cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TOMDI TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO’LIMI

Tomdi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Tomdi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi aloqa boti @MelsBazarbayevbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
211
Suscriptores
-124 horas
-27 días
-330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailable
📣📣📣📣📣 "ERTAKLAR OLAMIDA" NOMLI XALQARO BOLALAR RASMLARI TANLOVI O‘TKAZILMOQDA 🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda ilk marotaba “Ertaklar olamida” xalqaro bolalar rasmlari tanlovi tashkil etilmoqda. 📌Tanlov "Tasviriy san'at" yo‘nalishida 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 🔗Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havolada tanishishingiz mumkin. ⭕️⭕️⭕️ Ijodiy ishlar 15-iyulgacha qabul qilinadi. 🎁Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yo'nalish bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tanlov tashkilotchilari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Mostrar todo...
Photo unavailable
❗️ DIQQAT, TANLOV!Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda. ✅Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda. ❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2024-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar [email protected] elektron manziliga yuborishlari lozim. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Veb-sayt
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Bugun Tomdi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida yozgi ta‘til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan kompyuter savodxonligi to‘garak faoliyatidan foto lavhalar.
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
12.06.2024 yil kuni Navoiy viloyati Tomdi tumani MMTBga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablarida soat 8-00da 11-sinf oq'uvchilaridan "O'zbek  tili" fanidan yakuniy davlat imtihoni boshlandi.
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • 00:18
    Video unavailable
  • 00:23
    Video unavailable
#Xushxabar Navoiy shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichida Tomdi tumani Keregetau ovul fuqarolar yig‘ini Ortaquduq ovulida joylashgan 14-sonli o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Nuraliyeva Nargiza 22-26 yosh toifasida faxrli 2-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek mazkur maktabning 10-sinf o‘quvchisi Umbetiyarova Fakiza ham faxrli 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Yoshlarimizning respublika bosqichida g‘oliblik shoxsupasidan joy olishiga tilakdoshmiz.
Mostrar todo...
video_2024-06-11_17-23-10.mp46.62 MB
video_2024-06-11_17-23-13.mp48.62 MB
Photo unavailable
Ijtimoiy tarmoqlarda “Tomdi tumani 1-maktabda remont boshlandi. Poldagi suratni ko‘ring” to‘g‘risidagi axborot Tomdi tuman hokimligi tomonidan o‘rganildi. Ushbu holat yuzasidan mehnat faoliyatida qo‘pol kamchilikga yo‘l qo‘ygan ishchi xodim ishdan ozod etildi va mazkur maktab direktoriga nisbatan qonunchilik doirasida intizomiy chora ko‘rish yuzasidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi. Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabining direktori viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan lavozimidan ozod etildi. https://t.me/tomdi_tumani_axborot_xizmati
Mostrar todo...
Photo unavailable
#Qabul_2024 #Professional_taʼlim
⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi. ✔️Shundan: ▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta; ▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta. 💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈 💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈 Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi. 📲 Qabulga doir foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#jarayon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zolariga oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, yoshlar ittifoqining faol a'zolari, sardorlar, yetakchilar hamda tizimda 2 yil stajga ega bo'lgan xodimlarni oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilish bo'yicha nomzodlarni munosib ko'rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati komissiyasi a'zolari tomonidan suhbat o'tkazildi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Veb-sayt
Mostrar todo...
02:20
Video unavailable
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 📣📣📣📣📣 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! ⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA! 🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi. 🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ✅Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Mostrar todo...
ixtisoslashgan qabul.mp436.27 MB
Photo unavailable
TA’LIM MUASSASALARINING FAOLIYATI TAHLIL QILINDI Joriy yilning 11-iyun kuni Navoiy shahridagi ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash, tizimdagi masalalarni muhokama qilish va bu yo‘nalishda ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. ✅Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, boshqarma va hududiy bo‘lim mas’ullari, maktab direktorlari ishtirok etdi. ✅Dastlab yaqinda respublika tanlovlarida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib viloyatimiz sha'nini munosib himoya qilgan 1-, 11-maktab jamoalarining mehnatlari e'tirof etildi. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar: ✅Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini dam olishini tashkil etilishi; ✅Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 2024-2025 o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayoni; ✅Maktab bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar; ✅Rahbar va boshqa mas‘ul xodimlarni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. ✅Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim maskanlaridagi obodonlashtirish ishlari, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi vazifalar xususida ham so‘z bordi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Mostrar todo...