ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

前往频道在 Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

显示更多
5 144
订阅者
-524 小时
-227 天
-5930 天
帖子存档
Josh*Podcast'ni keyingi sonini kutayotganlar bormi ?) Keyingi soni nima haqida bo'lishini tahmin qilingchi 🌚😄 #stayTuned @JoshDeveloper

Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana. #maslahat @JoshDeveloper
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana. #maslahat @JoshDeveloper

Frontend yo'nalishi O'zbekistonda shu ketishda ketsa, oxiri borib "Frontend'chiga beradigan qizim yo'q" deyish ham ko'payib qolsa kerak. 😄😄 #joke const prevMeaning = this.post.meaning; this.post.message = this.post.message.replace("Frontend", "React"); console.log(this.post.meaning === prevMeaning); // true 🌚 @JoshDeveloper

Angular'dan intervyularga tayyorgarlik kursi qilsam qatnashasizmi ? Talablar: Angular va TSni boshlang'ich bilimini bilish. Narxi: 750 000 so'm Davomiyligi: 1 oy (8 ta dars, 2-3 soatdan harbiri) Qatnashishi xohishi borlar + yuborsin kommentda. Talabni ko'rmoqchiman. Shunga qarab ochish ochmaslik aniq bo'ladi. InshaaAlloh. @JoshDeveloper

Sun'iy intellekt yot e'tiqodlarni singdirish quroliga aylanishi mumkinmi? Shu mavzuda Anvar aka AzonTV'da gapirgan ekanlar. Musulmon dindoshlarimizga juda kerakli ma'lumotlar ekan. Eshiting. Link: https://youtu.be/t8uFN1o__P0 #AI @JoshDeveloper

It does not matter how many resources you have. If you don't know how to use them, it will never be enough. (Linkedin'dan) Te
It does not matter how many resources you have. If you don't know how to use them, it will never be enough. (Linkedin'dan) Tepadaig so'zlarni dasturchilarga yo'llamoqchiman. Bizda Google, ChatGPT, Telegram guruhlar(Community)lar bor. Agar foydalanishni bilsak, oddiy savollarga ham bosh qashib o'tirmasdan, darrov javobini topsak bo'ladi. "Falon narsa nima ?, falon qanday ishlaydi ?, falonni qanday ishlatadi ?" kabi savollarga shunchaki shu miyangizdagi savolni Google'ga yoki ChatGPT kabi AI'larga tashlashingiz o'zi kifoya. Javobini olasiz. Asosiysi imkoniyatlardan foydalana bilish. @JoshDeveloper

Qaysi yo'nalishdansiz ?
Anonymous voting

Bugundan frontint.uz kursimizga chegirmalar tugaydi. Buyoqiga faqat "Referral" orqali chegirma qilib sotib olsangiz bo'ladi. Referral ? 🤔 Ha. Bugundan kursimizni sotib olgan barcha, kimnidir taklif qilish orqali o'zi ham daromad qilishi va olib kelgan o'quvchisiga 10% chegirma ham berishi mumkin. Ya'ni, agar siz frontint.uz kursini sotib olgan bo'lsangiz va bir do'stingizga rost ma'lumotlar bilan kursimizni taklif qilsangiz, do'stingizga 10% chegirma beriladi, sizga esa BONUS puli. Bonus puli qancha deysizmi ? 🌚 Keling bunisi o'quvchilar uchun sir bo'lib qola qolsin. 😉(Tag'in biznes qilaman deb kelmanglar) 😄 #frontint @JoshDeveloper

Bugun bir qancha insonlarga yozib chiqdim. Frontint.uz kursimizni bo'lib berishga olib, vaqti o'tib ketgan ko'pchilikni. Nega bizda shu qarz muomalalari shunchalik rivojlanmagan xayronman. 🤷‍♂️ Ba'zilarni beradigan kuni o'tib ketgan, bir og'iz ogohlantirishmagan. Oxiri majbur o'zim yozyapman. Pul bo'lmasa, oldindan aytib qo'yishsa kim tushunmaydi. Chiroyli muomalada qolishga nima yetsin axir. Ayniqsa pul masalasi bo'yicha. Hamayli, yangilik bor. 10-mart kuni frontint.uz kursiga 20% chegirma beriladi. Kimdir olmoqchi bo'lsa shu kuni ancha arzonga olsa bo'ladi. Olib qo'yavering, kerak bo'lib qoladi. Sizga bo'lmasa manga🌚😄hazil :) @JoshDeveloper

