53-DIUM RASMIY
Ir al canal en Telegram
638
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-2130 días
Archivo de publicaciones
+1
10v sinf “Kelajak soati “ dars jarayoni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O’zbekiston Xalqiga yo’llagan Murojaatnomasi o’rganib chiqildi va o’quvchilar o’zlariga zarur vazifalarni belgilab olishdi.
+1
7-b sinf kelajak soatidan fotolavhalar .Prezident murojatnomasi bn tanishtirildi.
+4
10 B sinf "Kelajak soati " dars jarayonlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26- dekabr kuni Oliy Majlis va O'zbekiston Xalqiga yo'llagan Murojaatnomasi o'rganib chiqildi va o'quvchilar o'zlariga zarur vazifalar belgilab oldilar.
+5
10.01.2026 kuni 53-maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli fanlar bo‘yicha tayyorlangan savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin jarayoni qiziqarli va raqobatbardosh tarzda o‘tdi. Faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur “Zakovat” o‘yini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, intellektual salohiyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
+1
TA’TIL — MA’NAVIYAT VA MADANIYAT BILAN
Ta’til kunlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida 53-maktab 6-sinf o‘quvchilari bilan teatrga tashrif buyurildi.
Mazkur madaniy tadbir davomida o‘quvchilar sahna asari orqali ezgulik, insoniylik, do‘stlik va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlar bilan yaqindan tanishdilar. Teatr muhitidagi jonli ijro, aktyorlar mahorati hamda sahna madaniyati o‘quvchilarda katta qiziqish va iliq taassurotlar uyg‘otdi.
Bunday madaniy tashriflar o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, nutq va fikrlash madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’til davrida tashkil etilgan ushbu sayohat o‘quvchilar xotirasida unutilmas va ibratli lahzalar bo‘lib qoldi.
Kelgusida ham o‘quvchilarni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan shunday mazmunli tadbirlar izchil davom ettiriladi.
