Isroil Tillaboyev blogi
前往频道在 Telegram
✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
显示更多📈 Telegram 频道 Isroil Tillaboyev blogi 的分析概览
频道 Isroil Tillaboyev blogi (@domlajon) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 14 620 名订阅者,在 教育 类别中位列第 13 763,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 579 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 14 620 名订阅者。
根据 13 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -186,过去 24 小时变化为 -12,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 45.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 21.96% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 6 604 次浏览,首日通常累积 3 205 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 70。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/boost/domlajon
https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
14 620
订阅者
-1224 小时
-717 天
-18630 天
帖子存档
14 599
Мактаблардаги “Долзарб 90 кун” ва боғчалардаги тадбирлар тўхтатилди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг жорий йил 13 июлдаги 04-39-2385-сонли хатига асосан умумий ўрта таълим мактабларида ташкил этилган соғломлаштириш майдончалари фаолияти, шунингдек, мактабгача таълим ташкилотларида ўтказиладиган тадбирларни ҳамда мактаблардаги “Долзарб 90 кун” тадбирлари доирасида режалаштирилган турли лойиҳаларни амалга ошириш жорий йилнинг 1 августига қадар вақтинчалик тўхтатилди.
“Ўзгидромет” маълумотига кўра, яқин кунларда ҳарорат 41–43 даражагача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларида эса 44–46 даражагача кўтарилиши айтилмоқда.
Бундан ташқари, Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан аҳолига, айниқса хавф гуруҳига кирувчи фуқароларга эҳтиёткорлик чораларига қатъий амал қилиши тавсия қилинган.
Ўзи июл бошидаёқ тўхтатиш керак эди, бунчалик иссиқда қайси ўқувчи ўз ҳохиши билан келарди.
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
#Bepul_sayyohat
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан ўқувчилар учун бепул саёҳат автобуси жорий этилди.
12 та ҳудудудан июль-август ойлари давомида Тошкент шаҳрига саёҳат ташкил қилинади.
Энг қизиғи буларни барчаси бепул, бунинг учун иқтидорли бўлиш шарт эмас. Фақатгина туман (шаҳар)га мурожаат қилсангиз етарли.
Тарихга қизиққа ўқувчилар учун ташкил қилинди
14 599
O‘zbek olimlarining nomi kichik sayyoralarga berildi
Bu haqda Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2001 KA2 raqami bilan ro‘yxatga olingan asteroidga Kamoliddin Ergashev, ro‘yxat nomi 1999 TO15 bo‘lgan asteroidga esa Otabek Burxonov nomi berildi.
Avvalroq bu ikki olim NASA’ning sayyoraviy mudofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Qoyil!
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Repost from Xalq ta’limi Info
BSB VA ChSB ko’zbo’yamachilikka aylanganmi?
Kuzatuvlarga qaraganda, deyarli har safar imtihonlardan bir kun oldin BSB va ChSB test savollari (hatto javoblari bilan birga) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
O‘quvchilar esa aynan o‘sha testlarni yodlab, imtihonda yuqori natija olayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa baholashning xolisligi va ishonchliligiga jiddiy shubha uyg‘otadi.
Siz nima deb o’ylaysiz? Haqiqatdan ham holat shundaymi?
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/70yTCAF1Wm0
Telegram l Instagram l YouTube
14 599
Bugungi tarixiy tadbir oldidan juda ko‘p insonlarning fikrlarini oldik. "TANAFFUS" podkastining maxsus yangi soni aynan 58-xalqaro kimyo olimpiadasiga bag‘ishlandi. To‘liq videoni podkastimiz erta-indin chiqsa ko‘rishingiz mumkin. Hozir qisqa reelslarda to-osha qilib turish imkoningiz bir.
Ushbu instagram havolaridan o‘tib, layk bosib, nimadir kommentlar yozib qo‘ysangiz boshqalarga tezroq ko‘rinar edi, chunki bu tadbirni biz ziyoilar xalqqa yetkazib berishimiz kerak naqadar katta ahamiyatini.
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilhomjon Siradjev bilan suhbat👇👇
Suhbatni ko‘rish havolasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozaxon Karimova bilan suhbat
Suhbatni ko‘rish havolasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov va Fan olimpiadalari departamenti rahbari To‘rabek Shermatov bilan suhbat
Suhbatni ko‘rish havolasi
Vazirlining maktablar boshqarmasi boshlig‘i Erkinjon Murodov bilan suhbat
Suhbatni ko‘rish havolasi
Olimpiada qatnashchilari bilan suratlar
Havola
Indoneziyalik yoshlar bilan
Havola
Nepallik yoshlar bilan
Havola
Olimpiada boshlandi
havola
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Bugun O‘zbekistonda katta bayram!