Medium'da O'zbek kontenti ko'payayotganini ko'rib hursand bo'ldim. Bir obunachimizning bloglarini ko'rib qolgandim. O'zbek tilida maqolalar yozib borayotgan ekanlar. https://medium.com/@khaitbekdev Post kommentiga foydali deb bilgan o'zbek tilidagi dasturlashga oid maqolalar bo'lsa yuboring. Kimgadir foydasi tegar. @JoshDeveloper

Kuchli React dasturchi bo'lish uchun maslahat yozibdi Azizbek aka kanalida. Foydali post ekan ko'pchilikka inshaaAlloh Marhamat https://t.me/itsr4y/92 #react Sizlar ham bir kuchli bo'linglarda React'chilar 🌚 @JoshDeveloper

Dasturchi sifatida ingliz tilini oshirish uchun bera oladigan eng katta maslahatim, inglizcha intervyular yoki podcast'lar ko'p eshitish. Texnik bo'ladimi yoki umuman boshqa mavzularda bo'ladimi farqi yo'q. O'zingiz qiziqqan biror mavzuda inglizcha kontent ko'rish juda katta yordam beradi. "Strenjers in ze nayt" deb aksentlar chiqarishni xohlasangiz ham, shu usul foydali 🌚 @JoshDeveloper

Nega buni yig'ishyapti bilmadim-u(bilsangiz ayting), agar kanalimdan manfaat olgan bo'lsangiz va sifatli deb topsangiz, pastdagi linkda birnarsalar yozib qo'ysangiz bo'ladi.🌚 "Sifatli kontent yaratuvchi mualliflarni ro’yxatini shakllantirishni rejalashtirdik. Bunda sizning yordamingiz kerak! Siz hurmat qiladigan va kuzatadigan blog va sahifalar mualliflarini kategoriyalar bo’yicha so’rovnomada ko’rsatib o’ting. Imkoni bo’lsa havola bilan. Oldindan rahmat! https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7"

Podkast va maqolalarimni bir joyga yig'ib qo'yish maqsadida bir do'stimiz bot yasab bergandilar. Yangi podkastlar va maqolalar chiqsa shu botga qo'shib boriladi. Marhamat: @JoshDeveloper_Bot @JoshDeveloper

Ishsizlik Ko'pchilik dasturlashga kirgan insonlarda uzoqroq va qiyin davom etadigan bosqich bu - ishsizlik davri. Ya'ni, o'quv markazini bitirib yoki biror texnologiyalarni mustaqil o'rganib, ish topadigan davr. Bu davr ba'zilarda tez o'tadi. Ammo, ko'pchilikda uzoq vaqt davom etadi. Shu davr haqida o'zimni fikrlarimni aytsam. Keling ish topishda ba'zi qoidalar va ularga sharxlar bilan tanishamiz: 1. Ish talablariga kamida 70% javob bermaguningizcha, 90% kompaniyalar sizga ish bermaydi. Ha, kompaniyalar talab qilgan ma'lum bir texnologiyalar, bilim va ko'nikmalarsiz ishga kirishni orzu qilishni maslahat bermayman. Bu talablarga kamida 70% javob bersangizgina ish qidiring. Bo'lmasa, yo'nalishingiz va darajangizga qanday talablar borligini o'rganib chiqib, shularni o'rganing va bo'shliqni to'ldiring. So'ng yana ish qidirishga qayting. 2. Sababini qilmaguncha, natijani orzu qilmang. Yohud, ish topishga rostan harakat qiling. Iymon, namoz va boshqa ibodat-u yaxshi amallar qilmasdan Jannatni orzu qilib yurish xato bo'lgani kabi, bizning holatda ham ishga yetkazadigan omillarni qilmasdan, Allohdan yaxshi ish berishini kutish biroz xato. Bilimingiz yaxshi bo'lsa-yu, ish topa olmayotgan bo'lsangiz, demak ana shu omillarga urg'u berish payti keldi. Ya'ni, 1. chiroyli resume yasash. 2. linkedin.com, djinni.co, hh.uz va boshqa platforma, telegram kanallar kabi joylardan ish qidirish, o'z profilingizni juda namunali qilish kabi omillarga e'tibor qarating. Agar tepadagi platformalarning ba'zisida ajoyib profil yasab, recruiter'larni o'ziga tortadigan qilsangiz, sizni o'zlari topib olishadi. O'zingiz chiqsangiz ham bo'ladi. Qolgan omillari esa chiroyli muomala va bilimingizni yaxshi ko'rsatib berishingizga ham bog'liq. Shulardan ham keyin yaxshi ish topa olmayotgan bo'lsangiz, qiyinchiliklar davom etayotgan bo'lsa, chiroyli sabr qiling. Ba'zan Alloh bizga shunday sinovlar beradi. Undan chiroyli sabr qilib, umidni so'ndirmasdan, harakatni to'xtatmasdan o'tib olsangiz, uyoqi xohlaganingizdan ham go'zalroq bo'ladi inshaaAlloh. Ishonavering. Siz ilm olishni va harakat qilishni to'xtatmasdan davom eting. Natijasiga aniq rozi bo'lasiz inshaaAlloh. Shu va shu kabi mushkullarda, ushbu oyatlarni esingizda saqlab yuring. «Albatta, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar». Baqara 155-156 @JoshDeveloper

