es
Feedback
O‘zJOKU | Rasmiy

O‘zJOKU | Rasmiy

Ir al canal en Telegram

Universitet — bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy sahifasi. O‘z rasmlaringizni #meninguniversitetim heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashing. https://uzjoku.uz/uz

Mostrar más
7 118
Suscriptores
+224 horas
-237 días
+30930 días

Carga de datos en curso...

Atraer Suscriptores
oct '26
octubre '26
+14
en 3 canales
septiembre '26
+742
en 64 canales
Get PRO
agosto '26
+877
en 24 canales
Get PRO
julio '26
+592
en 24 canales
Get PRO
junio '26
+268
en 50 canales
Get PRO
mayo '26
+142
en 52 canales
Get PRO
abril '26
+150
en 26 canales
Get PRO
marzo '26
+157
en 84 canales
Get PRO
febrero '26
+140
en 30 canales
Get PRO
enero '26
+187
en 38 canales
Get PRO
diciembre '25
+115
en 21 canales
Get PRO
noviembre '25
+165
en 39 canales
Get PRO
octubre '25
+131
en 52 canales
Get PRO
septiembre '25
+484
en 44 canales
Get PRO
agosto '25
+891
en 18 canales
Get PRO
julio '25
+766
en 87 canales
Get PRO
junio '25
+425
en 133 canales
Get PRO
mayo '25
+201
en 69 canales
Get PRO
abril '25
+200
en 39 canales
Get PRO
marzo '25
+192
en 25 canales
Get PRO
febrero '25
+138
en 42 canales
Get PRO
enero '25
+179
en 80 canales
Get PRO
diciembre '24
+134
en 57 canales
Get PRO
noviembre '24
+149
en 58 canales
Get PRO
octubre '24
+153
en 33 canales
Get PRO
septiembre '24
+332
en 48 canales
Get PRO
agosto '24
+372
en 15 canales
Get PRO
julio '24
+739
en 47 canales
Get PRO
junio '24
+494
en 23 canales
Get PRO
mayo '24
+169
en 16 canales
Get PRO
abril '24
+154
en 17 canales
Get PRO
marzo '24
+161
en 9 canales
Get PRO
febrero '24
+134
en 7 canales
Get PRO
enero '24
+190
en 18 canales
Get PRO
diciembre '23
+169
en 17 canales
Get PRO
noviembre '23
+257
en 22 canales
Get PRO
octubre '23
+175
en 18 canales
Get PRO
septiembre '23
+291
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+358
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+704
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+240
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+246
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+134
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+162
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+171
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+327
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+116
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+110
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+162
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+337
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+322
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+395
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+173
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+104
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+108
en 0 canales
Get PRO
marzo '22
+99
en 0 canales
Get PRO
febrero '22
+136
en 0 canales
Get PRO
enero '22
+249
en 0 canales
Get PRO
diciembre '21
+102
en 0 canales
Get PRO
noviembre '21
+114
en 0 canales
Get PRO
octubre '21
+134
en 0 canales
Get PRO
septiembre '21
+663
en 0 canales
Get PRO
agosto '21
+228
en 0 canales
Get PRO
julio '21
+255
en 0 canales
Get PRO
junio '21
+73
en 0 canales
Get PRO
mayo '21
+29
en 0 canales
Get PRO
abril '21
+178
en 0 canales
Get PRO
marzo '21
+550
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
04 octubre0
03 octubre+10
02 octubre0
01 octubre+4
Publicaciones del Canal
Repost from Edu.uz
#Tanlov2026 ENG FAOLLAR ANIQLANADI! TANLOVGA MARHAMAT! ✏️Sizning tashkilotingiz milliy malaka tizimini rivojlantirish, zamona
#Tanlov2026 ENG FAOLLAR ANIQLANADI! TANLOVGA MARHAMAT! ✏️Sizning tashkilotingiz milliy malaka tizimini rivojlantirish, zamonaviy kasbiy standartlarni joriy etish yoki malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shyaptimi? Unda bu tanlov — SIZ UCHUN! 🇺🇿 Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti “Milliy malaka tizimi ishtirokchilari Respublika tanlovi”ni e’lon qiladi!
