es
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Mostrar más
4 804
Suscriptores
-1224 horas
-307 días
-1130 días
Archivo de publicaciones
ChatGPT va boshqa AI'lar dasturchilarni ishini olib qo'yadimi ? Albatta yo'q. U AI tool'lar shunchaki dasturchini ishini yengillashtiradi xolos. Baribir asosiy ishni dasturchi qiladi. U yozib bergan kodni dasturchi o'qiydi, to'g'irlaydi, joylaydi va ishlatadi. Xullas, motivatsiyani yo'qotmasdan "gazini bosaveringlar". AI'lar haqida yana ham eshitmoqchi bo'lsangiz, bu borada mutaxassis Anvar aka Narzullayev bilan qilgan suhbatimizni qayta eshitishni maslahat beraman. Link. #munosabat @JoshDeveloper

Dasturda "Bug" chiqsa, uni to'g'irlash o'rniga rasmdagidek ish qiladiganlar bormi ? 😄 Ayniqsa loyiha o'zingizniki bo'lsa bor
Dasturda "Bug" chiqsa, uni to'g'irlash o'rniga rasmdagidek ish qiladiganlar bormi ? 😄 Ayniqsa loyiha o'zingizniki bo'lsa bormi... 😄 #joke @JoshDeveloper

JSda Functional programming haqida maqola qidirayotganlar bo'lsa, marhamat. https://dev.to/jamesrweb/principles-of-functional-programming-4b7c Ingliz tilida. Xohishmandlar bo'lsa, o'zbek tiliga tarjima qilib, linkini kommentga qoldirsa ingliz tili bilmaydiganlarga ham manfaatli bo'ladi inshaaAlloh @JoshDeveloper

Tekin intervyu qilmaysizlar buyoqiga deb janjal qilayotganlar bormidi ? Buyoqiga intervyuverlar bilan kelishgan holda, tekinga ham ora-orada intervyu qilib boramiz. Rejalashtirganimzdek. @MockInt kanaliga obuna bo'lib qo'ying. Shaxsiy blogimda hamma bonus intervyularni e'lonlarini ham qo'ya olmayman. @JoshDeveloper

Repost from MOCKINT.UZ
Diqqat! MockInt.uz tomonidan Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha BONUS tekin intervyu e'loni. Bir ishtirokchiga tekin intervyuga qatnashish imkoni beriladi. Quyidagi formani to'ldiring va omadli bir ishtirokchi bo'lish imkonini qo'lga kiring. https://forms.gle/KcGACDSvGPBTPqwH8 Ishtirokchini tanlash, 8 - dekabr, soat 15:00 da, aynan shu kanalda jonli ravishda amalga oshiriladi. Ulashing ✈️ Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Repost from MOCKINT.UZ
Diqqat! MockInt.uz tomonidan Umumiy Frontend yo'nalishi bo'yicha BONUS tekin intervyu e'loni. Bir ishtirokchiga tekin intervyuga qatnashish imkoni beriladi. Quyidagi formani to'ldiring va omadli bir ishtirokchi bo'lish imkonini qo'lga kiring. https://forms.gle/KcGACDSvGPBTPqwH8 Ishtirokchini tanlash, 8 - oktabr, soat 15:00 da, aynan shu kanalda jonli ravishda amalga oshiriladi. Ulashing ✈️ Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Shu tepadagi postga qo'shimcham bor edi. Mock intervyu topshirishni bir tekin yo'li borligini ko'pchiligimi bilamiz. U ham bo'lsa, kompaniyalarga ishga topshirish va shularni intervyularidan o'z maqsadingizda foydalanib qolish. Bu juda yaxshi usul. Ba'zi hollarda shuni tavsiya ham beraman. Ammo, bu usulda quyidagi narsalarni ham hisobga oling. Mock interview uchun ish kerak bo'lmasa ham topshirib yurishingizni kompaniya bilib qolsa, yaxshi bo'lmaydi. Bilmagan taqdirda ham, ko'p kompaniyalar sizga "zapret" qo'yishi mumkin. Masalan 6 oy ichida qayta topshira olmaydi. Yoki umrbod topshira olmaydi degan. Xullas, kelajagingizni ham o'ylang. Shuningdek, o'zim kompaniyada interviewer sifatida ishlab ko'rganim uchun, ularni mehnatini qadrlayman. Shunchaki ish kerak bo'lmasa ham topshirib yurish insofsizlikdek tuyuladi menga. Agar rostan ish qidirayotgan bo'lsangiz bu boshqa masala. O'zingiz ham kelajakda kompaniyangiz bo'lsa, yoki interview jarayonlarida qatnashsangiz, unday insofsizlikka siz ham biroz norozi bo'lasiz. Yana, feedback unchalik yaxshi berilmaydi uyerda. Chunki ularga sizga yordam berish emas, balki o'zlariga yaxshi kandidat olish degan maqsad bor. Bu gaplarni Mockint.uz loyihasini ochganim uchungina aytmayapman, shunchaki shu mavzu kanalda aktual bo'lgani uchun fikrlarimni ulashyapman. Xulosa o'zingizdan. Shunaqa gaplar. 🙃 @JoshDeveloper

Repost from MOCKINT.UZ
Mock interview o'zi nimaga kerak ? Mock interview - bu bilim olishning eng zo'r varianti hisoblanadi. Bunda siz o'z bilimingiz qaysi darajada ekanligini va nimalarni bilmasligingizni bilib olasiz. Mock interview - orqali haqiqiy intervyularga tayyorlanib olasiz. Bunda nafaqat bilim taraflama, balki ruhan tayyorgarlik ham bo'ladi. O'zingizga ishonchingiz oshadi va hayajon kamayadi. Mock interview - O'zingiz haqingizda feedback olasiz. Feedback'da sizning ustun taraflaringizdan tortib, kamchiliklaringizgacha yoziladi va ularga tavsiyalar beriladi. Mock interview topshirishni MockInt.uz bilan amalga oshiring. ✅ Rasmiy telegram manzilimiz: @MockInt

