es
Feedback
𝗬𝗼𝘂𝗿 𝗘𝗻𝗴𝗹𝗶𝘀𝗵 𝘁𝗲𝗮𝗰𝗵𝗲𝗿 | AHLIDDIN YUNUSOV

𝗬𝗼𝘂𝗿 𝗘𝗻𝗴𝗹𝗶𝘀𝗵 𝘁𝗲𝗮𝗰𝗵𝗲𝗿 | AHLIDDIN YUNUSOV

Ir al canal en Telegram

Welcome to Ahliddin Yunusov's English Grammar Masterclass! 💡Unlock the secrets of grammar with a seasoned educator boasting 21 years of experience. Join us on a unique journey where learning grammar becomes "õta easy". Let's boost your skills 🚀

Mostrar más
2 214
Suscriptores
Sin datos24 horas
-147 días
-4230 días
Archivo de publicaciones
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON! Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi Oliy ta’l
#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📚 Attestatsiyaga tayyormisiz? Bilimingizni sinab ko'ring! Xususiy yoki xorijiy universitetlardan davlat universitetiga o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan, hali xalqaro sertifikatga ega bo'lmagan va attestatsiya imtihoniga tayyorlanayotgan ingliz tili ustozlari uchun maxsus test tayyorladim. 📝 Testni ishlab, bilimingizni sinab ko'ring. ✅ Javoblarini keyinroq ulashaman. 💬 Siz uchun qaysi savol qiyin bo'lganini yoki tushunarsiz tuyulganini izohlarda yozib qoldiring. Har bir muammoli savolni batafsil tahlil qilib beraman. 🔥 Sizlarning faolligingiz va fikrlaringiz yangi testlar hamda foydali darslar tayyorlashim uchun eng katta motivatsiya! Keling, birgalikda tayyorlanamiz! 🚀 #Attestatsiya #InglizTili #Teacher #YourEnglishTeacher

Hello Moto. Choʻntakda qoʻlga ilinarli pul yoʻq boʻlsada niyyatni kattasini qilaverdik ALLOH yetkazdi. Allohga hamma narsa ju
+3
Hello Moto. Choʻntakda qoʻlga ilinarli pul yoʻq boʻlsada niyyatni kattasini qilaverdik ALLOH yetkazdi. Allohga hamma narsa juda ham oson. Imkoniyatizga qarab orzu qilmang, niyatizga qarab BERADI. Koʻrpangga qarab oyoq uzat degan maqolga ham oʻylanib qoldim. Siz nima deysiz fikringiz men uchun muhim.

Assalomu alaykum, hurmatli “Your English Teacher” kanali kuzatuvchilari! Sizlardan kichik bir iltimosimiz bor. 😊 Biz faoliyat olib borayotgan “Kristall Academy” maktabimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Instagram sahifamizga obuna bo‘lib, quyidagi videomizga “Like” bosib qo‘ysangiz, bundan juda minnatdor bo‘lamiz. Sizning har bir obunangiz va “Like”ingiz maktabimiz faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va ko‘proq o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishimiz uchun katta motivatsiya bo‘ladi. Bizni doimo kuzatib, faoliyatimizga befarq bo‘lmay kelayotganingiz uchun tashakkur! “Kristall Academy”ni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! ❤️

Repost from Kristall Academy
Sizning ham farzandingiz Nozima kabi Oliy ta’limdagi yo’lini kafolatlab qo’yishini istasangiz… Kech bo’lib qolmasidan hoziroq quyidagi raqamlarga aloqaga chiqing: +998 95) 951-23-33 +998 91) 808-23-33 https://www.instagram.com/reel/DbNgC6aCjW_/?igsh=MW56d2w5aHhiN3A3dg==

📌 2026-yil ingliz tili testida tushgan grammatika mavzulari Kecha imtihonga kirib chiqqan o‘quvchim test savollarini to‘liq eslab qolmagan bo‘lsa-da, grammatika savollari qaysi mavzulardan tushganini eslab qolibdi. Shu sababli imtihonga tayyorlanayotganlar quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratib, yaxshilab takrorlab qo‘yishlarini tavsiya qilaman: 1. Tenses (Zamonlar) — 2 ta savol 2. Modal Verbs — 1 ta savol 3. Nouns — money bilan bog‘liq savol 4. Pronouns — them bilan bog‘liq savol 5. Adjectives — darajalari (Degrees of Comparison) 6. Adverbs of Manner — hard 7. Infinitive — help, ask somebody to do something strukturasi 8. Conditionals — If... 9. Direct and Indirect Speech 10. Conjunctions / Linkers — despite, in spite of 11. Quantifiers — few, a little 12. Grammar Mistakes — grammatik xatoni topish 13. Map — xarita bilan bog‘liq topshiriq 14. Reading Passage — matnga qarab to‘g‘ri javobni topish 15. Vocabulary — berilgan so‘zga mos keladigan so‘zni topish 16. Word Usage — so‘zlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi 17. How often — takroriylik/chastotaga oid savol ⚠️ Imtihonga tayyorlanayotganlar diqqatiga: Bu ma’lumotlar o‘quvchining imtihondan chiqqandan keyin eslab qolgan mavzulari asosida tuzildi. Savollarning aynan o‘zi emas, lekin qaysi mavzularga urg‘u berilganini ko‘rsatib turibdi. ✅ Shuning uchun yuqoridagi mavzularni birma-bir ko‘rib chiqib, ayniqsa Tenses, Infinitive, Conditionals, Reported Speech, Quantifiers, Adjective/Adverb va Conjunctions mavzularidan testlar ishlab qo‘yishni tavsiya qilaman. 📚 Imtihonga kiradiganlar uchun foydali bo‘lsa, saqlab qo‘ying va boshqalarga ham ulashing! https://t.me/YourEnglish_teacher