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔹 “Eng faol kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi” 🔹 “Eng faol ish beruvchi tashkilot”
👍 Tanlov — ilg‘or tajribangizni namoyish etish, samarali tashabbuslaringizni ommalashtirish va faoliyatingizni respublika miqyosida e’tirof ettirish uchun imkoniyat! ⏰ Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va tegishli hujjatlar 2026-yil 12-oktyabrdan 28-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishni so‘nggi kunga qoldirmang! Tanlov g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi! 📌 Tanlov nizomi 👍 Tanlovda g‘oliblik uchun o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring! ➡️Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

2
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prezidentimiznin
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat: – Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak; – Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi; – Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi; – oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak. — «В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен. Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем: – Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование; – Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»; – Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы; – в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос. Facebook|Instagram|X
1 149
3
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi. Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi. — Подписывая указ о создании Министерства образования и науки, Президент нашей страны поставил задачу применять новые подходы для повышения качества образования и вывода отрасли на новый уровень, развивать образование с учетом запросов рынка, усиливать конкуренцию и расширять участие частного сектора. В этих целях при Администрации Президента формируется специальная рабочая группа по разработке общенациональной концепции стратегии развития человеческого капитала и непрерывного образования. На общественных началах ее возглавит предприниматель Зафар Хашимов. В состав группы войдут предприниматели, имеющие опыт создания образовательных учреждений и эффективных систем, профильные специалисты, ученые и международные эксперты. Facebook|Instagram|X
1 142
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan. —  Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки. Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала. Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью. Facebook|Instagram|X
1 146
5
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari boshlanmoqda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari boshlanmoqda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi: ⚽️Mini-futbol 🏓Stol tennisi 🏐Voleybol 🏃Yengil atletika 🏀Stritbol Musobaqalarning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida sport va jismoniy faollikni keng targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarning sport mahoratini rivojlantirish. Musobaqalarda o‘zini munosib namoyon etgan talabalar universitet ligasi jamoasi safida keyingi bosqichlarda universitet va sport klubi sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Musobaqalarda qatnashish istagidagi talabalar belgilangan tartibda 2026-yil 5-oktabr soat 16:00 ga qadar taqdim etishlari lozim. Jamoa shakllantira olmagan yoki belgilangan muddatda ro‘yxatni taqdim etmagan talabalar musobaqada ishtirok eta olmaydi. Jamoalarni shakllantirishdan avval musobaqa nizomi bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. Murojaat uchun: ⚽️ Mini-futbol: +998 97 113 30 32 🏓 Stol tennisi: +998 97 778 73 23 🏐 Voleybol: +998 97 116 02 28 🏃Yengil atletika: 99 404 05 29 🏀 Stritbol: +998 99 802 83 86 Talabalarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 758
6
⚽️🏐🏐🏐🏐 “Besh muhim tashabbus” doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari o‘r
