘nalishlar doirasida maktabga ishga qabul qilinadi. Ishga kirishning asosiy shartlari va talablari Maktabda pedagogik faoliyat boshlash uchun talaba birinchi navbatda 3-kurs yoki undan yuqori bosqichda o‘qiyotgan bo‘lishi shart. Bunda ta’lim shaklining ahamiyati bor — kunduzgi, kechki yoki sirtqi bo‘lim talabalari birdek huquqqa ega, masofaviy ta‘limga xozirgi amaldagi talab bo‘yicha ruxsat yo‘q . Eng muhim talab shundan iboratki, maktabdagi ish talabaning institutdagi, universitetdagi o‘qishiga xalaqit bermasligi zarur. Shuningdek, talaba maktabga asosiy ish joyi sifatida rasmiylashtiriladi. Unga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Faqatgina bitta cheklov mavjud: talabalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga dars berish uchun qabul qilinmaydi. Ruxsat etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlangan rasmiy ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar maktablarda o‘z sohalari bo‘yicha o‘qituvchilik qilishlari mumkin: Boshlang‘ich ta’lim va ijtimoiy fanlar: Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika (Tarbiya fani), Tarix hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishlari. Aniq va tabiiy fanlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya hamda Matematika va informatika yo‘nalishlari. Axborot texnologiyalari (IT): Axborot tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha professional ta’lim, shuningdek, Sun’iy intellekt va robototexnika ixtisosliklari. Ona tili va adabiyot: O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili (o‘zga tilli guruhlar uchun) hamda qardosh tillar (qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik tillari). Xorijiy tillar: Ingliz tili, nemis tili, fransuz tili va koreys tili va adabiyoti yo‘nalishlari. Amaliy va maxsus fanlar: Jismoniy madaniyat, Texnologik ta’lim (Mehnat fani), Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim. Agar siz yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birida 3-kurs yoki undan yuqori bosqichda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bemalol o‘zingizga yaqin bo‘lgan maktab ma’muriyatiga murojaat qilishingiz va qonuniy ravishda ish faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.

Dilnoza Kattaxanova respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Dilnoza Sobirjonovna bilan 3 yil birga faoliyat
+4
Dilnoza Kattaxanova respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Dilnoza Sobirjonovna bilan 3 yil birga faoliyat olib bordik, aynan bizning taʼlim boshqarmamiz u kishining kompleksida edi. Shu vaqt davomida Dilnoza Kattaxanovadagi yuksak madaniyat va boshqaruvchilik qobiliyati kuchli ekaniga guvohi bo‘ldim. Har bir ishbi jilmayib hal qila oladigan ajoyib rahbar edi. Shu kungacha respublika qizlari lideri bo‘lgan bo‘lsa, endilikda butun O‘zbekiston xotin-qizlar masalasiga rahbar bo‘ldi. Bu men uchun kutilgan yangili, chunki qachondir shu lavozimga o‘tirishini, bunga Dilnoza Sobirjonovna juda munosibligini bilar edim. Dilnoza Sobirjonovna, masʼuliyatli, murakkab lavozimda omad tilayman, omad yor bo‘lsin. (Suratda 2 yil oldin Qo‘qon shahar 40-maktabidagi tadbirimiz, Dilnoza Kattaxaoniva o‘zini o‘qitgan ustozlari bilan) @domlajon t.me/domlajon

+2
Qozog‘istonda oliy o‘quv yurtini tamomlash diplomini olishdagi mana bu kadrlarni ko‘rib mazza qilvordim. Qanday go‘zal... @domlajon t.me/domlajon

Xalq taʼlimi info yozishicha, 9-sinfni bitirganlarning har uchinchisi texnikumni tanlayapti 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan. Bu kasbiy taʼlim tizimi 9-sinf bitiruvchilari uchun muhim taʼlim trayektoriyasiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi. Sizlar amaliyotlaringizda qandya kuzatuvlar bo‘lyapti, haqiqatan ham 9 ni bitiruvchilarida shunday trend shakllandimi? @domlajon t.me/domlajon