💙💙💙Ertagalikka online dars reja qilyapman. Qaysi mavzuni oʻtib bersam deb oʻylanyapman. Shunga bir ovoz berib yuborasizlarmi. Agar ovoz 50 tadan oshsa shu mavzuni oʻtib beraman. Ovozlar 50 tadan oshmasan dars oʻtmayman. Shu sababli share qilinglar.
Anonymous voting

Ўқишни кўчириш: йўналишлар кесимида ўтиш баллари тасдиқланди 2026-2027 ўқув йили учун хорижий ва нодавлат олий таълим ташкило
Ўқишни кўчириш: йўналишлар кесимида ўтиш баллари тасдиқланди 2026-2027 ўқув йили учун хорижий ва нодавлат олий таълим ташкилотларидан Ўзбекистон давлат олий таълим муассасаларига ўқишни кўчириш мақсадида ўтказиладиган махсус синовлар бўйича ўтиш баллари тасдиқланди.
Энг юқори ўтиш бали ҳуқуқ таълим йўналиши учун — 165 балл этиб белгиланди.
👉 https://kun.uz/kr/75834815 Kun.uz расмий канали

Attestasiyaga biror ustozda tayyorgarlik koʻrayotgan yoki tayyorharlik koʻrmayotgan boʻlsa ham yoki perevod qilmoqchi boʻlayotganlarmi yoki umuman ingliz tili oʻrganayotganlar tushunmayotgan yoki chuqurroq oʻrganishni hohlayotgan mavzuingiz boʻlsa aytinglar oʻtib beraman yoki testlardan tashlanglar tahlil qilib beray.

📚 IDIOM OF THE DAY 🔹 Call it a day 🟢 Ma'nosi: Biror ishni bugunga yakunlamoq, to'xtatmoq yoki "buguncha yetarli" deb qaror qilmoq. 📌 Qachon ishlatiladi? Uzoq ishlagandan yoki biror mashg'ulot bilan shug'ullangandan so'ng, uni tugatishga qaror qilganingizda ishlatiladi. 📝 Misollar: ✅ We've been studying for five hours. Let's call it a day. ➡️ Besh soatdan beri o'qiyapmiz. Keling, buguncha shu bilan to'xtataylik. ✅ I'm tired. I think I'll call it a day. ➡️ Charchadim. Menimcha, buguncha ishni yakunlayman. ✅ The workers called it a day after finishing the project. ➡️ Ishchilar loyihani tugatgach, ishni buguncha yakunlashdi. ⚠️ Eslab qoling! Call it a day — ishni butunlay tashlab yuborish emas, balki shu kun uchun yakunlash degan ma'noni anglatadi. 💬 Sizning navbatingiz! Call it a day idiomini ishlatib bitta gap tuzing va izohlarda yozib qoldiring. 👇 📖 Your English Teacher — Ingliz tilini har kuni bir qadam yaxshiroq o'rganing! #IdiomOfTheDay #CallItADay #EnglishIdioms #LearnEnglish #Vocabulary #YourEnglishTeacherAytgancha, bu idiomni o'quvchilaringizga esda qolarli tarzda tushuntirish uchun quyidagi iborani ham qo'shishingiz mumkin: > 📌 "Call it a day" = "Buguncha shu bilan tugatamiz!" ☺️

📚 IDIOM OF THE DAY 🔹 Happy as a clam 🟢 Ma'nosi: Juda xursand, nihoyatda baxtli va xotirjam bo'lmoq. ❓ Nima uchun "clam" (dengiz chig'anog'i)? Bu iboraning to'liq shakli aslida "happy as a clam at high tide" bo'lgan. Suv ko'tarilgan paytda chig'anoq xavfsiz bo'lgani uchun uni hech kim osongina tutolmagan. Shuning uchun u go'yoki "juda baxtli va xotirjam" deb tasvirlangan. 📝 Misollar: ✅ She was happy as a clam after getting her dream job. ➡️ Orzusidagi ishga kirgach, u juda baxtli edi. ✅ The children were happy as a clam playing in the park. ➡️ Bolalar bog'da o'ynab juda xursand edilar. ✅ I'm happy as a clam because I passed my IELTS exam. ➡️ IELTS imtihonidan o'tganim uchun juda baxtliman. ⚠️ Eslab qoling! Bu idiom ko'proq norasmiy (informal) suhbatlarda ishlatiladi va insonning juda mamnun hamda xotirjam holatini ifodalaydi. 💬 Sizning navbatingiz! Happy as a clam idiomi ishtirokida bitta gap tuzing va izohlarda yozib qoldiring. 👇 📖 Your English Teacher — Har kuni yangi inglizcha iboralar, grammatika va IELTS uchun foydali darslar.