Tepadagi mavzuga test. a ning qiymati nima ? 1) let a = 0; a ||= 10; 2) let a; a ||= 0; 3) let a = !!""; a ||= 100; P.s: Aslida tepadagi mavzu chalg'itish uchun, buyerda oddiy OR operatorini ishlashini bilish talab qilinadi xolos. :)
Anonymous voting

Tepadagi mavzuga test. a ning qiymati nima ? 1. let a = 0; a ||= 10; 2. let a; a ||= 0; 3. let a = !!""; a ||= 100; P.s: Aslida tepadagi mavzu chalg'itish uchun, buyerda oddiy OR operatorini ishlashini bilish talab qilinadi xolos. :)
Anonymous voting

Logical Assignment haqida bilasizmi ? let a; a ||= 12; // a = 12 let b = 10; b ||= 12; // b = 10 G'alati ko'rinyaptimi ? Aslida oson, Logical assignment quyidagi ko'rinish bilan birhil: let a; a = a || 12; let b = 10; b = b || 12; Bu narsani avval bilarmidingiz ? "Share" qilishni unutmang. 😉 @JoshDeveloper

Suhbatimiz tugadi. Yana avvalgidek yaxshi mavzularda gaplashdik va yozib olmadik. Kira olmaganlarga alam qilsin deb yozyapmanda 🌚 InshaaAlloh yana davom etadi. @JoshDeveloper

Bugun 15:30 da onlayn norasmiy suhbat qilamiz kanalda. Kichik, 30 daqiqacha. Avval qilgandek 🙂 Mavzular ochiq suhbat ko'rinishida o'tadi. Shaxsan o'zim, ikki mavzu haqida ma'lumot beraman, Angular freymvorkini o'rganishda maslahatlar va MockInt loyihasi haqida. Qolgan vaqtga siz azizlar bilan savol javob qilamiz. InshaaAlloh Demak 15:30 da ko'rishguncha 😉 @JoshDeveloper

Repost from Nizamoff

Kanaldagi menyuni botga o'tkazishni o'ylab yurgandim. Maqola va podkastlarni oson topishingiz uchun. Yangi foydali maqola va podkastlar chiqsa, botga qo'shib boriladi. Do'stimiz @Muhammadali_Hakimov botni hal qilib berdilar. Bot manzili: @JoshDeveloper_Bot Eski Menyu'ni qarsaklar sadosi ostida unpin qilsak bo'ladi endi. 👏 @JoshDeveloper

Umumiy Frontend va Angular yo'nalishidan o'zim Mockint.uz da intervyuverman. Umumiy frontend yo'nalishida nimalar so'ralishi qiziqmi ? HTML, CSS va JS ni iloji boricha advanced darajalarigacha kiriladi. Shuningdek Frontend yo'nalishiga aloqador savollar ham bo'ladi. Bu intervyuni ustun tarafi, JavaScript'ga katta e'tibor qaratilishida. Qiziqmi ? Mockint.uz dan joyingizni band qiling. 😉 Reklama developer bo'lib ketsam bo'larkan-a? 😄 @JoshDeveloper

Repost from MOCKINT.UZ
Bismillah. MockInt.uz loyihamizga start berish vaqti keldi. Kutganmidingiz ? Demak biz boshladik. 🚀 Loyiha haqida barcha ma'lumotlar, qanday yozilish, qaysi yo'nalish mavjudligi haqida ma'lumotlar rasmiy sahifamizda: Mockint.uz Savollar qismini ham tekshirishni unutmang. 😉 Yana savollar va takliflar bo'lsa post kommentiga yozishingiz mumkin. Alloh boshlagan ishimizni xayrli qilsin. 🤲 Rasmiy telegeam kanalimiz: @MockInt

MockInt intervyular narxi 49$ bo'ldimi ? 🤔 Albatta yo'q 🙂 Intervyuverlarimiz bilan kelishgan holda, darajaga qarab quyidagi narxlarga kelishib oldik. Ertaga @MockInt kanalida ochilishimizni e'lon qilamiz inshaaAlloh. Tayyor turing. Junior : 199 000 so'm (17-18$ atrofida) Middle: 299 000 so'm (26-27$ atrofida) Senior: 399 000 so'm( 35-36$ atrofida) P.s: Bu narxga norozi bo'lib komment yozishga uyaling lekin 😄 @JoshDeveloper

Ushbu postda Umar do'stimiz aytgan sayt juda yoqdi menga. Sinab ko'ring. Post linki: https://t.me/umarmuhandis/418 @JoshDeveloper

Barcha hozirda mavjud bo'lgan yo'nalishlarda kimlar intervyuver bo'lishini @MockInt kanalida yozib qoldirdim. Ro'yhat boshlab olishimizdagi ro'yhat xolos. Boshlab olsak inshaaAlloh safimiz kengayadi. Hozirda MockInt.uz ning sayti dizayni yasalmoqda. So'ngra saytni o'zini tezda yasaymiz. Alloh xohlasa boshlashimizga ham oz qoldi. Qo'shimcha ma'lumotlar, @MockInt kanalida berib boriladi. Tayyorlanib turavering intervyuga 😉 @JoshDeveloper

Umar Sadullayev | Blog - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @umarsadullayev