Tarixda ilk bora O‘zbekistonda nufuzli kimyo xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
Jahon chdmpionatini qo‘ying, uni endi bizga qizig‘i yo‘q, biz mana shu olimpiada bilan biz faxrlanishimiz kerak, chunki bo‘lajak Nobel mukofoti sovrindorlarining ilk qadamlari O‘zbekistonda boshlanmoqda, bunday olimpiada uncha-buncha davlatga berilmaydi, biz bunga erishdik.
Instagramda bugungi ochilish marosimi haqidagi videolar va intervyularimni bugun qo‘yib boraman. Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhomjon Siradjev hamda vazirimizdan shuningdek butun dunyodan kelgan ishtirokchi yoslardan olgan intervyularimiz...
"Tanaffus" podkasrining maxsus soni shu tadbirga bag‘ishlandi, erkin formatdagi "Tanaffus" ni tez kunda ko‘rasiz.
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Repost from КАДРОВИКЛАР
+1
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish
huquqini beruvchi pedagogika yo‘nalishlari
14 599
Repost from КАДРОВИКЛАР
Talabalar maktabga qonuniy ishga kirishi mumkin: Qaysi yo‘nalishlarga ruxsat bor?
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish bilan birga maktabda dars berib, mehnat faoliyatini erta boshlashni xohlaydigan talabalar safi kengaymoqda. Amaldagi qonunchilik talabalarning maktablarda o‘qituvchilik qilishi uchun qonuniy asoslar va barcha imkoniyatlarni yaratib bergan.Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori ilovasidagi Nizom hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy tushuntirishiga ko‘ra, talabalar ma’lum shartlar va aniq yo‘nalishlar doirasida maktabga ishga qabul qilinadi.
Ishga kirishning asosiy shartlari va talablari
Maktabda pedagogik faoliyat boshlash uchun talaba birinchi navbatda 3-kurs yoki undan yuqori bosqichda o‘qiyotgan bo‘lishi shart.
Bunda ta’lim shaklining ahamiyati bor — kunduzgi, kechki yoki sirtqi bo‘lim talabalari birdek huquqqa ega, masofaviy ta‘limga xozirgi amaldagi talab bo‘yicha ruxsat yo‘q .
Eng muhim talab shundan iboratki, maktabdagi ish talabaning institutdagi, universitetdagi o‘qishiga xalaqit bermasligi zarur.
Shuningdek, talaba maktabga asosiy ish joyi sifatida rasmiylashtiriladi. Unga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Faqatgina bitta cheklov mavjud: talabalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarga dars berish uchun qabul qilinmaydi.
Ruxsat etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
Vazirlik tomonidan tasdiqlangan rasmiy ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar maktablarda o‘z sohalari bo‘yicha o‘qituvchilik qilishlari mumkin:
Boshlang‘ich ta’lim va ijtimoiy fanlar: Boshlang‘ich ta’lim, Pedagogika (Tarbiya fani), Tarix hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishlari.
Aniq va tabiiy fanlar: Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya hamda Matematika va informatika yo‘nalishlari.
Axborot texnologiyalari (IT): Axborot tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha professional ta’lim, shuningdek, Sun’iy intellekt va robototexnika ixtisosliklari.
Ona tili va adabiyot: O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili (o‘zga tilli guruhlar uchun) hamda qardosh tillar (qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, turkman, tojik tillari).
Xorijiy tillar: Ingliz tili, nemis tili, fransuz tili va koreys tili va adabiyoti yo‘nalishlari.
Amaliy va maxsus fanlar: Jismoniy madaniyat, Texnologik ta’lim (Mehnat fani), Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda Chaqiriqqacha harbiy ta’lim.
Agar siz yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan birida 3-kurs yoki undan yuqori bosqichda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bemalol o‘zingizga yaqin bo‘lgan maktab ma’muriyatiga murojaat qilishingiz va qonuniy ravishda ish faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.
14 599
+4
Dilnoza Kattaxanova respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Dilnoza Sobirjonovna bilan 3 yil birga faoliyat olib bordik, aynan bizning taʼlim boshqarmamiz u kishining kompleksida edi. Shu vaqt davomida Dilnoza Kattaxanovadagi yuksak madaniyat va boshqaruvchilik qobiliyati kuchli ekaniga guvohi bo‘ldim. Har bir ishbi jilmayib hal qila oladigan ajoyib rahbar edi. Shu kungacha respublika qizlari lideri bo‘lgan bo‘lsa, endilikda butun O‘zbekiston xotin-qizlar masalasiga rahbar bo‘ldi. Bu men uchun kutilgan yangili, chunki qachondir shu lavozimga o‘tirishini, bunga Dilnoza Sobirjonovna juda munosibligini bilar edim.