⚽️🏐🏐🏐🏐 “Besh muhim tashabbus” doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha guruhlararo musobaqa tashkil etiladi. Musobaqada ishtirok etish istagidagi guruhlar o‘z jamoa ro‘yxatlarini 5-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar taqdim etishlari so‘raladi. 📞 Aloqa uchun: +998 90 748 82 88 Barcha talabalarni sport musobaqasida faol ishtirok etishga chorlaymiz! ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 981
7
5 nafar ustozlarga “Oliy ta’lim a’lochisi” mukofoti topshirildi Efir: 01.10.2026 | 19:00 #Toshkent Muxbir: Mohinur To’rayeva
5 nafar ustozlarga “Oliy ta’lim a’lochisi” mukofoti topshirildi Efir: 01.10.2026 | 19:00 #Toshkent Muxbir: Mohinur To’rayeva ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
1 970
8
Ustoz va murabbiylar kunidan videolavha ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
Ustoz va murabbiylar kunidan videolavha ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
1 957
9
DIQQAT! E'LON! VAKANSIYA! Yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul o'rgatuvchi "Ustoz AI" loyihasi jamoasiga Professional menejer
DIQQAT! E'LON! VAKANSIYA! Yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul o'rgatuvchi "Ustoz AI" loyihasi jamoasiga Professional menejer qabul qilinadi. Asosiy vazifalar: — Loyihalar bo'yicha ish jarayonlarini rejalashtirish va nazorat qilish — Hamkorlar va ijodkorlar bilan muzokara olib borish, shartnomaviy masalalarni yuritish — Zarur hujjatlarni tayyorlash va tizimli hisobotlarni yuritish — Jamoa a'zolari va tashqi hamkorlar o'rtasida operativ aloqani ta'minlash — Media va kontent materiallarining sifati va muddatlarini nazorat qilish — Topshiriqlarning bajarilishini kuzatib borish va natijalarni rahbariyatga taqdim etish Talablar: — Rus va ingliz tillari — B2 daraja (yozma va og'zaki) — MS Office, Google Docs/Sheets dasturlarida erkin ishlash — Media va kontent sohasini tushunish — Yuqori mas'uliyat va tashkilotchilik qobiliyati — Muzokara olib borish va muammolarni tez hal qilish ko'nikmasi — Bir nechta vazifani parallel yuritish tajribasi Sizga nima beramiz? Yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul o'rgatuvchi "Ustoz AI" loyihasida muvaffaqiyatli karyera qurish imkoniyati. Maosh: Kelishiladi Ish vaqti: To'liq stavka Kasbiy o'sish va rivojlanish imkoniyatlari CV: @USTOZAI_HR botiga yuboring. ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 949
10
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi Ushbu bayram O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kom+9
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi Ushbu bayram O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi uchun oddiy sana emas, balki katta quvonch va faxrga boy kun bo‘ldi. Zero, bayram tadbiri doirasida universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ta’lim sohasidagi samarali mehnati, fidoyiligi hamda kasbiy faoliyatidagi yutuqlari uchun yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Jumladan, universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi. ✅ “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan: ➡️Shamaksudova Saodat Hidoyatovna — O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti; ➡️Qosimova Nargis Sunnat qizi — To‘g‘on va Qudrat Irnazarovlar nomidagi Jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori; ➡️Buranova Barno Menglibаyevna — Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i; ➡️Kurbanov Sultonboy Kazakbayevich — Mediadizayn kafedrasi mudiri; ➡️Najmiddinova Gulnoza Umarovna — Raqamli media va Internet kafedrasi dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi. Shuningdek, tadbir davomida PhD ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilarga PhD diplomlari tantanali ravishda topshirildi. Bu natija ilmiy izlanish va pedagogik faoliyatni birdek olib borayotgan ustozlar uchun muhim yutuq bo‘lishi bilan birga, universitetning ilmiy salohiyati yuksalib borayotganining ham yorqin ifodasidir. Bundan tashqari, universitet professor-o’qituvchilari va xodimlariga ham shu kun munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 773
11
+9
Sin texto...
