cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Jahon Learning Centre

✅️ Matematika ✅️ Prezdent maktabi tezkor tayyorgarlik kurslari ✅️ Ingliz tili ( IELTS) ✅️ Rus tili ✅️ Kimyo ✅️Biologiya ✅️Tarix ✅️Ona tili ☎️Aloqa uchun : @Jahoncentre +99891 951 1116 +99890 716 6664

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
255
Suscriptores
+224 horas
+17 días
+1430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Test kodi: 91366 Javob yuborish uchun - @best_olimpiad_robot botining ✅Javobni tekshirish tugmasini bosing. - keyin test kodiga 91366 ni yuboring. - keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
Mostrar todo...
👍 2👌 1
⁉️ Prezident, al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️ ✅ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 4-,5-,6-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi! Nizom bo'yicha natijalar 20 kun ichida e'lon qilinishi kerak. Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari kechi bilan 24-26-iyullarda e'lon qilinishi kerak. ✅ Prezident maktabi Saralash imtihoni 7-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. O'tgan yillarda 10 kundan keyin imtihon natijalari chiqqan edi (15-iyul imtihon va 25 iyul natijalar e'loni) Demak, Prezident maktabi saralash imtihoni natijasini 17-18-iyulda kutish mumkin. Asosiy imtihon 26-iyulga rejalashtirilganini hisobga olsak, natijalar kechi bilan 21-iyulda chiqishi kerak. ✅ Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 9-10-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 30-31-iyullarda e'lon qilinishi kerak. 👉👉 T.ME/PMTESTS
Mostrar todo...
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Kanalda PREZIDENT MAKTABLARIga tayyorlanayotgan maktab o'quvchilari uchun ♦️Testlar 🔴Tanqidiy fikrlash 🔵 Maktab yangiliklari berib boriladi. Guruh: @pmtests_guruh Ingliz tili testlari: @pmtests_english