Google Frontend Interview Youtube'da Frontend'dan qiziqarli "coding interview" ko'rib qolgandim. Qiziq bo'lsa deb ulashyapman. Marhamat, https://youtu.be/ai1zmNO5Z3E #interview @JoshDeveloper

PM(Project manager)lar dasturchidan hardoim "Estimation"(vazifani qanchada tugatishni baholash)ni to'g'ri va aniq berishini xohlaydi. Biror vazifani 100% aniq baholay olish mumkin emas. Ammo, unga yaqinroq baholash mumkin. Qanday ? Yaxshi "Estimation" qilish uchun ko'plab maslahatlar bor. Bulardan ba'zilari: 1. Vazifa nima haqida ekanligini to'liq tushinib olish. 2. Vazifani bajarish nimalarni talab qilishini tushunib olish. 3. Vazifa katta bo'lsa, qismlarga ajratish. 4. Shu kabi vazifa avval qilinganmi yo'qmi ko'rib, shunga qarab "estimate" qilish. 5. "Risk"larni hisobga olish. 6. "Estimation" texnikalaridan foydalanish va hkz. Siz nimalarni maslahat bera olasiz ? @JoshDeveloper

.NET va Angular Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas. Nega .NET dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ? Chunki, 1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega. 2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .NET dasturchilari uchun TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash. 3. Angular .NET kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi. 4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan. 5. Angularni man ishlatamanda. 🤓 Shunaqa gaplar ...) @JoshDeveloper

Boshlanib ketibdi. Kiringlar. .Net + Angular = Friends 🌚 @JoshDeveloper

Repost from MDC Uzbekistan
Github actions dan foydalanib CI/CD qilish Do'stlar, avvalgi mavzularimizda Windows server bilan to'g'ridan to'g'ri ishlab, .
Github actions dan foydalanib CI/CD qilish Do'stlar, avvalgi mavzularimizda Windows server bilan to'g'ridan to'g'ri ishlab, .NET ilovalarimizni deploy qilishni ko'rib chiqdik. O'ylaymizki, siz CI/CD haqida eshitgansiz. Masalan, Heroku servislaridan deployment uchun foydalangansiz, esingizda bo'lsa u yerda CI/CD sozlamalari qilingan edi. Ya'ni github/gitlab/azuredevops ga push qilish orqali, loyihamiz avtomatik tarzda build -> test -> deploy -> run bo'lardi. Ushbu mavzuni kengroq o'rganishimiz uchun Abduvohid ustozni mahorat darsimizga taklif qildik. Barchangizni ushbu mahorat darsida kutib qolamiz. Kirsangiz xursand bo'lamiz, kirmasangiz hafa bo'lish yo'q ) Sana: 5-mart, 20:00 Havola: Zoom Speaker: Wahid Abduhakimov #githubactions #deployment #cicd .NET Uzbekistan Community ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Telegram | Instagram | Youtube