1 450
12
Bugungi yoshlarimiz milliy libos kiyishi sizga yoqadimi? ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
Bugungi yoshlarimiz milliy libos kiyishi sizga yoqadimi? ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 562
13
Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi Oli
Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. ✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda. Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda. ✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda. Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda. ✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi. Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda. “Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 528
14
O‘zJOKU talabalari G‘alaba bog‘ida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Axborot xizmati va
O‘zJOKU talabalari G‘alaba bog‘ida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti talabalari G‘alaba bog‘ida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalqimizning jasorati va fidoyiligiga bag‘ishlangan tarixiy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. G‘alaba bog‘i — urush yillarida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonatini yosh avlodga yetkazishga xizmat qiluvchi muhim maskanlardan biridir. ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 551
15
“YOSH KITOBXON” TANLOVI “Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!” mavzusi doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxon
“YOSH KITOBXON” TANLOVI “Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!” mavzusi doirasida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkaziladi. 📖 Tanlovda ishtirok etish uchun tanlab olingan kitoblar: 1. O'tkir Hoshimov — “Tushda kechgan umrlar” 2. Abdulla Qahhor — “Anor” 3. Frants Kafka — “Evrilish” 4. Jorj Oruell — “Molxona” 5. Choʻlpon - "Kecha va kunduz" 🎯Tanlov ishtirokchilari mazkur asarlarni o‘qib, ularning mazmun-mohiyati, qahramonlari, voqealar rivoji hamda asarlarda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar yuzasidan savol-javoblarda ishtirok etadilar. Barcha kitobxon yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 📆 30-oktabr Murojaat uchun: @Bibliotekrsha Kitob o‘qing — tafakkuringizni boyiting, bilim va dunyoqarashingizni kengaytiring! ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 600
16
#Axborot24 | 01.10.2026 1-oktabr o'qituvchi va murabbiylar kuni ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.u
#Axborot24 | 01.10.2026 1-oktabr o'qituvchi va murabbiylar kuni ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
1 654
17
❗️❗️❗️❗️❗️ 1-yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati yaratildi Talabalikka tavsiya etilgan, biro
❗️❗️❗️❗️❗️ 1-yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt asosida o‘qishga kirish imkoniyati yaratildi Talabalikka tavsiya etilgan, biroq tanlov natijalariga ko‘ra 2–6-yo‘nalishlardan biriga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 1-yo‘nalish bo‘yicha super-kontrakt asosida tahsil olish imkoniyati ochildi. Mazkur imkoniyatdan foydalanish istagidagi talabgorlar belgilangan tartibda tegishli ma’lumotlarni https://kontrakt.edu.uz/contract-invoice orqali olishlari mumkin yoki universitetning mas’ul xodimlariga murojaat qilishlari mumkin! ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1 809
18
Assalomu alaykum, aziz ustozlar va murabbiylar! XXI asrda hamma narsa o‘zgaradi: texnologiyalar, kasblar, o‘qish usullari, ha
Assalomu alaykum, aziz ustozlar va murabbiylar! XXI asrda hamma narsa o‘zgaradi: texnologiyalar, kasblar, o‘qish usullari, hatto bilimga erishish imkoniyatlari ham. Ammo bir narsa o‘zgarmaydi — yoningizda bo‘lib, qayerga borishni ko‘rsatadigan insonga, ya’ni ustozga bo‘lgan ehtiyoj. Chunki texnologiya bilimga olib borishi mumkin, ammo bilimning qadrini anglatish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish va insonni kamolot sari yetaklash hamisha ustoz zimmasida qoladi. O‘zbekistonda ustozga hurmat — kattalarni e’zozlash xalqimizning eng aziz qadriyatlaridan biri. Qadimdan Movarounnahrda bilim boylikdan ustun turgan. Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyida eng zabardast olimlarni to‘plagan, Buxoro va Samarqand madrasalarida mudarris nafaqat muallim, balki yuksak ma’naviy obro‘ sohibi bo‘lgan. Alisher Navoiyning ustoz haqidagi qarashlarida ham ana shu yuksak ehtirom mujassam. O‘zbek xalqida «Ustoz — otangdek» degan iboraning yashab kelayotgani ham bejiz emas. Chunki ota insonga hayot bersa, ustoz unga hayotda o‘z yo‘lini topishga ko‘mak beradi. Ustozga bo‘lgan bunday ehtirom faqat bizning milliy an’analarimizga xos emas. Xitoyda ham ustozlik kasbi qadimdan alohida e’zozlangan. Konfutsiyni «O‘n ming avlodning ustozi» deb atashgan. Xitoy an’anasida ustoz ota va hukmdor bilan bir qatorda ulug‘langan: Osmon, Yer, Hukmdor, Ota-ona, Ustoz. Bu qarashning zamirida ustoz insonga faqat bilim emas, to‘g‘ri yo‘l va xarakter beradi, degan tushuncha yotadi. Yaponiyada esa ustoz — «sensey», ya’ni «oldinda boruvchi», deb ataladi. Yaponlarda «Bir kunlik ustoz — bir umrlik ota» degan maqol bor. Bugungi Yaponiyada ham sensey timsoli donolik, sabr va axloqiy yo‘nalish ramzi sifatida qadrlanadi. Aslida, turli xalqlar va turli madaniyatlarni birlashtirib turadigan haqiqat bitta: ustoz insonga nafaqat nimani bilishni, balki qanday yashashni ham o‘rgatadi. Bizning jadid bobolarimiz ham millat taraqqiyotining asosini aynan ma’rifat va ta’limda ko‘rgan. Ismoil G‘aspirali «Faqat ma’rifat va bilim xalqni taraqqiyot yo‘liga olib chiqadi», degan edi. Uning «ustoz — qalblarda nur yoqadigan inson» degan mazmundagi fikri bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Bilimdan mahrum xalq — kelajakdan ham mahrum» degan so‘zlari ham ta’limning millat taqdiridagi o‘rnini yana bir bor ko‘rsatadi. U bolalarni mansab uchun emas, inson bo‘lish uchun o‘qitish kerakligini ta’kidlagan edi. Abdulla Avloniy esa tarbiyani «hayot yoki o‘lim, najot yoki halokat masalasi» darajasida baholagan. Ustozni millat kelajagini parvarishlaydigan bog‘bonga qiyoslagani ham bejiz emas. Fitratning «Axloqsiz bilim — jinnining qo‘lidagi qilichdir», degan fikri esa bizga yana bir muhim haqiqatni eslatadi: bilim tarbiya bilan uyg‘un bo‘lmasa, uning qiymati to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy ham maktabni nur manbai, ustozni esa ana shu nurni insonlarga yetkazuvchi kuch sifatida ko‘rgan. Bugun XXI asrda qadrlash kerak bo‘lgan narsa — bu e’tibor, sabr va insonga ishonch. Siz shunchaki ma’lumot manbai emassiz. Siz — xaritalar tezroq eskiradigan dunyoda navigatorsiz. Bugun axborotga erishish oson. Bir necha soniyada millionlab ma’lumotlarni topish mumkin. Ammo qaysi ma’lumot muhim, uni qanday anglash, qanday tahlil qilish va eng muhimi, uni inson manfaatiga qanday yo‘naltirishni o‘rgatish — hamon ustozning vazifasidir. Shuning uchun sizga rahmat aytaman: o‘zgarishlar tezligiga dosh berib, mohiyatni yo‘qotmayotganingiz uchun; yoshlarga nafaqat formulalarni, balki insoniylikni o‘rgatayotganingiz uchun; va eng muhimi, darslar tugagach ham ustoz bo‘lib qolayotganingiz uchun! Zero, haqiqiy ustozning darsi auditoriya eshigi bilan tugamaydi. Uning bir og‘iz so‘zi, bir maslahati, bir qarashi yoki bergan ishonchi shogirdining butun hayotida davom etishi mumkin. Aziz ustozlar va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman. Mehnatlaringiz rohatini sizni o‘quvchilaringiz va shogirdlaringizning muvaffaqiyati, hurmati va mehri bilan shod aylasin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
1 706
19
Muallim bardoshmisiz, sabrmi? Tashna dilga abrmi? Kechirimli kabrmi, Muallim deganimda ummon kelar yodimga. Bahori kuzidan ko
Muallim bardoshmisiz, sabrmi? Tashna dilga abrmi? Kechirimli kabrmi, Muallim deganimda ummon kelar yodimga. Bahori kuzidan ko‘p, G‘unchasi o‘zidan ko‘p, Savobi izidan ko‘p, Muallim deganimda bo‘ston kelar yodimga. Zulfiya Mo’minovaning “Muallim deganimda” nomli she’ri. ——————————————— 😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
1
20
Sizni butun hayotingizga ijobiy ta’sir o’tkazgan ustoz yoki murabbiyingiz kim? Izohda yozib qoldiring ———————————— 📱 Telegra
Sizni butun hayotingizga ijobiy ta’sir o’tkazgan ustoz yoki murabbiyingiz kim? Izohda yozib qoldiring ———————————— 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
1