cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yillar armoni

Dilga qoʻngan satrlar... Murojaat uchun: @alimardon_toxtasinov (shaxsiy savollarga javob berilmaydi)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
372
Suscriptores
-224 horas
-127 días
-4030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:17
Video unavailableShow in Telegram
9.65 KB
Soʻnggi qoʻngʻiroq Koʻngil hamon qumsaydi seni, Har bir goʻshang menga qadrdon. Eh bu koʻngil istamas neni, Maktab senga qaytsaydim bir on. Ilk sevgimga oʻzingsan guvoh, Maktub yozib tugatgan siyoh, Bari endi oʻtmishda qoldi Oʻtib ketdi shuncha yil eyvoh. Ilk sevgimni topganim mahal, Toʻlgan edi she'rlar qogʻozi, Sevgimizga yasadi tugal Qoʻngʻiroqning soʻnggi ovozi. Chalingandi soʻnggi qoʻngʻiroq, Tushunmadi bizlarni shoshqoq, Senga aytar qancha soʻzim bor Oʻylamadi ayladi yiroq. Mana bugun oʻsha qoʻngʻiroq, Chalinmoda yana baralla. Koʻzlarda yosh, aylanar halqa Kimlar esa aytmoqda yalla. U hislar ham endi begona, Yuragimga solmaydi titroq. Oʻsha paytda qilib devona, Chalinib boʻlgan bizni qoʻngʻiroq. 25-may, 2022-yil. © Alimardon Toʻxtasinov @alimardon_toxtasinov
Mostrar todo...
#majlis Uyqu va yurak ikkovlarin, yoki uchalamiz bir oʻtirib gaplahib olelik. Yaxshilikcha kelishib olilar. Ertalab man ishga borishim kerak. Soat 1:00 boʻldi. Silardi ishlaringga aql ham aralashme qoʻydi. Balki zerikdi. Hayol esa hali kelgani yoʻq. Qatlardadir daydib yuripti. Yurak esa bezovta. Nimalardir xohlaydi, izlaydi. Nima u? Oʻzi ham bilmaydi ovsar. Hamma narsa oʻzini vaqtida boʻlgani yaxshi. Xullas mani tinch qoʻyinglar. Man charchadim... 15.05.2024 1:04 ✍ Bedor Xechkim (Alimardon To'xtasinov)
Mostrar todo...
wmhijxldq4qz4fidrs8c.m4a3.83 MB
.
Mostrar todo...
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | Shohjaxon Rahmiddinov
Mostrar todo...
4.53 MB
Nihoyat topdim... va chuqur bir nafas ila biroz tin oldim... Men bu satrlarni bir necha yil oldin radioda tinglagan edim. Adashmasam "RUXSOR FM" radiosi edi. 8-9 sinflarda oʻqib yurgan paytlarim, taxminan 2008-2009-yillar edi. Uyda dars qilayotib, radioda eshitib qolganman. Telefonlar uncha ommalashmagan paytlar edi. Lekin fotoapparatim boʻlar edi. Shu fotoapparatimga yozib olib daftarga koʻchirganman. Keyinu yozuvlarni yoʻqotib qoʻydim. Oradan ancha yillar oʻtib men uni yana qidira boshladim. Har esimga tushganida gogolga yozib koʻraman, lekin chiqmaydi. Bugun ham yozib koʻrdim. Soat 1:30 dan oshdi. Uruna-uruna va nihoyat topdim. Inson nimaniki chin dildan xohlasa albatta topar ekan. Toʻgʻri bu maqtanadigan yoki biror bir ibratli narsa emas lekin bu sayrlar meni yoshligim edi... Sevgimdan ham koʻproq yoshligim esimga tushib ketdi. Hammasi boshqacha edi u paytlar. Soxtalik kamroq, samimiylik koʻproq davrlar edi. Afsus hammasi ortda qoldi... ✍ Alimardon To'xtasinov Ust'-Kut 1:54
Mostrar todo...
