cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TATI-SOIL 🌎🌍🌏

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining rasmiy kanali ✍️Veb sayt: Soil.uz 🖥Youtube: Soil tuproqshunoslik 📱Telegram: TATI Soil

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
255
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-son qaroriga asosan, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish maqsadida “Agroplatforma” (“agroplatforma.uz”) axborot tizimi ishga tushirilgan. 📱Mazkur qaror va tegishli normativ hujjatlarga asosan, “Agroplatforma” axborot tizimi foydalanuvchilardan abonent to‘lovi evaziga tizimni 24/7 uzluksiz rejimda ishlashini ta’minlash, joriy va kelgusida texnik-qo‘llab quvvatlash, takomillashtirib borish xizmatlarini tijoratlashtirish ko‘zda tutilgan. ✨Shu munosabat bilan, joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish uchun pullik xizmat ko‘rsatish asosida ish olib borishni ma’lum qilamiz. 📞Ta’rif to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Agroplatforma” axborot tizimida hamda tizimga joylashtirilgan Ommaviy ofertadan olishingiz yoki “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJning Call-markazi (71) 206-70-07 raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, tizim 3 yil davomida ishlab chiqilgan bo‘lib, 1 yil davomida Respublika miqyosida to‘liq aprobatsiyadan o‘tkazildi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
#natija ✅Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqot innovatsiyalari alyansi” 9-yillik konferensiyasi doirasida universitet Birinchi prorektori Sohibjon Islamov Polshaning Poznan tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. ✍️ Toshkent davlat agrar universiteti axborot xizmati 🌐WEB-SITE | 🌐 TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM |🌐FACEBOOK | 🐦TWITTER📺YOUTUBE
Mostrar todo...
Repost from Huquqiy axborot
Photo unavailableShow in Telegram
#Биласизми 📝 Қонунчиликка кўра, республиканинг барча ҳудудларида вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари (больничный лист) ва бошқа тиббий маълумотномалар электрон шаклда берилади. 🚫 2024 йил 1 январдан бошлаб вақтинча меҳнатга лаёқатсизлик варақалари ва бошқа тиббий маълумотномаларни қоғоз шаклда талаб қилиш тақиқланган. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Mostrar todo...
01:19
Video unavailableShow in Telegram
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 9-11-iyul kunlari poytaxtimizda “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqot innovatsiyalari alyansi” 9-yillik konferensiyasi bo’lib o’tmoqda. ⭕️Mazkur tadbirni, Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so’zi bilan ochib berar ekan, dastavval konferensiya ishtirokchilarini samimiy qutlash barobarida bu yilgi forumning mamlakatimizda tashkil etilishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi nazariyalar, yangi uslublar va yangi yo‘llarni muhokama qilishga qaratilgan yuqori darajali platforma bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi. ⭕️Konfrensiya doirasida, O‘zbekistonning tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoy, Qozog‘izton va Pokistonning qishloq xo‘jaligi institutlari o‘rtasida 7 ta hamkorlik memorandumlari imzolandi. ⭕️Albatta, bu kabi kelishuvlar hamda memorandumning imzolanishi hamkorlarning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
IMG_0492.MP428.69 MB
👏 1
👍👍👍👍👍👍👍👍 Tomchilatib sug‘orishning ekin yetishtirish davridagi afzalliklari. Bunday yondashuv o‘zini qanchalik oqlaydi? 💧Tomchilatib sug‘orish - suvning o‘simlik ildizlari joylashgan tuproq qatlamiga berilishiga asoslangan. Suv miqdori va suv berish tartibi o‘simlikning suv talab qilishiga mos ravishda rostlanadi. 🌱Tomchilatib sug‘orishda boshqa har qanday sug‘orish usuliga nisbatan ildiz tizimlari yaxshi rivojlanadi va tomchilatgich yaqinida ular zich joylashadi. Oddiy sug‘orishda esa, ildizlar namlik uchun chuqurroqqa intiladi. 🔫Boshqa sug‘orish usullari o‘rniga tomchilatib sug‘orishni qo‘llaganga ildiz tizimi bunga tez va faol ko‘nikadi. Chunki, tomchilatib sug‘orish namlik va ozuqani yetkazib berishni osonlashtiradi. 