Dilnoza Sobirjonovna, masʼuliyatli, murakkab lavozimda omad tilayman, omad yor bo‘lsin.
(Suratda 2 yil oldin Qo‘qon shahar 40-maktabidagi tadbirimiz, Dilnoza Kattaxaoniva o‘zini o‘qitgan ustozlari bilan)
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Qozog‘istonda oliy o‘quv yurtini tamomlash diplomini olishdagi mana bu kadrlarni ko‘rib mazza qilvordim.
Qanday go‘zal...
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Xalq taʼlimi info yozishicha, 9-sinfni bitirganlarning har uchinchisi texnikumni tanlayapti
2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan.
Bu kasbiy taʼlim tizimi 9-sinf bitiruvchilari uchun muhim taʼlim trayektoriyasiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.
Sizlar amaliyotlaringizda qandya kuzatuvlar bo‘lyapti, haqiqatan ham 9 ni bitiruvchilarida shunday trend shakllandimi?
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Islom sivilizatsiya markaziga Masjidul Xaram imomi tashrif buyuribdi. Katta voqelik bu, markaz va O‘zbekiston imidji uchun.
@domlajon
https://www.kkinstagram.com/reel/DagBchmI809/?igsh=NTNqYWJiM21hOGpp
14 599
Siz kompyuterda "O‘ZBEKISTON" so‘zini imloviy to‘g‘ri yoza olasizmi?
Shunchaki "O‘z" so‘zinichi?
Bitta yozib ko‘ring va instagramdagi shu videoni ko‘rib tekshirib ko‘ring-chi, o‘zingizni😉😉
https://www.instagram.com/reel/DaiWW4_suOO/?igsh=MWVta3I4dzNpZjA0aQ==
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Vazir ustamasi javoblari qachon eʼlon qilinadi?
https://www.instagram.com/reel/DahGhW_MzKq/?igsh=MTluNjJscnBzbDZmdA==
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
❗️O‘ G‘, Sh, Ch ҳарфлари ўзгармоқда. Ng алифбодан бутунлай чиқариб ташланмоқда
Лотин алифбосини янгилаш бўйича қонун лойиҳаси қабул қилинди.
33 йилдан сўнг лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини такомиллаштиришга оид қонун лойиҳаси Қонунчилик палатасида қабул қилиниб, Сенатга юборилди.
Лойиҳага кўра, алифбо 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади. Айрим ҳарфларнинг қўлланилишига ҳам аниқлик киритилмоқда.
Шунингдек, аввал расмийлаштирилган ҳужжатлар, пул белгилари, пешлавҳа ва бошқа атрибутлар белгиланган муддатгача амал қилади. Бу ўзгаришларни босқичма-босқич жорий этиш ва ортиқча давлат харажатларининг олдини олишга хизмат қилади.
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Mana o‘zbeklar Amerikani mafh etib qaytdilar: Javohir Sindarov – Naroditsky Memorial Blitz 2026 g‘olibi bo‘ldi.
Javohir Sindarov mashhur grossmeyster Daniel Naroditskiy xotirasiga bag‘ishlangan Naroditsky Memorial Blitz 2026 turnirida ham chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Eng qizig‘i, turnirning bir turida aka-uka Sindorovlar bir-biriga raqib bo‘lib janga ko‘tarilishdi. Bu keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘itdi. Jahonning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Fabianolar ham kulib yubordi buni ko‘rib.
🥇Musobaqani 7.5/9 natija bilan yakunlagan shaxmatchimiz Hikaro Nakamura, Uesli Solarni ham ortda qoldirib birinchi o‘rinni ta’minladi. U avvalroq ushbu turnirning rapid yo‘nalishida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Qoch o‘zbeklar kelyapti, deb shaxmatga aytamiz xolos hozircha, o‘rtoqlar.
@domlajon
t.me/domlajon
14 599
Bugun Innovatsion Metodika kanali tomonidan respublika bo‘yicha ilg‘or boshlang‘ich taʼlim ustozlari uchun tashkil etilgan seminarga taklif etishdi, borib oxirigacha ishtirok etib, zavq oldim.
Bunday seminarlar ustozlarni yangi metodikalarni o‘rganishga undaydi, o‘zaro tajriba almashishadi, yangi iqtidorli ustozlarni kashf etadi.
Seminar haqida qisqacha lavhani quyidagi lavhada tomoaha qilishingiz mumkin:
https://www.instagram.com/reel/DaaqKQVszcs/?igsh=MnB5NTNpNXI3Y3Jk
@domlajon
t.me/domlajon