Repost from Hikoyalar (G&M)
Yana bu yulduzli tun uzra shirin hayollarga berilaman. Nigohlarimga sening chiroyli qarashlaringni berkitganman. Shuning uchunmi qayerga qaramay seni ko'raveraman. Hamma chiroyli narsalarda sen borga o'hshaysan. Tushlarimni ham sen band etgansan. Men seni sevaman. Shu so'zni senga aytmoq uchun ming bor mashq etaman. Ammo baribir ayta olmayapman. Bugun ham aytmoqqa necha bor yuzlandim. Yoningga boraman-u endi shaylanganimda yuragim titrab tillarim aylanmay qoladi. Tavba… Bu nimaning sehri ekan? Menimcha hammasi muhabbatning qudrati. Ahir yuragimda sen borsan-ku! Asli meni sendagi qaysi joziba maftun etganini bilmayman. Ehtimol yonib turgan jayron ko'zlaringdir. Ehtimol chiroyli kulgularingdir. Ehtimol yuzlaringga naqsh solgan hayo chizgilaridir. Hullas sendagi jam'iy borliq meni asir aylagan. Yuragimga quloq tutaman. Betinim seni ismingni takrorlab urayotgan yuragimda muhabbatning navosi jarang sochmoqda. Seni birgina ismingni aytmoq meni bir kun yaxshi yashashim darmondir. Shu ismingni takrorlab tursam yashnayotgan yuragim yana ming yil yashaydigandek tuyuladi. Agar rostdan ham ming yil yashaganimda edi, shu yillar davomida ham ismingni aytishdan charchamas edim. Ahir yuragimda sen borsan-ku! Oromimni o'g'irlagan chiroyli gulim. Yolvorib qodir Hudoga senga erishmoqni so'radim. Qo'l tegmagan gulsan mening dil chorbog'imda. Ko'zlarim har tirik mavjudlikdan seni izlaydi. Sensiz bir onimni ham tasavvur eta olmayman. Hayollarimni band etgan gul yuzli dildorim. Orzularim ham senga band etilgan. Ular haqida o'ylasam yuragim entikadi. Seni haqingdagi o'ylarimga erisharmikinman? Muhabbat o'rtamizda ishqning eng yoqimli navosini kuylarmikin? Bu sevgi deganlari yuraklarga yoqimli hislarni soladi. O'z go'zalligini yurakga ochib beihtiyor uni o'z makoniga yetaklaydi. Bu makonda armon yo'q, dard yo'q, hijron yo'q, mahzunlik yo'q. Bu makonda faqat go'zallik va visol hukmron. Har bir mavjudligi kamalak rangida. Shabnam misoli tiniq va pokiza. Shu makonda bir umr sen bilan hukmronlik etmoq niyatim bor. Senga sevgimning yuragi haqida gapirgim keladi. Sen haqingda va kelajagimiz haqidagi o'ylarni so'zlab bergim keldi. Qani edi bunga imkon bersang. – Sizni yoningizda bo'lgani yuragimdagi bardosh yetmaydi. Sizdan uyalaman – deb nuqul mendan qochasan. Ammo har bir so'zimni yerda qoldirmay inobatga olishing menga yanada huzur baxsh etadi. O'zimga-o'zim deyman: So'zlarimni yerda qoldirmayaptimi, demak meni sevadi. Shundaykuya, lekin buni o'zingdan eshitishni juda hohlardim. Bilaman, baribir ayta olmaysan. Ko'zlarimga tik qaray olmaysan-ku. Yana izhor bayon etishing aqlimga sig'maydi ham. Mayli menga sevaman deb aytma. Yonimda turganingda yuzlaringni qizarishidan, ko'zlaringni u yoq – bu yoqqa olib qochishingdan, bir og'iz so'z demay kulib turaverishingdan hammasini o'qib olsa bo'ladi. Chin oshiqlar bir-birini ishora bilan ham tushunadi deyishadi. Izhoringni allaqachon yuragim sezib bo'lgan. Ahir yuragimda sen borsan-ku! Sen meni o'zingga o'rgatib olding. Nafaqat o'zim balki hayollarim ham sensiz yashay olmaydilar. O'zimga o'zim aytaman. Hayollarimdan bir soniyaga seni chiqarmoq sevgimga hayonat. Seni har bir so'zing men uchun muhabbating izhori. Ko'zlaring esa dilga orom baxsh etuvchi go'zallikdir. Sen meni yuragimga ishq degan tuyg'uni olib kirding. Tilimga sevgi degan tushunchani tanish etding. Nigohlaringda ilk bor o'zimga nisbatan muhabbatni, mehrni ko'rdim. Bu albatta men uchun ta'rifi yo'q baxt, tengsiz mukofotdir. Shu baxtimdan ayrilishni aslo istamasdim. Ahir shu baxtdan sarmast yuragim seni yo'qotsa unga nima xayotbaxsh bo'ladi? Buyuk yo'qotishmi yoki armonning achchiq suvimi? Undan o'lmoq afzal emasmi? Men sensiz yashay olmayman. Hattoki sensiz bir lahza ham tasavvurimga sig'maydi. Ahir yuragimda sen borsan-ku! @hikoyalar
Mostrar todo...
Repost from Hikoyalar (G&M)
Yuragimning malikasi. Mening erka gulim. Dunyolardan, jam'iyki nigohlardan qizg'onganim. Seni o'zimdanda ko'proq avaylayman. Ahir sensiz yasholmayman. Meni yashashim uchun seni asramog'im juda muhim. Mening uchun dunyodagi yaxshilardan yaxshi nigorim, go'zallardan go'zalim, ismi ham qalbimda muazzam so'zligim men seni sevaman. O'tinaman meni hech ham tashlab ketma. Yashashim uchun bir og'iz kaloming darkor ekan. Shu kalomingni ayama. Senga butun borlig'imni baxshida etaman. Ahir yuragimda sen borsan-ku mening erkam! @hikoyalar
Mostrar todo...
Himmatlaringiz...
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.