O‘zJOKU | Rasmiy
الذهاب إلى القناة على Telegram
Universitet — bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy sahifasi. O‘z rasmlaringizni #meninguniversitetim heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashing. https://uzjoku.uz/uz
إظهار المزيد7 124
المشتركون
-724 ساعات
-687 أيام
+48430 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
سبتمبر '26سبتمبر '26
سبتمبر '26
+717
في 58 قنوات
أغسطس '26
+877
في 24 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+592
في 24 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+268
في 50 قنوات
Get PRO
مايو '26
+142
في 52 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+150
في 26 قنوات
Get PRO
مارس '26
+157
في 84 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+140
في 30 قنوات
Get PRO
يناير '26
+187
في 38 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+115
في 21 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+165
في 39 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+131
في 52 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+484
في 44 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+891
في 18 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+766
في 87 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+425
في 133 قنوات
Get PRO
مايو '25
+201
في 69 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+200
في 39 قنوات
Get PRO
مارس '25
+192
في 25 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+138
في 42 قنوات
Get PRO
يناير '25
+179
في 80 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+134
في 57 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+149
في 58 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+153
في 33 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+332
في 48 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+372
في 15 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+739
في 47 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+494
في 23 قنوات
Get PRO
مايو '24
+169
في 16 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+154
في 17 قنوات
Get PRO
مارس '24
+161
في 9 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+134
في 7 قنوات
Get PRO
يناير '24
+190
في 18 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+169
في 17 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+257
في 22 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+175
في 18 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+291
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+358
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+704
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+240
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+246
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+134
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+162
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+171
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+327
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+116
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+110
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+162
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+337
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+322
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+395
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+173
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+104
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+108
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+99
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+136
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+249
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+102
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+114
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+134
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+663
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+228
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+255
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '21
+73
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+29
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '21
+178
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '21
+550
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 29 سبتمبر | +1 | |||
| 28 سبتمبر | +2 | |||
| 27 سبتمبر | +4 | |||
| 26 سبتمبر | +6 | |||
| 25 سبتمبر | +2 | |||
| 24 سبتمبر | +11 | |||
| 23 سبتمبر | +3 | |||
| 22 سبتمبر | +8 | |||
| 21 سبتمبر | +4 | |||
| 20 سبتمبر | +2 | |||
| 19 سبتمبر | +3 | |||
| 18 سبتمبر | +3 | |||
| 17 سبتمبر | +7 | |||
| 16 سبتمبر | +9 | |||
| 15 سبتمبر | +4 | |||
| 14 سبتمبر | +9 | |||
| 13 سبتمبر | +4 | |||
| 12 سبتمبر | +12 | |||
| 11 سبتمبر | +16 | |||
| 10 سبتمبر | +8 | |||
| 09 سبتمبر | +39 | |||
| 08 سبتمبر | +85 | |||
| 07 سبتمبر | +169 | |||
| 06 سبتمبر | +63 | |||
| 05 سبتمبر | +55 | |||
| 04 سبتمبر | +42 | |||
| 03 سبتمبر | +85 | |||
| 02 سبتمبر | +47 | |||
| 01 سبتمبر | +14 |
منشورات القناة
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion startap loyihalari taqdimotidan videolava!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
| 2 | Scopus’da maqola chop etishning muhim jihatlari
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida maqola chop etish tartibi, talablari hamda maqola tayyorlashning muhim jihatlariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
✅Xalqaro ekspert Musa Yavuz tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsida Scopus va shu kabi xalqaro ilmiy nashrlarda maqola e’lon qilishning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✔️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, ilmiy faoliyatni rivojlantirish va maqolalarni xalqaro nashrlarga tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 105 |
| 3 | Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.
Yangi darsliklarda o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.
Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqich talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.
Shuningdek, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.
Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 536 |
| 4 | 🔴🔴🔴💟💟💟💖💖💖💙💙💙
🔴G'alaba muborak O'zJOKU❗️
O'zJOKU 2:0 Gubkin
💙💙💙Sport bilan muntazam shugʻullanish insonni jismonan va maʼnan yetuk boʻlishga undaydi👆 | 1 157 |
| 5 | GLOBAL CONNECT
MALAYSIA 2026
Talabalarni dunyodagi TOP 1%
universitetlar qatoridan joy olgan, QS World University Rankings 2026 reytingida #269-o‘rinni egallagan UCSI Universityda o‘tkaziladigan 7 kunlik xalqaro sertifikat dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Dastur doirasida:
— mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar
— kompaniya va tashkilotlarga tashriflar
— madaniyatlararo muloqot va networking
— Kuala-Lumpur bo‘ylab 2 ta madaniy ekskursiya
— UCSI University sertifikati
📅 Davomiyligi: 7 kun
📍 Manzil: UCSI University, Kuala Lumpur, Malaysia
💰 Narxi: RM 3 650 (≈ USD 898)
Narxga quyidagilar kiradi: ta’lim, yashash, mashg‘ulotlar vaqtida ovqatlanish, transport, ekskursiyalar, aeroportdan transfer, o‘quv materiallari va sertifikat.
