cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
1 612
Suscriptores
+324 horas
+307 días
+14130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. - Сегодня состоялась международная конференция «Успешные реформы — устойчивые результаты», на которой участники поделились своими взглядами на текущие тенденции и качество образования. Повышение качества  образования является важнейшим направлением нашей политики и проводимых реформ. Педагоги — самые важные профессионалы в обществе,  потому что во многом именно они воспитывают и формируют наше отношение к людям, культуре, стране. Если государство представить в виде дерева,  то они будут его корнями. И я убеждена, что дерево без глубоких, сильных корней не вырастет высоким, цветущим и плодоносящим. Поэтому Узбекистан уделяет так много внимания совершенствованию системы образования, поощряет педагогов участвовать в международных программах и внедрять лучшие мировые практики.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #IELTS_result ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi: 1. Hazratqulova Shabnam IELTS imtihonidan yuqori-7.5 ballni qo‘lga kiritdi. 💫 Oʻquvchimizga kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Mostrar todo...
👏 10👍 3 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓4-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR BIR VAQTNING O‘ZIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING QAYSI MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRISHI MUMKIN?
➖Umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hujjat topshirishlari mumkin.
➡️ Prezident maktablari ➡️ Ijod maktablari ➡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
#Buxoro_Prezident_maktabi ✅Buxoro shahar Prezident maktabida har oyning so'nggi haftasida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Ortiqova G.X. maktab kutubzonachisi bilan hamkorlikda 5-sinf o'quvchilari bilan oldindan kelishilgan asar yuzasidan kitobxonlik musobaqasi tashkil etiladi. ✅ Tanlovda muntazam ravishda faol ishtirok etgan o'quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Mostrar todo...
👍 2
#Buxoro_Prezident_maktabi ✅Buxoro shahar Prezident maktabida har oyning so'nggi haftasida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Ortiqova G.X. maktab kutubzonachisi bilan hamkorlikda 5-sinf o'quvchilari bilan oldindan kelishilgan asar yuzasidan kitobxonlik musobaqasi tashkil etiladi. ✅ Tanlovda muntazam ravishda faol ishtirok etgan o'quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Mostrar todo...
👍 6
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi ✅Speech Time at PS Bukhara today was a happy event for Grade 8-9 students of English. Many were honoured to receive certificates and gifts which reflect their achievements during this school year. In each year group the English teachers identified winners in the following categories; - Most Improved Students - Ted-Talk Champions - Writing Champions We know that these certificates will build upon the students’ motivation and confidence as they prepare for the End of Year examinations and begin to think ahead to their next school year. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook / Instagram |Youtube |Telegram
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Joriy yilda tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallariga qaysi siniflarga qabul boʻladi? 2024/2025-oʻquv yilida: Nukus filiali 🇺🇿 Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-sinflariga, 🇺🇿 Qoraqalpoq tili sinflari boʻyicha 5-, 8-, 9-sinflariga; ➖Andijon filialining 5-, 7-, 8-, 9-sinflariga; ➖Samarqand filialining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
01:32
Video unavailableShow in Telegram
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olgan edi. Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim. Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
Mostrar todo...
Turon teatrii.mp428.40 MB
👍 1
✅Buxoro shahridagi Prezident maktabi matematika fani o'qituvchilari Axtamova Ra'no va Mary Jane Reyes 6-sinf o'quvchilari o'rtasida 4-chorak yakuni oldidan "Statistics:Survey Project" loyiha ishini tashkil qildilar. ✅Loyiha ishi davomida o'quvchilar turli mavzularda tadqiqot so'rovnomalari o'tkazib, natijalarni prezentatsiyalar va videoroliklar bilan taqdimot qilish va xulosalar berishni o'rgandilar. Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Mostrar todo...
IMG_0404.MP432.46 MB
IMG_0403.MP443.30 MB
👍 7🔥 2 1
#moliyaviy_savodxonlik #davra_suhbati ⚡️AGENTLIKDA DAVLAT XARIDLARIGA OID DAVRA SUHBATI Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasi bilan hamkorlikda davlat xaridlariga oid soha qonunchiligi, tizimning nazariy va amaliy asoslariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda Agentlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi, Buxgalteriya hisob bo‘limi mutaxassislari, tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va tegishli xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda davlat xaridining mohiyati, maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar haqida so‘z bordi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga davlat xaridlari tizimida savdolarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha taqdimot havola etildi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...