Shu post ostida Amerikani birga kuzatamiz: https://t.me/khiso/5912

Repost from KHISO olimpiada
Mensaje de video01:00

Islom sivilizatsiya markaziga Masjidul Xaram imomi tashrif buyuribdi. Katta voqelik bu,  markaz va O‘zbekiston imidji uchun. @domlajon https://www.kkinstagram.com/reel/DagBchmI809/?igsh=NTNqYWJiM21hOGpp

Siz kompyuterda "O‘ZBEKISTON" so‘zini imloviy to‘g‘ri yoza olasizmi? Shunchaki "O‘z" so‘zinichi? Bitta yozib ko‘ring va instagramdagi shu videoni ko‘rib tekshirib ko‘ring-chi, o‘zingizni😉😉 https://www.instagram.com/reel/DaiWW4_suOO/?igsh=MWVta3I4dzNpZjA0aQ== @domlajon t.me/domlajon

❗️O‘ G‘, Sh, Ch ҳарфлари ўзгармоқда. Ng алифбодан бутунлай чиқариб ташланмоқда Лотин алифбосини янгилаш бўйича қонун лойиҳаси
❗️O‘ G‘, Sh, Ch ҳарфлари ўзгармоқда. Ng алифбодан бутунлай чиқариб ташланмоқда Лотин алифбосини янгилаш бўйича қонун лойиҳаси қабул қилинди. 33 йилдан сўнг лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини такомиллаштиришга оид қонун лойиҳаси Қонунчилик палатасида қабул қилиниб, Сенатга юборилди. Лойиҳага кўра, алифбо 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади. Айрим ҳарфларнинг қўлланилишига ҳам аниқлик киритилмоқда. Шунингдек, аввал расмийлаштирилган ҳужжатлар, пул белгилари, пешлавҳа ва бошқа атрибутлар белгиланган муддатгача амал қилади. Бу ўзгаришларни босқичма-босқич жорий этиш ва ортиқча давлат харажатларининг олдини олишга хизмат қилади. @domlajon t.me/domlajon

Mana o‘zbeklar Amerikani mafh etib qaytdilar: Javohir Sindarov – Naroditsky Memorial Blitz 2026 g‘olibi bo‘ldi. Javohir Sindarov mashhur grossmeyster Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempionlikni qo‘lga kiritdi. Eng qizig‘i, turnirning bir turida aka-uka Sindorovlar bir-biriga raqib bo‘lib janga ko‘tarilishdi. Bu keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘itdi. Jahonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Fabianolar ham kulib yubordi buni ko‘rib. 🥇Musobaqani 7.5/9 natija bilan yakunlagan shaxmatchimiz Hikaro Nakamura, Uesli Solarni ham ortda qoldirib birinchi o‘rinni ta’minladi. U avvalroq ushbu turnirning rapid yo‘nalishida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Qoch o‘zbeklar kelyapti, deb shaxmatga aytamiz xolos hozircha, o‘rtoqlar. @domlajon t.me/domlajon

Bugun Innovatsion Metodika kanali tomonidan respublika bo‘yicha ilg‘or boshlang‘ich taʼlim ustozlari uchun tashkil etilgan seminarga taklif etishdi, borib oxirigacha ishtirok etib, zavq oldim. Bunday seminarlar ustozlarni yangi metodikalarni o‘rganishga undaydi, o‘zaro tajriba almashishadi, yangi iqtidorli ustozlarni kashf etadi. Seminar haqida qisqacha lavhani quyidagi lavhada tomoaha qilishingiz mumkin: https://www.instagram.com/reel/DaaqKQVszcs/?igsh=MnB5NTNpNXI3Y3Jk @domlajon t.me/domlajon

O‘zbeklar ham turkiylar anaqqisa)) @domlajon t.me/domlajon