⚡️⚡️PREZIDENT MAKTABIGA TAYYORLANAYOTGAN O'QUVCHILAR UCHUN ASOSIY IMTIHON REPETITSION TAYYORGARLIK SINOV TESTI! ⚡️⚡️ 14-iyul 📆yakshanba kuni 🌐 Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun☝️ asosiy imtihon Repetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯. ✅ ☝️ASOSIY IMTIHON Repetitsion tayyorgarlik testi 📝da ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma viloyatlarida bir xil: 40 000 soʻm. Toshkent, Nukus, Qo'qon va viloyat markazlari (shaharlar) uchun 50 000 so'm Hududlarda o'tkaziladigan ASOSIY imtihoni repetitsion tayyorgarlik testida ishtirok eting. Saralash imtihonidan keyin Asosiy imtihonga tayyorgarlik darajasini sinab olish uchun zo'r imkoniyat. Bunday imkoniyatni o'tkazib yubormang! ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️2023-yilda prezident maktabiga qabul qilingan o'quvchilarning asosiy tavsiyasi Repetitsion testlarda ko'proq ishtirok etish orqali mukammal tayyorlanish bo'lgan. 🟢 Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Repetitsion testlar o'tkaziladigan manzillar ro'yxati kanalimizda e'lon qilinadi
☝️☝️☝️O'QUV MARKAZ va XUSUSIY MAKTABlarni Repetitsion tayyorgarlik (sinov) testlari📝ni o'tkazish bo'yicha hamkorlikka taklif qilamiz. 🤝Hamkorlik uchun @pmtestsadmin va @pmtests_admin1 ga murojaat qiling. Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling. 👉@pmtests
Mostrar todo...
👍 2
⚡️ Al-Xorazmiy 2023-2024 Natija Qabul qilingan o'quvchilar va o'tish ballari Bu degan qolganlar ham o'tolmadi degani emas. Ya'ni kimdir Prezident maktanibi tanlasa, unda pastdan o'quvchi olinadi. @JahonCenter
Mostrar todo...
👍 1
📣 DIQQAT! MUHUM! ✅ Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va aziz o'quvchilar! Hammaga xayrli kun😊 ✅ Ertangi IMTIHON oldidan quyidagi ko'rsatmalarga amal qilishingizni so'rab qolaman👇👇👇 🔰 Imtihondan 1 kun oldin ya'ni bugun miyani zo'riqtiradigan ish qilmasdan yaxshilab dam oling! Haa, dam olish ekan deb ertadan kechgacha ko'chada yugurib o'ynab, ertaga imtihonda holsizlanib o'tirmang! 🔰 Imtihon oldi va o'zi umuman muzdek suv, muzqaymoq va shunga o'xshash narsalardan saqlaning! Bu albatta sizning sog'lig'ingiz uchun zarur! 🔰 Bir kun oldin IMTIHON da kerak bo'ladigan METRIKA(tug'ilganlik haqidagi guvohnoma), RUXSATNOMA(Imtihonga kirish uchun talab qilinadigan hujjat. Buni shaxsiy kabinetdan yuklab bir varoq listga chiqarib olasiz) va boshqa narsalaringizni tayyor ekanligini tekshiring! 🔰 IMTIHON kuni ertalab yoki boshqa mahal ISSIQDA behuzur qiladigan ovqatlardan saqlaning! Juda to'yib ovqatlanishni ham tavsiya qilmayman! 🔰 IMTIHON bo'lib o'tadigan joyga 1 soat oldin borib, jarayonlarga moslashib oling! To'satdan shoshib borib qolib farzandingizni SHOK holatga tushirib qo'ymang. Shundoq ham ular kuchli hayajonda bo'lishadi! 🔰 IMTIHON ga 1 soat avval bordi degani IMTIHON ga 1 soat oldin kirsin degani emas! Farzandingiz IMTIHON vaqtidan oldin kirib oladigan bo'lsa, ichkarida zerikib qolishi mumkin! Bilamizki kutish ancha toliqtiradi va buning natijasida o'quvchida "Tezroq ketsam" degan fikr paydo bo'ladi. Bu esa IMTIHON jarayoniga salbiy ta'sir qilishi mumkin! 🔰 Farzandingizga IMTIHON vaqtida hayolini chalg'itadigan narsalarni aytmang! Masalan, "IMTIHON dan chiqsang, bog'ga boramiz, muzqaymoq olib beraman va shu kabi gaplarni aytishingiz farzandingizning IMTIHON vaqtida fikrini jamlashiga halal berishi mumkin! 🔰 IMTIHON vaqtida shoshilmasdan, vaqtni to'g'ri taqsimlang. Savollarni 2 martadan o'qib ko'ring. Oldin ko'rgan va bilgan savollaringizni ham! Shaxsan o'zim oldin ko'rgan savollarimni qayta-qayta o'qib ko'raman. Sababi oldingi savol bilan aynan bir xil bo'lmasligi mumkin. Bitta raqam yoki belgi ham savol mazmunini o'zgartirib yuborishi mumkin! ✅ IMTIHON da barchaga omad!😊 👉 @JahonCenter
Mostrar todo...
👍 13
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #al_Xorazmiy_maktabi ‼️Al-Xorazmiy maktabiga hujjat topshirganlar o'quvchilarning "Shaxsiy kabinet"ida Al-Xorazmiy maktabi imtihoniga ruxsatnomalar chiqa boshladi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytidagi o'z "Shaxsiy kabinet"iga kirishi kerak. 📆 Eslatma, Al-Xorazmiy maktabining kirish imtihoni 9-iyul kuni bo'lib o'tadi! 🌐@JahonCenter
Mostrar todo...
👍 5
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta; 📍Andijon viloyatiga 6 844 ta; 📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta; 📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta; 📍Namangan viloyatiga 5 406 ta; 📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta; 📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta; 📍Toshkent shahriga 3 753 ta; 📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta; 📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 9-, 10-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. ‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 🖨 Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 3
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi yakunlandi. Ma’lumot uchun, jarayonlarni Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining vakillari kuzatib bormoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.