Aviachipta va sug‘urta narx ichiga kirmaydi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe1wMMwp0Hsq15bUwMDwQlRH3qewp8AKTCqKsBR29IEsSq3lg/viewform
Murojaat uchun:
Sarvinoz Qosimova 90-972-76-78
———————————————
🇲🇾 GLOBAL CONNECT MALAYSIA 2026
Приглашаем студентов принять участие в 7-дневной международной сертификационной программе в UCSI University, одном из ведущих университетов Малайзии, который по версии QS World University Rankings 2026 занимает 269-е место в мире и входит в TOP 1% университетов мира.
Вас ждут:
— мастер-классы и практические занятия
— визиты в компании и организации
— межкультурная коммуникация и нетворкинг
— культурные экскурсии по Куала-Лумпуру
— сертификат UCSI University
📅 Продолжительность: 7 дней
📍 Место: UCSI University, Kuala Lumpur
💰 Стоимость: RM 3 650 (≈ USD 898)
В стоимость включено: обучение, проживание, питание во время занятий, транспорт, экскурсии, трансфер из/в аэропорт, учебные материалы и сертификат.
❗ Авиабилеты и страховка не включены.
📌 Регистрация:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe1wMMwp0Hsq15bUwMDwQlRH3qewp8AKTCqKsBR29IEsSq3lg/viewform
Для вопросов:
Сарвиноз Касимова 90-972-76-78
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 416 |
| 6 | Coca-Cola Students Cup: O‘zJOKU – Gubkin uchrashuvi
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan mini-futbol bo‘yicha “Coca-Cola Students Cup” musobaqasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Gubkin universiteti jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.
26-sentabr kuni Bunyodkor futbol akademiyasining 4-maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
⚽️O‘zJOKU — 2:0 — Gubkin
Jamoamizga musobaqaning keyingi uchrashuvlarida ham omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 445 |
| 7 | O‘zJOKU haqida bularni bilarmidingiz?
O‘zJOKU haqida qiziqarli ma’lumotlar bu safar qoraqalpoq tilida!
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 403 |
| 8 | O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Al Jazeera Media Institute (AJMI) direktori Dr. Eman Al Amri bilan bo’lib o’tgan uchrashuvdan videolavha!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 509 |
| 9 | Al Jazeera Media Institute direktori O‘zJOKUda
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Al Jazeera Media Institute (AJMI) direktori Dr. Eman Al Amri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida jurnalistika, media ta’limi, zamonaviy texnologiyalar hamda malakali mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Dr. Eman Al Amri universitetning o‘quv va media infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib, talabalarni tayyorlash yo‘nalishlari hamda xalqaro auditoriya bilan ishlash imkoniyatlariga alohida qiziqish bildirdi.
Suhbat davomida raqamli media va sun’iy intellektning jurnalistika sohasiga ta’siri, ilg‘or tajribalarni almashish hamda qo‘shma ta’limiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar.
Media kelajagi — bilim, tillar, texnologiyalar va xalqaro dunyoqarashni uyg‘unlashtira oladigan mutaxassislar qo‘lida!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 804 |
| 10 | ♟ TARIXIY G‘ALABA MUBORAK!
🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi!
Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz muddatidan oldin chempionlikni naqd qildi va 4 yil ichida ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Musobaqada Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminovlar jahonning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.
Vakillarimiz ketma-ket uchta Olimpiadaning barchasida shohsupaga ko‘tarilib, tengsiz natija qayd etmoqda:
🥇 2022-yil, Chennay — Oltin
🥉 2024-yil, Budapesht — Bronza
🥇 2026-yil, Samarqand — Oltin
Tarixiy g‘alaba bilan butun xalqimizni samimiy muborakbod etamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 1 762 |
| 11 | 🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zJOKU talabalari fikrlari “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnalida
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ijodi va fikrlari “O‘zbekistonda oliy ta’lim” ilmiy, o‘quv-uslubiy va tahliliy jurnalining 2026-yil 1-sonidan joy oldi.
