Uzbek_fon
Universal kanal 2021 17-mart https://t.me/+m1VWid71IRM5YjBi Eng so'nggi va eng qiziqarli xabar va lavhalar kanali.. 𝓢𝓪𝓶/𝓪𝓫𝓭𝓾𝓶𝓪𝓷𝓭𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪 tezkor xabarlar va videolar bo‘lsa bizga yuboring.... @m_umra
Mostrar más- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Carga de datos en curso...
Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlar amnistiyaga tushmaydi, taʼlim va tibbiyot muassasalarida ishlashi taqiqlanadi, birovning shaxsiy foto-video va yozishmalarini tarqatish bilan shantaj qilish uchun jinoiy javobgarlik bo‘ladi– loyiha. Adliya vazirligi va Oliy Majlis tomonidan hamkorlikda xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.Unga ko‘ra: ✅ 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda Xususan, ularga nisbatan: 👉 jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi; ✅ ayolni homilasini sunʼiy tushirishga majburlash,nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo og‘irlashtirilmoqda; ✅ shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda; ✅ jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish: uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda; ✅ voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlaganlar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilinadi; ✅ shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, shaʼni va qadr qimmatiga, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda. Loyiha haqida batafsil videoda👆 tanishing.
Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.