cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NASR.UZ | nasriy telegram kanal

- Ҳикоялар; - Қиссалар; - Романлар; - Адабий мақолалар; - Адабий гурунглар; - Турли совринли танловлар; - Викториналар; - Қизиқарли маълумотлар. Мурoжаат учун: @Nasruzga_xat_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
567
Suscriptores
-524 horas
-37 días
-1330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaa_qiluvchilar Sobir O‘nar “Tanlangan asari” Nashriyot: “Sahhof” Sahifasi: 592 bet Narxi: 75 000 Tel: 94 659-94-62; 99 898-97-43
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Туғилган_кун Бугун "Шарқ юлдузи" журнали муҳаррири, серқирра ижодкор Байрам Али туғилган кун.
Байрам АЛИ – 1991 йил, 23-июнда Қашқадарё вилоятининг Қамаши туманида туғилган. Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат университетининг ўзбек тили ва адабиёти факультетини тамомлаган.
Ижодкорнинг 📚“Болангман, Дунё” 📚 “Куз ёмғирлари” каби китоблари чоп этилган. Асарлари инглиз, рус, тожик тилларига таржима қилинган. "Босириқ" номли қисса ва ҳикоялар, "Эътиқод манзил эмас, йўлдир" номли публицистик мақолалар тўплами нашр этилиш арафасида.
"Шарқ юлдузи" ва "Звезда востока" бирлашган таҳририяти ижодий жамоаси ижодкорни ушбу сана муносабати билан самимий қутлайди.
Бизни кузатиб боринг: Telegram|  Facebook | web-sayt
Mostrar todo...
🎉 2👍 1 1
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#Premyera 🔥 Yosh kitobxon ruknida Nazar Eshonqulning «Momoqo’shiq» hikoyalar toʻplami Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning Tersota qishlog'i odamlari haqidagi hikoyalari an'anaviy uslubni esga solishiga qaramay dunyoni faylasuf-ekzistensialist nigohi bilan kashf etish ruhini saqlab qolgan. Bu ruh soddadil qishloq odamlarining ichki dunyosini tasvirlash, ularning orzu-umidlari, oʻy-fikrlari, armonlari, dard va kechinmalarini tushuntirish, yetkazishni o'z oldiga maqsad qilib oladi hamda uddasidan chiqadi. «Momoqoʻshiq», «Qultoy»,«Farishta», «Shamolni tutib bo'lmaydi» hikoyalarida nomus, odamgarchilik, sadoqat, sevgi qadriyatlari o'zining qadimiy va barhayot ranglari bilan o'quvchi qalbiga kirib boradi. Nashriyot: "Yoshlar matbuoti" Narxi: 18 000 so’m Buyurtma berish: @bookuzbot / +998712300050 📚@bookuzbekistan — yangi kitoblar!
Mostrar todo...
Repost from N/a
ADIBLAR VA KITOBLAR Gerbert Uells fantast-yozuvchilar orasida ilmiy taxminlari eng ko‘p amalga oshgan muallif hisoblanadi. U o‘z asarlarida atomning parchalanishi, urushlarda zaharli gazlarni qo‘llash, yadro bombasi, lazer quroli va durbinli miltiqlar haqida hali ular o‘ylab topilmasdan burun yozib tasvirlab bergan. *** Ikki buyuk rus shoirlari: Yevgeniy Yevtushenko va Iosif Brodskiy bir umr kelisholmay yashab o‘tdilar. Buning boisi: kunlardan bir kun Brodskiy KGB (davlat xavfsizligi xizmati) idorasiga chaqirilganida, u yerda taqiqlangan kitoblarni ko‘tarib yurgan Yevtushenkoni uchratib qoladi. Bu esa Iosif Brodskiy ko‘nglida "Yevtushenko maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilar ekan-da", degan shubhani paydo qiladi. Ushbu gumon ular orasidagi jarlikni yildan yilga chuqirlashtirib boraveradi. *** Ijodkorlarning kamxarjligi haqida ko‘p va xo‘b yozilgan. Bir kuni mashhur adib Fransua Rable Liondan Parijga borish uchun yo‘lkira topolmaydi. Shunda u uchta paketga shakar solib, biriga "Qirol uchun zahar", ikkinchisiga "Qirolicha uchun zahar", va uchinchisiga "Shahzoda uchun zahar" deb yozib, paketlarni ko‘rinarli joyga qo‘yib qo‘yadi. Mehmonxona xo‘jayini bundan xabar topib, darhol hukumat mahkamasiga bildiradi. Rableni mehmonxonada hibsga olib, Parijga