Jurnalning “Yoshlar minbari” ruknida bugungi ta’lim jarayonining dolzarb mavzularidan biri — sun’iy intellektning talabalar hayotidagi o‘rni haqida turli oliy ta’lim muassasalari talabalari fikrlari jamlangan.
“Sun’iy intellekt talaba uchun do‘st yoki dushman?!” nomli materialni tayyorlashda hamda to'plashda O‘zJOKU talabalari E’zozabonu Abdumutalibova va Mashhura Nurulloyeva muallif sifatida ishtirok etgan.
Materialda O‘zJOKU talabasi Dilnura To‘rayeva ham o‘z fikrlari bilan qatnashib, sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanish tajribasi, uning imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari, shuningdek, so'nggi yillardagi axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi haqida fikr bildirgan.
Maqolada talabalar sun’iy intellektni bir tomondan bilim olishni yengillashtiruvchi, ma’lumot izlash va murakkab mavzularni tushunishda yordam beruvchi vosita sifatida baholasa, ikkinchi tomondan undan ortiqcha foydalanish mustaqil fikrlash, izlanish va kreativ yondashuvga ta’sir qilishi mumkinligi haqida mulohaza yuritadilar.
O'zJOKU talabalarining zamonaviy ta’lim jarayonlariga oid qarashlari va tahliliy mulohazalari ilmiy nashr sahifalarida o‘z ifodasini topmoqda.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 2 117 |
| 12 | O‘zJOKU talabalarining startap loyihalari taqdimoti bo’lib o’tdi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti iqtidorli talabalari tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan innovatsion startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotlar doirasida universitetning iqtidorli talabalari o'z ilmiy va amaliy izlanishlari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarga qaratilgan qiziqarli startap loyihalarini namoyish etishdi.
Taqdim etilgan har bir loyiha va g‘oyalar Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sanjarbek Rashidov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha
prorektor Nozima Muratova hamda mutaxassislar tomonidan ko’rib chiqildi. Har bir loyiha ortida talabalarning mashaqqatli mehnati, izlanishlari hamda kelajakka bo‘lgan katta orzu-intilishlari aks etgan.
O'zJOKU Iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi va universitet jamoasi yosh tadqiqotchi hamda innovatorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning startap va ilmiy loyihalarini hayotga tatbiq etishlari uchun qulay muhit yaratishga tayyor!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 2 142 |
| 13 | Bugun “Al Jazeera Media Week” xalqaro media haftaligining yopilish marosimida ishtirok etdim. Jurnalistlar, media mutaxassislari va iqtidorli yoshlarimizni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan samimiy tabrikladim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanmoqda. “Al Jazeera” media instituti va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu haftalik oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratilgan loyihalardan biri bo‘ldi.
Haftalik davomida ishtirokchilar mobil jurnalistika, sun’iy intellekt, raqamli media va vizual kontent tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitdi. Olingan tajribani kundalik faoliyatga tatbiq etish, yangi g‘oyalarni sifatli media mahsulotlarga aylantirish muhimligini ta’kidladim. Bu Prezidentimiz rahbarligida milliy mediamizni rivojlantirish, jurnalistlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarga hamohangdir.
Tadbirda o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Institut direktori doktor Iman Al Amiriy xonimga, trener va ekspertlarga hamkorligi hamda bilim va tajribalarini baham ko‘rgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Barcha ishtirokchilarga ijodiy ilhom, kasbiy yutuqlar va yangi marralar tilaymiz!
—
Сегодня принял участие в церемонии закрытия международной медианедели «Al Jazeera Media Week». Искренне поздравил журналистов, медиаспециалистов и талантливую молодёжь с успешным завершением учебной программы.
Благодаря последовательным усилиям Президента нашей страны Шавката Мирзиёева и Эмира Катара Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани, направленным на развитие дружбы и сотрудничества, отношения между нашими странами всё более укрепляются. Медианеделя, организованная Институтом медиа «Al Jazeera» и Национальной телерадиокомпанией Узбекистана, стала одним из проектов в рамках реализации договоренностей, достигнутых на высшем уровне.
В течение недели участники расширили знания и навыки в мобильной журналистике, применении искусственного интеллекта, цифровых медиа и создании визуального контента. Подчеркнул важность применения полученного опыта в повседневной работе, воплощения новых идей в качественные медиапродукты. Это созвучно работе, проводимой под руководством Президента по развитию национальных медиа и повышению профессионального потенциала журналистов.
На мероприятии участникам, успешно завершившим учебную программу, были вручены сертификаты.