🌲Masalan, dala ekinlari tomchilatib sug‘orilganda, ekin ildizlarining atrofigina namlanishi natijasida dalada begona o‘tlar deyarli rivojlanmaydi va ularga qarshi kurash tadbirlari uchun xarajatlar ham kamayadi. ✅Tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilsa, mavsum davomida qatorlar oralig‘i quruq bo‘lib, tuproqqa ishlov berish va hosilni yig‘ib olish ishlarini sug‘orishga bog‘liq bo‘lmagan holda tuproq tuzilishiga ta’sir ko‘rsatmasdan o‘tkazish mumkin. ⛓Tomchilatib sug‘orishning qo‘shimcha afzalliklari: ➖mahsulot birligiga kam suv sarflab yuqori hosil yetishtiriladi; ➖suv isrofini keskin kamayadi; ➖shamol namlikning tarqalishiga yoki bug‘lanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi; ➖o‘g‘itlarni tomchilatib sug‘orish tizimi orqali o‘simlik ildizi joylashgan qatlamga berish mumkin; ⏩Tomchilatib sug‘orish davrida mineral o‘g‘itlarning berilishi tuproqda qulay ozuqa rejimini ta’minlaydi. 💧Maqbul suv, ozuqa va havo rejimlarining mavjudligi natijasida o‘simliklar bir tekisda o‘sadi va rivojlanadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
👏 1
#ANJUMAN
Ayni damda “International hotel Tashkent” mehmonxonasida "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Fotolavhalarda tashkillashtirilgan ko‘rgazmalarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etayotganini ko‘rishingiz mumkin. Xodimlar tomonidan tadbirga tashrif buyurgan nafaqat yurtdoshlarimizga xorijiy davlatdan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolariga ham O‘zbekistonda tuproqshunoslik yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarda ishlatiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va ular yordamida tuproq namunalarining aniqlanish, tezkor mobil laboratoriya jixozlarining afzalliklari haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Ma’lumot uchun: “International hotel Tashkent” mehmonxonasida o‘tkazilayotgan anjumanda bevosita Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etmoqda.
13 ta xorijiy davlatdan, 51 nafar oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 200 nafar vakillar o’zaro fikr almashishmoqda.
Mostrar todo...
👍 2
🌱🌱🌱 ✅Ayni damda “International hotel Tashkent” mehmonxonasida "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani boshlandi. 🔗Anjumanni Qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so’zi bilan ochib berdi. 📌Tadbir doirasida 13 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan 51 nafar oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 200 nafar vakillar o’zaro fikr almashishmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Xitoy va O‘zbekiston: tuproqshunoslik yo‘nalishidagi yangi maqsadlar sari 🇺🇿🇨🇳Bugun "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta‘lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani doirasida tashrif buyurgan Xitoy qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va taraqqiyoti instituti ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUKning tuproq sinov laboratoriyasida bo‘ldilar. ✅Uchrashuvda tomonlar tuproqshunoslik yo‘nalishida ikki davlat tajribasi bilan o‘rtoqlashib, sohaga zamonaviy bilim va innovatsiyalarni tatbiq qilish yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar. 🔗Shundan so‘ng delegatsiya aʼzolari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, tuproq sinov laboratoriyasining imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi. 🤝Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
👍 1
#ANJUMAN #"Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu anjuman mamlakatimiz agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, xorijdagi yetuk ilmiy markazlar, kompaniyalar, universitetlar, va institutlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari hamda agrar sohadagi dolzarb mavzular, jumladan qishloq xo‘jaligida geoaxborot va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish maqsad qilingan.
Eslatib o‘tamiz mazkur ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tayotgan anjumanda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Mostrar todo...
9.94 MB
👍 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
🌱🌱🌱 ✅Ayni paytda Toshkent davlat agrar universitetida bir necha soatlardan so‘ng boshlanadigan "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9-yillik anjumaniga tayyorgarlik ishlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Mostrar todo...
IMG_7707.MP420.06 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.