olib ketadilar. U yerda Rable do‘sti -- Fransiya qiroli Fransisko I bilan shakardan shirin choy damlab bir-birlarini siylashadi. Rable qirol do‘stiga o‘ylab topgan hiylasi haqida aytib, ikkovlari chaqchaqlashib choyxo‘rlik qiladilar. *** Aleksandr Dyumaning "Uch mushketyor"i shunchaki sarguzasht roman bo‘lmay, do‘stlik va sadoqat sha'niga bitilgan chinakam madhiyadir. Voqealar markazidagi jasoratli do‘stlar: Atos, Partos va Aramisning qahramonliklari qirol Lyudovik XIII saroyida ro‘y bergan voqealar fonida kitobxonni birinchi sahifalarodanoq o‘ziga mahliyo etib qo‘yadi. *** Jeyn Ostinning "G‘urur va aqida" asari murakkab insoniy tuyg‘ular tasviri bilan ifodalangan bo‘lib, istehzoli kuzatuvlar nozik yumor bilan yo‘g‘rilgan. Bosh qahramon Elizabet Bennetning mister Darsi bilan munosabatlari shunchaki romantik manzaralar emas, balki jamiyatning chuqur ijtimoiy muammolari tadqiqoti hamdir. *** Hajviy asarlar ustasi Arkadiy Averchenko Birinchi jahon urushi yillarida bir hikoya yozib nashriyotga topshiradi. Adabiy nazoratchilar hikoyadagi faqat bitta satrga, ya'ni "osmon ko‘m-ko‘k edi", degan jumlaga e'tiroz bildiradilar. Bu gap dushmanga voqealar janub tomonda ro‘y berayotgani va rus askarlarining manzili haqidagi ma'lumotni fosh etib qo‘yishi mumkin ekan. Ko‘rinib turibdiki, adabiy senzorlar azaldan o‘ta ziyrak bo‘lishgan. *** Маshhur yozuvchi Konstantin Simonovning tili biroz chuchuk edi. Buning sababi: u bolaligida ustara bilan o‘ynab, bexosdan tiliga tekkizib olgan bo‘lib, "r" tovushini burro aytolmasdi. Shu bois bo‘lsa kerak, u 1934-yilda asl ismi -- Krillni "Konstantin" taxallusi bilan almashtirgan edi. *** Yozuvchi Aleksandr Kuprin o‘zining hid bilish qobiliyati bilan hammani qoyil qoldirgan va haqli ravishda "Rossiyaning eng sezgir burni" degan hazilomuz unvonga sazovor bo‘lgandi. "Yosh juvonlardan xom sut va tarvuz hidi, kampirlardan esa аchchiq erman o‘tining bo‘yi keladi", deb yozadi adib hikoyalaridan birida. Uning zamondoshlari: "Agar Kuprin yozuvchi bo‘lmaganida, atir-upa fabrikasida hid sinovchi vazifasida ishlagan bo‘lardi", deb yozishgan. *** Vladimir Mayakovskiy bizga juda jur'at-jasoratli shoir sifatida ko‘rinsa-da, unda ham qo‘rquv tuyg‘usi bo‘lgan. Shoir mikroblardan o‘lgudek qo‘rqqan va cho‘ntagiga doim atirsovun solib yurgan. Bunga sabab: otasi 49 yoshida qo‘liga igna sanchib olib, jarohat gazak oladi va katta yaraga aylanib, oxir-oqibat yara tuzalmay vafot etadi. Shu bois Mayakovskiy har gal qo‘lini sovunlab yuvib, o‘zicha, mikroblardan saqlanar edi. *** "Ismigul" ("Имя розы") romanining mualifi Umberto Eko nafaqat noyob keng badiiy xayolotga, balki, juda boy kutubxonaga ham ega edi. Uning shaxsiy kitob kolleksiyasida o‘ttiz mingdan ziyod har xil kitoblar mavjud bo‘lgan. To‘plab taqdim etuvchi: Xudoyberdi KOMILOV.
Mostrar todo...
👍 3
Repost from Fozil Farhod
02:22
Video unavailableShow in Telegram
Аччиқ бодом ошини ичганмисиз? Ғилминди еганмисиз? Бундай овқатлар қайси ҳудудларда тайёрланади? Собир Ўнар хотира тадбирида келган меҳмонларни мезбонлар шундай таомлар билан қарши олди.
Mostrar todo...
20.91 MB
👍 5
Repost from Fozil Farhod
02:01
Video unavailableShow in Telegram
Собир Ўнар туғилиб катта бўлган Қувкалла қишлоғи манзаралари жуда гўзал. 2024 йил 7 июн.
Mostrar todo...
18.12 MB
Repost from Fozil Farhod
Хотира кечасидан суратлар.
Mostrar todo...
Repost from Fozil Farhod
02:15
Video unavailableShow in Telegram
Қозоқбой Йўлдош Собир Ўнар ҳақида зўр гапирди.
Mostrar todo...
19.74 MB
👍 3
Repost from Fozil Farhod
Хотира кечасидан суратлар.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.