Благодарим директора института доктора Иман Аль-Амири, тренеров и экспертов за сотрудничество и готовность делиться знаниями и опытом. Желаем всем участникам творческого вдохновения, профессиональных успехов и новых достижений!
Facebook|Instagram|X | 1 696 |
| 14 | UNESCO–Al Fozan xalqaro mukofotiga nomzodlar qabuli boshlandi
UNESCO hamda Al Fozan jamg‘armasi tomonidan STEM — fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yosh olimlarni e’tirof etishga qaratilgan xalqaro mukofotning 3-davri uchun nomzodlar qabuli boshlandi.
Mukofot doirasidagi imkoniyatlar:
➡️50 000 AQSh dollari — 5 ta geografik mintaqadan 5 nafar g‘olibning har biriga;
➡️Diplom va medal bilan taqdirlash;
➡️Ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
➡️Xotin-qiz olimlarning nomzodlari alohida rag‘batlantiriladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talab:
Nomzod ariza topshirish vaqtida 40 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak.
‼️Muhim: O‘z-o‘zini nomzod sifatida ko‘rsatish (self-nomination) mumkin emas.
Nomzodlar quyidagi tashkilotlar orqali taqdim etilishi mumkin:
✔️oliy ta’lim muassasalari
✔️ilmiy-tadqiqot institutlari
✔️UNESCO bo‘yicha Milliy komissiyalar
✔️rasmiy xalqaro tashkilotlar.
Ariza topshirish muddati:
2026-yil 30-noyabr
O‘zbekiston vaqti bilan soat 04:00 gacha
🌐 Onlayn ariza: "unescoalfozanprize.org" (https://unescoalfozanprize.org?utm_source=chatgpt.com)
Hujjatlar tili: ingliz yoki fransuz tili.
💠Universitetimiz yosh olimlari diqqatiga!
Ushbu xalqaro mukofotga Universitetimiz orqali nomzod ko‘rsatish istagida bo‘lgan yosh olimlar o‘z CV hamda ilmiy yutuqlarini aks ettiruvchi portfellarini https://unescoalfozanprize.org/ taqdim etishlari so‘raladi.
Mukofot Kotibiyati:
unescoalfozanprize@unesco.og
Qo‘shimcha ma’lumot va murojaatlar uchun:
@Nazaridaman8 Telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 549 |
| 15 | Yangi qonun va hukumat qarorlari qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8465230
09.09.2026 yil O‘RQ-1170-son
2. Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8468638
09.09.2026 yil O‘RQ-1171-son
3. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8468650
09.09.2026 yil O‘RQ-1172-son
4. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8468724
10.09.2026 yil O‘RQ-1173-son
5. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8472495
11.09.2026 yil O‘RQ-1174-son
6. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8472503
11.09.2026 yil O‘RQ-1175-son
7. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8472503
11.09.2026 yil O‘RQ-1176-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
8. “Statistikani rivojlantirish - 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8472521
10.09.2026-yil PF-190-son
9. Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8472526
11.09.2026-yil PF-193-son
10. Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8452371
04.09.2026 yil PQ-314-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
11. Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8452383
04.09.2026 yil 461-son
12. “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8452392
04.09.2026 yil 463-son
13. Lola Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan texnikumni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8452406
04.09.2026 yil 464-son
14. Geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ogohlantiruvchi tamgʻalarining shakllarini va tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8455191
05.09.2026 yil 469-son
15. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8455186
05.09.2026 yil 471-son
16. Navoiy viloyati “yashil” texnikumi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8458350
08.09.2026 yil 476-son
17. Ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Havola: https://www.lex.uz/uz/docs/-8463173
08.09.2026 yil 479-son
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 1 922 |
| 16 | Yangi nomzod ishga qabul qilindi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida tyutorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
📌 Tyutor lavozimiga tanlov asosida qabul qilingan nomzod: Miragzamov Mirtursun Alisher o‘g‘li
Nomzodni tanlab olish jarayonida uning belgilangan talablarga muvofiqligi, talabalar bilan ishlash qobiliyati, muloqot ko‘nikmalari, mas’uliyat va tashabbuskorligi, shuningdek, tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tyutorning asosiy vazifalari:
▪️ talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini muntazam o‘rganish;
▪️ talabalarning o‘zlashtirishi, davomati va ijtimoiy faolligini monitoring qilish;
▪️ talabalar bilan individual va guruh shaklida ishlash;
▪️ talabalarning muammolari, taklif va murojaatlarini o‘rganish hamda ularni hal etishga ko‘maklashish;
▪️ talabalarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ijtimoiy tadbirlardagi ishtirokini ta’minlash;
▪️ ijara xonadonlari hamda talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar bilan tizimli ishlash;
▪️ ehtiyojmand va alohida e’tibor talab qiladigan talabalarni aniqlash hamda ular bilan individual ishlash;
▪️ talabalarni universitetda yaratilgan imkoniyatlar, mavjud xizmatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanishga yo‘naltirish.
Universitetda tyutorlik faoliyatini ochiq va shaffof tashkil etish, nomzodlarni belgilangan mezonlar asosida saralash hamda tanlov natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazib borish ishlari izchil davom ettiriladi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 2 198 |
| 17 | 🔴🔴🔴💜💜💜💟💟💟💙💙💙
⚽️ COCA-COLA STUDENTS CUP — KATTA BELLASHUV!
🔴 ERTAGA — 26-SENTABR, SHANBA KUNI!
Universitetlar o‘rtasidagi Coca-Cola Students Cup musobaqasida: 😃 O‘ZJOKU 🆚 GUBKIN
Ikki jamoa — bitta maydonda, bitta maqsad uchun kurashishadi va haqiqiy futbol ruhini sizlarga taqdim etishadi⤵️👉🌟🌟🚩❗️
🗓 26-sentabr, shanba
⏰ 16:00
📍 Bunyodkor Akademiyasining 4-maydonida
🧭 Mo‘ljal: Bunyodkor stadioni yonida
💥 Maydonda kurash, tribunada esa qo‘llab-quvvatlash!
😄O‘ZJOKU jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz 💬💥
😄BIR JAMOA — BIR MAQSAD 📢
💙💙💙Sport bilan muntazam shugʻullanish insonni jismonan va maʼnan yetuk boʻlishga undaydi👆 | 2 049 |
| 18 | O‘zJOKUda “Dahua Vision” MChJ vakillari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvdan videolavha!
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 2 101 |
| 19 | O’zjokuda “Dahua Vision” MChJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Dahua Vision” kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida zamonaviy texnologiyalar, ta’lim va talabalarni amaliy kasbiy tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt, intellektual videokuzatuv tizimlari va zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari sohasidagi yechimlarga alohida e’tibor qaratildi.
‼️Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri talabalar uchun amaliyot imkoniyatlarini yaratish bo‘ldi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Dahua Vision” MChJ bosh direktori Luo Teng universitet talabalarini kompaniyada amaliyot o‘tashga taklif qildi. Mazkur imkoniyat talabalar uchun zamonaviy texnologiyalarni amaliy jarayonda o‘rganish va xalqaro kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Shuningdek, uchrashuv davomida universitet talabalari uchun press-tur tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Kompaniya vakillari talabalarni kompaniyaga tashrif buyurib, uning faoliyati, zamonaviy texnologik yechimlari hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishga taklif qildilar. Mazkur tashrif talabalar uchun innovatsion texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishini bevosita kuzatish imkonini beradi.
Ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish doirasida “Dahua Vision” MChJ tomonidan universitetga ikkita zamonaviy interaktiv smart doska sovg‘a qilindi!
Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasini tuzish hamda qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu | 2 249 |
| 20 | 📢 LIDERLIK QOBILIYATINGIZNI KASHF ETING!
OʻzJOKU Yoshlar ittifoqi kengashi koordinatorligi uchun OCHIQ TANLOV!
⚡️ Universitetda yirik loyihalarga bosh qosh boʻlishni va eng faol talabalar qatorida turishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
🎓 OʻzJOKU Talabalar kengashi oʻz jamoasiga shijoatli, masʼuliyatli va kreativ yoshlarni chorlaydi.
Biz quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koordinatorlarni qidiryapmiz:
👨💻 Intellektual loyihalar koordinatori;
🖐 Besh tashabbus loyihalari koordinatori;
⭐️ Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori;
👨💻 Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori;
📝 “Yoshlar daftari" va metsenatlik dasturlari koordinatori;
👩💼 Talaba qizlar koordinatori;
🏛 Fakultetlar boʻyicha koordinatorlar:
⏱️ Arizalar qabuli ertaga (shanba) 09:00 gacha
💡 Agar sizda gʻoyalar bisyor boʻlsa va atrofingizdagilarni bitta maqsad yoʻlida birlashtira olsangiz — Universitet kelajagini biz bilan birga yarating!
#UzJOKU #TalabalarKengashi #Liderlar #OchiqTanlov #TalabalarHayoti
🕊Telegram 📱Instagram
📺YouTube 📱Facebook | 1 631 |
